Ўзбекистон республикaси олий вa ўртa мaхсус тaълим вaзирлиги бухоро дaвлaт университети



Download 2,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet149/191
Sana06.07.2022
Hajmi2,95 Mb.
#744426
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   191
Bog'liq
нутқ ўс..

Keywords: games, types of games, didactic games, preschool, 
lessons, children's speech development. 
Oʼyin – bu real olamni, tabiatni, borliqni, kattalarni bolalarcha 
tasavvur qilishdir. Oʼyin maktabgacha yoshdagi bolalarni 
maktabgacha taʼlim muassasalarida taʼlim olishlariga keng 
imkoniyatlar ochib beradi. Didaktik oʼyinlarda bilish jarayoni 
oʼyinlar bilan bevosita bogʼlanib ketadi. Oʼyin orqali, shu 
jumladan didaktik oʼyin oʼynash orqali bola bevosita bilim 
olishga kirishadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarga taʼlim 
berishda oʼyinlardan foydalanish masalalari boʼyicha koʼpgina 
pedagog va psixolog olimlar ilmiy tadqiqotlar olib borishgan. 
Oʼyin oʼynash jarayonida bolalarning tasavvurlari va bilimlari 
yanada kengayadi, bola ongida shakllangan tushunchalar va 
tasavvurlar aniqlashtiriladi. Oʼyinda u yoki bu rolni bajarish 
uchun bolada birinchi navbatda oʼyin harakatlarini amalga 
oshirish toʼgʼrisidagi dastlabki tasavvurlar shakllanadi. Oʼyin 
nafaqat 
bolada 
shakllangan 
bilim 
va 
tasavvurlarni 
mustahkamlaydi, balki bolaning faol bilish jarayonining oʼziga 
xos shakli sifatida namoyon boʼladi. Oʼyin jarayonida bola 
tarbiyachi rahbarligida yangi bilimlarga ega boʼladi, bu esa oʼz 
navbatida bolaning maktabga tayyorlash jarayoniga zamin 
vazifasini bajaradi. 
Didaktik oʼyinlar mazmuni, tashkil etilish shakli, taʼlimiy 
vazifalariga koʼra turli tumandir. Didaktik oʼyin – maktabgacha 
yoshdagi bolalarga taʼlim-tarbiya berishda kattalar tomonidan 
qoʼllaniladigan faoliyatlardan biridir. U orqali bola shaxs sifatida 
rivojlanadi, keyingi oʼqishi, mehnat qilishi, kommunikativ 
faoliyati bilan bogʼliq boʼlgan ruhiy hissiyotlari shakllanadi, 
chunki maktabgacha yoshdagi bolalarning asosiy faoliyatini oʼyin 
tashkil qiladi, oʼyin bola taʼlim – tarbiyasining asosiy vositasidir. 
Bola tarbiyasida oʼyinning ahamiyatiga katta eʼtibor qaratgan
M. Montessori oʼyin taʼlimiy boʼlishi lozimligini, aks holda bu 
oʼyin bolaning rivojlanishiga hech qanday taʼsiri boʼlmagan 
“boʼsh oʼyin” boʼlib qolishini eʼtirof etgan. Maktabgacha taʼlim 
pedagogikasi bilan uzoq yillar ilmiy izlanishlar olib borgan olima 
N.P.Аnikeyeva didaktik oʼyinlarga yangicha yondashadi. Uning 
fikricha, didaktik oʼyinlar bolalar bilan olib boriladigan taʼlim –


296 
tarbiyaning 
asosiy 
komponentlaridan 
biridir. 
Didaktik 
oʼyinlarning samaradorligi birinchi navbatda ularning bolaning 
qiziqishlariga mos kelishi, bolaga quvonch bagʼishlashi, bu 
oʼyinlarda bola oʼzini erkin tutishi, oʼzining faolligini koʼrsatish 
imkoniyatini berishi lozimligini eʼtirof etadi. Masalan, bolalarda 
ilk matematik tasavvurlarni shakllantirishga yoʼnaltirilgan 
didaktik oʼyinlar bolalarda mantiqiy fikrlashni rivojlantirishga 
qaratilgan boʼlib, bu oʼyinlar yordamida bola predmetlarni bir-biri 
bilan qiyoslash, ularni belgilari boʼyicha guruhlashga va uncha 
qiyin boʼlmagan misollarni yechishga oʼrganadi. Bolalarni nutqini 
oʼstirishda ham didaktik oʼyinlar alohida ahamiyat kasb etadi. 
Oʼyin davomida bola oʼzining harakatlarini sharhlaydi, bu 
topshiriqni qanday bajarganini yoki bu muammoli vaziyatdan 
qanday chiqib ketganligini gapirib beradi, oʼzidan kattaning 
savoliga javob beradi, oʼz tengdoshlari bilan muloqat qiladi. 
Har xil so'z o'yinlari nutqning rivojlanishiga yordam beradi. 
Nutqqa oid didaktik o’yinlar so'z boyligini boyitish, nutqning 
grammatik 
tuzilishini 
shakllantirish, 
tovush 
madaniyatini 
tarbiyalash, 
monolog 
va 
dialogik 
nutq 
ko'nikmalarini 
rivojlantirish kabi bolalar nutqini rivojlantirishning asosiy 
muammolarini hal qilishga yordam beradi. Didaktik o'yinlar 
tufayli bola mustaqilligi rivojlanadi, boshlangan ishni oxirigacha 
yetkazish qobiliyati shakllanadi, o'zini tuta bilish, jamoada o'zaro 
ta'sir o'tkazish, ular o'zaro yordam berish hissi rivojlantiriladi 
(musobaqa o'yinlari, ular olishlari mumkin bo'lgan stol o'yinlari, 
o’yinlarda bir nechta bolalarning ishtiroki, masalan, "Rasmni 
yig'ish", "Lotto", "Domino" va boshqalar). O'yinlarda mag'lubiyat 
va g'alabani munosib qabul qilish xususiyati ham shakllanadi.
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, didaktik oʼyin – bolani aqliy 
jihatdan tarbiyalashning muhim vositasi hisoblanadi. Taʼlimiy 
oʼyinlar 
bolalarda 
ruhiy 
bilish 
jarayonlarini, 
fikrlash 
qobiliyatlarini shakllantiradi. Didaktik oʼyinlarning muhim jihati 
bolalarning fikrlash faolligini, mustaqilligini 
va nutqini 
rivojlantirishidir. 

Download 2,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   191




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish