Ўзбекистон республикаси Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги Навоий кон-металлургия комбинати



Download 7,19 Mb.
bet21/138
Sana31.12.2021
Hajmi7,19 Mb.
#233371
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   138
Bog'liq
Xavfsizlik qoidalari umk e6af9cd21d160fc709af1963d3d3d56c

4. Aqliy mehnat. Toliqish.

Aqliy mehnat - odamning ishlab chiqarish jarayonini boshqarish va ijodiy faoliyat bilan band bo‘lishidir. Uning asosini ma’lumotni idrok qilish, qayta ishlash va qarorlar qabul qilish tashkil etadi. Ma’lumotni qabul qilish asosan ko‘rish va eshitish organlari tomonidan amalga oshiriladi. Bunda diqqat, xotira, intellektual faoliyat singari ruhiy funksiyalar ishga solinadi.

Ortiqcha zo‘riqish o‘ziga xos bajariladigan funksiyalarning bir xilligi va soddaligi (monotonligi) ayrim mehnat turlarining hususiyati hisoblanadi. Aqliy faoliyatning hamma hollarida asab tizimi, uning markaziy bo‘limlarining ishtirok etishi asosiy belgi sanaladi. Aksariyat aqliy mehnatni bajarish mushak faolligining pasayishi (gipokineziya) bilan birga o‘tadi.

Aqliy mehnat kuchini sinflashda uning qator xususiyatlari hisobga olinadi. Mehnatning kuchi avvalo diqqat funksiyasiga qanday talablar qo‘yilishiga bog‘liq.

Bu ayni vaqtda kuzatilishi lozim bo‘lgan muhim ishlab chiqarish ob’ektlarining soni, vaqt biriligida kelib turadigan signallar miqdoriga bog‘liq. SHuningdek, emotsional eshitish hamda ko‘rish zo‘riqishining oldini olishda mehnatning bir maromdagi darajasi muhim ahamiyatga ega. Mehnatning kuchiga, shuningdek, navbat (smena) bilan ishlash rejasi ham ta’sir qiladi, muntazam ravishda ertalabki smenada bajaraladigan ish kam kuch sarflanadigan mehnat, ish smenasi o‘zgarib turadigan, jumladan, tunda ishlash jarayonini ko‘p kuch sarfladigan mehnat deyiladi.

Toliqish. Ba’zan ish bajarish jarayonida organizm ish qobiliyatining pasayishi hollari sodir bo‘lishi mumkin, bu hollarga ob’ektiv ravishda toliqish deb baho beriladi, sub’ektiv ravishda esa charchash sezgisi yuzaga keladi.

Toliqish - ish qobiliyatining pasayishidir. U ancha og‘ir, ko‘p kuch talab etadigan yoki davomli yoki mehnatni bajarish natijasida paydo bo‘ladigan va mehnat natijalarining miqdor va sifat jihatidan yomonlashuvi bilan ifodalanadi. Vaqt biriligida (minut, soat) tayyorlanadigan yoki bajaraladigan operatsiyalar soni miqdoriy ko‘rsatkich hisoblanadi. Toliqqan organizmda bir qancha o‘ziga xos fiziologik siljishlar kuzatiladi. Toliqish qaytuvchan, fiziologik holatdir. Biroq ish qobiliyati keyingi ish davri boshlangunga qadar tiklanmasa, toliqish tobora kuchaya borishi va o‘ta toliqish bosqichiga o‘tishi mumkin, bu ish qobiliyatining bir muncha barqaror pasayishi bo‘lib, keyinchalik ayrim hollarda kasallik rivojlanishiga olib boradi, xususan, bunda tananing yuqimli kasalliklariga chidami pasayib ketadi. Ortiqcha toliqishda hissiyotga berilish yuzaga kelib, bu yurak- tomirlar patologiyasi rivojlanishiga sabab bo‘lishi mumkin. Toliqish ishlab chiqarishda shikastlanishlar sonining oshishiga, mehnat umumdorligining pasayishiga, umumiy va kasbga doir kasalliklarning ko‘payishiga sabab bo‘ladi. Toliqishning tabiatini tushuntaridigan ko‘p sonli farazlar orasida markaziy asab tizimi nazariyasiga ko‘proq asoslangan va mehnat fiziologlari tomonidan qabul qilingan. Bu nazariyaga ko‘ra toliqishning paydo bo‘lishida bosh miya hujayralari, aniqrog‘i, po‘stlog‘ining afferent markazlari ish qobiliyatining pasayishi e’tiborga molikdir. Toliqish asosiy asab jarayonlari nisbatining o‘zgarishi natijasida yuzaga keladi: bunda ishlaydigan asosiy markazlardagi tormozlanish qo‘zg‘alish jarayonlaridan ustunlik qila boshlaydi.

Toliqish asab markazlariga faoliyatdagi mushaklar va ichki a’zolardan davomli impulslar kelib turishi natijasida zo‘rayadi. Bunda bosh miya yarim sharlari po‘stlog‘ining afferent markazlarida tormozlanish o‘chog‘i paydo bo‘ladi, ayni vaqtda zonalar tormozlanish o‘chog‘idan funksional yaqinligi yoki uzoqligiga va boshqa qator sabablarga ko‘ra qo‘zg‘alish yoki tormozlanish holatda bo‘lishi mumkin. Bundan qat’i nazar ularda tormoz jarayonining sustligi qayd qilinadi, toliqishning doimiy va xususiyatli belgilaridan biri-harakat uyg‘unligining buzilishi mana shundan dalolat beradi. Buni ba’zan og‘ir ishdan keyin charchagan kishining biroz gandraklab yurishi misolida ko‘z bilan payqash mumkin.

Binobarin, bir butun toliqish jarayonini faqat tormozlanishning o‘zi bilan bog‘lash mumkin emas. Toliqishda bosh miya yarim sharlari po‘stlog‘ining afferent bo‘limida qo‘zg‘alish va tormozlanishning murakkab mexanizmi o‘zgaradi, chunki ishlayotgan organlardan kelayotgan impulslar ta’siri natijasida parabiotik tormozlanish o‘chog‘i vujudga keladi. Toliqish holatini qator ishlab chiqarish va fizilogik ko‘rsatkichlar bo‘yicha belgilash mumkin.

Ishlab chiqarilayotgan mahsulot miqdorining vaqt birligi ichida kamayishi yoki ishlash davrining uzayishi ish qobiliyati pasayganini aks ettiradi va toliqish belgisi hisoblanadi. Hatto toliqish rivojlangan sharoitlarda ba’zan navbat oxirida unumdorlikning bir qadar o‘sishi qayd qilinadi, bu hol «oxirgi g‘ayrat» tezroq ishni tugalash ishtiyoqi va navbatning tugashi munosabati bilan yuzaga kelgan ko‘taringi ruh bilan izohlanadi. Toliqishda mehnatning sifat ko‘rsatkichlari yomonlashadi, ishda sifatsizlikka yo‘l qo‘yiladi, diqqat-e’tibor pasayishi sababli xatoliklar sodir bo‘ladi. Bunday holat xodimning malakasi pastligi oqibati bo‘lmay, balki zo‘r berib bajarilgan ish natijasida toliqishning zo‘rayishini bildiradi.

Toliqish bir qator fiziologik ko‘rsatkichlar bo‘yicha aniqlanishi ham mumkin. Ish bajarishda charchash (boshqa sabablar, masalan, ishga qiziqishning yo‘qligi, kasallik holati bo‘lishi), diqqat-e’tibor funksiyasining yomonlashuvi, muskul chidamining, ba’zan kuchning ham pasayishi toliqish yuzaga kelganidan dalolat beradi. Maxsus sinovlar organizm holatidagi ana shu fiziologik ko‘rsatkichlarga baho berishga imkon beradi.

Toliqishning rivojlanishi ish bajarish bilan aloqador jarayonlar uyg‘unlashuvining buzilishi bilan o‘tadi. Fiziologik jarayon uyg‘unlashuvning o‘zgarishiga harakat aniqligining buzilishi, gaz almashinuvi ishning og‘ir-engilligiga mos kelmaydigan puls chastotasining buzilishi kabi misol bo‘ladi.


Download 7,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish