Ўзбекистон Республикаси Олий ва Ўрта махсус таълим вазирлиги Андижон Давлат Университети


Sotsial guruh» tushunchasiga yaqin bo‘lgan tushuncha — sotsial birlik»



Download 1,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet113/359
Sana30.01.2022
Hajmi1,44 Mb.
#419158
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   359
Bog'liq
sotsiologiya (1)

Sotsial guruh» tushunchasiga yaqin bo‘lgan tushuncha — sotsial birlik» 
tushunchasidir. 
Zamonaviy jamiyatshunoslik fanida bu tushunchalar sinonim sifatida 
ishlatiladi. Lekin bunday tushunish to‘g‘ri emas. 
«Sotsial birlik» tushunchasi 
kishilarning hamma birliklarini o‘ziga qamrab oladigan keng hajmdagi 
tushunchadir. «Sotsial birlik» so‘zi umumiylikni bildiradi. 
U ko‘pgina kishilarni 
birlashtiradigan jarayonlarni aks ettiradi. Real hayotda sotsial birlik «platforma»ga ega 
bo‘ladi. Bu «platforma» negizida birlikka kiradigan individlarning umumiy tomonlari, 
sifatlari va xususiyatlarini birlashishi amalga oshadi. Uning asosida kelib chiqish birligi 
(qon-qarindoshlikka asoslangan birlik, oila, urug‘), xudud birligi, til va xudud birligi 
(etnik birlik) va boshqalar yotadi. 
Shunday ekan, sotsial birlik — bu tabiiy-sotsial asoslar bilan (qon-qarindoshlik, 
xudud, til va boshqa) bir sotsial guruhlarning ko‘rinishidir. Birliklar sotsial 
guruhlarning bir turi sifatida sotsial struktura elementlari hisoblanadi. 


64 
Guruh — bu xatti-harakatlari rasmiy va norasmiy institutlar tomonidan 
boshqariladigan, ma'lum norma va qadriyatlarga ega bo‘lgan, boshqa birliklardan 
o‘zining xususiyatlari bilan farq qiladigan, bir-birlari bilan ijtimoiy munosabatlar 
sistemasi bilan bog‘langan kishilar yig‘indisidan iborat bo‘lgan sotsial birlikdir. 
Guruhga xarakterli xususiyatlar quyidagilar: guruh soni, ichki tashkilot, ya'ni 
institutlar, nazorat shakllari; faoliyat namunalari; norma va qadriyatlar; farq qiladigan 
xususiyatlari. 
Guruh soni deyilganda, mavjud birlikni hajm jihatdan tashkil etadigan a'zolar 
yig‘indisi tushuniladi, hozirgi kungacha sotsiologiyada a'zolar soni qancha bo‘lishi 
kerakligi haqida aniq bir to‘plamga kelingani yo‘q. Bu to‘g‘risida guruh turlari haqida 
so‘z ketganda, gapirib o‘tiladi. 
Guruh o‘zining sonini a'zolari sonini chegaralashi yoki chegaramasligi mumkin. 
Mana shu asosga ko‘ra guruhlarni «berk» guruhlar, ya'ni yangi a'zolarni qabul qilishda 
aniq mezon qo‘yadigan guruhlar; chegaralangan guruhlar, ya'ni guruh a'zoligiga qabul 
qilish mezoni ham talabchanlik bilan qabul qilinadigan guruhlar; va nihoyat xohlagan 
kishi kirishi mumkin bo‘lgan ochiq guruhlar va bu guruhlarda a'zolarga nisbatan aniq 
talablar, qo‘yilmaydi, ko‘pincha guruhlar a'zo qabul qilish va a'zolarni guruhdan 
chiqishi uchun aniq talab qo‘yadi. Buning natijasida guruhning bir xilligi va uning ta'sir 
doirasi ta'minlanadi. 
Guruhning paydo bo‘lishi uchun ichki tashkilot, ya'ni institutlar, nazorat shakllari, 
faoliyat namunalari bo‘lishi kerak. Shuning uchun ham o‘z shaxsiy tashkilotiga ega 
bo‘lmagan, faqatgina kontaktlar (aloqalarga) asoslangan erkin sotsial birliklar guruh 
deb atalmaydi. 
Guruh o‘zining shaxsiy norma va qadriyatlariga, ya'ni birlashish markaziga ega 
bo‘lishi kerak. Bularga g‘oyalar, ramzlar, shiorlar, maqsadlar, moddiy predmetlar va 
boshqalarni kiritish mumkin. Bular guruhda kishilarni guruhga mansublik va birlashish 
xissini uyg‘otish va rivojlantirish uchun zarur. 
Bu qadriyatlar asosida guruhda «biz» so‘zi bilan ifodalanadigan birlik xissi paydo 
bo‘ladi. Bu xis kishilarni birlashtiradigan psixik (ruhiy) aloqa bo‘lib hisoblanadi. 
Nihoyat, guruh o‘zining shaxsiy farq qiladigan xususiyatlariga ega bo‘lishi kerak. 
Bular yordamida guruh boshqa sotsial birliklardan farq qiladi. Bunday xususiyatlar 
bo‘lib, bir xududda yashash, alohida ritual harakatlar, til, mafkura va boshqalar 
hisoblanadi. 
Bu 4 shart juda ko‘p guruhlarni ta'riflash uchun qo‘l keladi. Lekin guruhlarni 
tasniflash (klassifikatsiya qilish) vaqtida bu to‘g‘rida to‘xtalib o‘tamiz. Chunki bu 
shartlar nisbiy xarakterga ega. Bular ko‘pgina guruhlarni qanoatlantirsa ham, ba'zi 
guruhlarni tahlil qilish vaqtida to‘g‘ri kelmasligi mumkin. 

Download 1,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   359




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish