Ўзбекистон республикaси олий вa ўртa мaхсус тaълим вaзирлиги бухоро дaвлaт университети



Download 2,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet157/191
Sana06.07.2022
Hajmi2,95 Mb.
#744426
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   191
Bog'liq
нутқ ўс..

Ключевые слова: математические разделы, экономическая 
культура, рыночные отношения, предпринимательство, 
экономическая характер, хозяйственная деятельность 
Annotation:
the article emphasizes the role of the teacher in the 
formation of economic culture in preschool educational 
organizations and the independence of the formation of economic 
culture in conjunction with the provision of economic knowledge. 
Keywords: mathematical sections, economic culture, market 
relations, entrepreneurship, economic character, economic 
activity 
Barchamizga ma'lumki har qanday davlatning qay darajada 
rivojlanganligi uning iqtisodiy rivojlanish o’rni bilan bevosita 
bog'liq hisoblanadi. Iqtisodiy rivojlanish o’rnini esa o’sha 
davlatda yashovchi fuqarolarning iqtisodiy madaniyat darajalari 
belgilab beradi. Iqtisodiy madaniyat haqida qisqacha to’xtalib 
o’tadigan bo’lsak; iqtisodiy madaniyat–bu vosita. Odamlar 
iqtisodiy faoliyat va xatti- harakatlar jarayonida bir -biri bilan 
aloqa qilishlari va shu bilan jamiyatda va butun dunyoda sodir 
bo’layotgan iqtisodiy hodisalar va jarayonlarning mohiyatini 
tushinishlari mumkin bo’lgan «til». Bundan ko’rinib turibdiki, 
iqtisodiy madaniyatning jamiyat va davlat taraqqiyotida va 
iqtisodiyotning 
turli 
bosqichlarida 
ta'siri 
sezilarli 
va 
sermazmundordir. Shu o’rinda o’tmishga nazar tashlaydigan 
bo’lsak kommunistik mafkura ostidagi sobiq sovet tuzimi davrida 
insonlarda mehnatga haq to’lash orqali boqimandalik mafkurasi, 
shaxs manfaaatini jamoa manfaatiga bo’ysundirish, rasmiy 
buyuruqbozlik kabi harakatlar oqibatida shaxsning iqtisodiy 
tashabbuskorligi barham topdi. 
Mustaqillikka erishilgan so’ng iqtisodiy sohalarda yuksak 
o’sish darajalariga erishildi. Hozirgi kunda esa davlatimiz 
iqtisodiyotini yanada rivojlantirish maqsadida qator ishlar olib 
borilmoqda. Xususan, 26.03.2020-yilda O’zbekiston Respublikasi 
Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev «Iqtisodiyotni rivojlantirish va 
kambag'allikni qisqartirishga oid davlat siyosatini tubdan 
yangilash chora -tadbirlari to’g'risida»gi 5975-sonli farmoni, «Har 
bir oila – tadbirkor» dasturi hamda «Har bir oila – tadbirkor
dasturini amalga oshirish to’g'risida» gi PQ 3777-sonli qaror va 
boshqalar ishlab chiqildi. Bundan tashqari Prezidentimiz 2020-
yilni «Ilm – ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish» yili 


315 
deb e'lon qilganlari ham iqtisodiyotga katta e'tibor qaratilganidan 
dalolatdir. 
Maktabgacha 
ta'lim 
tizimida 
iqtisodiy 
madaniyatni 
shakllantirib bormoqlik, bu- kelajak avlodni yuksak iqtisodiy 
bilimlarni o’zlashtirishida mustahkam poydevor vazifasini ham 
ótaydi. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ta'lim olayotgan 
bolalarga iqtisodiy bilim berish va uni takomillashtirish uchun 
eng avvalo tarbiyachi pedagoglarning iqtisodiyot va iqtisodiy 
madaniyat haqida yuksak va metodik bilimlarga ega bo’lmog'ligi 
kerak. Eng avvalo, yosh kadrlar bolalarga qanday qilib iqtisodiy 
bilim iqtisodiy tarbiya berish va iqtisodiy xislatlarni (tejamkorlik, 
tashabbuskorlik, ijtimoiy faollik, yarativchanlik, ishchanlik, 
mehnatsevarlik va boshqalar)ni shakllantirish va rivojlantirish 
haqidagi bilim va metodik usullarni qo’llash to’g'risida bilim va 
ko’nikmalarni o’zlashtirib, malakalarini oshirib bormoqliklari 
zarur.
Maktabgacha ta'lim tizimidan boshlab bolalarga davlat 
iqtisodiyotining qay turi yaxshi rivojlangan va qaysi iqtisodiy 
faoliyat hozirgi kunda rivojlanayotganini tizimli o’rganib 
bolalarni shu yo’nalishlarda tarbiyalab borish kelajakda sifatli 
kadrlarni 
yetishishida 
va 
davlatning 
keyingi 
iqtisodiy 
bosqichlarida bilimli va malakali, yangicha qarashdagi yoshlarni 
yetishib chiqishida ham katta hissa qo’shadi. 
Iqtisodiyot bevosita matematika fani bilan aloqador bo’lib, 
bunda maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarga matematik 
tasavvurlarini shakllantirish ham ustuvor harakatlardan biri 
hisoblanadi. Matematik bilimlarni bolaga o’rgatayotganda eskicha 
va takrorlanib kelayotgan metod va metodikalarni qo’llashlari, 
bolada zerikish va bu fanga bólgan qiziqishlarini susyatirishi 
mumkin. Hozirgi kunda bolalarga yangicha usuldagi metodlarni 
qo’llash va shu bilan bir qatorda matematik tushunchalarni hosil 
qilishda bolalar o’yin faoliyati orqali o’qitish maqsadga muvofiq 
bo’ladi. Chunki maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarning asosiy 
faoliyati ham o’yin hisoblanadi. Bu kabi harakatlar bolada 
matematik salohiyatni hosil qilishda katta yordam beradi. 
Bolalarning barchasiga albatta harakatli o’yinlar yoqishi tayin. 
Ularning 
shu 
harakatlarini 
ham 
iqtisodiy 
madaniyatni 
shakllantirishga yo’naltirish mumkin. Buni misol tariqasida ko’rib 
chiqadigan bo’lsak: 


316 
Iqtisodiyot, albatta, bozor munosabatlari bilan aloqador. Bu 
barchamizga ma'lum, bolalrga matematik tasavvurlarini hosil 
qilish faoliyati davomida «Men savdogarman», «Men 
xaridorman», «Biz bozordamiz» mavzusi ostida o’yin tashkil 
etish maqsadga muvofiqdir. Bunda bolalar ikki guruhga 
ajralishadi va navbat bilan biri savdogar sotuvchi va biri xaridor 
istemolchi bo’lib ular o’rtasidagi o’zaro savdo muhiti va 
aloqalarini yuzaga keltirish orqali o’zaro savdo jarayonida bir-biri 
bilan bo’ladigan munosabat madaniyatni shakllantirish mumkin. 
Bu kabi o’yinlarda tarbiyachining roli sezilarli hisoblanadi. Shu 
birgina o’yin faoliyati davomida matematik tasavvurlarini va shu 
bilan bir qatorda bolada savdo aloqalarida muomala madaniyatini 
shakllantirsa ham bo’ladi. Bundan tashqari bolalarda savdo - sotiq 
va tadbirkorlikka bo’lgan qiziqishini ham oshirish mumkin.
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, barcha say-harakatlar bir 
maqsad ostida olib borilmoqda. Bu davlatning iqtisodiy tomondan 
rivojlanishi, kelajakda tashabbuskor, tadbirkor yangi inovatsion
qarashlarga ega bo’lgan yosh avlodning ósib shakllanib borishini 
ko’zda tutmoqda. Shu o’rinda O’zbekiston Respublikasi 
Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning «Buyuk kelajagimizni mard va 
oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz» asarlarida: «Hozirgi 
kunda bizning oldimizda ana shu erishilgan yutuqlarimizni 
yanada mustahkamlab, xalqimizning hayot darajasi va sifatini 
yanada oshirishdek yangi ulkan vazifalar turibdi va bu vazifalarni 
bugungi globallashuv davrida dunyoda iqtisodiy inqiroz, qarama-
qarshilik va nosog'lom raqobat, xomashyo resurslarining narxi 
pasayib borayotgan keskin va murakkab bir shaoritda amalga 
óshirishimizga to’g'ri kelmoqda»deb aytib ótganlar. Bundan 
ko’rinib turibdiku iqtisodiyot va aholini yashash tarzini yaxshilash 
maqsadida o’sib kelayotgan yosh avlod va kadrlar yanada bilimli 
va iqtisodiy salohiyatga ega bo’lmoqliklari zarur.

Download 2,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   191




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish