Ўзбекистон республикaси олий вa ўртa мaхсус тaълим вaзирлиги бухоро дaвлaт университети



Download 2,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet188/191
Sana06.07.2022
Hajmi2,95 Mb.
#744426
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   191
Bog'liq
нутқ ўс..

Keywords: communication, speech, children's speech, children's 
speech development. 
Shaxslararo o'zaro munosabatlarni yoki guruh ichidagi 
o'zaro ta'sirni o'rganishning asosiy maqsadi turli xil ijtimoiy 
omillarni, ushbu guruhga kirgan shaxslarning turli xil ta'sirlarini 
chuqur o'rganishdir. Agar odamlar o'rtasida hech qanday aloqa 
bo'lmasa, unda insoniyat hamjamiyati qo'shma to'laqonli 
faoliyatni amalga oshira olmaydi, chunki ular o'rtasidagi to'g'ri 
tushunishga erishilmaydi. Masalan, o'qituvchi talabalarga ta'lim 
bera olishi uchun avvalo muloqotga kirishishi kerak. Kishilarda 
faoliyat jarayonida bir-birlariga nimanidir aytish istagi tug’iladi. 
Muloqot - odamlar o’rtasida birgalikdagi faoliyat ehtiyojlaridan 
kelib chiqadigan bog’lanishlar rivojlanishining ko’p qirrali 


384 
jarayonidir. Nutqiy muloqot esa axborot uzatishga, ma’lumotlar 
almashinishiga asoslangan faoliyat turidir. 
Maktabgacha 
bo’lgan 
davr 
bola 
hayotida 
ulkan 
muvaffaqiyatlar uchun poydevor vazifasini o’taydi. Bu davrda 
avvalo bola nutqiga e’tibor berilishi kerak. Maktabgacha yoshda 
nutqni rivojlantirish (ona tilini egallash) o’z tabiatiga ko’ra ko’p 
qirrali jarayon hisoblanadi. U aqliy rivojlanish bilan uzviy 
bog’langan, chunki insonning rivojlangan tafakkuri – bu nutqiy, 
til, so’z-mantiqiy tafakkurdir. Nutqiy rivojlanish, tilni egallash va 
aqlni, bilishni rivojlantirish o’rtasidagi o’zaro bog’liqlik 
tafakkurni rivojlantirish uchun tilning qanchalik muhim 
ahamiyatga egaligidan dalolat beradi. Shu bilan birga nutqiy (til) 
va intellektual rivojlanishdagi o’zaro bog’liqlikni teskari 
yo’nalishda – intellektdan tilga qarab ham ko’rib chiqish zarur. 
Bunday yondashuvni shartli ravishda intellektning til (lingvistik) 
funksiyasini tahlil qilish, ya’ni intellekt, fikrlash faoliyatining tilni 
egallashdagi ahamiyatini aniqlash sifatida ham belgilash mumkin. 
Bola uchun katta yoshli odam - bitmas-tuganmas ijobiy 
emotsiyalar, qiziqarli taassurotlar va borgan sayin so’z muhim 
ahamiyatga ega bo’lib boradigan o’yinlar manbai hisoblanadi. 
Kattalar bilan muloqotga kirishish, narsalar va o’yinochoqlarga 
egalik qilishga intilarkan, bola ushbu maqsadlarga erishish uchun 
so’zdan foydalanish haqidagi chaqiriqqa javob beradi, ba'zida o’zi 
tashabbus ko’rsatib, fikr bildiradi. Katta yoshli odam bola bilan 
dialogga kirishadi, bolaning bir so’zli fikrlarini grammatik 
jihatdan to’liq shakllantirilgan iboraga aylanatirish orqali uning 
«kamchiliklarini tuzatatadi». Demak, maktabgacha yoshdagi 
bolalar nutqini rivojlantirishda tarbiyachi, bolaning ota-onasi va 
oila a’zolari kabi “kata odam”lar alohida mas’uliyatga egadirlar. 
Bola o’z istak-xohishlari, hissiyotlari, fikrlarini ifodalash, 
kutilayotgan natijalarga erishish uchun so’zlardan foydalanadi. 
Biroq bola tomonidan foydalanilayotgan so’zlar fonetik jihatdan 
ancha nomukammal bo’lib, u keng qamrovli ma'nolarni anglatadi. 
So’z va predmetli harakatlarni qo’llash va ular bilan mos ravishda 
harakat qilish orqali katta yoshli odam bola bilan o’zaro bir-birini 
tushunishni va uning tilini boyitishni yo’lga qo’yadi. 
Agar maktabgacha yoshdagi ya’ni 3–7 yoshdagi boladan berilgan 
topshiriqda nutqiy faoliyatning elementi bo‘lmish so‘z bilan 
muayyan amallarni bajarish talab etilsa, masalan, gap tarkibidan 


385 
so‘zlarni ajratib olish vazifasi berilsa, S. N. Karpovaning tadqiqoti 
ko‘rsatishicha, bolada unga aytilgan gap belgilaydigan vaziyatga 
mo’ljalga olishning ancha barqaror moyilligi kuzatiladi. Berilgan 
so‘z tarkibida nechta so‘z mavjud degan savolga bolalar gapni 
“boshdan oyoq” qaytadan takrorlaydi. Masalan, “Koptok yumalab 
ketdi” degan gap berilsa, bola bu gapda bitta so‘z “Koptok 
yumalab ketdi” degan so‘z borligini aytadi. Ya’ni bolalar so’z 
bilan gap bitta narsa deb o’ylaydi. S. N. Karpovaning 
tadqiqotlari shuni ko‘rsatadiki, maktabgacha yoshdagi bolada gap 
tarkibidan barcha turdagi so‘zlarni ajratib olish ko‘nikmasini 
shakllantirish mumkin. Buning uchun ularga so‘zlarning 
mezonlarini, ya’ni so‘z tovushlarining majmuasidan iboratligini, 
so‘z doim muayyan mazmunga egaligini anglashi lozim. Albatta 
buning uchun bolaning yoshiga mos keluvchi usullardan 
foydalanish maqsadga muvofiqdir. Shunday qilinganda, yoshidan 
qat’iy nazar bolalarda so‘z haqida tasavvurlar paydo bo‘ladi.
Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarni yuksak g‘oyaviylik 
ruhida tarbiyalash ularning ongiga xalq, millat, yurt, jamiyat 
manfatlaridan yuqoriroq manfaat bo‘lishi mumkin emasligini 
singdirish, ularni vatanga, xalqqa muhabbat ruhida va sadoqatli 
qilib tarbiyalash demakdir. Bunda esa, albatta, tarbiyachining 
o‘rni beqiyos va muhimdir. Shunday qilib, nutq maktabgacha 
yoshdagi bolalarning taraqqiy etishlarida katta o‘rin tutadi. 
Shuning uchun ham maktabgacha yoshdagi bolaning nutqini 
o‘stirishda atrofdagi insonlarning, shuningdek tarbiyachilarning 
nutq madaniyati rivojlangan bo‘lishi muhim sanaladi. 
Maktabgacha yoshdagi bolalarning eng muhim xususiyati 
nutqning rivojlanganligi hisoblanadi. Tarbiyachi tomonidan nutq 
o‘stirish to‘g‘ri rejalashtirib borilishi kerak. 

Download 2,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   191




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish