Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги абдулла қодирий номли жиззах давлат педагогика институти


“Obod qishloq” va “Obod mahalla” davlat dasturlari va ularning amaliy ahamiyati



Download 178,68 Kb.
bet7/14
Sana03.06.2022
Hajmi178,68 Kb.
#633240
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Bog'liq
BMI tayyor21

2.2 “Obod qishloq” va “Obod mahalla” davlat dasturlari va ularning amaliy ahamiyati
Mamlakatimizning kuhna, boy va qadimiy tarixidan ma’lumki, bobokalonlarimiz tomonidan mahallalarni obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlarini amalga oshirish eng bebaho qadriyat va an’analardan biridir. Ushbu qadriyatlarimizni izchil davom ettirgan holda keng ko‘lamli bunyodkorlik va qurilish ishlarini barcha hududlarda amalga oshirish orqali qishloq aholisi uchun munosib shart-sharoitlar yaratish va ularning turmush madaniyatini yanada yuksaltirish, eng asosiysi, yoshlarni xayrli ishlarga da’vat etish alohida ahamiyat kasb etadi.
Har kim o‘zi yashaydigan uy, mahalla va qishloqni obodonlashtirishda, kukalamzorlashtirishda o’z hissasini qo‘shsa, yurtimiz yangicha chiroy ochadi, obod bo‘ladi, obod yurtda yashaydigan odamlar kayfiyati yaxshi bo‘lishi ta’minlanadi.
Shu narsa etiborliki, mamlakatimiz aholisining 49 foizi yashaydigan qishloq joylarda salmoqli demografik, mehnat va iqtisodiy salohiyat jamlanishiga qaramasdan. ular uchun zaruriy sharoitlar yaratib berilmagan, turmush darajasi va sifatini oshirishga yetarlicha e’tibor qaratilmagan. Jumladan, so‘nggi yillarda paxta, g‘alla va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishga hissasi yuqori bo‘lgan dehqon-fermerlarning va boshqa toifadagi aholining hayotiy-maishiy ehtiyojlari to‘liq ta’minlanmagan. 88 Ularga zaruriy shart-sharoitlar yaratib berilmagan.
Bunday holatlar qishloq aholi punktlarini tubdan qayta yangilamasdan va uni ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan rivojlantirmasdan, mamlakatimizni zamonaviy rivojlangan davlatga aylantirishga to‘siq bo‘lmoqda. Xususan, hududlarga tashriflar jarayonida joylardagi haqiqiy ahvol bilan tanishish, bevosita mahalla va xonadonlarga kirib borish hamda aholi bilan muloqot natijalari quyidagi tizimli muammolar mavjudligini Prezidentimiz Shavkat Mirziyovey alohida ta’kidladi. Mazkur ishlar mahalliy hokimliklar, «Davarxitektqurilish» qo‘mitasining hududiy organlari va xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari tomonidan shaharsozlik me’yor va qoidalariga amal qilmagan holda, bino-inshootlar va uy-joylarni tartibsiz va o‘zboshimchalik bilan qurish holatlariga chek qo‘yilmagan. Qurilish ishlarining qishloq va mahalla darajasida kompleks yondashuvlar asosida olib borilmasligi oqibatida qishloq aholi punktlarining me’moriy qiyofasi eskicha ko‘rinishda qolgan. Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, «O‘zbekenergo» AJ va «O‘ztransgaz» AJning quyi tizim korxonalari tomonidan qishloq aholi punktlarida ichimlik suvi, gaz va elektr tarmoqlari, transformator punktlarini ekspluatatsiya qilish qoniqarsiz ahvolda qolgan. Buning natijasida zarur infratuzilmalar eskirgan va yaroqsiz ahvolga kelib qolgan. Shaharsozlik me’yorlari hududlarning o‘ziga xos xususiyatlariga moslashtirilmaganligi sababli qishloq aholi punktlarining me’moriy qiyofasini yaxshilash, xususan, mazkur hududlarda avtomobil yo‘llari va yo‘l bo‘yi infratuzilmasi barpo etish, obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish va irrigatsiya tizimlarini barpo etish tartibsiz ravishda bo’lgan. Mahalliy byudjetlar va tarmoq tashkilotlari tomonidan qishloq aholi punktlarida bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlarini kompleks tarzda amalga oshirish uchun moliyalashtirish tizimi yo‘lga qo‘yilmagan. Eng achinarli holat shuki, aholining ayrim qismlari shu ahvol bilan ko‘nikkan, boqimandalik kayfiyatiga berilib ketganligi oqibatida o‘zining uy-joylari, hovlisi va tomorqasini saqlashga e’tibor qaratmagan. Xalqimizning «qush inida ko‘rganini qiladi» degan naqlni esdan chiqarib, o‘z ostonasini, uyini osoyishta, ozoda va saranjom qilmaslik yosh avlod tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Obodonlashtirish ishlariga faollar, jamoatchilik va fuqarolarni jalb qilishga yetarlicha e’tibor qaratilmagan. “Keyingi 25 yil mobaynida namunali uy-joy qurishni hisobga olmaganda, qishloqlarning tashqi qiyofasini yaxshilash va obodonlashtirish bo'yicha biror-bir amaliy ish qilinmagan, buning uchun moliyaviy mablag'lar ajratilmagan”,89 – dedi davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev. Hududlarda an’anaviy bo‘lib qolgan hasharlarni faqatgina «xo‘ja ko‘rsin» uchun bayram kunlariga yaqin sanalarda yuzaki o‘tkazish odat tusiga aylanib qolgan. Qishloq aholisi "bizga shu ham bo'laveradi", degan fikrga ko'nikib, o'zining ko'chasi, uy-joyi va hovlisini obod qilishga umuman e'tibor bermay qo'ygan.
Mahalla aholisining o‘zi yashaydigan hududini asrab-avaylash va saqlashga mas’uliyat bilan yondashish hissi susaygan. Tabiiyki, bunday holatda jonajon Vatanimizning har bir go‘shasida, uylarimizda farovonlik, fayz-baraka bo‘lmaydi, qolaversa mahallalarimizning obodligi ta’minlanmaydi. O‘z navbatida, mahallalar hududlarida aholiga xizmat ko‘rsatadigan tuzilmalarning faoliyati doimiy ravishda yo‘lga qo‘yilmaganligi oqibatida aholi kundalik ijtimoiy-maishiy masalalar bilan ham mahalliy hokimlik va davlat organlariga murojaat qilishga majbur bo‘lmoqda.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan bunday munosabatga chek qo'yilib, aholining yashash sharoitini yanada yaxshilash bo'yicha aniq va maqsadli tizim yaratildi. Davlatimiz rahbarining 2018-yil 29-martdagi "Obod qishloq dasturi to'g'risida"gi farmoniga muvofiq, 2018-yilda har bir tumanda 2 tadan qishloqda, keyingi yildan boshlab esa har yili har bir tumanda 3 tadan qishloqda keng ko'lamli qurilish-obodonlashtirish ishlari amalga oshiriladi. Shuningdek, 2018-yil 27-iyun kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Obod mahalla” dasturi to’g’risidagi farmoni qabul qilindi.
Virtual va Xalq qabulxonalariga yillar davomida minglab qishloq joylarida zarur shart-sharoitlar yaratib berilmagani, aholining turmush darajasi va yashash sharoitini yaxshilashga yetarlicha eʼtibor qaratilmagani, kommunal infratuzilma obyektlari eskirib qolgani, uylar qurilishi, yoʻllar, ijtimoiy obyektlarning (maktab, bogʻcha, poliklinikalar v.b) taʼmir talabligi, aholi dam olish maskanlari mavjud emasligi, jamoat transport qatnovlari, davlat xizmatlari qoʻrsatish darajasi juda pastligi boʻyicha koʻplab murojaatlar kelib tushgan. “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarini murojaatlar bilan ishlash jarayonida aniqlangan mamlakatning chekka va olis qishloqlaridagi ana shunday oʻtkir muammolarga amaliy yechim sifatida koʻrish mumkin.90 Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev yuqoridagi ikki dasturning amaliy ahamiyatini quyidagicha izohladi: “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarini amalga oshirish islohotlarimiz orasida eng muhim o'rinlardan birini egallaydi. Chunki xalqimiz oldida ularning muammolarini hal etish, turmush kechirish sharoiti va hayoti sifatini yaxshilash bo'yicha majburiyat olganmiz”91. Bu fikrlardan O’zbekistonni rivojlantirish eng quyi bo’gindan boshlanishi, mahalla obod bo’lsa yurt obod bo’lishi, eng muhimi xalqimiz turmush sharoiti yaxshilanishi islohotlar orasida eng muhim o’rinlarda turishi ko’rinib turibdi.
“Obod qishloq” davlat dasturi 2018- yilda Jizzax viloyati Do'stlik tumanidagi uy-joylar va infratuzilma obyektlari xarob ahvolga kelib qolgan Manas qishlog'ida obodonlashtirish bo'yicha keng ko'lamli ishlar amalga oshirildi. Natijada atigi 1,5 oyda ushbu qishloq mutlaqo zamonaviy qiyofa kasb etdi. Eng muhimi, qishloq aholisining kayfiyati, turmush darajasi, dunyoqarashi va hayotga munosabati o'zgarib, ularda ertangi kunga mustahkam ishonch paydo bo'ldi. “Manas biz uchun shunday tajriba maktabi bo'ldiki, agar qishloqlarni zamonaviy maskanga aylantirish, iqtisodiy-ijtimoiy muhitni yaxshilash, odamlar kayfiyatini ijobiy tomonga keskin o'zgartirishni oldimizga maqsad qilib, izchil harakat qilsak, bunga erishish mumkinligiga odamlarni ishontira oldik, o'zimizda ham ishonch va qat'iyat oshdi”92, – dedi Shavkat Mirziyoyev. “Xarob va fayzi yo'q joyda yashayotgan aholining kayfiyati ham, kelajakka intilishi ham bo'lmaydi, – dedi Prezidentimiz. – Agar biz qishloqlarni obod qilsak, u yerdagi xalqning kayfiyati o'zgaradi, o'z hayotini yanada yaxshilashga intilish paydo bo'ladi, qishloqlar iqtisodiy yuksaladi. Bularning bari Vatanimizning obodligi va iqtisodiy yuksalishi uchun yana bir muhim turtki bo'ladi.”93 Eng muhim masalalardan biri qishloqlar aholisi ma'naviyati va huquqiy madaniyatini yanada oshirish hisoblanadi. Prezidentimiz bu borada Manas qishlog'ida amalga oshirilayotgan ishlarni misol qilib keltirdi. Qishloqlarga adliya, huquq-tartibot, madaniyat, sport, ta'lim, sog'liqni saqlash va boshqa sohalar vakillari doimiy ravishda tashrif buyurib, aholining huquqiy, tibbiy madaniyati, bilim-saviyasi va ma'naviyatini oshirish bo'yicha turli uchrashuvlar, suhbatlar o'tkazib borishi lozimligi aytildi.
2020-yil 30-aprel kuni BMT va YXHT vakillari Jizzaxda “Obod qishloq” dasturi doirasida qilingan ishlar bilan tanishdi.94 BMTning O‘zbekistondagi doimiy koordinatori Xelena Freyzer quyigagi fikrlarini bildirib o’tdi: “Bu yerda ko‘rganlarim men uchun kutilmagan yangilik bo‘ldi. Odamlarning uy-joy bilan ta’minlash, ular uchun yashash sharoiti yaratib berish masalasi BMT faoliyatidagi eng muhim masala hisoblanadi. Biz, O‘zbekiston hukumatining bu masalani hal etishga juda katta e’tibor bilan qarayotganidan juda mamnunmiz. Biz intilishlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlaymiz.” Xuddi shunday fikrlarni Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti vakili janob Jon Makgregor ham bildirdi: ”Uy odamlarga faqat boshpana emas, bu inson bexavotir yashaydigan eng birinchi maskandir. Bu yerda odamlar uy bilan ta’minlangan. Yana bir muhim jihat odamlarning yashashi uchun eng zarur vosita bo‘lgan ish joyidir. Yevropa standartlari talablariga yaqin tikuvchilik korxonasi barpo etilgani hukumat bu masalani ham hal etayotganligi natijasidir. Bu muvaffaqiyatlar odamni quvontiradi.” Yuqoridagi fikrlardan ma’lumki, xorijiy ekspertlar “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarining amaliy ahamiyatini yuqori baholashdi.
2019-yil 25 yanvar Toshkent shahrida “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari: ilk natijalar va kelgusi rejalar” mavzusidagi xalqaro anjumani boʻlib oʻtdi. Anjumanda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi oʻrinbosari Ulugʻbek Muhammadiyev:Xalqaro tajribaga tayansakiqtisodiy rivojlanish avvalo qishloq joylarni rivojlantirishdan, qishloq odamlari hayoti darajasini oshirishdan, ularning ongi va dunyoqarashini oʻzgartirishdan boshlanadi.”- degan fikrlarini bildirib o’tdi.
Boshqa mamlakatlardagi qishloq joylarini rivojlantirish dasturlaridan farqli oʻlaroq, “Obod qishloq” dasturini Manas qishlogʻida sinovdan oʻtkazishda muammolarni kompleks hal qilish uchun, avvalo, davlat tashkilotlarining masʼul xodimlaridan iborat ishchi guruhlari uyma-uy yurib, aholini qiynab kelayotgan muammolarni ich-ichidan oʻrganishi tashkil qilindi. Har bir soha boʻyicha nima ishlarni qanday amalga oshirish mahalliy aholi muhokamasidan oʻtkazildi. Bunda nafaqat ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal qilish, balki ijtimoiy muhitni sogʻlomlashtirish, aholining huquqiy ongi-madaniyatini oshirish, hatto sogʻlom turmush tarzini, sogʻlom ovqatlanish qoidalarini joriy qilishgacha boʻlgan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Asosiy eʼtibor hududdagi ishsizlik bilan bogʻliq muammolarga yechim topishga qaratildi. Bunda, birinchi navbatda, ijtimoiy himoyaga muhtoj, eng ogʻir sharoitda yashayotgan nogironligi bor shaxslar, kam taʼminlangan, boquvchisini yoʻqotgan oilalar, ishsiz insonlarning muammosini hal qilishga katta kuch tashlandi. Ularga tayyor uy berish yoki uyini taʼmirlab berish yoʻli bilangina emas, balki imkoniyati darajasida ishlab hayotda oʻz oʻrnini topishlari uchun sharoitlar yaratish yoʻli bilan ham koʻmak berildi: kasb-hunarga oʻqishi, kafolatlangan ish bilan band boʻlishi va uyda tadbirkorlikni (uyda tikish-bichish, kasanachilik, chorvachilik, issiqxona, ishlab chiqarish mahsulotlarini qadoqlash v.h.) yoʻlga qoʻyishi uchun barcha imkoniyat-sharoit yaratib berildi. Mana shunday keng qamrovli kompleks yondashuv “Obod qishloq”, “Obod mahalla” dasturlarini dunyoda oʻxshashi yoʻq, noyob va yangi tizim deyish uchun yetarlicha asosdir. 95
Davlatimiz rahbarining 2019-yil 17-yanvar kuni qabul qilingan “Aholi muammolari bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi” farmoni “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari ijrosini yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi. Farmonga asosan endi Xalq qabulxonalari aholi muammolarini uyma-uy yurish orqali aniqlashi natijasida, har bir mahalla ijtimoiy-iqtisodiy oʻsish darajasi toifalarga boʻlinadi. Bu tadbirlar “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlariga tushadigan mahalla va qishloqlarning adolatli tanlanishini taʼminlaydi. Bugun bizning oldimizga qoʻyilgan asosiy vazifalardan biri –dastlabki bosqichlarda ahvoli eng ogʻir hududlarni toʻgʻri va maqsadli tanlab olish, ularda olib boriladigan bunyodkorlik ishlarini qisqa muddatlarda amalga oshirishdan iborat.
Farmon doirasida boshlangan ishlardan yana biri – “Hudud” axborot tizimining takomillashtirilishi, unga barcha Xalq qabulxonalari, davlat organlari va boshqa tashkilotlarning integratsiya qilinishidir. Bunday global tizimning analogi ham xalqaro tajribada doim uchrayvermaydi.
2021-yil 24-mart kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarini amalga oshirish bo’yicha vedioselektor yig’ilishi bo’lib o’tdi. Yig’ilishda Shavkat Mirziyoyev tomonidan mamlakatda eng og’ir ahvolga tushib qolgan 796 ta qishloq mahallari va 188ta shahar mahallalari mavjudligini, 4 mingdan ortiq mahallalarning elektr ta’minot tizimi qoniqarsiz ekanligi tanqid qilindi. “Qishloqlarda infatuzilma borsagina tadbirkorlik rivojlanadi.” 96– deb ta’didlab o’tdi Shavkat Mirziyoyev. Yig’ilishda “temir daftar”, “ayollar daftari”, “yoshlar daftari”dagilarga yangi ishlab chiqarish obyektlarini, ish o’rinlarini yaratish, aholini ijtimoiy xizmatlar bilan qamrab olish orqali ularni ro’yxatdan chiqarish masalalari ham ko’rib chiqildi. Yig’ilishda “2021-yilda “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlariga 31.5 trln so’m, ya’ni 30.05 mlrd dollar ajratiladi. Shundan jami 20 trln so’mni Qishloq va mahallalarda aholi sharoitini yaxshilashga yo’naltiramiz. Qolgan 11 trln so’mlik ipoteka dasturlari ijrosi ta’minlanadi. Bunday mablag’ shu kungacha biror matra berilmagan”97,- dedi Sahvkat Mirziyoyev. 2021-yil 25-may kuni Bosh prokuratura “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari ijrosi yuzasidan jamoatchilik nazoratini yo‘lga qo‘yish maqsadida maxsus Telegram-bot dasturini ishga tushirdi.98 Agar biz yashayotgan hududda ‘Obod qishloq’ va ‘Obod mahalla’ dasturlari doirasida qurilayotgan bino-inshootlarda kamchiliklarni payqasak, qurilish ishlarining sifatsiz olib borilayotgani yoki to‘xtab qolganining guvohi bo‘lsak, asl holatni suratga olib va maxsus Telegram-bot(@obod_mahalla_dasturi_bot)ga joylashtiramiz
Qayd etilishicha, murojaat tushgandan so‘ng ishchi guruh tomonidan mavjud salbiy holatni bartaraf etish choralari ko‘riladi. Bunda barcha fuqarolar qurilish ishlari bilan tanishib, kamchiliklar to‘g‘risida o‘z murojaatini yuborish imkoniga ega.

Download 178,68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish