Keywords: education, value, cultural heritage, national pride,
training, educator, pedagogical technology, learning process,
game, imagination, creativity, innovation.
Barchamizga ma’lumki maktabgacha ta’lim tizimi bolalarni
xalqning boy, milliy madaniy tarixiy merosi va umumbashariy
qadriyatlar asosida ma’naviy –axloqiy jihatdan tarbiyalash, ularda
milliy g’urur, vatanparvarlik hislarini shakllantirish,o’qishga
,bilim olishga bo’lgan qiziqishi,jismoniy hamda ruhiy jihatdan
sog’ligini ta’minlash,o’zining fikrini mustaqil , erkin ifodalashga
o’rgatish kabi mas’uliyatli vazifalarni o’z zimmasiga oladi.
Maktabgacha ta’lim tizimi uzluksiz ta’limning birlamchi,
eng asosiy bo’g’ini hisoblanadi. Mutaxassis va pedagoglarning
ilmiy xulosalariga ko’ra , inson o’z umri davomida oladigan
barcha axborot va ma’lumotning 70 foizini 5 yoshgacha bo’lgan
davrda oladi. Ana shu dalilning o’zi bolalarimizning yetuk va
barkamol shaxs bo’lib voyaga yetishida bog’cha tarbiyasi
qanchalik katta ekanini yaqqol ko’rsatib turibdi.
Bunga qo’shimcha isbot qidirib uzoqqa borishning hojati
yo’q. Bog’cha tarbiyasini olgan bola bilan bog’cha bormagan
bolani
solishtirganda,
ularning
fikrlash
darajasi,
nutqi,
tengdoshlari va kattalar bilan muloqotga kirishishi o’rtasida yer
bilan osmoncha farq borligini sezish qiyin emas.
Shuning uchun ham maktabgacha ta’lim tizimini qayta
ko’rib chiqish masalasini davlat siyosati darajasiga ko’tarib,
377
davlatimiz rahbari tomonidan o’sib kelayotgan yosh avlodga
sifatli ta’lim tarbiya berish masalalari borasida muhim poydevor
qo’yildi. Respublikamiz Prezidentining 2017 yil 30 sentyabrdagi
“Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish
chora tadbirlari to’g’risida”gi Farmoni hamda “O’zbekiston
Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish
to’g’risida“gi qarorining e’lon qilinishi sohada yangi tizim
yaratilishiga zamin bo’lib xizmat qildi.
Mazkur Farmon va qarorga ko’ra, maktabgacha ta’lim
tashkilotlari davlat va nodavlat tarmog’ini kengaytirish, moddiy
texnik bazani mustahkamlash, ularni malakali pedagog –kadrlar
bilan ta’minlash, MTTlarga bolalarni qamrab olishni oshirish
masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Bu hech shubhasiz
bolalarni har tomonlama barkamol shaxs sifatida tarbiyalashda
muhim vosita bo’lib xizmat qiladi.
Bugungi kunga kelib maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish va
tubdan takomillashtirish borasida ishlab chiqilgan farmon va
qarorlar nechog’lik amalda o’z ifodasini topayotganini tizimda
amalga oshirilayotgan islohotlar buning yaqqol dalilidir.
Jumladan, pedagog kadrlarni malakasini oshirish va qayta
tayyorlash, moddiy texnik bazani yangilash, bog’chalarda bolalar
qamrovini kengaytirish, rivojlangan mamlakatlar tajribasini
o’rgangan holda ta’lim tarbiya jarayonini sifatli tashkil etish,
bog’chalarda bolalarni sog’lom ovqatlantirish va ularga
berilayotgan oziq-ovqat mahsulotlari sifatli bo’lishini ta’minlash
uchun bir bolani ovqatlantirish uchun ajratilayotgan mablag’
miqdorlarining oshirilishi, har bir maktabgacha ta’lim
tashkilotlariga fermer va tadbirkorlik subyektlarining biriktirilishi
maktabgacha ta’lim tizimiga berilgan e’tiborning namunasidir.
Maktabgacha ta’lim tizimidagi o’zgarishlar, bolalarga
sifatli ta’lim tarbiya berish haqida so’z borar ekan, mashg’ulotlar
jarayonida bolalar tasavvuri va ongini rivojlantirishga qaratilgan
mashg’ulotlar va o’yinlardan foydalanish, shu orqali bolada aqliy
qobiliyat va ijodkorlikni rivojlantirish borasida fikr yuritish katta
ahamiyatga ega. Chunonchi, mashg’ulotlar jarayonida amaliy
o’yinlar, oddiy tajribalardan foydalanish bolalarda erkin, mustaqil
fikr yuritishni, ijodkorlikni shakllanishida poydevor bo’lib xizmat
qiladi.
378
Psixologlarning
ta’kidlashicha,
o’yinli
faoliyatning
psixologik mexanizmlari shaxsning o’zini namoyon qilish,
hayotda o’z o’rnini barqaror qilish, o’z imkoniyatlarini amalga
oshirishning fundamental ehtiyojlariga tayanadi. Shu bilan bir
qatorda bolada o’yin faoliyati orqali ijodkorlik qobiliyati
shakllana boshlaydi. A.N.Leontev o’yinga shaxsning xayolotdagi
amalga oshirib bo’lmaydigan qiziqishlari (manfaatlari)ni xayolan
amalga oshirishdagi erkinligi sifatida qaraydi. O’yin faoliyati
o’zining boshqa faoliyat turlaridan ajralib turadigan jihati
shundaki,u mumkin qadar boy, faol xarakterga –“ijod
maydoniga”ega bo’ladi. O’yin uchun hissiy ko’tarinkilik xosdir.
U o’zaro kurash raqobatlashish va musobaqa shaklida bo’ladi.
Shu bois ham bolaning asosiy faoliyati sanalgan o’yin faoliyati
bolani har tomonlama rivojlanishida muhim vosita bo’lib xizmat
qiladi.Bola jismoniy, ruhiy, axloqiy, aqliy jihatdan aynan o’yin
faoliyati jarayonida rivojlanib boradi. Shuningdek bolaning
tasavvur olami ham o’yinlar orqali shakllanib boradi. Ayniqsa,
bolani ijodiy fikrlashga undovchi o’yinlar: “Sehrli gilamcha”,
“Osmon ostida”, “Bu kimning dumi” va h.k.lar Bolalarni
yoshlikdanoq topqirlikka, zukkolikka, mustaqil fikr yuritishga
o’rgatadi. Ijodiy o’yinlar ,ularning ahamiyati haqida so’z borar
ekan drammalashtirilgan o’yinlar ham bolalarda katta qiziqish
uyg’otibgina qolmay, balki o’ziga berilgan topshiriqqa mas’uliyat
bilan yondashish, asarlar bilan tanishish orqali badiiy adabiyotni
o’rganish, asar qahramonlari orqali axloqiy sifatlarni
shakllantirish asarni rollarga bo’lib bajarib ko’rsatish orqali
bolalarda ijodkorlik malakalari shakllanadi.
379
Bolalarda ijodkorlik qobiliyatlarini shakllantirishda, avvalambor
tarbiyachining o’zida ham shu sifatlar shakllangan bo’lmog’i
lozim.Shuni
tan
olib
aytish
kerakki,haliyam
oramizda
bog’chalarni ta’lim tarbiya maskani emas,balki bolalar ota-onasi
ishda bo’lgan vaqtda ularga qarab turadigan muassasa sifatida
qaraydigan tarbiyachilar ham yo’q emas.Vaholangki,tarbiyachilar
Vatanimiz kelajagi uchun munosib farzandlarni tarbiyalashdek
mashaqqatli va sharafli vazifani o’z zimmasiga olgan kasb
egalaridir.Shuning uchun ham barchamiz hamjihatlikda, o’z
kasbimizga vijdonan yondashgan holda davlatimiz rahbari
ishonchini oqlashga astoyidil harakat qilmog’imiz lozim.
Shundagina biz o’z oldimizga qo’ygan maqsadimizga erishamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |