Ўзбекистон республикaси олий вa ўртa мaхсус тaълим вaзирлиги бухоро дaвлaт университети



Download 2,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet176/191
Sana06.07.2022
Hajmi2,95 Mb.
#744426
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   191
Bog'liq
нутқ ўс..

 
Адабиётлар рўйхати: 
1.
Главатских М.М. SPSS и Statistica: современные 
статистические анализы в психологических исследованиях. 
— Ижевск: ERGO, 2009. — 88 с. 
2. Наследов А. Д. Математические методы психологического 
исследования. Анализ и интерпретация данных. СПб., 2004. 
 
 
 
МАKTABGACHA TA’LIMDA RIVOJLANTIRUVCHI 
MUHITNI TASHKIL ETISH
Sanobar Rajabova –Buxoro shahar MTBga qarashli 58 MTT 
direktori 
Аnnotatsiya 
: Maktabgacha taʼlim uzluksiz taʼlim tizimining 
boshlangʼich boʼgʼini xisoblanadi. Ushbu maqolada maktabgacha 
taʼlim tashkilotlarida rivojlantiruvchi muhitning roli va muhimligi 
tugʼrisida maʼlumot berilgan. 
Аннотация:
Дошкольное образование является основным 
звеном в системе непрерывного образования. В статье 
обсуждается роль и значение развивающей среды в 
дошкольном 
образовании.
Annotation:
Preschool education is the primary link in the 
system of continuing education. This article discusses the role and 
importance of the developmental environment in preschool 
education. 


358 
Kalit soʼzlar: 
maktabgacha taʼlim, uzluksiz taʼlim, muhit, 
rivojlanish, barkamol inson. 
Ключевые слова:
дошкольное образование, непрерывное 
образование, окружающая среда, развитие, гармоничный 
человек. 
Keywords: 
preschool, continuing education, environment, 
development, harmonious person. 
 
Maktabgacha ta’lim sohasi uzluksiz ta’lim tizimining 
birlamchi bo‘g‘ini hisoblanib, u har tomonlama sog‘lom va 
barkamol bola shaxsini tarbiyalash va maktabga tayyorlashda 
g‘oyat muhim ahamiyat kasb etadi. Bugungi kunda Maktabgacha 
ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarining ta’lim-tarbiyasi 
masalasi davlatimiz, hamda yurtboshimiz Sh.M. Mirziyoyev 
e’tiborida turgan dolzarb masalalaridan biridir. O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida 2017 yil 
16-avgust kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda maktabgacha ta’lim 
tizimini 
tarkibiy 
jihatdan 
tubdan 
isloh 
qilish, 
mazkur 
muassasalarga bolalarni to‘la qamrab olish bo‘yicha muhim 
vazifalar qo‘yilgan edi. Bu boradagi tahlillar natijasida qisqa 
vaqtda uchta yirik hujjat — O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining 9-sentabrdagi “Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan 
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3261-sonli 
Qarori, 30-sentabrdagi “Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini 
tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5198-
sonli Farmoni hamda “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha 
ta’lim vazirligi – faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-3305-
sonli Qarori imzolangan. Mazkur sohani takomillashtirish 
maqsadida qabul qilingan dasturda maktabgacha ta’lim sohasi 
uzluksiz ta’lim tizimining birlamchi bo‘g‘ini sifatida, bu 
jarayonda maktabgacha ta’lim muassasalarining bolalar huquqiy 
savodxonligini shakllantirishdagi o‘rni hamda, respublikada 
ta’lim-tarbiya tizimi va barkamol avlodni tarbiyalash davlat 
siyosatining asosiy ustuvor yo‘nalishi ekanligi ta’kidlangan.
Barkamol inson tarbiyasini tashkil etish azal azaldan 
xalqimizning ezgu orzusi, ijtimoiy jamiyatning muhim talabi va 
asosiy maqsadi, millat ma`naviyatining uzviy bir qismi bo`lib 
kelgan. Har bir oila farzandlarining barkamol ulg’yib o’sishi 
uchun oila, mahalla va maktabgacha ta’lim muassasasi 


359 
hamkorligida ma’suldirlar. Oilada bola tarbisi uchun ota-onaning 
mas’uliyati alohida e’tiborga molik hisblanadi. Bola tarbiyasini 
ona qornidan boshlash maqsadga muvofiq bo’ladi. Ushbu fikrni 
bir qator Sharq mutafa fikirlari ham ta’kidlab o’tishgan. Bolani 
tarbiyalash uchun, avvalo ota-onaning o’zi tarbiyalangan bo’lishi 
kerak. Faqatgina ham jismonan, ham ma’nan sog’lom ota-onadan 
sog’lom farzand dunyoga keladi. «Sog’lom avlod deganda, 
shaxsan men, eng avvalo sog’lom naslni, nafaqat jismonan 
baquvvat shu bilan birga ruhi-fikri sog’lom, imon-e’tiqodi butun, 
bilimli, ma’naviyati yuksak, mard va jasur, vatanparvar avlodni 
tushunaman» , deb ta’kidlaganlar.
Ushbu fikrni har bir ota-ona, pedagog, tarbiyachilar tushunib 
yetmog’i va o’ziga shior qilib olmog’i lozim. Farzand tug’ilgan 
kunidan boshlab dastlab oila muhitida tarbiyalanadi. Bu davrda 
bolani to’g’ri ovqatlantirish, to’g’ri parvarish qilish juda muhim. 
Bir yoshgacha bo’lgan davrda bola o’ziga yaqin kishilarni 
ko’rganda xursand bo’ladi, rangdor o’yinchoqlarni xush ko’radi. 
Bu davrda bolani alla, ma’noli erkalashlar, chiroyli o’yinchoqlar 
orqali tarbiyalab borish lozim. 1 yoshdan 3 yoshgacha bo’lgan 
bolalar esa turli o’yinchoqlarni o’ynay boshlaydilar, asta-sekin 
nutqi rivojlana boshlaydi. Bu davrda bolalar o’yin orqali bir-
birlari bilan aloqa bog’laydilar, tasavvur, fikrlash jarayoni 
shakllanadi. Bu vaqtdan boshlab bolalarga do’stlik, inoqlik, 
o’zaro hurmat, bir-biriga yordam tushunchalarini sodda qilib 
tushuntirib borish ahamiyatlidir.
Bolalar bu davrda eshitgan narsasini takrorlashga urinadilar, 
shu sababli bu davrda kattalarning ma’nili so’zlashuvi, yurish-
turishi, odobi, o’zaro ahilligi, mehribonligi bola ruhiyatiga ta’sir 
etadi. Ota-ona yoki tarbiyachilarning bolalarni sevishi, ularning 
xatti-harakatiga ziyraklik va mehribonlik bilan munosabatda 
bo’lishi, bolaning sog’lom o’sishiga, odob-axloqli bo’lishiga olib 
keladi. Bolani lozim bo’lganda maqtash, diqqatini ijobiy 
faoliyatga tortish, yomon ishlardan ehtiyot bo’lishini uqtirish, 
axloqsiz so’z va gaplardan uzoqroqda bo’lishini ta’minlash, 
o’rtoqlari bilan urishmaslik yo’llarini o’rgatish – ularga axloqiy 
tarbiya berishda ijobiy ta’sir hisoblanadi. 
Maktabgacha ta’lim muassasasida rivojlantiruvchi muhitni tashkil 
etishda bolalarning o‘ziga xos belgilarga ega bo‘lgan yoshga doir 


360 
xususiyatlari va ehtiyojlarini hisobga olish muhim ahmiyat kasb 
etadi.

Download 2,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   191




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish