Shovqin va titrashning asoratlari.
Inson uchun yoqimsiz bo‘lgan har qanday tovushlar shovqin deb ataladi.
Shovqin va tebranish manbalariga kompressorlar, havo almashtirgichlar, maydalovchi va saralovchi qurilmalar, quvurlardan yuqori bosimda o‘tayotgan suyuqlik va gaz aralashmalarining tezlikdagi harakati kiradi.
Davomli shovqin ta’sirida insonning eshitish qobiliyati pasayib borib, hattoki kar bo‘lib qolishi mumkin. Undan tashqari insonning markaziy asab tizimiga ta’sir etib, ko‘rish, fikrlash qobiliyatini pasaytiradi va charchashini tezlashtirib, jarohatlanishga olib keladi.
Titrash shovqinga nisbatan markaziy asab tizimiga kuchliroq ta’sir o‘tkazib, yurak, qon – tomir tizimlari va shuningdek tananing muvozanat a’zolariga salbiy ta’sirini ko‘rsatib, kasb kasalligi bo‘lgan – tebranish yoki titrash kasalligini vujudga keltiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |