Mavzuni o’rganishning vazifalari:
Mahallaning tarixi va rivojlanish bosqichlarini o’rganish
Mahalliy o’zini o’zi boshqarish organlarining huquqiy asoslarini sharhlash
Jamiyat davlat taraqqiyotining omili mahalla ekanligini asoslash
Obod mahalla davlat darsturi va uning amaliy ahamiyatini tahlil qilish
Mavzuning ob’yekti . Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlarining fuqarolik jamiyati qurishdagi roli.
Mavzuning predmeti esa fuqarolik jamiyatini qurishda mahalla institutining o‘rni va rolini o‘rganish va tahlil qilish.
Mavzuning amaliy ahamiyati. Mazkur ilmiy tatqiqot ishi O’zbekiston Respublikasining eng yani tarixiga oid malumotlar bilan boyitilgan. Shuningdek mahallaning vujudga kelishi haqida eng qadimgi va o’rta asrlar manbalaridan ham foydalanilgan. Ushbu ilmiy ishdan umumiy o’rta ta’lim maktablarining huquq fani mazulari doirasida, shuningdek Oliy ta’lim muassalarida Fuqarolik jamiyati fani doirasida qo’shimcha manba sifatida foydalanish mumkin.
Bitiruv malakaviy ishining tuzilmasi. Ushbu bitiruv malakaviy ishi kirish, ikkita bob, beshta masala, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati va ilovalardan iborat bo’lib, 81 betni tashkil etadi.
I Bob. O’zbekistonda mahallaning vujudga kelishi va taraqqiyoti.
1.1 Mahallaning ijtimoiy institut sifatida shakllanishi va rivojlanishi.
Mahalla - Oʻzbekistonda maʼmuriy-hududiy birlik hisoblanadi. Oʻzini oʻzi boshqarishning xalqimiz anʼanalari va qadri-yatlariga xos usuli hisoblanadi. Azal-azaldan mahalla instituti chinakam milliy qadriyatlar maskani bo‘lib kelgan. Bu haqda fikr yuritganda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev: “Bugungi kunga kelib mahalla jamiyatimizdagi adolat tamoyillarining ko‘zgusiga aylanishi kerak. Bu yer odamlar kelib fikrini, taklifini, dardini aytadigan, muammosiga yechim topadigan joy bo‘lishi kerak. Mahalla raisi va profilaktika inspektori hududdagi har bir oilaning ahvolidan xabardor bo‘lishi, kim nima bilan mashg‘ul – hammasini bilishi lozim”, - deb aytgan.
Fuqarolik jamiyati institutlari tizimida o‘zini o‘zi boshqarish organlari, mahallaning o‘rni beqiyos hisoblanadi. Chunki boshqa mamlakatlardan farqi shundaki, mahalla instituti yurtimizda ming yillar davomida sinalgan va chuqur ildiz otgan, aholini o‘zaro birlashtirib turadigan ijtimoiy-ma’naviy hodisa sifatida rivojlanib kelmoqda. Ayniqsa, uning hozirgi globallashgan jamiyatda, bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida xalqimizning urf-odatlari, an’ana va qadriyatlarini saqlab qolish, yoshlarimizni jipslashtirish, ular o‘rtasida mehr-oqibat tuyg‘ularini kuchaytirishda yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Bugungi kundagi jadal o‘zgarishlar barcha sohalarda olib borilmoqda. Xususan, bugungi kunda mahalla, uning boshqaruv tizimini, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy-ma’naviy faoliyatini yangicha mezonlar asosida tahlil etishni taqozo etmoqda. Zamon talablariga javob bera oladigan o‘zini o‘zi boshqarish organining yangicha ishlash tizimini yaratish, uning ishlash tizimini samarali tashkil qilish muhim vazifalardan biriga aylanmoqda.
O‘zbekiston mustaqillikka erishgan ilk yillardanoq barcha jabhalarda jadal amalga oshirila boshlagan islohotlar o‘zini-o‘zi boshqarishning an‘anaviy shakli - mahalla instituti faoliyatini takomillashtirish va uning vakolatlari doirasini yanada kengaytirish muhim vazifalar sifatida belgilandi. Mahalla quyi hokimiyat organi, boshlang‘ich ijtimoiy-siyosiy tashkilot maqomini oldi. Uning bajaradigan vakolat va vazifalari ko’paytirildi. Bu jarayonlar tarixiy an‘analarining tiklanishida, fuqarolarimiz ongida ma‘naviy-ahloqiy sifatlarni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. O‘zbek xalqi oilaviy turmush tarzida mahalla, ya‘ni qo‘ni-qo‘shnichilik jamoasi faoliyati tarix va etnografiya fanlari orqali ham tatqiq etilgan. Kishilarning o‘zaro jamoa bo‘lib yashash tarsi tarixi insoniyatning qadimgi davrlariga borib taqaladi. Tarixiy ma‘lumotlarga qaraganda, O‘rta Osiyoda insonlar qadimdan birgalikda yashagan. U davrda umumiy mehnat qurollariga ega bo‘lgan qon-qarindoshlar jamoasi so‘nggi paleolit davrida shakllangan. Uzoq tarixiy taraqqiyot jarayonida ushbu uyushma ma‘lum bosqichlarni bosib o‘tib, qo‘ni-qo‘shnichilik jamoasiga aylangan28. Shu oʼrinda oʼzbeklar anʼanaviy hududiy qoʼni-qoʼshnichilik jamoasi, yaʼni mahalla va uning mohiyati xususida soʼz yuritar ekanmiz, uning u yoki bu faoliyatini ifodalashda birinchi navbatda mahalladagi ijtimoiy munosabatlardan kelib chiqib fikr yuritish maqsadga muvofiq. Mazkur uyushma dastlab qishloq jamoasi, qoʼni-qoʼshni jamoa29, shaharlarda mahalla, kvartal, guzar, yana ham kattaroq maʼmuriy birikma tarzida ham uchrashi qayd etiladi 30. Shu tarzda mahallaning ilk ko’rinishlari mavjud bo’lgan.
L. Levitinning quyidagi fikrlarini takidlash joizdir: “O‘zbek jamiyatida jamoa bo‘lib yashashning eng oliy shakli mahalladir. Mahalliy jamoalarni, mahalliy o‘zini o‘zi boshqarishni tashkil etishning bu shakli asrlar osha saqlanib kelinmoqda, u o‘zbeklar tarixining eng keskin burilish nuqtalarida ham saqlanib qoldi. Bugun ham u tarix qariga singib ketgani yo‘q”31. Bu fikrlar bilan mahallaning tarixiga tuxtalgan L.Levetin uni qancha qiyinchilik davrlarida bo’lmasin uni yo’qolib ketmaganini ta’kidlaydi.
Ma’lumki, VII asr oxiri – VIII asr boshlariga kelib O‘rta Osiyoda islom dinining keng tarqalishi bilan shaharlar va qishloqlarning o‘troq aholisi yashaydigan qismiga nisbatan “mahalla” atamasi ishlatila boshlangan. “Mahalla” so‘zi arabcha “mahal” so‘zidan olingan bo‘lib, “istiqomat qiladigan joy”, “hudud” degan ma’nolarni anglatadi. «Tarix atamalarining izohli lugʼati»da mahallaga quyidagicha taʼrif berilgan: «Mahalla» arabcha soʼz boʼlib, joy maʼnosini anglatuvchi «mahallun» soʼzidan olingan. Shaharlarda aholi yashaydigan maʼmuriy-hududiy birlikdir. XX asrning 20-yillariga qadar mahalla oʼrtacha 50-60 xonadondan tashkil topgan boʼlib, shaharlarda daha tarkibiga kirgan 32. Mahalla atamasi ilk bora o‘rta asr muarrixlaridan biri, X asrda yashagan Abu Bakr Narshaxiyning “Buxoro tarixi” asarida VIII asr boshlarida qo‘llanilgan. Bunda Abu Bakr Narshaxiy Buxoroning ichki daxalarini belgilash uchun qo’llagan. Tarixga nazar tashlaydigan bo’lsak mahalla dastlab shaharlarda shakllangan. Keyinchalik kattaroq bo’lgan qishloqlarda aholi istiqomat qiladigan ma’muriy-hududiy birlik sifatida, muayyan hududda yashovchi kishilar, qo‘ni-qo‘shnilar uyushmasi sifatida shakllangan.
Mahalla shaharlar ichidagi kichik bir hududiy birlik bo‘lib o‘tmishdan meros bo‘lib kelmoqda. Mahallada yashovchi insonlar tartib intizom, qo‘ni-qo‘shnichilik, manaviy ahloqiy normalar, urf-odatlar umumiy manfaatlar va majburiyatlarga amal qiladi. Mahallani o‘z hududida yashaydigan saylab qo‘yilgan oqsoqol boshqaradi.33 Mahalla jamoa bo‘lib yashash tarzi hisoblanib, o‘zini o‘zi boshqarish tizimini tashkil etadi.
Xalqning yashash tarzi bilan bog‘liq hisoblangan turli masalalar sharq xalqlari tarixi va madaniyatining eng qadimgi ma‘naviy merosi hisoblangan zardushtiylik diniga oid adabiyotlarda o’z ifodasini topgan. Bu adabiyotlarda o‘sha davrning axloqiy va falsafiy g‘oyalarini ifodalovchi fikrlar odamlar onggida ijtimoiy-g‘oyaviy qarashlarning shakllanishiga xizmat qilgan.
“Avesto”da jamiyatning birlamchi iqtisodiy asosi, ijtimoiy tarkibi oila (nmana), urug‘ jamoasi (vis), qo‘ni-qo‘shnichilik jamoasi, ya‘ni ma‘lum hudud yoki davlat (dahya) deb atalgan va ular jamiyatda o‘zaro uyushqoqlikni ta‘minlaganlar.34 Zardushtiylar jamoasida kishilarning turmush tarzi, xususan, xo‘jalik va iqtisodiy munosabatlari va diniy e‘tiqodiga ko‘ra bir nechta toifalarga bo‘lingan. Ularning jamiyatdagi o’rni va roli Avestoda maxsus qayd etilgan. Zardushtiylik dinida jamoaviy munosabatlar yanada rivojlangan. M.I Filanovichning yozishicha, bu davrda oʼzbeklarga xos qoʼni-qoʼshnichilik jamoasi Oʼzbekiston aholisining dastlabki ijtimoiy, hududiy uyushmasi sifatida qadimgi urugʼ-jamoa davridan, keyinchalik zardushtiylik davrining urugʼ jamoasi-agnatlariga, undan soʼng ilk oʼrta asrlardagi «naf» qoʼni-qoʼshnichilik birlashmasiga, soʼngra rivojlangan oʼrta asrlardagi mahalla (kvartal) jamoalariga oʼsib oʼtgan35. Аlbatta, mahalla hamda qishloq jamoasining tarkibi va vazifalari bir-biriga oʼxshaydi. Lekin unda odamlarning maʼlum hududiy va etnik printsplar asosida oʼzaro yaqin aloqalari alohida ahamiyat kasb etadi. Ozarbayjonlik olim G.А. Rajabovning qadimiy turkiy yozma yodgorliklariga tayangan holda aytgan fikriga qaraganda jamoa zardushtiylik davrining soʼnggida oila va qarindoshlar jamoasi sifatida shakllangan. VII–VIII asrlarda “hududiy qoʼni-qoʼshni jamoa”ga aylangan36. Yuqorigadi fikrlardan shuni xulosa qilishimiz mumkinki, jamoa ya’ni mahalla - bu shahar va qishloq aholisining hududiy-ijtimoiy uyushmasi hisoblanadi. Oʼtmishda shaharlarda faoliyat yuritgan mahallalar oʼsha yerdagi dahalar tarkibiga kirgan va ular oqsoqollar tomonidan idora etilgan. Masalan, Аvestoda oilalalardan tashkil topgan birlashma, «nmana», katta oila jamoasi oqsoqoli “nmanapati”, urugʼ jamoasi “vis”, katta qishloq oqsoqoli «vispati», qabila boshligʼi «zantupati», viloyat hokimi “daxyupati” (bir necha viloyatlarning boshligʼi va harbiy boshliq “daxyu”), qonun chiqaruvchi organ, yaʼni oqsoqollar kengashi «varzanapati», deb atalgan37. Oqsoqollar kengashi birlashmasining kohini Oliy sudya hisoblangan. Jamoa faoliyatida Oliy sudya ijtimoiy, huquqiy va xoʼjalik masalalar bilan shug’ullangan. Katta oila jamoasining oqsoqoli hisoblangan “nmanapati” oila jamoasi uchun ham diniy va ham dunyoviy boshliq bo’lgan. «Vis» ya’ni urug’ jamoasi muhim ijtimoiy, siyosiy-huquqiy vazifalarini bajargan. U katta oila jamoasi oqsoqollari «nmanpati»lar ichidan saylanib, urugʼ jamoasi boshligʼi, shu bilan birga qozi, diniy kohin, rahnamo ham hisoblangan38.
Islom dinining muqaddas kitobi Qur’oni Karimdagi va Hadisu shariflardagi qo‘ni-qo‘shnichilik aloqalari, qarindosh urug‘chilik munosabatlariga oid ahloqiy qarashlar hozirgi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotgan emas. Qoʼni-qoʼshnichilik xususida Hadisda ham maxsus qayd etiladi: Unga koʼra “Hovlining old tomonidan qirq hovli, orqa tomonidan qirq hovli, oʼng tomondan qirq va chap tomonidan qirq hovli, hammasi qoʼshni hisoblanadi”- deyiladi39.
Zardushtiylar jamoasida bolalarlar tarbiyasiga oid ahloqiy va ma’naviy qadriyatlar, inson kamol topishiga yordam beradigan ilg‘or g‘oyalar barcha davrlarda sharq mutafakkirlarining diqqat markazida bo‘lgan. Shu bilan birga, A.Navoiyning “Hayrat ul abror”, “Mezon ul avzon” asarlarida ijtimoiy-maishiy aloqalar, oila va nikoh munosabatlariga tegishli qaydlar mavjud. Jumladan, A.Navoiy o‘zining “Hayrat ul abror” asarida mahalla haqida shunday deydi: “Illo mahalla o‘zi bir shaharchadir, ularning ittifoqi va o‘zaro munozaralari vujudga keltirgan” 40 demak o‘rta asrlardayoq shahar va qishloqlar aholisi ma’lum mahallaga birlashib yashagan. G‘azal mulkining sultoni Alisher Navoiyning “Hayrat ul-abror” (Yaxshi kishilarning hayratlanishi) asarida quyidagi satrlar uchraydi.
Topg‘ali ta’yini mahallot bahr,
Ahli mahallot oyirib, shahr-shahr.
Shahrlar otini mahollot egib,
Bo‘ldi uch yuz shahr hiri ot etib.
Yuqorida keltirilgan tashbehdan ko‘rinib turibdiki, mahallaning “joy” degan ma’nosi o‘rta asrlarda Hiri deyilgan. Hirot shahri yuzta kichik-kichik “shaharcha” – mahallalardan iborat bo’lgan ekan. Mahalla deyilganda, avvalambor, muqaddas hisoblangan urf-odatlarimizni o’zida saqlaydigan va uni rivojlantiradigan, shuningdek, kelajak avlodlarning qanday inson bo‘lib kamol topishigaga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan tarbiya maskani va ma’naviy ozuqa va hayot maktabi deb bilmog‘imiz kerak. Аlloma Alisher Navoiy mahallada kishilar orasida birodarlik va hamjihatlik, mehr-oqibat, kabi insoniy fazilatlar kamol topganligiga alohida tuxtalib o’tadi. Haqiqatdan ham, azal-azaldan hamjihatlik va birdamlik anʼanalari aynan mahallada vujudga kelgan. Bu yerda yashagan aholi o’zaro qon-qarindosh, qoʼni-qoʼshni boʼlganliklari uchun hech qachon yolgʼizlanib qolmaganligini uqdiradi.
Oʼzbek tilida mahalla atamasidan tashqari, “qoʼshni”, “qoʼshnichilik”, kabi atamalardan ham keng qoʼllaniladi. “qoʼni-qoʼshni” aslida mahallaning tipik koʼrinishi hisoblangan. Bu atama oʼzbek tilida “qoʼnmoq” so’zidan olingan. Yaʼni uy-joylari yonma-yon yoki yaqin joylashgan kishilar, oilalar, xonadonlar va “yonma-yon turgan, bir-biriga yaqin, chegaradosh maʼnolarini ifodalaydi. “Qoʼshnichilik” esa “qoʼni-qoʼshnilar oʼrtasidagi bordi-keldi munosabatlari” tarzida izohlanadi41. Umuman olganda, qoʼni-qoʼshnichilik - bu biror hududda muqim qoʼnim topgangan qoʼshnilar orasidagi maʼnaviy, axloqiy, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar asosida birlashgan kishilar jamoasidir. Qoʼni-qoʼshnilar o’rtasidagi oʼzaro aloqalarlar asrlar davomida shakllanib va rivojlanib kelgan. Qoʼni-qoʼshnilar oʼrtasida bir-biriga nisbatan hamkorlik, madadkor boʼlish. masʼuliyatlilik kabi xislatlar shakllantirilgan.
XIX asr oxiri - XX asr boshlariga kelib olimlar va sayyohlar tomonidan mahalliy aholining turmush tarzi, xo‘jalik faoliyati va etnik tarkibini ilmiy nuqtai nazardan tatqiq etish boshlangan. Bu davrda o‘lkamizga tashrif buyurgan bir qator tadqiqotchilar o‘zlarining tatqiqotlarida ko’plab ma’lumotlar berib o‘tishgan. Jumladan, XIX asrning 70-yillarida o‘zbek xalqining yashash tarzi haqida, xususan, xotin-qizlar ahvoli, nikoh munosabatlari, qo‘ni-qo‘shnilarning urug‘-jamoaviy aloqalari masalalarini A.D.Grebenkin42 Zarafshon okrugida yashagan o‘zbeklar misolida qayd etar ekan, qisman qo‘ni qo‘shnichilik aloqalariga ham to‘xtaladi. O‘rta Osiyoda Buxoro, Xiva, Quqon xonliklari davrida ayniqsa mahalla va qishloq jamoasini idora etishdada rais va oqsoqollarning o‘rni beqiyos bo‘lgan. Jumladan, senator graf K.Kpalen mahalliy xalqlarning yashash tarzidan kelib chiqqan holda Turkiston o‘lkasini tavtish qilishga oid yozgan hisobotlarida “Raislarning faoliyati milliy hamda ijtimoiy xarakterda bo‘lib, ular jamoani faqat an‘anaviy urf-odatlar asosida nazorat qilganlar”43 deb yozadi.
XIX asrning oxiri - XX asrning boshlariga oid tarixiy ma‘lumotlar ichida Toshkent shahri o‘tmishi, mahalla va mavzelari tarixi, toponomiyasi xususida yozilgan V.A.Shishkinning “Ташкентский махалля” maqolasi, A.I.Dobromislovning “Ташкент в прошлом и настоящим”, N.G.Mallitskiyning “Ташкентский махалля и мауза” asarlari bevosita biz o‘rganayotgan masalani u yoki bu tarzda yoritishda katta ahamiyatga ega.44 Masalan, yuqoridagi mualliflarning asarlarida yozilgan ma’lumotlar Toshkentning qadimgi tarixi, o‘sha paytdagi shahar mahalla va mavzelari, tarixiy toponomiyasi, ularning joylashishi haqida talaygina ma‘lumot sanab o’tilgan.
XX asrning ikkinchi yarmidan keyingi sharoit shunday bo’lganki, etnograflar tomonidan mavjud sovet tuzumi siyosiy, ijtimoiy g‘oyalari ta’sirida o‘zbek xalqi jamoasida ro‘y bergan milliy o’zgarishlarni to‘la yoritish imkoniyatiga ega emasdilar. Shunday bo‘lsada, o‘zbek xalqlarning an’anaviy erkaklar yig‘ini – mahallalarda har doim o‘tkaziladigan gap-gashtaklarini kishilar birlashmasining ilk ko‘rinishlaridan biri hisoblanadi deb ta’riflagan G.P.Snesarev, ularning muhim ijtimoiy xususiyat ekanligini aytadi. Shuningdek, Buxoro shahri kvartal (mahalla) jamoasi haqida yozilgan O.A.Suxrevaning “Кварталная обшина позднефеодалного города Бухаре” nomli tatqiqotda Buxoro shahrida joylashgan mahallalarining XIX asr oxiri XX asr boshidagi hayotini to’liq va mukammal tahlil qilgan. Muallif shahardagi har bir mahallaga tasnif beradi. Mahalla faoliyatining o‘ziga xos tomonlari, ma’muriy boshqaruvini mufassal yoritadi. Kerakli o‘rinlarda urf odat va marosimlarda mahalla azolarining vazifalariga to‘xtalib o‘tadi45. Etnograf olim K.Shoniyozov o‘zbeklarning jamoaviy va oilaviy yashash tarziga oid malumotlarni Qashqadaryo viloyatining Koson tumani, Surxondaryo vioyatining Sariosiyo tumaniga tegishli malumotlarga asoslanib tatqiq etdi. Jumladan, u jamoaga xos munosabatlarni o‘zbek qarluqlar va qang‘lilar faoliyati misolida qisman yoritadi. Muallif o‘z ishlarida XIX asr oxiri XX asrning birinchi yarmidakatta patriarxal oilada jamoa munosabatlari, qon qarindoshchilik munosabatlaridagi etnohududiy jihatlarini qayd etar ekan, jamoa an‘analariga ba‘zi o‘rinlarda to‘xtalgan46. Ma’lumki, mahalla xuddi oila kabi jamiyatning kichik bir bo‘lagidir. Qadimdan O‘rta Osiyo hududida aholi turmush tarzida qo‘ni-qo‘shnilarni ahamiyati katta bo‘lgan. Bunday o‘zaro munosabatlarning shakli oila hamda mahallaning mustahkam aloqasini, madaniy birligi va xo‘jaligini qaror topdirgan. Shu o‘rinda o‘zbeklarning an‘anaviy hududiy qo‘ni-qo‘shnichilik jamoasi, ya‘ni mahalla haqida gapirar ekanmiz, uning har xil faoliyatini ifodalashda birinchi navbatda mahalladagi ijtimoiy munosabatlardan kelib chiqib fikrlash maqsadga muvofiq. Ushbu birlashma tarixan shakllanishi va rivojlanishi jarayonida qishloq jamoasi, qo‘ni qo‘shni jamoa; shaharlarda mahalla, kvartal, guzar shaklida ham uchrashi qayd etiladi47. Insonlarning jamoa bo‘lib yashashining dastlabki bosqichi ibtidoiy davrning so‘nggi bosqichlariga borib taqaladi. Kishilik taraqqiyoti bosqichida inson hayotida juda katta sifat o‘zgarishlar sodir bo‘lgan. Bu davrda kishilarning dastlabki jamoa bo‘lib yashash kurtaklari paydo bo‘la boshlagan48. Mavzuni o‘rganishda mahallaning tarixiy an‘analaridan kelib chiqib uning taraqqiyotini quyidagi bosqichlarga bo‘lamiz:49
Birinchi bosqich qadimgi bronza davrining so’nggi davridan boshlanib milodiy VIII asrgacha bo’ldan vaqtni o’z ichiga oladi. Bu davrda ilk manzilgohlarda odamlar jamoa bo’lib uyushishgan hamda ilk mahallaga oid belgilar shakllangan.
Ikkinchi bosqichda VIII asrdan XIII asrgacha bo’lgan davrda yirik shaharlarda mahallaga xos boshqaruvning shakllanadi. Ular o‘zbeklar uchun ma‘muriy-hududiy tuzulmaga aylanadi.
Uchinchi bosqich XIII-XVI asrlarni o’z ichiga olgan bo’lib mahallaning hamma katta-kichik shaharlar uchun birlashma darajasiga ko‘tariladi hamda uning vazifalari oldingi bosqichlarga nisbatan ortadi.
Turtinchi bosqich XVI-XIX asrlargacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi.
Beshinchi bosqich XIX asrning ikkinchi yarmidan XX asr boshlarigacha bo‘lgan davrni qamrab oladi. Bu davrda uning faoliyatining chor rossiyasi tomonidan nazoratga olinishi kuzatiladi
Oltinchi bosqich XX asrni o’z ichiga oladi. Bu bosqichda sovet davridagi mamuriy buyruqbozlik tizimining mahallalar faoliyatiga salbiy ta‘siri kuzatiladi. Mahallaning faoliyati cheklanadi.
So’nggi yettinchi bosqichda O‘zbekistonning mustaqillik yillarida mahalla institutining tarixiy an’analari hamda nufuzi qayta tiklandi. Uning vakolat doiralari kengaydi, mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organi sifatidagi maqomining qayta e‘tirof etildi.
Mustaqillik erishganimizdan so’ng mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish tizimi isloh qilindi. Bu tizim asta-sekin davlat hokimiyati tizimidan ajralib bordi va hozir ham bu jarayon davom etmoqda.O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov “O‘zbekistonning siyosiy ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining asosiy tamoyillari” asarida “Biz fuqarolik jamiyatini qurishga intilmoqdamiz. Buning ma‘nosi shuki davlatchiligimiz rivojlanib brogan sari boshqaruvni turli xil vazifalarini xalqqa topshirish, ya‘ni o‘zini o‘zi boshqarish organlarini yanada rivojlantirish demakdir”50. Darhaqiqat, bugungi kunga qadar davlat hokimiyati organlarining ko’plab vazifalari quyi bo’g’inga ya’ni mahalla tizimiga topshirildi. Bu jarayon aholining muammolarini o’rganish va yechim topishda manzilli yondashuvni yaratdi.
O‘zbekistonda adolatli, ochiq fuqarolik jamiyati qurish va jamiyatni demokratlashtirish bosh ustuvor maqsadimizdir. Bu vazifalarni amalga oshirish uchun bizda tayyor andoza va qolip yo‘q. Dunyoda bir biriga o‘xshagan ikkita davlat yo‘q. Demokratik jamiyatni xalqaro maydonda tan maqullangan bir qancha tamoyillari mavjud. Bularga quyidagilar kiradi:
insonlar o‘z xohish va irodasining erkin bildirishi;
ozchilikning ko‘pchilikka bo‘ysunishi tamoyili;
davlat va jamiyat boshqarish jarayonida qonun ustuvorligini ta’minlash;
davlat hokimiyat organlaridagi lavozimlarni saylanishi hamda ularning saylovchilar oldida hisob berishi. O‘zbekiston demokratik jamiyat qurishda anashu tamoyillarga asoslanadi.
O‘zbekistonda mahalla instituti xalq ishonchini oqlayotgan adolatli tizim hisoblanadi va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash mexanizmi vazifasini bajaradi. Mahallalari obod bo‘lgan mamlakatgina ildam qadamlar bilan taraqqiy etadi, albatta bog‘liq milliy qadriyat va urf-odatlarimizni keng targ‘ib qilish, ularni asrab-avaylash sohasidagi faoliyatini takomillashtirish mumkin51. Shubhasiz mahallada milliy urf-odatlar va qadriyatlar ta’sirida farzandlar kamol topadi.
Xullosa qilib aytadigab bo’lsam, biz xalqimizning bir necha ming yillik tarixiy-ma‘naviy taraqqiyotida milliy davlatchiligimiz asosi buyuk madaniyatimizning ildizlari ma’naviy merosimiz, milliy hususiyatlarimiz hamda boy an’analarimizni yangi jamiyat barpo qilishga tatbiq qilish yo‘lidan bormoqdamiz. Sharq falsafasi ham, islom dini ta’limotida ham aks etuvchi hamjihatlik va birdamlik g‘oyasi hamda jamoat fikrining ustunligiga asoslanuvchi sharqona demokratik qadriyatlar poydevor qilib olindi. Yangi jamiyat qurishimizda haqiqat va adolat g‘oyalariga asoslanmoqdamiz. Insonlar o‘z qobiliyati namoyon qilish, o’z ehtiyojlarini ifodalash hamda ularni amalga oshirish uchun zarur imkoniyatlar yaratilmoqda. Bunday jarayonda har bir insonning taqdiri, jamiyatdagi o‘rni, turmush salohiyati hamda mehnat qilish istagi hisobga olinmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |