Antibiotiklarning oziq sifatida qo’llanishi. 1940 yildan boshlab antibiotiklar hayvon
kasalliklarini davolash va uning oldini olishda keng turda qo’llanilmoqda; antibiotiklar kam
miqdorda (davolash dozasidan 10—15 marta kam) yem-hashakka qo’shib hayvonlarga berilsa,
ularning tez o’sishi aniqlandi. Keyingi yillarda chet mamlakatlarda antibiotiklarning bunday
xususiyati keng o’rganilib, qishloq xo’jaligi mollarini, ayniqsa yosh mollarni va jo’jalarni tez
ustirishda stimulyator sifatida qo’llaniladigan bo’ldi, shu sababli hozirgi vaqtda hammasi bo’lib
ishlab chiqariladigan antibiotiklarning 30—50 protsenti oziq sifatida ishlatiladi, chunki ular
hayvon ozig’iga qo’shib berilsa, molning o’rtacha vazni 15—20 protsent oshadi. Ko’pincha
hayvon ozig’iga xlortetratsiklin, oksitetratsiklin, tetratsiklin qo’shib beriladi. Antibiotik ishlab
chiqarishda hosil bo’lgan chiqindilarni yem-hashak qo’shib mollarga berish yaxshi natija beradi,
chunki uning tarkibida antibiotikdan tashqari, vitamin, mineral moddalar, mikroelement va
boshqalar bo’ladi. Bundan tashqari, antibiotik hosil qiluvchi mikroorganizm rivojlanayotgan
oziqli muhitdagi biovit — 40, nativniy, biomitsin, vitabiomitsin, kormogrizin kabilar
hayvonlarga beriladi. Antibiotiklar hayvonlarga oz miqdorda berilsa, ular organizmidagi yashirin
infektsiya qo’zg’atuvchilarga halokatli ta’sir etib, organizmning o’sishi va kasallikka
chidamliligini kuchaytiradi.
O'simlik, hayvon va odam kasalliklari har xil mikroorganizmlar, ayniqsa, zamburug'lar,
bakteriyalar va viruslar orqali vujudga keladi. Mikroorganizmlar tashqi muhit bilan
munosabatiga ko'ra 2 guruhga bo'linadi: 1. Saprofitlar; 2. Parazitlar.
Bundan bir necha ming yillar ilgari mikroorganizmlar saprofit, ya'ni, o'lik organizmlar
hisobiga yashagan. Keyinchalik er yuzida o'simliklar, hayvonlar va odamlar organizmiga kirib,
ular tanasidagi oziq-ovqat moddalaridan foydalanib yashay boshlaganlar. Natijada parazit
mikroorganizmlar paydo bo'lgan, keyinchalik ana shu parazit mikroorganizmlarning ayrim
turlari kasallik qo'zg'atuvchi patogen mikrob bo'lib etishgan.
Ko'pchilik patogen mikroblar o'simlik, hayvonlar va odamlar hisobiga oziqlanib
qolmasdan, balki ular uchun zaharli moddalar ajratib, yuqumli (infeksion) kasalliklarni ham
qo'zg'atadi.
Infeksiya – organizmning patogen mikrobning ta'siriga ko'rsatgan javob reaksiyasidir.
Infeksiya lotincha «Unficio» so'zidan olinib, yuqtiraman degan ma'noni bildiradi. Ko'pincha
infeksiya so'zi kasallik ma'nosida qo'llaniladi. Ba'zi vaqtlarda infeksiya deb kasalllikni
qo'zg'atuvchi mikrobning sof organizmiga o'tishiga ya'ni kasallikning yuqushiga aytiladi.
Infeksiyaning sababchisi patogen mikrobdir, patogen mikrobsiz infeksiya ham bo'lmaydi.
Patogen mikroorganizmlarning odam va hayvon organizmiga biron yo'l bilan kirishi kasallikning
yuqushi deyiladi. Lekin patogen mikrob organizmga kirgani bilan ya'ni, kasalllik yuqushi bilan
organizm albatta kasallanadi deyish noto'g'ridir. Chunki organizmga kirgan mikrobning kasallik
qo'zg'ash darajasi past bo'lsa yoki odam va hayvon organizmi ana shu organizmga kirgan
mikrobga nisbatan chidamli bo'lsa, mikrob kasallikni qo'zg'ay olmasdan nobud bo'ladi. Umuman
patogen mikrob organizmga kirgandan keyin infeksion kasallik paydo bo'lishi yoki bo'lmasligi
quyidagi 3 omilga bog'liq.
1. Organizmga kirgan mikrobning hususiyatlariga. Masalan, mikrobning patogenlik
darajasiga, agressivligiga, zaharligiga bog'liq.
2. Inson va hayvon organizmining mikrobga nisbatan chidamli bo'lishiga, uning yashash
sharoitiga va immunobiologik xususiyatlariga bog'liq.
3. Organizmga patogen mikroblar tushganda yoki infeksiya yuqqan davrida tashqi
muhitning mikroorganizm uchun qulay yoki noqulay bo'lishiga bog'liq.
Patogen mikroblar tubandagi xususiyatlarga ega bo'lsa kasalllik qo'zg'ashi mumkin.
1.Mikroorganizmlarning patogenlik xususiyati: Mikrobning ma'lum sharoitda kasalllik
qo'zg'ay olish xususiyati patogenlik deyiladi. Patogenlik mikrob turiga xos bo'lgan belgidir. Har
qanday kasalllik qo'zg'atuvchi mikrob patogen hisoblanadi. Patogen mikroblarning har bir turi
malum kasallikni hosil qiladi.Mikroblarning patogenligi xususiyati turli sharoitda turlicha
bo'ladi. Masalan , patogen mikrobni kasal organizmdan ajratib olganda uning patogenligi juda
kuchli bo'ladi, endi shu mikrobni laboratoriya sharoitida turli oziq-ovqatda o'stirilganda,uning
patogenligi pasayib boradi.
2. Mikroblarning virulentligi: mikrobning patogenlik darajasini virulent so'zi bilan
ifodalanadi. Patogenligi juda kuchli bo'lgan mikrobni virulent mikrob deb ataladi.Mikrobning
virulentligi o'zgaruvchan bo'lib, mikrob qulay sharoitda yashasa uning virulentligi
oshadi,noqulay sharoitda mikrobning virulentligi pasayadi.
Hozirgi vaqtda ayrim mikroblarning virulentligini pasaytirib,ular-dan vaksinalar
tayyorlash usuli topilgan.Mikrobning virulentligini pasaytirish uchun quyidagi usullar
qullaniladi.
а) mikrob kulturasini uzoq vaqt noqulay ovqatda o'stirish.
b) mikrob kulturasini yuqori temperaturada o'stirib kuchsizlantirish(42,5)
v) kulturaga biror kimyoviy narsa aralashtirish (masalan,fenol, lyugol,formalin,sulema
eritmalari)
g) mikrob kulturasini yoki virulent mikrobni asta-sekin quritib,virulentligi pasaytirish.
d) virulentli mikrobni unga nisbatan chidamli hayvon organizmiga yuqtirib,keyin undan
yana ajratib olish (nassaj qilish).Masalan odamda chechak kasaligini qo'zg'ovchi mikrobni
buzoqqa yuqtirib virulentligi pasaytiriladi.
e) virulent mikrobga bakteriofag va turli antibiotiklar tasir ettirish.
j) mikrob kul'turasiga kuyosh nuri ta'sir ettirib, uning virulentlini pasaytiriladi.
3) mikrobning zaharliligi. Patogen mikroblar kasallik qo'zg'aganda zaharli moddalar hosil
qiladi, bu zaharli moddalar organizmni zaharlaydi. Patogen mikroblarning hosil qilgan ana shu
moddasiga toksin yoki zahar deyiladi. Mikrobning toksini 2 xil bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |