Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги абдулла қодирий номли жиззах давлат педагогика институти


Fuqarolik jamiyatini shakllantirish jarayonida mahalla institutining huquqiy asoslari



Download 178,68 Kb.
bet5/14
Sana03.06.2022
Hajmi178,68 Kb.
#633240
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
BMI tayyor21

1.2 Fuqarolik jamiyatini shakllantirish jarayonida mahalla institutining huquqiy asoslari
Vatanimiz o’z mustaqilligini qo’lga kiritar ekan o’zining rivojlanish yo’lini tanlab oldi. Bunda asosan davlatning boshqaruv idoralari va ijro hokimiyatining faoliyatini ham isloh qildi. Ularning faoliyatini belgilash uchun huquqiy asoslari ham ishlab chiqildi. Shu qatorda shunday yaratilgan huquqiy asoslardan biri fuqarolarining o’zini-o’zi boshqarish organlarining huquqiy asoslaridir. Fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlari to’g’risidagi ilk nazariyalarni biz G’arb qonunshunosligida XVIII asrning ikkinchi yarmida vujudga kelganligini ko’rishimiz mumkin. Uning tabiati, xususiyati va jamiyatdagi o’rni mahalliy hokimiyatlar va o’zini-o’zi boshqarish organlarining fuqarolar tomnidan saylanish prinsipi g’oyalari bilan aloqador. Yangi tarixning dastlabki davrida fuqarolar tomonidan saylanadigan o’zini-o’zi boshqarish organlarining mustaqilligi konsepsiyasi, ularning qishloq jamoalari va shaharlardagi ishlarga boshchilik qilishida markaziy hokimiyatga nisbatan alohidalik va boshqaruvning mustaqilligiga imkoniyat yaratdi. Bu organlarga davlat boshqaruvi sohasidan chetdagi alohida bir yakka bug’in sifatida qarash ommalashib ketdi.
1985 yil 15-oktyabr kuni Yevropa Ittifoqi tomonidan qabul qilingan “Mahalliy o’zini-o’zi boshqarish to’g’risidagi Yevropa xartiyasi”ning 3 – moddasiga bu tushuncha quyidagicha ifodalangan: “Mahalliy o’zini – o’zi boshqarish deganda, mahalliy o’zini – o’zi boshqarish organlarining o’zini – o’zi boshqarish organlarining o’z mas’ulligida, mahalliy aholi manfaatlari asosida, qonunlar doirasida uning davlat ishlarining aksariyat qismini boshqarishi va uni real uddalay olish qobiliyatiga aytiladi. Bu huquqlar erkin, yashirin, teng to’g’ridan-to’g’ri umumiy saylovlarda saylangan a’zolardan iborat kengashlar yoki majlislar tomonidan amalga oshiriladi. Kengashlar yoki majlislar o’zlariga hisobotlar berib boruvchi ijroiya organlariga ega bo’lishi mumkin. Bu qoidalar fuqarolar majlislariga, referendumlarga yoki fuqarolar to’g’ridan-to’g’ri ishtirok etishining qonun yo’l qo’ygan boshqa shakllariga murojaat etishni istisno etmaydi.
O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 105-moddasida o’zini-o’zi boshqarish organlari quyidagi huquqiy ta’riflangan: “Shaharcha, qishloq va ovulllarda, shuningdek ular tarkibidagi mahallalarda fuqarolarning yig’inlari o’zini o’zi boshqarish organlari bo’lib, ular raisni (oqsoqolni) va uning maslahatchilarini saylaydi. O’zini o’zi boshqarish organlari saylash tartibi, faoliyatini tashkil etish hamda vakolat doirasi qonun bilan belgilanadi”. Konstitusiyaviy asosdan kelib chiqib, 2013-yil 15-martda qabul qilingan “Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari to’g’risida»gi (yangi tahrirda) Qonunning 3-moddasida fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish tushunchasi quyidagicha ta’riflanadi: «Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarishi fuqarolarning mahalliy ahamiyatga molik masalalarni o’z manfaatlaridan, rivojlanishning tarixiy xususiyatlaridan, shuningdek milliy va ma’naviy qadriyatlardan, mahalliy urf-odatlar va an’analardan kelib chiqqan holda hal qilish borasidagi O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari bilan kafolatlanadigan mustaqil faoliyatdir”52. Yuqorida keltirilgan konstitutsiyamizning 105-moddasidagi tarifdan va “Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari to’g’risida»gi qonunning 3- moddasida ko’rinib turibdiki, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari davlat boshqaruv organlaridan chetda emas, balki uning quyi boshqaruv organ ekanligi mustahkamlab qo’yilgan.
Mahalla tizimi jamiyatimizning eng asosiy va muhim tayanch boʻgʻini hisoblanadi. Mahallalar oʻz zimmasidagi vazifalarni samarali bajarishi uchun huquqiy asoslar va yetarli shart-sharoitlarga ega boʻlmogʻi lozim ekanligini Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev alohida takidlab o’tdi53 va bu borada salmoqli ishlar amalga oshirildi. Oxirgi uch yil(2018-2021- yillar)da uni rivojlantirish borasida qator amaliy ishlar amalga oshirildi. Xususan, mahalla institutiga doir 38 ta qonun va meʼyoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilindi, 50 dan ortiq xujjatlar takomillashtirildi54. Mahallaning huquqiy maqomi mustahkamlandi.
O‘zbekiston Respublikasida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini shakllantirish, ular faoliyatining samaradorligini oshirishda ularning huquqiy asoslarini yaratish ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi. Fuqorolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining huquqiy asoslari quyidagi normativ-huquqiy hujjatlarda o‘zining to‘la ifodasini topadi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi;
2. “Fuqorolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi qonun;
3. “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi qonun;
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari;
5. Vazirlar Mahkamasining qarorlari;
6. Fuqorolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining nizomlari hamda boshqa normativ huquqiy hujjatlar.55
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarishining huquqiy asoslari to‘g‘risida gapirar ekanman, shuni alohida inobatga olish kerakki, mahalla institutning huquqiy asosini tashkil qiluvchi huquqiy manbalar o‘rtasida ularning yuridik tasir kuchi bo‘yicha malum ierarxiya bosqichlari mavjud. O‘zbekiston Respublikasining amaldagi Konstitutsiyasi ilk marotaba mamlakatimiz konstitutsiyaviy tuzumining asoslaridan biri sifatida mahalliy o‘zini o‘zi boshqaruvni mustahkamlab qo‘ydi. Ammo Konstitutsiya mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish institutlari mavjudligini shunchaki tantanali ravishda elon qilmadi. Balki yuqori darajada tanlov erkinligiga ega xalqning tashabbusini hududlarda rivojlanishini ta’minlovchi yuridik kafolatni o‘zida mujassam etdi.
Mustаqillik dаvridа mаhаllаning tаshkiliy, ijtimоiy vа huquqiy mаqоmini mustаhkаmlаsh bоrаsidа chuqur islоhоtlаr аmаlgа оshirildi. Eng аvvаlо, mаhаllа аtаmаsi tаriхdа birinchi mаrtа Kоnstitutsiyagа kiritildi. Ungа аhоlining o’zini-o’zi bоshqаruvining nоyob shаkli sifаtidаgi kоnstitutsiyaviy huquqiy mаqоm bеrildi. 1992-yildа O’zbеkistоn Prеzidеntning «Rеspublikа «Mаhаllа» хаyriya jаmg’аrmаsining fаоliyatini yanаdа tаkоmillаshtirish chоrа-tаdbirlаri to’g’risidа»gi, 1998 yildаgi «Fuqаrоlаrning o’zini-o’zi bоshqаrish оrgаnlаrini qo’llаb-quvvаtlаsh hаqidа»gi, 1999 yildаgi «Аhоlini аniq yo’nаltirilgаn ijtimоiy mаdаd bilаn tа‘minlаshdа fuqаrоlаrning o’zini-o’zi bоshqаrish оrgаnlаri rоlini оshirish to’g’risidаgi»gi Fаrmоnlаri, shuningdеk, kаm tа‘minlаngаn vа ko’p bоlаli оilаlаrni ijtimоiy himоya qilishgа qаrаtilgаn qаtоr fаrmоn, qоnunlаr, qаrоrlаr vа bоshqа mе‘yoriy hujjаtlаrning e‘lоn qilingаnligi uning isbоtidir.
Shuni takidlab o‘tish lozimki, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan 1993 -yil 2 -sentabrda “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”56gi qonun qabul qilingandan keyin Oliy Kengashning 1993-yil 2-sentabr qaroriga binoan hududiy jamoa-o‘zini o‘zi boshqarish organlarining faoliyatini tartibga soluvchi bir qancha qonun va farmonlar o‘zining yuridik kuchini yo‘qotdi. O‘z kuchini yo‘qotgan qonuniy-huquqiy hujjatlar qatoriga O‘zbekiston Respublikasining 1980-yil 14-martdagi “O‘zbekiston Respublikasi xalq deputatlari posyolka Kengashi to‘g‘risida’gi, “O‘zbekiston Respublikasi xalq deputatlari qishloq Kengashlari to‘g‘risida”gi57 Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosatining 1983-yil 14-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi shaharlarda, posyolkalarda, qishloqlarda mahalla qo‘mitalari haqidagi Qonunni tasdiqlash to‘g‘risida”gi va 1988-yil 30-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining umumiy majlislari, turar joylardagi yig‘ilishlar to‘g‘risida”gi qonunini tasdiqlash haqida”gi58 farmonlar ham kiradi.
Respublika rahbariyati mustaqillikning dastlabki yillarida mahallaga katta umid bilan qaray boshlashdi. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov o‘shanda mahalla jamiyatda munosib o‘rin egallasa, agar mahallada tinchlik va osoyishtalik bo‘lsa, hamma narsaga kuchimiz yetishini aytib o’tgan edi”59. Shubhasiz, mahalla faravon bo’lsa, tinch bo’lsa yurt ham, vatan ham tinch bo’ladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992-yil 12-sentabrdagi Farmoniga binoan, “Mahalla’ respublika xayriya jamg‘armasi tashkil etildi. Uning asosiy vazifalari qatoriga tarixan shakllangan an‘ana va odatlarni asrab-avaylash va boyitishga har tomonlama ko’maklashish, insonparvarlik hamda mehr-muruvvatni qaror toptirish va o‘zaro yordamni tashkil qilish, bozor iqtisodiyoti rivojlanayotgan sharoitida mahallaning iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojlanishiga yordam berish fuqarolarning manaviy, mafkuraviy, marifiy ehtiyojlarini qondirish va boshqa masalalar kiradi. Jamg‘armaning faxriy raisi etib Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov saylandi. Jamg‘arma 1995 –yildan boshlab “Mahalla” deb nomlangan gazetani nashr etib kelmoqda.
O’zbekiston Respublikasining mahalla sohasidagi olib borayotgan siyosati ikkita muhim vazifani bajarishni ko‘zda tutadi:60

  • Manaviy vazifa. U yurtimizning ming yillik tarixida noyob qadriyatlarni, eng aziz ananalarni qaytadan tiklash, asrash va rivojlantirishdan iborat;

  • Siyosiy vazifa. Prezidentimizning mahalla institutini bugungi shiddat bilan rivojlanayotgan zamon talablariga javob beradigan tarzda tiklashda viloyat, shahar, tuman hokimliklari zimmasiga yuklangan ko‘plab huquqlar va vazifalarni fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga, ya’ni mahallalarga berib, shu asosida jamiyatimiz hayotini demokratiya asosida tashkil etishda yangi va juda ulkan va muhim imkoniyatlarga erishishdir.

O’z davrning yangicha talablariga binoan vujudga kelgan O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘rishida”gi qonuni ijtimoiy, siyosiy, madaniy va marifiy hayotimizda juda katta voqea bo‘ldi. Unda ma’lum manoda jamiyatimiz hayoti taraqqiyotining uzoq yillarga mo‘ljallangan yo‘nalshlari belgilangan.
1993-yil 2-sentabrda “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi qonunda ilgari mavjud bo‘lmagan bir qancha yangiliklar kiritilgan. Bu, avvalo, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining huquqiy maqomining aniq belgilab berilishida (7 –modda), vaqti-vaqti bilan tuman, shahar va viloyat hokimliklari rahbarlarining hisobotlarini tinglash, mahalla hududida joylashgan korxonalar, muassasalar, tashkilotlar rahbarlarining hisobotlarini eshitish, mahalliy ahamiyatga doir masalalarni hal qilishda mustaqillik, o‘zini o‘zi boshqarish organlarining yangi institutlari kiritilishi ( masalan, fuqarolar yig‘ini kengashi, fuqarolar yig‘ini faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha komissiyalar, fuqarolar yig‘inining taftish va mamuriy komissiyalari va b.) joriy qilinishi; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputatligiga, xalq deputatlari viloyat Kengashlariga nomzodlar ko‘rsatish uchun fuqarolarning nomzodlari bo‘yicha hokimiyatning tegishli vakillik organlariga takliflar kiritish, xalq deputatlari tuman, shahar Kengashi deputatligiga nomzod ko‘rsatish to‘g‘risida qaror qabul qilish (10 –modda); ikki yoshga to‘lmagan, bolalari bor, ishlamaydigan onalarga nafaqalar tayinlash (10-12 –moddalar) va boshqa masalalar o‘z ifodasini topgan.
Mazkur normalar “Fuqarolarni o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘rida (yangi tahriri)”gi qonunining 2013-yil 22-aprelda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi qonuni bilan tasdiqlangan yangi tahriri asosida rivojlantirildi.61 Unga muvofiq fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tarkibiy tizimlari kengaytirildi. Jumladan, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari huzurida yarashtiruv komissiyasi tuzish, “Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilasini yaratish va rivojlantirish, tadbirkorlik faoliyati va oilaviy biznesni rivojlantirish masalalari bo‘yicha komissiya shakllantirish kabi tarkibiy tuzilmalar shakllantirildi.
“Fuqarolarni o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘rida”(yangi tahrirda)gi qonunining 3-moddasida Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarishi fuqarolarning mahalliy ahamiyatga molik masalalarni o‘z manfaatlaridan, rivojlanishning tarixiy xususiyatlaridan, shuningdek milliy va ma’naviy qadriyatlardan, mahalliy urf-odatlar va an’analardan kelib chiqqan holda hal qilish borasidagi O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari bilan kafolatlanadigan mustaqil faoliyat ekanligi mustahkamlab quyilgan. “Fuqarolarni o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘rida”(yangi tahrirda)gi qonunining 4-moddasida Fuqarolar shaharchalarda, qishloqlarda, ovullarda, shuningdek shaharlardagi, shaharchalardagi, qishloqlardagi va ovullardagi mahallalarda o‘zini o‘zi boshqarishga doir o‘z konstitutsiyaviy huquqini fuqarolarning saylov huquqlari kafolatlariga muvofiq fuqarolar yig‘inlari (fuqarolar vakillarining yig‘ilishlari) orqali amalga oshirilishi orqali fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish huquqi tushunchasi belgilab berilgan. Fuqarolar jinsidan, irqi, millati, tili, dinidan, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeyidan qat’i nazar, bevosita yoki o‘zlarining saylanadigan vakillari orqali bilvosita o‘zini o‘zi boshqarishda teng huquqlarga egadirlar. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarishga oid huquqlarini cheklash yoki tugatish qatiyan taqiqlanadi. Qonunga binoan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatiga davlat organlarining va ular mansabdor shaxslarining aralashuviga yo‘l qo‘yilmaydi.
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatining asosiy prinsiplariga qonuniylik, inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi, demokratizm, oshkoralik, ijtimoiy adolat, mahalliy ahamiyatga molik masalalarni hal etishda mustaqillik, jamoatchilik asosidagi o‘zaro yordam, ijtimoiy sheriklik, mahalliy urf-odatlar va an’analarni hisobga olish kabilarni kiritamiz(5-modda).
Fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining asosiy maqsadlaridan biri odamlarni o‘zaro yaqinlashtirish, ularni yagona maqsadli jamiyatga birlashtirishdan iboratdir. Shuning sababli fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarishi – eng muhim ijtimoiy ta’lim manbai, xalq hokimiyatining chinakam organi, har bir davlatning siyosiy va ijtimoiy hayotini demokratik jihatdan tashkil etishning zarur elementidir. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tizimi davlat ichidagi davlat emas. Balki unda jamiyat va davlat ishlari bilan boshqaruvining umumiy tiziminiga uyg‘unlashib ketgan bo‘lib, u o‘ziga xos o‘rinni egallaydi, muayyan mustaqillikka ega.
“Fuqarolarni o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘rida”(yangi tahrirda)gi qonunining 8-moddasiga asosan quyidagilar fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, deb belgilangan:62 Shaharchalar, qishloqlar va ovullar, shuningdek shaharlardagi, shaharchalardagi, qishloqlardagi hamda ovullardagi mahallalar fuqarolar yig‘inlari fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlaridir.
“Fuqarolarni o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘rida”(yangi tahrirda)gi qonunining 18-moddasiga asosan fuqarolar yig’inlarida fuqarolar yig’ini faoliyatining asosiy yo’nalishlari bo’yicha quyidagi komissiyalar tuziladi:
1. Yarashtirish komissiyasi;
2. Ma’rifat va ma’naviyat masalalari bo’yicha komissiya;
3. Ijtimoiy qo’llab-quvvatlash bo’yicha komissiya;
4. Xotin-qizlar bilan ishlash bo’yicha komissiya;
5. Voyaga yetmaganlar, yoshlar va sport masalalari bo’yicha komissiya;
6. Tadbirkorlik faoliyati va oilaviy biznesni rivojlantirish masalalari bo’yicha komissiya;
7. Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish, obodonlashtirish va ko’kalamzorlashtirish bo’yicha komissiya;
8. Jamoatchilik nazorati va iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish bo’yicha komissiya.
Tegishli hududdagi muammolarning dolzarbligiga ko’ra, fuqarolar yig’ini tomonidan fuqarolar yig’ini faoliyatining asosiy yo’nalishlari bo’yicha boshqa komissiyalar ham tuzilishi mumkin. Komissiyalarga rahbarlik, qoida tariqasida, fuqarolar yig’ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari amalga oshiradi. Komissiya a’zolarini saylash ochiq yoki yashirin ovoz berish yo’li bilan amalga oshiriladi. Fuqarolarning qonunda belgilangan saylov huquqlari kafolatlari ta’minlangan holda amalga oshiriladi. Komissiya tarkibiga nomzodi ko’rsatilgan nomzod fuqarolar yig’inida (fuqarolar vakillarining yig’ilishida) yig’ilganlarning yarmidan ko’pi uni yoqlab ovoz bergandagina saylangan hisoblanadi.Taftish komissiyasi esa fuqarolar yig’inining moliya-xo’jalik faoliyatini tekshirish uchun tuziladi.Taftish komissiyasi o’z faoliyatida mustaqildir. Faqat fuqarolar yig’iniga hisobdor hisoblanadi. Shu bilan birgalikda, taftish komissiyasi a’zolari bir paytning o’zida fuqarolar yig’ini boshqa organining a’zosi bo’la olmaydi. Fuqarolar yig’ini faoliyatining asosiy yo’nalishlari bo’yicha komissiyalar va taftish komissiyasi o’z faoliyatini fuqarolar yig’ini tomonidan tasdiqlanadigan nizomlar asosida amalga oshiradi.
Fuqarolar yig‘ini to‘g‘risidagi Nizom – o‘zini o‘zi boshqarish asosidagi fuqarolar kengashini tashkil qilish, ularning faoliyatini tartibga soluvchi asosiy meyorlarni o‘z ichiga oladi. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari nizomining tasdiqlanishi mazkur fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organining mavjudligini huquqiy jihatdan etirof etilishiga omil bo‘lib xizmat qiladi. Nizom fuqarolarning joylardagi boshqaruv rolini belgilab beruvchi o‘zini o‘zi tashkil etish va idora qilishning huquqiy kafolati deb atash mumkin. U mahlla faoliyatini tashkil qilishda va yuritishda muhim rol o‘ynaydi. O‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini tartibga soluvchi qonunlar keng ko‘lamli bo‘lsada, ammo mutaxasis bo‘lmaganlarga har doim ham tushunarli emas. Nizomlar qonunlarning ko‘pgina meyorlarini tartibli ravishda mahalliy sharoitlarga moslashtiradi, bu meyorlarni tartibli ravishda ifodalaydi, mahalliy mamuriyat organlari ishlarini yengillashtiradi, aholi o‘rtasida mahalliy o‘zini o‘zi boshqarishning haqiqiy manosi va tavsifi haqida aniq tasavvurlarni shakllantiradi.
Bugungi jadal oʼzgarishlar mahalla, uning boshqaruv tizimi, ijtimoiy-huquqiy faoliyatini yangicha mezonlar asosida tahlil etishni, bugungi zamon talablariga javob beradigan oʼzini oʼzi boshqarish organining yangicha tuzilmasini shakllantirishni, uning ish yuritish tizimini samarali tashkil etishni taqoza etmoqda. Bu borada mamlakatimiz Prezidentining 2017-yil 3-fevraldagi yangi tahrirda qabul qilingan «Mahalla institutini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida» 63gi Farmoni bu yoʼlda muhim qadam boʼldi. Farmonda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyati samaradorligini oshirish, mahalla institutini aholiga eng yaqin va xalqchil tuzilmaga aylantirish, fuqarolar yig‘inlarining mushtarak manfaatlarini ifoda etadigan uyushmaga birlashish huquqlarini ro‘yobga chiqarish, ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash hamda davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari bilan o‘zaro hamkorligini yanada rivojlantirish maqsad qilib qo’yildi. Uning oldingi qabul qilingan Qonun va meʼyoriy hujjatlardan farqi quyidagilardir:
birinchidan, Farmonga muvofiq fuqarolarning oʼzini oʼzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʼyicha Respublika Kengashida tashkiliy ishlar va uslubiy masalalar boʼyicha rais oʼrinbosari tashkil etilishi belgilandi;
ikkinchidan, Respublika Kengashi va hududiy kengashlar huzurida yoshlar ishlari, diniy-maʼrifiy masalalar boʼyicha rais oʼrinbosari lavozimi;
uchinchidan, Respublika Kengashi va fuqarolar yigʼinlari kengashlari huzurida keksalar va faxriylar ishlari boʼyicha rais oʼrinbosarlari lavozimlari joriy etiladigan boʼldi . Аyniqsa 2017-2021-yillarda Oʼzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʼnalishi boʼyicha Harakatlar strategiyasida mahalla institutining jamiyat boshqaruvidagi oʼrni va faoliyati samaradorligini, joylardagi oʼzini oʼzi boshqarish organlarining rolini oshirishga katta ahamiyat berilganligi bejiz emas .
“Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) saylovi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi O’zbekiston Respublikasi qonuni № OʻRQ—499 2018-yil-15-oktyabr kuni qabul qilingan. Qonun bilan mahalla raisining vakolat muddati ikki yarim yildan 3 yilga uzaytirildi.64 O’tkaziladigan saylovlarda ko'proq fuqarolarning ishtirokini ta'minlash uchun hovlilar, uylar, ko'chalardan va shaharchalardagi, qishloqlardagi hamda ovullardagi mahallalardan fuqarolar vakilligining minimal normasi foizlarda belgilandi. Jumladan, fuqarolar vakilligining minimal normasi saylovda ishtirok etish huquqiga ega bo'lgan fuqarolarning 12 %dan kam bo'lmasligi lozim. Fuqarolar yig’ini raisligiga malum talablar o'rnatildi. Xususan, O’zbekiston Respublikasi fuqarosi bo’lishi, tegishli hududda kamida 5 yil doimiy yashashi, qoida tariqasida tashkilotchilik qobiliyatiga, hayotiy tajribaga va aholi o'rtasida obro'-e'tiborga ega bo'lgan fuqarolar vakil bo'lishlari mumkin. Mahalla raisi lavozimiga nomzodlar fuqarolar vakillari orasidan yoxud ularning yaqin qarindoshlari orasidan ko'rsatilgan taqdirda, ular fuqarolar vakillari tarkibidan chiqariladi. Fuqarolarning xohish-irodalarini erkin bildirishlariga ta'sir etish imkoniyatini qoldirmaslik maqsadida fuqarolar yig'ini raisi (oqsoqoli) saylovlarida yashirin ovoz berish tizimi o'rnatildi. Saylov jarayonining ochiqligi va shaffofligini ta'minlash maqsadida mahalla raisi saylovini tashkil etish va o'tkazish, saylov o'tkaziladigan sana, uning vaqti va joyi to'g'risida, rais lavozimiga nomzodlar haqida, ovoz berish yakunlari to'g'risida axborot Fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo'yicha kengashlarning rasmiy veb-saytlarida joylashtirish belgilandi.
2020-yil 18-fevral kuni O‘zbekiston Pespublikasi Prezidentining «Jamiyatda ijtimoiy-ma'naviy muhitni sog‘lomlashtirish, mahalla institutini yanada qo‘llab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni bilan Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi tashkil etildi.65Unga koʼra, Vazirlikka quyidagi vazifalar yuklangan:66 jamiyatda «Obod va xavfsiz mahalla» tamoyilining toʼlaqonli va samarali joriy etilishida har tomonlama koʼmaklashish, oilalar va mahallalardagi ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʼlomlashtirishda fuqarolarning oʼzini oʼzi boshqarish organlari bilan yaqin hamkorlik oʼrnatish, oila institutini mustahkamlash boʼyicha, eng avvalo, «Sogʼlom oila — sogʼlom jamiyat» gʼoyasini hayotga tatbiq etishga yoʼnaltirilgan yagona davlat siyosatini yuritish, notinch va muammoli oilalarga manzilli koʼmaklashishni tashkil etish, xotin-qizlarni qoʼllab-quvvatlashga oid davlat siyosatining samarali amalga oshirilishini taʼminlash, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotidagi roli va faolligini oshirish, xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlarini taʼminlash, xotin-qizlarning muammolarini oʼz vaqtida aniqlash, yordamga muhtoj boʼlgan va ogʼir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlarga, shu jumladan nogironligi boʼlgan ayollarga ijtimoiy-huquqiy, psixologik va moddiy yordam koʼrsatish, xotin-qizlarning bandligini taʼminlash, mehnat sharoitlarini yaxshilash, xotin-qizlarni, ayniqsa, qishloq joylardagi yosh qizlarni oilaviy va xususiy tadbirkorlikka, hunarmandchilikka keng jalb etish masalalarida har tomonlama manzilli qoʼllab-quvvatlash, fuqarolarning oʼzini oʼzi boshqarish organlari faoliyatini qoʼllab-quvvatlash, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, mahalla tizimini rivojlantirish boʼyicha takliflar ishlab chiqish, fuqarolarning oʼzini oʼzi boshqarish organlarining jamiyatdagi oʼrni va rolini kuchaytirish, aholi kundalik muammolari bilan ishlash va taʼsirchan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishdagi mavqeyini yuksaltirish,mahallalarda qonun ustuvorligini taʼminlash va huquqbuzarliklarning oldini olish masalalarida ichki ishlar organlari, boshqa davlat idoralari va jamoat tashkilotlarining oʼzaro hamkorligini mustahkamlash, yolgʼiz keksalar, ijtimoiy himoyaga muhtoj va kam taʼminlangan oilalarga moddiy koʼmaklashish, ijtimoiy qoʼllab-quvvatlashni taʼminlashda huquqiy, uslubiy va amaliy yordam koʼrsatish, nuroniylarning bilim va boy hayotiy tajribasidan yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, ularda vatanparvarlik ruhini mustahkamlash masalalarida samarali foydalanish, fuqarolar yigʼinlarining moddiy-texnika taʼminotini yaxshilash hamda sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirishdan iborat.
Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning 2020-yil 18-fevraldagi “Jamiyatda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirish, mahalla institutini yanada qoʻllab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga binoan, Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga yuklatilgan 46 turdagi va profilaktika inspektorlariga yuklatilgan 13 turdagi vazifa va funksiyalar qisqartirildi. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga asosiy faoliyat yoʻnalishlaridan tashqari funksiyalarni faqatgina davlat organlari va tashkilotlar bilan haq toʻlashni nazarda tutuvchi shartnoma asosida amalga oshirish huquqi berildi.
O‘zbekiston Pespublikasi Prezidentining “Jamiyatda ijtimoiy-ma'naviy muhitni sog‘lomlashtirish, mahalla institutini yanada qo‘llab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonigaga muvofiq, Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tuzilmasida quyidagi lavozimlar tugatildi:67

  • Fuqarolar yig‘ini raisi o‘rinbosari – ijtimoiy va ma'naviy-ma'rifiy masalalar bo‘yicha maslahatchi

  • Fuqarolar yig‘ini raisi o‘rinbosari – tadbirkorlik, tomorqa yer egalari faoliyatiga ko‘maklashish va obodonlashtirish ishlari bo‘yicha maslahatchi

  • Fuqarolar yig‘ini raisi o‘rinbosari – yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchi

  • Fuqarolar yig‘ini raisi o‘rinbosari – keksalar va faxriylar ishlari bo‘yicha maslahatchi.

Quyidagi lavozimlar mahalla tizimiga kiritildi:

  • Fuqarolar yig‘ini raisining huquq-tartibot masalalari bo‘yicha o‘rinbosari

  • Fuqarolar yig‘ini raisining oila, xotin-qizlar va ijtimoiy-ma'naviy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari

  • Fuqarolar yig‘ini raisining obodonlashtirish, tomorqa va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari

  • Oila va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mutaxassis

  • Fuqarolar yig‘ini raisining yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi

  • Fuqarolar yig‘ini raisining keksalar va faxriylar ishlari bo‘yicha maslahatchisi.

Quyidagi jamoatchilik tuzilmalari tugatildi:

  • Yarashtirish komissiyasi

  • Ma'rifat va ma'naviyat masalalari bo‘yicha komissiya

  • Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha komissiya

  • Voyaga yetmaganlar, yoshlar va sport masalalari bo‘yicha komissiya

  • Tadbirkorlik faoliyati va oilaviy biznesni rivojlantirish masalalari bo‘yicha komissiya

  • Jamoatchilik nazorati va iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha komissiya

  • “Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmasi.

Quyidagi komissiyalar tashkil qilindi:

  • Oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash komissiyasi

  • Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va jamoatchilik nazorati bo‘yicha komissiya.

Hujjatda belgilanishicha, fuqarolar yig‘ini raisi(mahalla oqsoqoli)ning huquq-tartibot masalalari bo‘yicha o‘rinbosari vazifasini bajarish profilaktika katta inspektoriga yuklatildi. Agar ushbu lavozim mavjud bo‘lmagan taqdirda profilaktika inspektori zimmasiga yuklatiladi. Har bir mahallada uning kriminogen vaziyati va aholi sonidan kelib chiqqan holda kamida bir nafardan profilaktika inspektori xizmatni olib borishi belgilandi. Fuqarolar yig‘ini raisining oila, xotin-qizlar va ijtimoiy-ma'naviy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimi xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda ma'naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash bo‘yicha mutaxassis lavozimi o‘rniga, har bir fuqarolar yig‘inida kamida bir nafardan, shuningdek, mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish tartibini saqlagan holda joriy etiladi. Oila va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mutaxassis lavozimi xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda ma'naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash bo‘yicha mutaxassis lavozimi o‘rniga, oilalar soni 2 000 va undan ortiq bo‘lgan fuqarolar yig‘inida bir nafardan, shuningdek, mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish tartibini saqlagan holda joriy etiladi. Fuqarolar yig‘ini raisining obodonlashtirish, tomorqa va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimi fuqarolar yig‘ini mas'ul kotibi lavozimi o‘rniga, har bir fuqarolar yig‘inida bir nafardan, shuningdek, mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish tartibini saqlagan holda joriy etiladi. Fuqarolar yig‘ini raisining yoshlar masalalari bo‘yicha hamda keksalar va faxriylar ishlari bo‘yicha maslahatchilari jamoatchilik asosida faoliyat yuritadi. Fuqarolar yig‘ini raisining oila, xotin-qizlar va ijtimoiy-ma'naviy masalalar bo‘yicha hamda obodonlashtirish, tomorqa va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari, shuningdek, oila va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mutaxassis fuqarolar yig‘ini raisi taqdimiga binoan fuqarolar yig‘ini kengashi tomonidan lavozimga tasdiqlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
Farmonga asosan fuqarolar yig‘ini raisi(mahalla oqsoqoli)ga quyidagi qo‘shimcha huquqlar berildi: o’z hududdagi profilaktika inspektori faoliyatiga baho beradi va uni rag‘batlantiradi yoki unga egallagan lavozimidan ozod qilishgacha bo‘lgan jazo choralarini qo‘llash bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari va viloyatlar ichki ishlar boshqarmalariga ko‘rib chiqilishi majburiy hisoblangan taqdimnoma kiritadi. Uy-joy mulkdorlarining umumiy yig‘ilishiga boshqaruvchi, boshqaruvchi tashkilot yoki shirkat boshqaruvi raisi bilan tuzilgan shartnomani bekor qilish haqida taklif kiritadi. Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish bilan bog‘liq masalalarda uy-joy mulkdorlarining roziligi asosida ularning nomidan boshqaruvchi tashkilot, boshqaruvchi yoki shirkat boshqaruvi raisi bilan o‘zaro munosabatlarga kirishadi.
2019-yil 2-aprelda “Aholi muammolari bilan ishlashda mahalla institutining mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni qabul qilingan. Farmonda asosan mahallaning jamiyat boshqaruvidagi oʻrni va faoliyat samaradorligini oshirib borish, fuqarolar yigʻinlari faoliyatini tashkil qilishning zamonaviy mexanizmlarini amaliyotga joriy qilish, sohaga malakali, fidoyi, boy hayotiy tajribaga ega kadrlarni jalb etish maqsadida68: Birinchidan, aholi murojaatlar bilan ishlash, aholi qiynab kelayotgan muammolarini aniqlash hamda hal qilish boʻyicha “mahalla - sektor - Xalq qabulxonasi - mahalla” prinsipi asosida hamkorlik tizimi amaliyotga joriy qilindi. Hamkorlik tizimidan quyidagi maqsadlar kuzlandi. Ushbu hamkorlik tizimi hududlarni kompleks ijtimoiy va iqtisodiy rivojlantiradi, uyma-uy yurish orqali, ijtimoiy infratuzilma obyektlarini va boshqa obyektlarni oʻrganish orqali muammolarni aniqlanadi va hamkorlikda bartaraf etish chora-tadbirlari koʻriladi. Taʼsirchan jamoatchilik nazoratini oʻrnatish kabi vazifalar belgilandi. Har yilning chorakida jamoatchilik nazoratining natijalari, aniqlangan muammolar haqida umumlashgan maʼlumotlar va tegishli mansabdor shaxslarning hisobotini eshitish boʻyicha takliflarni xalq deputatlari Kengashlari majlislarida muhokama qilish uchun kiritiladi. Aniqlangan muammolarni umumlashtiriladi va hal qilish maqsadida elektron axborot almashish tiziminiga joylanadi. Ikkinchidan, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi, Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Oʻzbekiston Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining fuqarolar yigʻini huzuridagi jamoatchilik komissiyalari faoliyatini takomillashtirish maqsadida jamoatchilik asosida fuqarolar yigʻini raisi oʻrinbosari-ijtimoiy va maʼnaviy-maʼrifiy masalalar boʻyicha maslahatchi hamda fuqarolar yigʻini raisi oʻrinbosari-tadbirkorlik, tomorqa yer egalari faoliyatiga koʻmaklashish va obodonlashtirish ishlari boʻyicha maslahatchi lavozimlarini joriy etish, mahallada ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligini saqlashda keksa avlod vakillari va huquqni muhofaza qiluvchi organlar nafaqadagi xodimlarining boy hayotiy tajribasidan unumli foydalanish maqsadida “Keksalar maslahati” guruhlarini tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berildi. Uchinchidan, shunday tartib oʻrnatildiki, unga muvofiq fuqarolar yigʻinlari raislari har chorakda oʻzining mahallasi hududidagi dolzarb muammolar haqidagi maʼlumotlarni sektorlar rahbarlari va Xalq qabulxonalariga taqdim etib boradi, eng dolzarb muammolar sektorlar rahbarlari va Xalq qabulxonalari tomonidan tegishli dasturlarda inobatga olish uchun tavsiya etiladi, fuqarolar yigʻinlari raislari muntazam ravishda davlat organlari va boshqa tashkilotlarning hududga biriktirilgan masʼul xodimlari, sektor shtabi aʼzolari, yoʻl qurilish, elektr, gaz, suv, kanalizatsiya, kommunal va ijtimoiy soha vakillarining hududda amalga oshirgan ishlari natijasi yuzasidan yozma ravishda sektorlar rahbarlari va Xalq qabulxonalariga maʼlumot kiritadi, Xalq qabulxonalari tomonidan fuqarolar yigʻinlari raislarining maʼlumotlarida koʻrsatilgan holatlar yuzasidan tegishli tashkilotlarga taqdimnomalar, shuningdek, ularning yuqori turuvchi tashkilotlariga mansabdor shaxslari va xodimlarini ragʻbatlantirish yoki intizomiy javobgarlikka tortish boʻyicha takliflar kiritish masalasi koʻrib chiqiladi.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 8-fevraldagi “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari uchun kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi 3-son qarori qabul qilindi. Bu farmondan kuzlangan maqsad fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarini yuqori malakali mutaхassislar bilan toʻldirish, ushbu sohaning joylarda oliy ma’lumotli kadrlarga boʻlgan ehtiyojini qondirish va ularni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirishdan iborat. Shu maqsadida 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab moliya-iqtisod va pedagogika sohalaridagi oliy ta’lim muassasalarida “Ijtimoiy ish” bakalavriat ta’lim yoʻnalishi boʻyicha sirtqi ta’lim shaklida kadrlar tayyorlash tizimi joriy etiladi. Mahalladagi egallab turgan lavozida oxirgi bir yil davomida uzluksiz faoliyat yutitib kelayotgan xodimlar(mahalla tizimida kamida 3 yillik stajga ega bo’lishi shart), faoliyat yuritayotgan mahallasi namunali deb topilgan bo’lsa, Xodimlarga intizomiy jazo qo’llanilmagan bo’lsa Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi tomonidan “Ijtimoiy ish” yunalishiga o’qish uchun tavsiyanomalar beriladi69. Jizzax viloyatidagi mahalla xodimlari uchun O’zbekiston Milliy universitetining Jizzax filialida “Ijtimoiy ish” yunalishida mahalla xodimlari uchun 100 qabul kvotasi ajratildi.70

Download 178,68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish