Ўзбекистон республикaси олий вa ўртa мaхсус тaълим вaзирлиги бухоро дaвлaт университети


Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati



Download 2,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet189/191
Sana06.07.2022
Hajmi2,95 Mb.
#744426
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   191
Bog'liq
нутқ ўс..

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati: 
Babayeva D. R. Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi. –
Toshkent, 2018. –334 b. 
Nishonova Z., Alimova G. Bolalar psixologiyasi va uni o‘qitish 
metodikasi. –T.: “O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Adabiyot 
jamg‘armasi”, 2006. — B. 68. 
Qodirova F. R., Toshpo‘latova Sh.Q., Qayumova N. M., 
A’zamova M. N. Maktabgacha pedagogika. –T.: “Tafakkur”, 
2019. –B. 107.


386 
1.
Zokirova, S.M. (2016). About the congruent phenomenon in 
the contrastive
 
MAKTABGACHA TARBIYA YOSHIDAGI BOLALARDA 
SENSOR TARBIYANING AHAMIYATI 
M.M.Ramazonova 
BuxDu 4 kurs talabalari 
Tayanch so’zlar. Sensor tarbiya, Montessori, maktabgacha 
tarbiya, buyumlar, qo’l motorikasi, tevarak, atrof-olam, fazo 
tasavvuri. 
Ключевые слова. Сенсорное образование, Монтессори, 
дошкольное образование, предметы, моторика рук, 
окружение, 
окружающая 
среда, 
пространственное 
воображение. 
Key words. Sensory education, Montessori, preschool education, 
objects, hand motor skills, environment, environment, spatial 
imagination. 
Annotatsiya. Sensor tarbiya bola hayotida muhim rol o’ynaydi. 
Ushbu maqolada esa maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda 
sensor tarbiyani rivojlantirish, uning ahamiyati haqida ma’lumot 
berilgan. 
Аннотации. Сенсорное воспитание играет важную роль в 
жизни ребенка. В данной статье представлена информация 
о развитии сенсорного обучения дошкольников и его 
важности. 
Annotations. Sensory education plays an important role in a 
child's life. This article provides information on the development 
of sensory learning in preschoolers and its importance. 
Tevak-atrofda bo‘layotgan hodisalarda, masalan: ularning katta-
kichikligi, shakli, tuzilishi, rangi, holatini ajrata bilish kabilar 
asosida ajratish bilish faoliyatining zarur shart-sharoiti 
hisoblanadi. Bola buyumlar, tabiat hodisalari, hayvonot va 
o‘simliklar olami bilan tanishadi va ularni bilib oladi. Bu 
hodisalar bolaning o‘sib rivojlanishida katta ahamiyatga ega. 
Narsalarning turli xil ranglari, shakllari, katta-kichikligi va 
fazodagi holatini ko‘zi bilan ko‘radi hamda eshitadi,ulardagi 
tovushlarni musiqa ovoziga qiyoslaydi, ularning qattiq-


387 
yumshoqligini, yengil-og‘irligini, sovuq yoki issiqligini qo‘llari 
bilan sezadi. 
“Sensor” so‘zi lotinchadan olingan bo‘lib, uning ma’nosi 
“sensuz”- tuyg‘u, sezgi, idrok ma’nolarini anglatadi. Sensor so‘zi 
rus tilidagi “sensorniy” so‘zidan o‘zbek tiliga kirib kelgan. Sensor 
tarbiya sezgi va idrokni biror maqsadga qaratilgan holda 
rivojlantirishdir. Borliqni bilish, avvalo, sezish va idrok qilishdan 
boshlanadi. Inson ko‘rish, sezish va eshitish yordamida tevarak-
atrofdagi narsa va hodisalar to‘g‘risida bilimga ega bo‘ladi, Faqat 
shular asosidagina unda xotira, tafakkur, xayol kabi jarayonlar 
hosil bo‘ladi. Sezgi va idrok insonda qanchalik boy bo‘lsa, 
insonning tevarak, atrof-olam haqidagi tasavvurlari shunchalik 
keng bo‘ladi. Bolalarning sensor madaniyati,unda sezgi va 
idrokning rivojlanish darajasi bilish faoliyatining muvaffaqiyati 
uchun muhim shart-sharoitdir. 
Sensor tarbiyaning rolini ilk maktabgacha yoshdagi bolalik 
davrida baholash ancha qiyin. Chunki bu davrda bolaning hali 
fazo,tevarak-atrof haqidagi bilimlari yetarlicha bo‘lmaydi. Lekin 
xuddi shu davrdan boshlab boladagi sezish va idrok qilish 
organlari ishlay boshlaydi hamda tevarak-atrof,hodisalarga 
bo‘lgan qiziqishi ortib boradi.Ilk maktabgacha yoshdagi bolalar 
buyumlar o‘rtasidagi tafovutni ularning rangi, shakli, katta-
kichikligi, g‘adir-budurligini, hidni, taomning mazasini ajrata 
biladi. 
Sensor tarbiya asoschilaridan biri Mariya Montessori 
maktabgacha tarbiya pedagogikasining ko‘zga ko‘ringan 
namoyondalaridan biri bo‘lgan. M.Montessori sistemasi 
narsalarning 
katta-kichikligi,rangi,shaklini 
farqlashga 
oid 
mashqlar (ko‘rish, sezish mashqlari), narsa va buyumlarning 
yuzalari xossalarini, xususiyatlarini tafovut qilishga doir 
mashqlar, harorat, og‘irlik, hamda tovushlarning baland-
pastligini, hid va ta’mni farqlashga xos mashqlar o‘tkazishni o‘z 
ichiga oladi. Mashqlarni o‘tkazishda geometrik buyumlar, 
tayoqchalar, g‘o‘lalar, rangli qog‘oz varaqlari va shu kabilar 
material bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Bola shu narsalardan 
foydalanib, ba’zi bir narsalarning teshiklarini ularning shakli va 
katta-kichikligiga qarab tegishli narsalar bilan to‘ldirishi, 
“narvoncha”, minoracha yasashi, ularni xillariga qarab ajratishi, 


388 
namunaga qarab tanlay olishi, bir-biriga o‘xshashlarini alohida-
alohida qilib to‘plashi lozim” - degan fikrni kiritadi. 
Bola tevarak-atrofdagi olamni,narsalarning xossalari va sifatlarini 
to‘g`ri idrok qila olishi uchun kattalar unga zarur bo‘lgan sensor 
harakatlarni, sensor ko‘nikmalarni hayotda qo‘llay olishni 
o‘rganishlari zarur. Bola oldiga qo‘yilgan narsaning namunasiga 
qarab joylashtiradi, esda qolgan narsaning tashqi qiyofasiga qarab 
harakat qiladi. Narsani ko‘rish, ushlash orqali yoki tovushning
baland-pastligini, ko‘zi bilan ko‘rib mo‘ljallashga qilgan 
harakatllari muhim ahamiyatga ega. Bu esa o‘z navbatida boladan 
aqliy fikrlashni, o‘z aqliy faoliyatini tarbiyalab borishini, 
hayotdagi narsa va hodisalarning o‘ziga xos belgi va 
xususiyatlarini kuzatib, uning inson hayoti va turmush tarsi bilan 
bog‘liq chegaralarni aniqlab olishni, shuningdek, har bir narsa-
hodisalarning hayotdagi o‘rnini baholay bilishni tarbiyalab 
boradi. Shu tarzda bolaning axloqiy fazilatlari ham birga 
shakllanib boradi. 

Download 2,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   191




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish