322
davomida juda ko’p olimlarning diqqatini o’ziga jalb qilib
kelmoqda. Bog’cha yoshidagi bolalar o’zlarining o’yin
faoliyatlarida ildam qadamlar bilan olg’a qarab borayotgan
sermazmun hayotimizning hamma tomonlarini aks ettirishga
intiladilar. Bolalarning o’yinlari
orqali ularda ijtimoiy foydali,
yuksak insoniylik xislatlarini tarbiyalash mumkin. Biz bolalarning
o’yin faoliyatlarini tashqaridan kuzatsak, o’yin jarayonida
ularning barcha shaxsiy xislatlarini yaqqol namoyon bo’lishini
ko’ramiz. Shuning uchun bolalarning o’yin faoliyatlari ularning
individual ravishda o’rganish uchun juda qulay vositadir.
Ma’lumki, bolalarning asosiy vaqtlari o’yin orqali o’tadi
o’yin
maktabgacha
yoshdagi
bolalar
har
tomonlama
rivojlanishining muhim vositasi hisoblanadi. Qolaversa, bolalar
nutqini o’stirishda ham o’yinning ahamiyati nihoyatda kattadir.
O’yin jarayonida bola shaxsi faoliyat sub’ekti sifatida shakllana
boshlaydi. Tafakkur esa bolaning bog’cha
yoshida juda tez
rivojlana boshlaydi. Buning sababi birinchidan, bog’cha
yoshidagi bolalarda turmush tajribasining nisbatan ko’payishi,
ikkinchidan, bu davrda bolalar nutqining yaxshi o’sgan bo’lishi,
uchinchidan esa, bog’cha yoshidagi bolalarning juda ko’p erkin
mustaqil harakatkar qilish imkoniyatiga ega bo’lishidadir.
Bog’cha yoshidagi bolalarda har sohaga doir savollarning
tug’ilishi ular tafakkurining faollashayotganligidan darak beradi.
Bola o’z savollarga javob topa olmasa yoki kattalar uning
savoliga ahamiyat bermasalar undagi qiziquvchanlik susaya
boshlaydi. Nima yomonligini qanday harakat to’g’ri-yu, qanday
harakat noto’g’riligini aniqlashga intilishadi. Bu ishda bolalarga
hamisha
yordam berish kerak, ularning bunday harakatlarini
qo’llab quvvatlash lozim. Bolalar bog’chada asosan syujetli va
rollarga bo’linib o’ynaydigan o’yinlarni o’ynaydilar. Rollarga
bo’linib o’ynaydigan o’yinlarda bolalar tevarak atrof- muhitdagi
narsalarni aks ettiradilar. Ular o’zlarining turli o’yinlarida
kattalarning oilaviy hayot sharoitiga doir hodisalarni, mehnat
faoliyatlarini, yirik tarixiy hodisalarni, kishilar orasidagi muloqot
munosabatlarni, urf- odatlar, bayramlarni aks ettiradi. Aynan ana
shu syujetli-rolli o’yinlar bolalar nutqini o’stirishda
alohida
ahamiyatga ega, chunki sujetli rolli o’yinlar dialoglardan iborat
bo’ladi. Dialog esa bevosita nutq bilan bog’liqdir.
323
Maktabgacha bo’lgan davrda bolalik lingvistlarni shunisi bilan
jalb qiladiki, bunda o’ganilayotgan predmet (bola nutqi) lingvistik
jihatdan ko’p qirrali va qiziqarlidir. Bolalar nutqini
rivojlantirishning metodik masalalarining ishonchli tarzda
psixologik
lingvistik
asoslashda
zamonaviy
pedagogik
tadqiqotlarga xos jihatlar hisoblanadi. Bolalarga ona tilini
o’rgatish va ularning nutqini rivojlanishiga doir ishlar
maktabgacha tarbiya muassasasidagi ta’lim- tarbiya ishlari ichida
alohida o’rin tutadi. Ushbu ishning maqsadi quyidagi
quyidagilardan iborat:
-
bolalarga nutqiy muloqotning muhim shakli – og’zaki
nutqni adabiy tili me’yorlariga muvofiq holda egallashni to’liq
ko’rinishda, tushunish va faol nutqqa kirishisgni o’rgatish.
-
lug’atni boyitish mustahkamlash va faollastirish;
-
nutqning gramatik to’g’riligini takomillashtirish;
-
savod o’rganishga tayyorlash.
Ilk yoshda nutqni rivojlantirish ikki yo’nalish bo’yicha olib
boriladi: bola nutqini takomillashtirish va uning o’z
faol nutqini
shakllantirish. Odatda faol nutq 2-2,5 yoshlarga kelib paydo
bo’ladi. Bolaning o’z yaqinlari bo’lgan kattalar bilan muloqotga
ehtiyoj nutqni o’z vaqtida va to’g’ri rivojlantirishning hal qiluvchi
sharti hisoblanadi. Kommunikativ funksiya nutqning birlamchi
vazifasidir. Nutq tug’ma qobiliyat emas, balki hayot davomida
bolaning jismoniy va aqliy rivojlanishi bilan parallel ravishda
shakllanib boradi. Ana shu shakllanishda bolalar o’yinlari ham
asosiy o’rin egallaydi.
Xulosa
sifatida aytish mumkinki, bolalar hayotida
o’yinlarning ahamiyati juda ko’p qirrali faoliyat bo‘lib, unda
kattalarga mansub bo’lgan mehnat ham, turli narsalar haqida
tafakkur qilish, dam olish va xursandchilik manbalari ham
mujassamlangandir, ya’ni mana shu jarayonlarning barchasi o’yin
faoliyati davomida aniq bo’ladi. Qolaversa, o’yin bola nutqin
o’stirishning asosiy va zaruriy vositalaridan biridir. Bola bilishga
tashnaligidan atrofdagi o’zining haddi sig’adigan
narsalari
bilangina emas, balki kattalar uchun mansub bo’lgan o’zining
kuchi ham yetmaydigan, haddi sig’maydigan narsalar bilan ham
amaliy munosabatda bo’lishga intiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: