Ўзбекистон Республикаси Олий ва Ўрта махсус таълим вазирлиги Андижон Давлат Университети


Kichik guruhlar deganda, ko‘pi bilan bir necha o‘nlab a'zolardan iborat



Download 1,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet116/359
Sana30.01.2022
Hajmi1,44 Mb.
#419158
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   359
Bog'liq
sotsiologiya (1)

Kichik guruhlar deganda, ko‘pi bilan bir necha o‘nlab a'zolardan iborat 
bo‘lgan kam sonli guruhlar tushuniladi.
Bu guruhlar ko‘pincha samimiy do‘stlik 
munosabatlari bilan bog‘langan bo‘ladi, guruh a'zolari o‘rtasida bevosita o‘zaro aloqalar 
ustun turadi, guruh a'zolari o‘rtasidagi munosabatlar norasmiy institutlar yordamida 
tartibga solinadi. Bundan tashqari, maxsus vazifalarni bajarishga mo‘ljallangan, yuqori 
darajada shakllangan kichik maqsadli guruhlar_ham mavjud. Bu guruhdarda a'zolar 
o‘rtasidagi munosabatlar maxsus xizmat ko‘rsatmalari bilan tartibga solinadi. Yashirin 
ishlayotgan partiya yacheykasi bunga misol bo‘la oladi. Kichik guruhlar oilani, 
do‘stlarni, qo‘shnilarni ishlab chiqarish brigadasini va boshqa guruhlarni kiritish 
mumkin. 
Kichik sotsial guruhlarning turlari juda ko‘p. Ular turli mezonlarga qarab turlarga 
ajratiladi. Guruh munosabatlari strukturasiga qarab kichik sotsial guruhlar rasmiy va 
norasmiy guruhlarga, a'zolar o‘rtasidagi munosabatlarning yaqinligiga qarab birlamchi 
va ikkilamchi guruhlarga, guruhga a'zo bo‘lish va bo‘lmasligiga qarab a'zoli va referent 
guruhlarga bo‘linadi. Sanab o‘tilgan guruhlarni birma-bir ko‘rib chiqamiz. 
Rasmiy va norasmiy sotsial guruhlar, guruhlarni bunday tarzda turlarga bo‘lish 
birinchi bo‘lib amerikalik sotsiolog E. Meyo tomonidan taklif qilingan edi, guruhlarni 
rasmiy va norasmiy guruhlarga ajratish asosida guruh munosabatlarning strukturasi 
yotadi.Rasmiy guruhlar — bu huquqiy statusga ega bo‘lgan sotsial institut, tashkilot 
qismi hisoblanadigan mavjud institut, tashkilotdagi mehnat doirasida aniq, maqsadga 
ega bo‘lgan sotsial guruhlardir. 
Rasmiy guruhdarga quyidagi belgilar xos: aniq, va izchil maqsad, ierarxiyaga 
asoslangan aniq funksiyalar, ma'lum qoidalarga muvofiq keladigan huquq va burchlar, 
a'zolar o‘rtasidagi rasmiy munosabatlar, guruh faoliyatini nazorat qiladigan rasmiy 
institutning mavjud bo‘lishi va boshqalar. 


66 
Rasmiy guruhlarda guruh maqsadlari, funksiyalari xatti-harakat qoidalari, xatto 
a'zolik shartlari maxsus hujjatlarda (dastur, instruksiya, qonun va boshqalar) qayd 
etilgan bo‘ladi. 
Rasmiy guruhlarga siyosiy partiyalar, davlat, diniy va boshqa tashkilotlar, ishlab 
chiqarish kollektivi, maktab sinfi, sport komandasi va boshqalarni kiritish mumkin. 
Har qanday rasmiy guruhning tashkiloti bo‘ladi. Guruh tashkiloti — bu turli guruh 
va a'zolari o‘rtasidagi munosabatlarning yaqqol namoyon bo‘lishidir. Munosabatlar 
turiga qarab guruh tashkilotlari 2 ga bo‘linadi: rasmiy va norasmiy. Bu ikki turdagi 
guruh tashkilotlari ijtimoiy munosabatlarni yaratuvchisi hisoblanadi. Rasmiy tashkilot 
yuqoriroq darajali sistema bilan aniq belgilangan funksiyalarni bajarish uchun tashkil 
etiladi. Bu funksiyalar ma'lum ma'noda individlar uchun yuzaki hisoblanadi. Masalan, 
ishlab chiqarish korxonasining sotsial tashkiloti ishlab chiqarish brigadasining asosiy 
vazifalarini belgilab beradi. Brigada doirasida bu funksiyalar har bir brigada a'zosining 
guruhda tutgan individual martabasiga qarab taqsimlanadi. 
Shunday qilib, rasmiy sotsial guruh deb, guruh alohida a'zolarining o‘rni va xatti-
harakati sotsial tashkilotning rasmiy qoidalari, qonunlari bilan chegaralanadigan 
guruhga aytiladi. Rasmiy guruh a'zolarining nufuzi (tutgan o‘rni) shaxsiy sifatlar bilan 
emas, ularning martabalari bilan aniqlanadi. Shaxslararo munosabatlar rasman 
o‘rnatilgan chegara doirasida amalga oshadi. Rasmiy guruhning eng sodda ko‘rinishi 
sifatida ishlab chiqarishni ko‘rsatish mumkin. Uning hajmi, tuzilishi, rahbarning 
vazifalari ishlab chiqarish tashkiloti qoidalari bilan qat'iy belgilanadi. 
Rasmiy guruh — bu aniq sotsial guruh jamiyat sotsial strukturasining elementidir. 
U ob'ektiv holda mavjud. Uning strukturasi va xatti-harakat shakllari keng miqyosdagi 
guruh yoki jamiyat tomonidan boshlanadi. Individ rasmiy guruhga a'zo bo‘lar ekan, 
o‘zining shaxsiy sifatlarini yo‘qotadi va rasmiy guruh tashkiloti doirasidagi u yoki bu 
rollarni bajaruvchi kishiga aylanadi. 

Download 1,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   359




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish