Ўзбекистон республикaси олий вa ўртa мaхсус тaълим вaзирлиги низомий номидaги



Download 4,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet107/247
Sana24.06.2022
Hajmi4,33 Mb.
#698554
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   247
Bog'liq
4 ILK MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLA1

Adabiyotlar 
1. “2017-2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-
tadbirlari tо‘g‘risida”gi PQ-2707-sonli qarori “Xalq sо‘zi”. 29.12.2016 y.,
2.“Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi 
PQ-3261-sonli qarori “Xalq sо‘zi”. 09.09.2017 y. 
3.”Ilk qadam” davlat dasturi T.,2018 y,60-b. 
ABU ALI IBN SINO ASARLARIDA O‘SMIRLIK DAVRI JISMONIY 
RIVOJLANISHINING AHAMIYATI HAQIDA 
 
Asqarov Farxodjon Toxirovich 
NamDU magistranti 
Jamiyatning ravnaqi uning o’sib kelayotgan yosh avlodga bo’lgan munosabati
va ulatga yaratilayitgan imkoniyatlarga bog’liq. Har qanday mamlakat sog’lom va 
barkamol, el-yurtiga sadoqatli,iymon-etiqodli farzandlari bilan faxrlanadi,ularga 
suyanadi.Shunday faziltlarga ega avlodni tarbiyalab,voyaga yetkazgan xalq kelajakka 
katta ishonch bilan qaraydi. Jahon tibbiyot olamining buyuk sultonlaridan biri, Abu 
Ali ibn Sinodir (980-1037). Ibn Sinofalsafa, adabiyot, musiqa va boshqa ko'p sohalami 
ham mukammal bilgan donishmanddir. Ibn Sinoning ilmiy-pedagogik meroslari 
beqiyos ko'p. Ular ichida «Tib qonunlari» alohida ahamiyat kasb etadi. Bu asarni 


278 
deyarlik barcha xalqlar o'z tillariga taijima qilishgan. O'zbek tiliga ilk bor 1153-yilda, 
keyinchalik (1956, 1980, 1993) bir necha bor qayta nashr etildi. Buyuk allomaning 
ilmiy-pedagogik meroslarini chuqur o'rganishda taniqli pedagog S.R.Rahimov 
(Samarqand DU), respublikada xizmat ko'rsatgan fan arbobi, professor O.A.Rixsiyeva 
(O'zDJTI) va boshqalarning xizmati kattadir. Respublika hukumati va mas'ul davlat 
idoralari hamda jamoat tashkilotlarining tashabbusi bilan 1980-yilda Buxoroda Abu 
Ali ibn Sinoning tavalludiga 1000 yil to'lishi munosabati bilan katta ilmiy anjuman 
o'tkazildi. Bunda tibbiy xodimlar, jismoniy tarbiya va sport sohasidagi olimlar va 
boshqalarning Ibn Sinoning ilmiy-pedagogik meroslari haqida ma'ruza qildilar. 
Anjumanning materiallari respub­likada jismoniy tarbiya ilmini takomillashtirishda 
salmoqli hissa qo'shdi, desa bo'ladi. Ibn Sinoning ta'biri bilan aytganda «Sog'liqni 
saqlashning asosiy tadbiri - badan tarbiya»dir. Mutafakkir adibning 30 dan ortiq tibbiy 
asarlari shu kungacha yetib kelganligi ma'lum. Ularning hammasida ham, muallifning 
jismoniy mashqlarga oid ilg'or fikrlari va amaliy mashqlar mazmuni uchraydi. Ibn Sino 
jismoniy mashqlarning shakli va mazmuni hamda uning mohiyatlarini gigiyena, 
sog'liqni saqlash va kasalni davolashdagi majmuiy tadbirlarda berib boradi. Bu esa har 
bir insonning jismoniy mashqlar bi­lan qachon va qaysi tartibda shug'ullanishini 
belgilab beravchi ta'limdir. Masalaga shunday yondashish maqsadga muvofiq bo'lar 
edi. «Tib qonunlari» haqida mulohaza qilinadigan bo'lsa, kitobning birinchi qismi 
deyarli inson salomatligini saqlash va uni rivojlantirishga bag'ishlangan. Eng muhim 
tomoni shundaki, kitobda inson tanasi va uning a'zolari, insonni shakllantirish hamda 
uning kamolotida yuz beradigan anatomik tuzilishlar, fiziologik va ruhiy 
jarayonlarning holati, kasalliklaming kelib chiqish sabablari ilmiy jihatdan bayon 
qilingan. Bu holatlarni bilish, shu asosda insonlar o'z-o'zini tarbiyalashdek muhim 
bo'lgan ijtimoiy-tarbiyaviy jarayonlami hayotda qo'llash bugungi kunning eng dolzarb 
muammolaridan biridir. Ibn Sinoning jismoniy mashg'ulot kishining yoshiga, jinsiga, 
sog'-salomatligiga va kasalligiga qarab, turlicha shakl va uslublarda o'tkazish kerakligi 
haqidagi g'oyalari juda o'rinlidir. Shuningdek, bolalik, o'smirlik, yigitlik va qarilik 
g'oyalarida kishi jismoniy mashg'ulotga turlicha munosabatda bo'lishi kerakligi 
masalalarini alohida uqtiradi. Bu ilmiy-pedagogik ta'lim merosi jahon xalqlari jismoniy 


279 
madaniyati tarkibiga singib ketgan ijtimoiy turmush voqealigidir, desa bo'ladi. Bu 
holatlarni barcha oilalar, ayniqsa, mahalliy millat vakillari, shuningdek, barcha 
tarbiyaviy maskanlar, o'quv yurtlarida qayta-qayta o'rganishlari lozimdir. O‘smirlik 
davri insonni bolalikdan — yoshlikka o‘tuvchi va o‘z navbatida boshqa davrlardan 
o‘zining nisbatan keskinroq, murakkabrok kechishi bilan farqlanib turuvchi davrdir. 
Bu davr taxminan bolalarning 5—8-sinflarda o‘qish paytlariga to‘g‘ri keladi va 11—
12 yoshdan 14—15 yoshgacha bo‘lgan davr oralig‘ida kechadi. Ayrim bolalarda bu 
davr 1—2 yil ertaroq yoki kechroq kuzatilishi ham mumkin. O‘smirlik davrining og‘ir, 
murakkab davr ekanligi ko‘plab psixologik, fiziologik, ijtimoiy omillar bilan bog‘liq. 
Bu davrda rivojlanishning barcha jihatlari: jismoniy, aqliy, ahloqiy, ijtimoiy va shu 
kabilarning mazmun mohiyati ham o‘zgaradi. Bu davrda o‘smir hayotida, uning 
ruhiyati, organizmining fiziologik holatlarida, uning ijtimoiy holatida jiddiy 
o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Aksariyat holatlarda ularda bir-biriga qarama-qarshi bo‘lgan 
turli xil an’analar kuzatiladi. Bu davrga kelib bola endi «bola» emas va shu bilan birga 
hali «katta» ham emas. Uning o‘z-o‘ziga va atrofdagilarga nisbatan bo‘lgan 
munosabatlari bu­tunlay boshqacha xarakter kasb etib boradi. Uning qiziqishlari tizimi, 
ijtimoiy yo‘nalganligi qaytadan shakllanadi, o‘z-o‘zini anglashi, baholashi, 
qadriyatlari o‘zgaradi. Uning uchun o‘z «men»i va shu «men» ning ahamiyati 
ortadi.O‘smir organizmida ro‘y beradigan o‘zgarishlar.O‘smir organizmida ro‘y 
beradigan o‘zgarishlar shundan iboratki, bola rivojlanishining ayni shu davrida 
biologik, fiziologik yetukligi borasida tub o‘zgarishlar amalga oshadi. Fiziologik 
rivojlanish va jinsiy balog‘atga yetish jarayonining yangi bosqichi boshlanadi. 
Organizmdagi o‘zgarishlar bevosita o‘smir endokrin sistemasining o‘zgarishi bilan 
boshlanadi. Bu davrda gipofiz bezining funksiyalari faollashadi. Uning old kismidan 
ajralib chiqadigan garmon organizm to‘qimalarining o‘sishi va boshqa muhim ichki 
sekretsiya bezlari (qalqonsimon bez, buyrak usti va jinsiy bezlar) ishlashini 
kuchaytiradi. Ularning faoliyati o‘smir organizmida ko‘plab o‘zgarishlarni yuzaga 
keltiradi, jumladan bo‘y o‘sishining keskin tezlashishi (bir yilda o‘g‘il bolalarda 4—5 
sm, qizlarda 3—4 sm o‘sishi kuzatiladi), jinsiy balog‘atga yetish, jinsiy organlarning 
rivojlanishi va ikkilamchi jinsiy belgilarning paydo bo‘lishi amalga oshadi. Bu jarayon 


280 
qiz bolalarda 13—15 yoshlarda nisbatan jadal kechadi. Jismoniy rivojlanish va jinsiy 
yetilishning akseleratsiyalashuvi kuzatilayotgan hozirgi vaqtda ayrim qizlar 9—10 
yoshda, o‘g‘il bolalar esa, 11—12 yoshlarida jinsiy balog‘atga yetishning ilk 
bosqichida bo‘lishi mumkin.Ibn Sinoning turh xil kasalliklarni oldini olish va uni 
davolashda badantarbiya mashqlaridan foydalanish tajribalarini respublikada xizmat 
ko'rsatgan fan arbobi tibbiyot fanlari doktori professor O.A.Rixsiyeva ham 
ma'qullaydi. Ibn Sinoning ta'kidlashicha, badantarbiya bilan mashg'ul bo'lmay qo'ygan 
kishi ingichka og'riq (a'zolarning torayishi) kasaliga uchraydi, chunki harakatsizlik 
natijasida uning a'zolari zaiflashadi. U badantarbiya turlarini asosan ikki guruhga 
bo'ladi: 1. Odamning ish jarayonlarida qiladigan harakatlari. 2. Maxsus badantarbiya 
harakatlari.Badantarbiyaning kuchli turiga, kishining o'z soyasi bilan olishishi, katta va 
kichik koptoklar bilan chavgon o'ynash, kurash, tosh ko'tarish, chopayotgan otni 
jilovidan tortib to'xtatish kabilarni kiritadi. Ibn Sinoning tavsiyasiga ko'ra badantarbiya 
vaqtida tez va shiddatli harakatlar, yengillari bilan doim almashtirib turish, shuningdek, 
ma'lum bir harakatni uzoq vaqt bajarmaslik uslublarini uqtiradi. 

Download 4,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   247




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish