Ўзбекистон республикaси олий вa ўртa мaхсус тaълим вaзирлиги бухоро дaвлaт университети


Keywords: speech, communication, speech culture, educator  speech, cultural speech



Download 2,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet186/191
Sana06.07.2022
Hajmi2,95 Mb.
#744426
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   191
Bog'liq
нутқ ўс..

Keywords: speech, communication, speech culture, educator 
speech, cultural speech. 
 

Nutqiy 
muloqot kishilarning o‘zaro aloqaga 


kirishishidir. Tajriba shuni ko‘rsatadiki, muomala odobini saqlash 
nihoyatda og‘ir va mas'uliyatli vazifa ekan. Garchi bu fazilatlar 
umuminsoniy va milliy qoidalar hisoblansa ham, har bir kishi 
uchun o‘zligini ko‘rsatuvchi alohida fazilat sifatida ham nomoyon 
bo‘ladi. Shuning uchun bir vaziyatdagi muomala jarayoni boshqa 
bir vaziyatda qaytarilmasligi mumkin. 
Muloqot jarayonida til va tildan tashqaridagi omillar (xulq, 
tafakkur) baravar ishtirok etadi. Muloqotning zarur sharti: yoshi, 
jinsi, jamiyatda tutgan mavqeidan qat'iy nazar suhbatdoshlar 
o‘rtasidagi samimiy munosabat hurmat-ehtirom hisoblanadi. 
Mana shunday omillar bo‘lgan joyda o‘z shaxsini ustun qo‘yish, 
mensimaslik, nutqni ortiqcha ovoz va harakatlar bilan ifoda 
etishga o‘rin qolmaydi. Bunday paytlarda suhbat ijobiy 
yakunlanadi. 
Jamiyatimizning har bir a'zosi, har qanday mutaxassis, zamon bilan 
hamqadam har qanday kadr, eng avvalo, o’z ona tilining sadoqatli 
sohibi bo’lmog’i lozim. Ona tiliga chinakam sohib bo’lmoqning 
bosh sharti esa uning tugaimas imkoniyatlarini tugal egallamoq, 
ya'ni fikrni mustaqil, ravon, go’zal va lo’nda ifoda eta olmoqdan 


381 
iborat nutqiy madaniyat malakalarini shakllantirmoqdir. Zotan, nutq 
madaniyati tildan bеmalol va maqsadga o’ta muvofiq tarzda 
foydalana olishni ta'minlaydigan ko’nikma, malaka va bilimlarning 
jami dеmakdir. Nutqning ifodaliligi, xususan tarbiyachi nutqi ustida 
ishlashda 
og'zaki 
nutq 
uchun 
ifodalilikning 
intonatsion 
vositalaridan to'g'ri foydalanish muhim ahamiyatga ega. Shuning 
uchun tarbiyachi o'z nutqida urg'ularni to'g'ri ishlatish, ovoz 
tempini va kuchini o'zgartirish bilan so'zlarning mazmunini 
ajratish, to'xtamlardan nutqda ovozni vaqtincha to'xtatish (o'rinli 
foydalanish, nutqda ovozning balandligi va kuchiga qarab 
harakati, nutq tempi, ma'lum vaqt ichida aytiladigan so'zlar 
miqdori), ovoz balandligini o'zgartirish ustida mashq qilish lozim. 
Intonatsiya nutqni jonli, jo'shqin qiladi, fikrni to'liq va tugallangan 
holda bayon etishga yordam beradi. 
Har bir yosh guruhidagi bolalar, o'z tarbiyachilari bilan maishiy-
xo'jalik, mehnat, o'yin faoliyatida muloqotda bo'ladilar. 
Tarbiyachi bolalar o'yinini tashkil etadi, badiiy asarlarni o'qib 
beradi yoki hikoya qiladi. Mana shu jarayonda tarbiyachi nutqining 
yaxshi tomonlari ham, nuqsonlari ham yaqqol namoyon bo'ladi va 
bu xususiyatlar tarbiyalanuvchilar nutqida o'z aksini topadi. 
Demak, 
bolalar 
bog'chasi 
tarbiyalanuvchilarining 
nutq 
xususiyatlari to'laligicha tarbiyachi nutqiga bog'liq. Doimo 
bolalarning diqqat markazida bo'lgan tarbiyachining nutqi bolalar 
uchun madaniy nutq namunasi hisoblanadi. 
Tarbiyachi har doim o'z nutqiga tanqidiy nuqtayi nazardan 
qarashi, agar nutqida biror kamchilikni sezsa, uni darhol bartaraf 
etishga harakat qilishi lozim. Biroq u har doim ham o'z nutqidagi 
kamchilikni aniqlashga muvaffaq bo'lmaydi, chunki uning diqqati 
nutqining shakliga emas, balki mazmuniga qaratilgan bo'ladi. 
Bundan tashqari, uzoq vaqtgacha o'z nutqiga ehtiyotsizlik, 
e'tiborsizlik bilan qaraganligi tufayli, ayrim kamchiliklar nutqiga 
mustahkam o'rnashib qolishi va bu nuqson o'ziga mutlaqo 
sezilmasligi mumkin. Buning uchun tarbiyachi hamkasblarining 
ko'rsatmalariga amal qilishi va bu kamchilikni bartaraf etishga 
harakat qilishi kerak. 
Tarbiyachi uchun namunali nutqni egallash —bu uning o'z kasb-
koriga tayyorligini belgilovchi ko'rsatkich hisoblanadi. 
Tarbiyachi o'z lug'atini, uning grammatik tomonini badiiy, ilmiy, 
maxsus va boshqa adabiyotlarni doimiy ravishda o'qib borish bilan 


382 
boyitadi va takomillashtiradi. Biroq tarbiyachi adabiyotlarni o'qish 
jarayonida uning mazmuniga, yangi so'zlarga ahamiyat beribgina 
qolmasdan, balki muallifning asar mazmunini ochishda tilning 
qaysi vositalaridan foydalanganligiga, qaysi so'z va grammatik 
shakllani ishlatganligiga, materialni qay darajada bayon etganligiga 
ham e'tiborni qaratishi kerak. 
Taniqli pedagog, bolalarni ona tiliga o'rgatish uslub va 
uslubiyotlarini ishlab chiqqan uslubiyotchi, maktabgacha tarbiya 
bo'yicha mashhur mutaxassis, professor Y.I.Tixeyeva tarbiyachi 
nutqiga yuksak baho berib, shunday degan edi: „Bog'chada bola-
lar beixtiyor taqlid qiladigan namuna tarbiyachi (bog'bon)ning 
tilidir, tarbiyachming tili bolalar tiliga g'oyat samarali va nihoyatda 
kuchli ta'sir ko'rsatadigan hamma narsalarni o'zida birlashtira-
digan bo'lishi kerak. Bog'bonning tili bekam-u ko'st, adabiy 
taiaffuzning har qanday nuqsonlaridan xoli bo'lishi lozim". 
Har bir tarbiyachi-pedagog nutqiga qo'yilgan talablarni juda 
yaxshi bilgan holda o'z nutqidagi kamchiliklami bartaraf etib 
borishi kerak. 
Shunday qilib, tarbiyachi nutqidagi so'zlar aniq tanlansa, 
jumlalar grammatik tomondan to'g'ri bo'lsa, undagi fikrlar oddiy, 
aniq, ravshan bo'lsa, izchil ketma-ketlikda bayon etilsa, 
bolalarning yoshi va psixik xususiyatlari hisobga olinsa, bunday 
nutq bolalar tomonidan osonlik bilan idrok qilinadi va ular uchun 
tushunarli bo'ladi. 

Download 2,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   191




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish