O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
NAVOIY KON-METALLURGIYA KOMBINATI
NAVOIY DAVLAT KONCHILIK INSTITUTI
«Noyob va radioaktiv metallar rudalarini qazib olish va qayta ishlash» kafedrasi
5321100 – "Noyob va radioaktiv metallar rudalarini qazib olish va qayta ishlash texnikasi va texnologiyasi" yo'nalishi bo'yicha bakalavrlar uchun "Foydali qazilma konlarini geotexnologik usulda qazib olish" fanidan tajriba ishlarni bajarish uchun
O’QUV USLUBIY KO'RSATMALAR
Navoiy-2021
O’quv uslubiy ko'rsatmalar o'quv jarayonida foydalanish uchun NavDKI o'quv-uslubiy kengashi tomonidan ma'qullangan va tavsiya etilgan.
Bayonnoma № ____ «_____» ________ 2021 y.
Tuzuvchilar:
|
dotsent. t.f.n. Halimov I.U.
assistent. Xamidov S.B.
assistent. Karimov N.M.
|
Taqrizchilar:
|
t.f.n. Kurbonov M.A.
NKMK 5-KB ishlab chiqarish bo’yicha bosh muhandis o’rinbosari
t.f.d. Sharafutdinov U.Z.
NKMK innovatsion markazi direktori o’rinbosari
|
FOYDALI QAZILMA KONLARINI GEOTEXNOLOGIK USULDA QAZIB OLISH
|
KIRISH
|
“ Foydali qazilma konlarini geotexnologik usulda qazib olish ” fani tajriba ishlarni bajarish bo'yicha o’quv uslubiy qo'llanma 5321100 – “Noyob va radioaktiv metallar rudalarini qazib olish va qayta ishlash texnikasi va texnologiyasi” bakalavriat ta'lim yo'nalishi kunduzgi bo'limi talabalari uchun o'quv dasturiga muvofiq tuzilgan.
Tajriba ishlarning maqsadi - bir qator usullarni o'rganish va ularning yordami bilan YOTEO’ texnologiyasining ayrim texnologik paramerlarini aniqlashga yordam beradi. Tajriba ish talabalarni eksperimentni tashkil etish, turli miqdorlarni o'lchash texnikasi va ushbu tadqiqotlar uchun zarur bo'lgan asbob-uskunalar bilan tanishtiradi.
Har bir tajriba mashg'ulotdan oldin talaba ushbu qo'llanmaning tegishli materiallarini mustaqil ravishda ishlab chiqishi va nazariy jihatdan tayyorlanishi kerak. Bundan tashqari, elektr va issiqlik asboblari va uskunalari bilan ishlash bo'yicha maxsus xavfsizlik texnikasi qoidalari bilan tanishgan talabalar tajriba ishlarni bajarishga ruxsat etiladi.
Tajriba mashg'ulotlar o'qituvchi rahbarligida olib boriladi. Guruh yoki kichik guruhni alohida guruhlarga ajratadi, topshiriq beradi va ish sharoitlarini belgilaydi.
Содержание
Tajriba ishi 1. Umumiy g`ovaklilik koeffitsientini aniqlash.
Tajriba ishi 2. Ochiq g`ovaklilik koeffitsientini aniqlash.
Tajriba ishi 3. Tog` jinsining absolyut o`tkazuvchanlik koeffitsientini aniqlash.
Tajriba ishi 4. Tog` jinslarining karbonatli koeffitsientini aniqlash.
Tajriba ishi 5. Tog` jinsi namunalarini ekstraksiyalash.
Tajriba ishi 6. Tog` jinslarining gidravlik xususiyatlarini o`rganish.
Tajriba ishi 7. Maydalangan tog` jinslarining asosiy ko`rsatkichlarini hisoblash.
Do'stlaringiz bilan baham: |