Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги низомий номидаги тошкент давлат


BLOG TEXNOLOGIYALAR ELEKTRON KOMMUNIKATSIYA



Download 4,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/139
Sana04.06.2022
Hajmi4,66 Mb.
#634812
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   139
 
BLOG TEXNOLOGIYALAR ELEKTRON KOMMUNIKATSIYA 
SIFATIDA 
 
Bobomuxamedova Sh. 
Nizomiy nomidagi TDPU 2 kurs doktoranti 
 
Mamlakatda zamonaviy axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini 
rivojlantirish, elektron davlat xizmatlarini koʼrsatishning yaxlit tizimini yaratish, 
davlat organlarining aholi bilan muloqot qilishining yangi mexanizmlarini joriy etish 
yuzasidan izchil ish olib borilmoqda. 
Blog texnologiyalarni joriy etish orqali taʼlim muassasalarida oʼqitish sifatini 
yanada yaxshilash masalasiga doir bir qator tadqiqot ishlari olib borilmoqda. 
Jumladan, N.A.Semkina o'z tadqiqot ishida “blog- bu, xronologik tartibda 
joylashtirilgan eslatmalar, giperssilkalar, shuningdek boshqa saytlarga havolalardan 
iborat muntazam ravishda yangilanib turiladigan sayt” deb ta’rif beradi. 
Blog texnologiya Web 2.0 texnologiyasining xizmatlaridan biri boʻlib, 
ixtiyoriy Internet foydalanuvchisi uchun shaxsiy Web sahifa yaratish imkoniyatini 
beruvchi texnologiya hisoblanadi. Blog (inglizcha Blog yoki Weblog) soʻzlaridan 
olingan boʻlib, kundalik yoki jurnal degan ma’noni bildiradi. Odatda blog sahifaga 
matnli materiallar, fotosuratlar, audio, video yozuvlar, boshqa Internet resurslariga 
havolalar joylashtiruvchi bir kishi tomonidan yaratiladi va boshqariladi, Blogga 
ixtiyoriy foydalanuvchi tashrif buyurib, saytning mazmunini oʻqib chiqib, chop 


Аниқ фанларни ўқитишни модернизациялаш: инновацион таълимнинг янги моделлари ва амалиёти, 2020 йил 17 апрель 
75 
etilgan matnga yoki fotosuratlarga munosabatini bildiradi, u yerga sharhlar 
yuboradi. Bloglar yangi ijtimoiy Internet (Web 2.0) avlodning xizmatlaridan biri 
hisoblanadi.
S.A.Belov o’z tadqiqot ishida
 
”o'quv blogi"- teskari xronologik tartibda 
joylashgan yozuvlar jurnali shaklidagi sayt bo’lib, o'quv jarayoni sub'ektlari 
tomonidan mavjud o'quv ma'lumotlarini turli shakllarda (grafika, xarita, chizma, 
rasm, videolar) saqlash va taqdim etish uchun foydalaniladigan, onlayn yoki oflayn 
rejimda muammoli vazifalar va vaziyatlarni muhokama qilish, guruh loyihalarini 
amalga oshirish va o'rganish ustidan nazoratni amalga oshirish uchun ochiq va yopiq 
jamoalarni yaratish imkonini beradi” deb ta’rif beradi. 
Gʻarb olimlaridan P.V.Sisoev taʻrifiga koʻra, blog-texnologiyalari har qanday 
Internet foydalanuvchisiga blog (ingliz blog yoki weblog) dan kundalik yoki jurnal 
shaklida shaxsiy sahifa yaratilish imkonini beruvchi Web2.0 xizmatlaridan biri 
boʻlib, muntazam ravishda qoʻshilib boruvchi matnlar, tasvirlar yoki multimediya 
oʻz ichiga oladi. Odatda bloglarda sharhlarni nashr etish ushbu servis orqali elektron 
pochta, web-forumlar yoki chatlarga qaraganda ma'lum afzalliklarga ega boʻlgan 
interaktiv tarmoqaro aloqa yaratish imkonini beradi. Blog, foydalanuvchilar 
muntazam ravishda turli xil axborotlarni (matn, audio va video tasvirlar va h.k.) 
nashr etishlari va shu bilan foydalanuvchilarning interfaol muloqot qilish uchun 
virtual jamoani tashkil etishlari mumkin boʻlgan internet tarmogʻidagi axborot 
olamini oʻzida aks ettiradi. A.V.Filatovaning “Blog texnologiyalari asosida chet 
tillarni o'qitishni optimallashtirish” mavzusidagi tadqiqot ishida “bloglar - birinchi 
navbatda, oddiy va qulay foydalanish, axborot makonini samarali tashkil etish, 
interfaollik va multimediyaviylik, ishonchlilik va xavfsizlik kabi didaktik 
xususiyatlari tufayli eng yaxshi Web 2.0 xizmatlaridan biri sifatida hisoblanadi.” deb 
ta’kidlangan.Uning fikricha, texnologiya nuqtai nazaridan, blogdan quyidagicha 
foydalanish mumkin: 
1. o'quv jarayonini boshqarish vositasi; 
2. munozaralar uchun platforma; 
3. Internetda nashrlarni joylashtirish uchun muhit. 


Аниқ фанларни ўқитишни модернизациялаш: инновацион таълимнинг янги моделлари ва амалиёти, 2020 йил 17 апрель 
76 
V.A.Starodubsev, fikricha, Bloglarda ma’lumotlar mavzular bo'yicha 
jamlanadi, boshlang’ich manbalarga havolalar beriladi, kerakli ma'lumotlarni izlash 
sezilarli darajada yengillashgan bo’lib, qo'shimcha ta'limning eng muvaffaqiyatli 
shakllaridan biri hisoblanadi.Bundan tashqari, blog muhiti o'qituvchining talabalar 
bilan maslahatlashishi, qo'shimcha materiallar taqdim qilishi, o'qiganlarini 
muhokama qilishi va h.k. kabilar mavjud bo'lgan shaxsiy ta'lim muhitni yaratish 
imkoniyatini beradi. E.D.Patarakin tadqiqot ishida “blog - Mualliflar (o'qituvchilar 
/ talabalar) o'zlarining yozuv (post)larini teskari xronologik tartibda nashr etadigan 
faoliyat sohasi. Ushbu sohada ishlash talabalarda yangilangan ma'lumotlarning 
ahamiyati, ular bilan tezkor ishlash ko'nikmalari, axborot oqimlarini to'plash va 
taqdim etish qobiliyati haqidagi tasavvurlarini shakllantiradi. O'quv blogi tyutor 
blogi, o'quvchi blogi, o'quv guruhining blogi bo'lishi mumkin. 
Tarmoq jurnali turli maqsadlar uchun ishlatiladi: 
● blog yozuv va havolalarni saqlaydigan shaxsiy axborot yordamchisi bo'lib 
xizmat qiladi.
● blog mualliflarga ilmiy, biznes yoki shaxsiy hayotdagi voqealarni yozish 
uchun muhit sifatida xizmat qiladi. 
● blog shaxsiy yoki jamoaviy saytni yuritish uchun platforma bo’lib, bunday 
saytni yangilash maxsus bilim talab qilmaydi; 
● blog tarmoq hamjamiyati uchun muhit sifatida xizmat qilishi mumkin. 
Ko'plab bloglar forumlarga nisbatan matndagi xabarlarda multimediya va HTML 
qismlarini nashr qilish, munozaralarning bir nechta filiallari o'rtasida o'zaro 
bog'liqligi kabi qo'shimcha afzalliklarga ega. 
Blog ichida chop etilgan har bir xabar unga murojaat qilish mumkin bo'lgan 
URL-manziliga ega bo’lib, aloqa barqarorligini ta'minlaydi. Blogda teskari ro'yxatga 
olish tartibi qabul qilingan bo’lib,eng yangi yozuvlar yuqorida e'lon qilinadi. 
Odatda, blog yozuvlari muallifi bir kishi bo’ladi, bir nechta bloglarning mualliflari 
ko'pincha ijtimoiy tarmoqda qo’shilishib, bir-birining yozuvlarini kuzatadilar, 
boshqalarning jurnallari maydonlarida sharhlar va yozuvlarni qoldiradilar. 
 


Аниқ фанларни ўқитишни модернизациялаш: инновацион таълимнинг янги моделлари ва амалиёти, 2020 йил 17 апрель 
77 
Adabiyotlar: 
1. Патаракин Е. Д. Социальные взаимодействия и сетевое обучение 2.0 —М. : 
НП «Современные технологии в образовании и культуре», 2009. — 176 с. 
2. Белов Семен Алексеевич. Формирование коммуникативной составляющей 
икт-компетентности будущих педагогов профессионального обучения 
средствами учебного блога. Диссертация на соискание ученой степени 
кандидата педагогических наук. Барнаул – 2014. 
3. Стародубцев, В.А. Особенности современного образовательного процесса / 
В.А. Стародубцев, О.М. Шепель, А.А. Киселева // Высшее образование в 
России: Научно-педагогический журнал министерства образования и науки 
Российской Федерации. – М., 2011. - № 8-9. – С.68-73. 

Download 4,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   139




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish