1.Ekzotoksin. 2.Endotoksin.
Bular bir-biridan o'zining xususiyatlari bilan farq qiladi. Mikroblar organizmda yoki sun'iy
oziq-ovqatda yashaganida atrof muhitga ekzotoksin ajratadi va uni mikrob hujayrasidan ajratib
olish mumkin. buning uchun patogen mikrob oziq – ovqatda 37o issiqda 5-12 kun o'stiriladi,
keyin mikrob o'sgan ovqat mikrob o'ta olmaydigan fil'trdan o'tkaziladi. Natijada mikrob fil'trdan
o'ta olmaydi, fil'trdan mikrobning ekzotoksini erigan holda o'tadi. Ana shu yo'l bilan har qanday
patogen mikrobdan ekzotoksin olish mumkin. Bu ekzotoksinlar juda zaharli va kuchli bo'ladi.
Masalan botulizm kasalligini vujudga keltiruvchi mikrobdan ajratib olingan ekzotoksinning
0,005 ml dengiz cho'chqasini o'ldiradi, odamda qoqshol kasalligini hosil qiluvchi mikrobning
0,00025 gr ekzotoksini odamni o'ldiradi. Ba'zi mikroorganizmlarning hosil qiladigan toksini yoki
zahari mikrobning protoplazmasiga bog'liq bo'ladi, mikrob tirik vaqtda uning tanasidan sirtga
yoki tashqariga ajrab chiqmaydi. Bunday toksinga endotoksin deyiladi. Endotoksinlar har xil
yo'llar bilan masalan, mikrob kul'turasini qizdirib bir necha marta muzlatib eritish yo'li bilan yoki
unga ferment va bakteriofaglarni ta'sir etkazib ajratib olinadi. Sovet olimi Arestovskiy entotoksin
bilan ekzotoksinlarni bir-biriga taqqoslab xususiyatlarini aniqlaydi.
Antitoksin
Hayvon organizmida toksinga qarshi nitralovchi moddalar bo'ladi, ana shu moddaga
antitoksin deyiladi. Agar zaharli modda toksin yoki ekzotoksin hayvonga yuborilsa, shu
moddaga qarshi antitoksin hosil bo'ladi. Antitoksinlar qon zardobida ko'p to'planadi, shuning
uchun kasallikdan tuzalgan odamga immunizasiya (emlangan) qilingan hayvonning qon zardobi
ishlatiladi.
Antitoksinlik zardobning tasirini quyonda sinab ko'rsa bo'ladi.2ta quyon olinib,biriga
hayvonni o'ldiradigan toksin-zahar yuboriladi,bu kontrol hisoblanadi. 2-quyonga ham
o'ldiradigan miqdorda toksin yuboriladi,lekin shu toksinga etarli miqdorda antitoksin zardobi
qo'shiladi. 1-quyon o'ladi,chunki unga faqat toksin yuboriladi, 2-quyonga yuborilgan toksin
antitoksin tasirida neytrallanib quyonga tasir o'ta olmaydi va bu quyon sog'qoladi. Bu tajribada
toksin antitoksin tasirida neytrallanishini ochiq ko'rish mumkin. Ayrim olimlar antitoksin
toksinni parchalab, uning zaharli xususiyatining deb tushunganlar. Tekshirishlar bu fikr
noto'g'riligini isbotladi. Masallan toksinga antitoksinli zardob yuborilsa toksin uning zaharlik
xususiyatini yo'qotib neytrallanadi. Ana shu neytrallangan toksinni yana ajratib olish mumkin.
Bu ajratib olingan toksin yana avvalgiday zaharlilik xususiyatiga ega bo'ladi. Demak, toksin
antitoksin ta'sirida parchalanmasdan faqat neytrallanar ekan.
Antitoksinlik zardoblar juda ko'p kasalliklarni dovolash uchun ishlatiladi. Masalan,
difteriya, tetanus, gangrena, ilon va chayon chaqqanda ularning zahriga qarshi antitoksinli
zardob yuboriladi. Antitoksinli zardoblarni otlarda tayyorlab olinadi. Buning uchun maxsus
vaksina va zardoblar instituti bor. Buning uchun sog' va yosh otlarda shu toksinga qarshi
antitoksinlar hosil bo'ladi. Bu 3-4 oy davom etadi. Keyin otdan 6-7 litr qon steril holda olinadi.
Qon tindiriladi, antitoksinli zardob yuqoriga chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |