Ўзбекистон республикaси олий вa ўртa мaхсус тaълим вaзирлиги бухоро дaвлaт университети



Download 2,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet184/191
Sana06.07.2022
Hajmi2,95 Mb.
#744426
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   191
Bog'liq
нутқ ўс..

Keywords: education, value, cultural heritage, national pride, 
training, educator, pedagogical technology, learning process, 
game, imagination, creativity, innovation. 
 
Barchamizga ma’lumki maktabgacha ta’lim tizimi bolalarni 
xalqning boy, milliy madaniy tarixiy merosi va umumbashariy 
qadriyatlar asosida ma’naviy –axloqiy jihatdan tarbiyalash, ularda 
milliy g’urur, vatanparvarlik hislarini shakllantirish,o’qishga 
,bilim olishga bo’lgan qiziqishi,jismoniy hamda ruhiy jihatdan 
sog’ligini ta’minlash,o’zining fikrini mustaqil , erkin ifodalashga 
o’rgatish kabi mas’uliyatli vazifalarni o’z zimmasiga oladi. 
Maktabgacha ta’lim tizimi uzluksiz ta’limning birlamchi, 
eng asosiy bo’g’ini hisoblanadi. Mutaxassis va pedagoglarning 
ilmiy xulosalariga ko’ra , inson o’z umri davomida oladigan 
barcha axborot va ma’lumotning 70 foizini 5 yoshgacha bo’lgan 
davrda oladi. Ana shu dalilning o’zi bolalarimizning yetuk va 
barkamol shaxs bo’lib voyaga yetishida bog’cha tarbiyasi 
qanchalik katta ekanini yaqqol ko’rsatib turibdi. 
Bunga qo’shimcha isbot qidirib uzoqqa borishning hojati 
yo’q. Bog’cha tarbiyasini olgan bola bilan bog’cha bormagan 
bolani 
solishtirganda, 
ularning 
fikrlash 
darajasi, 
nutqi, 
tengdoshlari va kattalar bilan muloqotga kirishishi o’rtasida yer 
bilan osmoncha farq borligini sezish qiyin emas. 
Shuning uchun ham maktabgacha ta’lim tizimini qayta 
ko’rib chiqish masalasini davlat siyosati darajasiga ko’tarib, 


377 
davlatimiz rahbari tomonidan o’sib kelayotgan yosh avlodga 
sifatli ta’lim tarbiya berish masalalari borasida muhim poydevor 
qo’yildi. Respublikamiz Prezidentining 2017 yil 30 sentyabrdagi 
“Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish 
chora tadbirlari to’g’risida”gi Farmoni hamda “O’zbekiston 
Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish 
to’g’risida“gi qarorining e’lon qilinishi sohada yangi tizim 
yaratilishiga zamin bo’lib xizmat qildi. 
Mazkur Farmon va qarorga ko’ra, maktabgacha ta’lim 
tashkilotlari davlat va nodavlat tarmog’ini kengaytirish, moddiy 
texnik bazani mustahkamlash, ularni malakali pedagog –kadrlar 
bilan ta’minlash, MTTlarga bolalarni qamrab olishni oshirish 
masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Bu hech shubhasiz 
bolalarni har tomonlama barkamol shaxs sifatida tarbiyalashda 
muhim vosita bo’lib xizmat qiladi.
Bugungi kunga kelib maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish va 
tubdan takomillashtirish borasida ishlab chiqilgan farmon va 
qarorlar nechog’lik amalda o’z ifodasini topayotganini tizimda 
amalga oshirilayotgan islohotlar buning yaqqol dalilidir. 
Jumladan, pedagog kadrlarni malakasini oshirish va qayta 
tayyorlash, moddiy texnik bazani yangilash, bog’chalarda bolalar 
qamrovini kengaytirish, rivojlangan mamlakatlar tajribasini 
o’rgangan holda ta’lim tarbiya jarayonini sifatli tashkil etish, 
bog’chalarda bolalarni sog’lom ovqatlantirish va ularga 
berilayotgan oziq-ovqat mahsulotlari sifatli bo’lishini ta’minlash 
uchun bir bolani ovqatlantirish uchun ajratilayotgan mablag’ 
miqdorlarining oshirilishi, har bir maktabgacha ta’lim 
tashkilotlariga fermer va tadbirkorlik subyektlarining biriktirilishi 
maktabgacha ta’lim tizimiga berilgan e’tiborning namunasidir. 
Maktabgacha ta’lim tizimidagi o’zgarishlar, bolalarga 
sifatli ta’lim tarbiya berish haqida so’z borar ekan, mashg’ulotlar 
jarayonida bolalar tasavvuri va ongini rivojlantirishga qaratilgan 
mashg’ulotlar va o’yinlardan foydalanish, shu orqali bolada aqliy 
qobiliyat va ijodkorlikni rivojlantirish borasida fikr yuritish katta 
ahamiyatga ega. Chunonchi, mashg’ulotlar jarayonida amaliy 
o’yinlar, oddiy tajribalardan foydalanish bolalarda erkin, mustaqil 
fikr yuritishni, ijodkorlikni shakllanishida poydevor bo’lib xizmat 
qiladi. 


378 
Psixologlarning 
ta’kidlashicha, 
o’yinli 
faoliyatning 
psixologik mexanizmlari shaxsning o’zini namoyon qilish, 
hayotda o’z o’rnini barqaror qilish, o’z imkoniyatlarini amalga 
oshirishning fundamental ehtiyojlariga tayanadi. Shu bilan bir 
qatorda bolada o’yin faoliyati orqali ijodkorlik qobiliyati 
shakllana boshlaydi. A.N.Leontev o’yinga shaxsning xayolotdagi 
amalga oshirib bo’lmaydigan qiziqishlari (manfaatlari)ni xayolan 
amalga oshirishdagi erkinligi sifatida qaraydi. O’yin faoliyati 
o’zining boshqa faoliyat turlaridan ajralib turadigan jihati 
shundaki,u mumkin qadar boy, faol xarakterga –“ijod 
maydoniga”ega bo’ladi. O’yin uchun hissiy ko’tarinkilik xosdir. 
U o’zaro kurash raqobatlashish va musobaqa shaklida bo’ladi. 
Shu bois ham bolaning asosiy faoliyati sanalgan o’yin faoliyati 
bolani har tomonlama rivojlanishida muhim vosita bo’lib xizmat 
qiladi.Bola jismoniy, ruhiy, axloqiy, aqliy jihatdan aynan o’yin 
faoliyati jarayonida rivojlanib boradi. Shuningdek bolaning 
tasavvur olami ham o’yinlar orqali shakllanib boradi. Ayniqsa, 
bolani ijodiy fikrlashga undovchi o’yinlar: “Sehrli gilamcha”, 
“Osmon ostida”, “Bu kimning dumi” va h.k.lar Bolalarni 
yoshlikdanoq topqirlikka, zukkolikka, mustaqil fikr yuritishga 
o’rgatadi. Ijodiy o’yinlar ,ularning ahamiyati haqida so’z borar 
ekan drammalashtirilgan o’yinlar ham bolalarda katta qiziqish 
uyg’otibgina qolmay, balki o’ziga berilgan topshiriqqa mas’uliyat 
bilan yondashish, asarlar bilan tanishish orqali badiiy adabiyotni 
o’rganish, asar qahramonlari orqali axloqiy sifatlarni 
shakllantirish asarni rollarga bo’lib bajarib ko’rsatish orqali 
bolalarda ijodkorlik malakalari shakllanadi. 


379 
Bolalarda ijodkorlik qobiliyatlarini shakllantirishda, avvalambor
tarbiyachining o’zida ham shu sifatlar shakllangan bo’lmog’i 
lozim.Shuni 
tan 
olib 
aytish 
kerakki,haliyam 
oramizda 
bog’chalarni ta’lim tarbiya maskani emas,balki bolalar ota-onasi 
ishda bo’lgan vaqtda ularga qarab turadigan muassasa sifatida 
qaraydigan tarbiyachilar ham yo’q emas.Vaholangki,tarbiyachilar 
Vatanimiz kelajagi uchun munosib farzandlarni tarbiyalashdek 
mashaqqatli va sharafli vazifani o’z zimmasiga olgan kasb 
egalaridir.Shuning uchun ham barchamiz hamjihatlikda, o’z 
kasbimizga vijdonan yondashgan holda davlatimiz rahbari 
ishonchini oqlashga astoyidil harakat qilmog’imiz lozim. 
Shundagina biz o’z oldimizga qo’ygan maqsadimizga erishamiz. 

Download 2,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   191




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish