«ILK QADAM» DASTURINI MAKTABGACHA TA’LIM-TARBIYA
JARAYONIGA TATBIQ ETILISHI
Aminjonova Zarnigor, Alimatova Diyora, Suyunboyeva Maftuna
TDPU “Maktabgacha ta`lim” fakulteti talabalari
Maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, moddiy-texnik bazasini
mustahkamlash, maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog‘ini kengaytirish, malakali
pedagog kadrlar bilan ta’minlash, bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash darajasini
tubdan yaxshilash, ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta’lim dasturlari va
texnologiyalarni tatbiq etish, bolalarni har tomonlama intellektual, ahloqiy, estetik va
jismoniy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida “2017-2021 yillarda
maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi
PQ-2707-sonli qarori, “Nodavlat ta’lim xizmatlarini kо‘rsatish faoliyatini yanada
rivojlantirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi PQ-3276-sonli qarori , “Maktabgacha
ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi PQ-3261-sonli
qarori, “О‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish
275
tо‘g‘risida”gi PQ-3305-sonli qarori,“Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan
takomillashtirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida” PF-5198-sonli Farmoni qabul qilindi.
Qabul qilingan meyoriy hujjatlar maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ilg‘or
xorijiy tajribani hisobga olgan holda bolalarni har tomonlama intellektual, ahloqiy,
estetik va jismoniy rivojlantirish sharoitlarini yaratish; maktabgacha ta’lim sifatini
oshirish, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni maktabga sifatli tayyorlashni
tubdan yaxshilash, ta’lim-tarbiya jarayoniga jahon amaliyotida keng qо‘llaniladigan
zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini joriy etish imkoniyatini yaratadi.
Bugungi kunda maktabgacha ta’lim tashkilotlarining ta’lim dasturlari va о‘quv-
tarbiyaviy rejalariga qо‘yilgan davlat talablarini takomillashtirish dolzarb
masalaligicha qolmoqda. Mutaxassislarning tadqiqotlariga kо‘ra, inson butun umri
davomida oladigan barcha ma’lumotlarning 70 foizini besh yoshgacha bо‘lgan
muddatda qabul qiladi. Ilk hayotiy tasavvurlar, inson tafakkurida poydevor bо‘luvchi
tushunchalar bola ongida aynan shu paytda shakllanadi. Demak, о‘g‘il-qizlarimizni
sog‘lom va barkamol etib tarbiyalash, ularning kelajakda baxtli bо‘lishida nafakat oila,
shu bilan birga, maktabgacha ta’lim tashkilotlari ham muhim о‘rin egallaydi.
Mavjud muammolarni amaliy bartaraf etish maqsadida О‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2016 yil 29 dekabrdagi «2017-2021 yillarda maktabgacha
ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida»gi qarori qabul
qilindi va uning asosida dastur ishlab chiqildi
[1]
.
Mazkur qaror maktabgacha ta’lim tizimi moddiy-texnik bazasini
mustahkamlash, ularni malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash, bolalarni maktab
ta’limiga tayyorlash darajasini tubdan yaxshilash, ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy
dasturlar va texnologiyalarni tatbiq etish, farzandlarimizni intellektual, ahloqiy, estetik
va jismoniy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish kabi dolzarb masalalarni hal
etishda muhim dasturulamaldir. Binobarin, mazkur hujjatga muvofiq, maktabgacha
ta’lim tizimi yanada takomillashtirilib, yangi tashkilotlar quriladi, mavjudlari
rekonstruksiya qilinadi hamda mukammal ta’mirlanadi. Bolalarni maktab ta’limiga
tayyorlash bо‘yicha tashkil qilinadigan qisqa muddatli guruxlarda о‘g‘il-qizlarning
kerakli bilimlarni egallashiga alohida e’tibor qaratiladi.
276
Ta’lim dasturi MTT Davlat о‘quv dasturiga asosan muayyan yosh guruhida
tashkil etiladigan ta’lim jarayonini amalga oshirishga xizmat qiluvchi muhim hujjat
bо‘lib, u qо‘yilgan maqsadlarga erishishni ta’minlashi lozim. Dastur muhim vosita
bо‘lib, uning yordamida tarbiyachilar О‘zbekiston Respublikasi ilk va maktabgacha
yoshdagi bolalar rivojiga oid Davlat talablariga muvofiq, muayyan yosh guruhidagi
bolalar uchun eng maqbul va samarali shakllar, metodlar va ta’lim jarayonini tashkil
qilish yо‘llarini belgilaydi.
Dastur majburiy qism va ta’lim jarayoni ishtirokchilari tomonidan
shakllantiriladigan qismdan tashkil topadi. Har ikki qism ilk va maktabgacha
yoshdagi bolalar rivojiga oid Davlat talablarini amalga oshirish nuqtai nazaridan
о‘zaro bir-birini tо‘ldiruvchi hamda zaruriy hisoblanadi. Dasturning majburiy qismi
barcha beshta ta’lim sohasi: jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzini
shakllantirish, nutqiy muloqot, о‘qish va yozish kо‘nikmalari, bilish jarayonining
rivojlanishi,
ijtimoiy-ijodiy
rivojlanishni
amalga
oshirishga
kompleks
yondashuvni kо‘zda tutadi.
Dastur tarbiyachi (mutaxassis) ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojiga oid
Davlat talablari asosida bolalar rivojlanishining muayyan sharoitlari, ehtiyojlari va
xususiyatlarini hisobga olgan holda ta’limning individual pedagogik modelini qanday
yaratayotganini kо‘rsatib berishi lozim.
Maktabgacha ta’lim tashkilotsining davlat о‘quv dasturi О‘zbekiston
spublikasining ilk va maktabgacha yoshidagi bolalarni rivojlanishiga qо‘yiladigan
Davlat talablariga muvofiq ishlab chiqilgan meyoriy-huquqiy hujjat bо‘lib, unda
maktabgacha ta’lim tashkilotsining maqsad va vazifalari, о‘quv-tarbiyaviy
faoliyatning asosiy g‘oyalari ifodalangan, shuningdek, bolaning ta’limning keyingi
bosqichiga о‘tishidagi asosiy kompetensiyalari belgilangan.
MTT davlat о‘quv dasturi О‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan
quyidagi ta’lim tashkilotlarida qо‘llash uchun majburiy:
- davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari;
- maktabgacha ta’lim sohasida xizmat kо‘rsatuvchi nodavlat
tashkilotlari;
277
- maktabgacha yoshdagi bolalar guruhlariga ega bо‘lgan «Mehribonlik»
bolalar uylari;
-maktabgacha va boshlang‘ich ta’limni nazorat qiluvchi boshqaruv
organlari[ 3,7b].
MTTda davlat о‘quv dasturini qо‘llash
MTT davlat о‘quv dasturi variativ о‘quv dasturlarini yaratishda majburiy tayanch
hujjat hisoblanadi.
Ta’lim tashkilotlari Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan asdiqlangan variativ
о‘quv dasturlaridan foydalanish huquqiga ega. Maktabgacha ta’lim tashkilotsi davlat
о‘quv dasturi asosida о‘zining MTT ishchi о‘quv dasturini ishlab chiqish huquqiga
ega. Ta’lim tashkilotsining ishchi о‘quv dasturi tashkilot pedagoglari tomonidan ota-
onalarni jalb etgan holda tuziladi va amaldagi qonunchilik tartibida tasdiqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |