Ўзбекистон республикaси олий вa ўртa мaхсус тaълим вaзирлиги бухоро дaвлaт университети



Download 2,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet147/191
Sana06.07.2022
Hajmi2,95 Mb.
#744426
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   191
Bog'liq
нутқ ўс..

Фойдаланилган адабиётлар рўйхати: 
1. “Ўзбекистон Республикасининг илк ва мактабгача ёшдаги 
болалар ривожланишига қўйиладиган давлат талаблари” 
Мактабгача таълим вазирлиги ва БМТнинг Болалар 
жамғармаси ЮНИСЕФнинг техник кўмагида яратилган ва 
нашр этилган.Тошкент. 2018 йил. 
2.Х.Ахмедова ва бошқалар. “Болага йўналтирилган таълим 
дастурларини ташкил этиш” Тошкент. 2012 йил 
3. А.Қодиров ва бошқалар. “Бахтли бола маънавияти”
Тошкент. “Сано-стандарт”нашрёти. 2018 йил. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


291 
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA AXLOQIY 
MUNOSABATLARNI TARBIYALASHDA OILA 
HAMKORLIGI 
Ta`lim-tarbiya nazariyasi va metodikasi (maktabgacha talim) 1-
bosqich magistri Toirova Aziza
Аннотация: ushbu maqolada maktabgach yoshdagi bolalarni 
axloqiy tarbiyalashda oila hamkorligi va oilada olib boriladigan 
tarbiyaviy ishlar mazmuni yoritib berilgan

Kalit so‘zlar

bolalar, oila, tarbiya, ota –ona, barkamol, jamiyat, 
axloq, maʼnaviyat. 
Аннотация

в статье раскрыто содержание семейного 
сотрудничества и воспитательной работы в семье в 
нравственном воспитании дошкольников. 
Ключевые слова:
дети, семья, воспитание, родители, 
гармоничное, общество, мораль, духовность.
Аnnotation:
the article reveals the content of family cooperation 
and educational work in the family in the moral education of 
preschoolers. 
Key words:
children, family, education, parents, society, 
morality, spirituality, harmonious. 
Maktabgacha ta’lim sohasi uzluksiz ta’lim tizimining 
birlamchi bo‘g‘ini hisoblanib, u har tomonlama sog‘lom va 
barkamol bola shaxsini tarbiyalash va maktabga tayyorlashda 
g‘oyat muhim ahamiyat kasb etadi. Bugungi kunda maktabgacha 
ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarining ta’lim-tarbiyasi 
masalasi davlatimiz, hamda yurtboshimiz Sh.M.Mirziyoyev 
e’tiborida turgan dolzarb masalalaridan biridir. O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida 2017 yil 
16-avgust kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda maktabgacha ta’lim 
tizimini 
tarkibiy 
jihatdan 
tubdan 
isloh 
qilish, 
mazkur 
muassasalarga bolalarni to‘la qamrab olish bo‘yicha muhim 
vazifalar qo‘yilgan edi. Bu boradagi tahlillar natijasida qisqa 
vaqtda uchta yirik hujjat — O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining 9-sentabrdagi “Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan 
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3261-sonli 
Qarori, 30-sentabrdagi “Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini 
tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5198-


292 
sonli Farmoni hamda “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha 
ta’lim vazirligi – faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-3305-
sonli Qarori imzolangan. Mazkur sohani takomillashtirish 
maqsadida qabul qilingan dasturda maktabgacha ta’lim sohasi 
uzluksiz ta’lim tizimining birlamchi bo‘g‘ini sifatida, bu 
jarayonda maktabgacha ta’lim muassasalarining bolalar huquqiy 
savodxonligini shakllantirishdagi o‘rni hamda, respublikada 
ta’lim-tarbiya tizimi va barkamol avlodni tarbiyalash davlat 
siyosatining asosiy ustuvor yo‘nalishi ekanligi ta’kidlangan.
Barkamol 
inson 
tarbiyasini 
tashkil 
etish 
azal-azaldan 
xalqimizning ezgu orzusi, ijtimoiy jamiyatning muhim talabi va 
asosiy maqsadi, millat ma`naviyatining uzviy bir qismi bo`lib 
kelgan. Har bir oila farzandlarining barkamol ulg’ayib o’sishi 
uchun oila, mahalla va maktabgacha ta’lim muassasasi 
hamkorligida ma’suldirlar. Oilada bola tarbyasi uchun ota-
onaning mas’uliyati alohida e’tiborga molik hisoblanadi. Bola 
tarbiyasini ona qornidan boshlash maqsadga muvofiq bo’ladi. 
Ushbu fikrni bir qator Sharq mutafakkirlari ham ta’kidlab 
o’tishgan. Bolani tarbiyalash uchun, avvalo, ota-onaning o’zi 
tarbiyalangan bo’lishi kerak. Faqatgina ham jismonan, ham 
ma’nan sog’lom ota-onadan sog’lom farzand dunyoga keladi.
«Sog’lom avlod deganda, shaxsan men, eng avvalo sog’lom 
naslni, nafaqat jismonan baquvvat shu bilan birga ruhi-fikri 
sog’lom, imon-e’tiqodi butun, bilimli, ma’naviyati yuksak, mard 
va jasur, vatanparvar avlodni tushunaman» deb ta’kidlaganlar. 
Ushbu fikrni har bir ota-ona, pedagog, tarbiyachilar tushunib 
yetmog’i va o’ziga shior qilib olmog’i lozim. Farzand tug’ilgan 
kunidan boshlab dastlab oila muhitida tarbiyalanadi. Bu davrda 
bolani to’g’ri ovqatlantirish, to’g’ri parvarish qilish juda muhim. 
Bir yoshgacha bo’lgan davrda bola o’ziga yaqin kishilarni 
ko’rganda xursand bo’ladi, rangdor o’yinchoqlarni xush ko’radi. 
Bu davrda bolani alla, ma’noli erkalashlar, chiroyli o’yinchoqlar 
orqali tarbiyalab borish lozim. 1 yoshdan 3 yoshgacha bo’lgan 
bolalar esa turli o’yinchoqlarni o’ynay boshlaydilar, asta-sekin 
nutqi rivojlana boshlaydi. Bu davrda bolalar o’yin orqali bir-
birlari bilan aloqa bog’laydilar, tasavvur, fikrlash jarayoni 
shakllanadi. Bu vaqtdan boshlab bolalarga do’stlik, inoqlik, 
o’zaro hurmat, bir-biriga yordam tushunchalarini sodda qilib 
tushuntirib borish ahamiyatlidir. Bolalar bu davrda eshitgan 


293 
narsasini takrorlashga urinadilar, shu sababli bu davrda 
kattalarning ma’noli so’zlashuvi, yurish-turishi, odobi, o’zaro 
ahilligi, mehribonligi bola ruhiyatiga ta’sir etadi. Ota-ona yoki 
tarbiyachilarning bolalarni sevishi, ularning xatti-harakatiga 
ziyraklik va mehribonlik bilan munosabatda bo’lishi, bolaning 
sog’lom o’sishiga, odob-axloqli bo’lishiga olib keladi. Bolani 
lozim bo’lganda maqtash, diqqatini ijobiy faoliyatga tortish, 
yomon ishlardan ehtiyot bo’lishini uqtirish, axloqsiz so’z va 
gaplardan uzoqroqda bo’lishini ta’minlash, o’rtoqlari bilan 
urishmaslik yo’llarini o’rgatish – ularga axloqiy tarbiya berishda 
ijobiy ta’sir hisoblanadi. 
Darhaqiqat, oilada bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash 
kelajagimiz 
garovidir. 
Shuning 
uchun 
ham 
bolalarda 
yoshligidanoq milliy urf-odatlar, udumlar, an’analar va axloqiy 
madaniyati haqidagi tushunchalarni shakllantirish, oilaga bog’liq. 
Bolaning pok va sof sadoqat, ma’naviy jihatdan yuksak bo’lib 
o’sishi, oiladagi mustahkam, tinch va totuvligiga bog’liq. Chunki, 
unda tarbiyalanayotgan yosh avlod ham ma’naviy jihatdan yetuk, 
sog’lom, mustaqil fikrli komil inson bo’lib voyaga yetadi. 
Albatta, bolaning ma’naviy-axloqiy tarbiyasi oila totuvligi, uning 
davomiyligi oila a’zolarining ruhiyatiga o’zligini qanchalik 
darajada anglaganligida, o’z mustaqil fikriga, dunyoqarashiga, 
chinakam insoniy fazilatlarga ega bo’lgandagina to’laligicha 
ta’minlanadi. 
Oilada mehr-muhabbatning ustuvorligi bolada ma’naviy-
axloqiy tarbiyalashning asosini tashkil etadi. Biroq oila, o’z 
mazmun-mohiyatiga ko’ra, har bir farzand uchun o’ziga xos 
xarakterli xususiyatlarga ega. Bunda o’zaro hurmat va qattiq 
tartib, oila a’zolarining o’z burchlari, bir-biriga nisbatan ezgulik, 
mehr-oqibat, yaxshi va munosib tarzda yashash, oilasining, 
qarindosh-urug’lari va yaqin odamlarining, qo’shnilarining omon-
esonligi to’g’risida g’amxo’rlik qilish bolani ma’naviy-axloqiy 
tarbiyalashda muhim o’rin tutadi. 
Xullas, insonning dastlab oila sharoitida shakllanib 
yetiladigan barkamol kamoloti yuksak ma’naviyatli jamiyat barpo 
etishda muhim rol o’ynaydi.

Download 2,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   191




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish