O’QUVCHILARNI IJODIY FIKRLASH QOBILIYATLARINI
RIVOJLANTIRISHDA ARALASH TIPDAGI TENGLAMALARDAN
FOYDALANISH IMKONIYATLARI
Axlimirzayev A, Axmadoxunova S, Xojiyev D, Akramova I.
Andijon davlat universiteti
Ma’lumki, umumiy o’rta ta’lim maktablari matematika kursining asosiy
qismini tenglamalar va ularni yechish bilan bog’liq o’quv materiallari egallaydi.
Davlat ta’lim standarti va o’quv dasturiga asosan umumiy o’rta ta’lim
maktablarining birinchi sinfidan boshlab tenglama bo’yicha dastlabki ma’lumotlar
berila boshlanadi. Boshlang’ich sinflar matematika darslarida chiziqli tenglamalar
o’quvchilarga qo’shish, ayirish, ko’paytirish va bo’lish amallarida qatnashayotgan
komponentalardan ikkitasi ma’lum bo’lganda, noma’lum sifatida qatnashayotgan
uchinchi komponentani topish masalasi kabi o’rgatiladi.
Tenglamalarni mukammal o’rganish yuqori sinflarda chiziqli tenglama
bo’yicha barcha tushunchalarni berish bilan boshlanadi hamda kvadrat tenglama,
irratsional tenglama, ko’rsatkichli va logarifmik tenglama va trigonometrik
tenglamalarni o’rganish bilan davom ettiriladi. Bu davrda o’quvchilar yuqorida
sanab o’tilgan tenglamalar bo’yicha puxta bilimlarni egallaydilar. Bu esa ularni
aralash tipdagi tenglamalarni yechishni o’rganishlari uchun asos bo’lib xizmat
Аниқ фанларни ўқитишни модернизациялаш: инновацион таълимнинг янги моделлари ва амалиёти, 2020 йил 17 апрель
62
qiladi. Aralash tipdagi tenglamalar shunday tenglamalarki, ularni tarkibida bir xil
ifodalar (funksiyalar) qatnashmaydi. Bunday tenglamalarni yechishning umumiy
qoidalari yo’q. Ularni yechishda har biriga alohida yondashiladi. Bunday
tenglamalarni yechishda o’quvchilar mustaqil fikrlaydilar, mushohada qiladilar,
izlanadilar va pirovard natijada ularda ijodkorlik hislatlari namoyon bo’ladi.
Quyida bunday tenglamalarga misollar keltiramiz:
1.
√25 − (2𝑥 − 3)
2
= 5 + sin
2 2𝜋𝑥
3
tenglama yechilsin.
Yechish: Bu tenglamani chap tomonida irratsional ifoda, o’ng tomonida esa
trigonometrik funksiya qatnashgan ifoda bo’lib, unga irratsional tenglama yoki
trigonometrik tenglamalarni yechishdagi usullarni qo’llab bo’lmaydi. Demak,
tenglama aralash tipdagi tenglamadir. Uni yechish uchun chap va o’ng tomonlarini
baholaymiz. Bu yerda
√25 − (2𝑥 − 3)
2
≤ 5
va
5 + sin
2 2𝜋𝑥
3
≥ 5
ekanligi ma’lum.
Shuning uchun tenglik ularning har biri 5 ga teng bo’lgandagina o’rinli bo’ladi, ya’ni
√25 − (2𝑥 − 3)
2
= 5
,
25 − (2𝑥 − 3)
2
= 25
,
(2𝑥 − 3)
2
= 0
,
2𝑥 − 3
=
0
,
𝑥 =
1,5
. Bu berilgan tenglamani qanoatlantiradi.
Javob:
1,5
.
2.
√7 − 2𝑥 · log
0,4
(17 − 𝑥
2
) = 0
tenglama yechilsin.
Yechish: Berilgan tenglamaning aniqlanish sohasi
{
7 − 2𝑥 ≥ 0
17 − 𝑥
2
> 0
sistemaning yechimlari to’plamidan iborat. Uni yechamiz:
{
7 − 2𝑥 ≥ 0,
17 − 𝑥
2
> 0
; {
2𝑥 ≤ 7,
𝑥
2
< 17
; {
𝑥 ≤ 3,5,
−√17 < 𝑥 < √17
; −√17 < 𝑥 < 3,5.
Aniqlanish sohasida berilgan tenglama quyidagi majmuaga teng kuchli:
[
√7 − 2𝑥 = 0
log
0,4
(17 − 𝑥
2
) = 0
; [
7 − 2𝑥 = 0
17 − 𝑥
2
= 1
; [
𝑥 = 3,5
𝑥
2
= 16
; [
𝑥 = 3,5
𝑥 = ±4.
𝑥 = 3,5
va
𝑥 = −4
tenglamaning aniqlanish sohasiga tegishli va ular
tenglamani qanoatlantiradi.
𝑥 = 4
esa tenglamaning aniqlanish sohasiga tegishli
emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |