108
vazifalari, o‗quv dasturlariga, ilm-fan, texnikaning zamonaviy yutuqlari, fanlararo
bog‗lanishlariga mos kelishi lozim. Unda asosiy ilmiy g‗oyalarning, nazariya, qonun
tushunchalarining mohiyati yoritilishi, hayot bilan bog‗liqligi ochib berilishi kerak.
Darslikning metodik apparati kar o‗quvchilarda o‗rganilayotgan materialga
qiziqish uygonishini rivojlantirishga, ularni ijodiy faollashtirishga, nazariy va amaliy
malakalarni shakllantirishga qaratilishi lozim. Metodik apparatda asosiy matnga
kiritilgan yangi so‗zlar yuzasidan olib boriladigan lug‗at ishlari berilgan. Kar bolalar
zamonaviy umumta‘lim maktablari umumiy pedagogikada asoslab berilgan didaktik
tamoyillar tizimi, ilmiylik, onglilik va faollik, tushunarlilik, ko‗rgazmalilik,
puxtalik, yakka yondashish, izchillik va muntazamlik, nazariyaning amaliyot bilan
bog‗liqligi va boshqa tamoyillari bo‗yicha ish olib boradi.
Ilmiylik tamoyili
. Ilmiy bilimlarning egallab olinishini ta‘minlash uchun
kichik yoshdagi maktab o‗quvchilarining idrok qila olish imkoniyatlarini hisobga
olgan holda eng muhim ilmiy ma‘lumotlarni tanlab olish kerak. O‗quvchilarning
idrok qila olish imkoniyatlari jismoniy kuch va aqliy kuchlanish talab qiluvchi o‗quv
mavzulari va amaliy masalalarni izchillik bilan murakkablashib borish jarayonida
kengayib boradi. Qiyinchilik xarakterini to‗g‗ri aniqlash o‗quvchilarning idrok
qilish imkoniyatlarining kengayib borishiga, o‗quv materialini izchillik bilan
murakkablashib borishiga yordam beruvchi eng optimal metodik turni tanlab olishga
imkon beradi. Bu o‗quvchilarning aqliy taraqqiyotining asta-sekin ko‗tarilishiga va
ilmiy bilimlarni chuqurroq o‗zlashtirib olishga imkon beradi. O‗quv materialining
ilmiyliligi tushunarli bo‗lish bilan uyg‗unlashishi kerak. Bunga uni o‗quvchilarning
aqliy va ruhiy rivojlanishiga, shuningdek, ularning tayyorgarligiga moslashtirish bilan
erishiladi.
Bilimlar
mazmunining
tushunarliligi
kichik
yoshdagi
maktab
o‗quvchilarida o‗qishga qiziqish uyg‗otadi, aqlga ozuqa beradi, mantiqiy fikrlashga,
taqqoslash va xulosalar chiqarish, amaliy masalalarni еchishga majbur qiladi.
Kar o‗quvchilarni o‗qitish jarayonida nazariyani amaliyot bilan bog‗lash
tamoyili. Nazariyani amaliyot bilan bog‗lash o‗quvchilarni amaliy masalalarni hal
qilishda nazariyaning ahamiyatini tushunishga olib keladi. Bu o‗quv
materiallarini o‗zlashtirishda uning sifatini ko‗taradi. Bu tamoyil mehnat ta‘limi va
o‗quvchilarni amaliy faoliyatga tayyorlash vazifalarini hal qilishda alohida ahamiyat
kasb etadi. O‗qitishda nazariya bilan amaliyotning bog‗lanish xarakteri o‗quv
fanining mazmuni bilan taqozo qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: