VI. Elektr energiyasi uchun hisob-kitob qilish tartibi
1-§. Elektr energiyasi uchun hisob-kitob qilishning umumiy qoidalari
52. Bevosita hududiy elektr tarmoqlari korxonalarining elektr tarmoqlaridan hamda
iste‘molchilar yoki subiste‘molchilar elektr tarmoqlari orqali uzatilayotgan
elektr energiyasi uchun iste‘molchilar bilan hisob-kitoblar elektr
energiyasining belgilangan tartibda tasdiqlangan tegishli tariflari bo‗yicha
elektr ta‘minoti shartnomasiga asosan amalga oshiriladi.
53. Elektr energiyasi uchun hisob-kitob qilish maqsadida iste‘molchilarni tarif
guruhlari bo‗yicha taqsimlanishi Elektr va issiqlik energiyasi
iste‘molchilarining tarif guruhlari to‗g‗risidagi Nizomga muvofiq belgilanadi.
54. Elektr energiyasiga tariflar bir stavkali va ikki stavkaliga bo‗linadi.
Bunda:
— bir stavkali tarif iste‘molchiga etkazib berilgan har bir kVt soat elektr
energiyasi uchun haq to‗lashdan;
— ikki stavkali tarif yagona elektr energiyasi tizimining eng katta yuklam-asida
ishtirok etuvchi, buyurtma berilgan har bir kVt quvvat uchun (asosiy to‗lov) va
etkazib berilgan elektr energiyasining har kVt soati uchun iste‘molchi tomonidan
haq to‗lashdan (qo‗shimcha to‗lov) iborat bo‗ladi.
55. Elektr energiyasi uchun hisob-kitob qilishda, iste‘molchida ko‗p tarif-li
hisobga olish pribori mavjud bo‗lgan taqdirda, belgilangan tartibda
tasdiqlangan tabaqalashtirilgan tarif qo‗llanishi mumkin. Tabaqalashtirilgan
tarif sutkaning quyidagi davrlarida iste‘mol qilingan har bir kVt soat elektr
energiyasi uchun haq to‗lashdan iborat bo‗ladi:
yarim tig‗iz davr — asosiy tarif (sutkaning yorug‗ vaqti);
tig‗iz davr — eng Yuqori tarif (yagona energiya tizimining eng katta yuklamali
vaqti — ertalabki va kechki «eng katta miqdor»);
tungi davr — imtiyozli tarif (sutkaning qorong‗i vaqti).
Asosiy tarif (T)ning miqdori iste‘molchilarning har bir guruhi uchun
belgilangan tartibda tasdiqlangan tarifga muvofiq bo‗ladi.
89
56.Bir necha tarif guruhlariga ega bo‗lgan iste‘molchilar bilan hisob-kitob-lar, har
bir tarif guruhiga o‗rnatilgan hisobga olish priborlari ko‗rsatkichlari bo‗yicha
amalga oshiriladi.
57. Elektr energiyasi uchun hisob-kitoblar elektr ta‘minoti shartnomasiga
muvofiq hududiy elektr tarmoqlari korxonasi yoki iste‘molchining o‗zi
tomonidan yoziladigan to‗lov hujjatlari bo‗yicha amalga oshiriladi.
58. Elektr energiyasi iste‘molini hisobga olish va nazorat qilishning
avtomatlashtirilgan tizimiga ulangan iste‘molchilarga elektr energiyasi etkazib
berish oldindan to‗langan haq doirasida amalga oshiriladi.
59. Elektr ta‘minoti shartnomalarida (maishiy iste‘molchilardan tashqari)
hisobot davrida elektr ta‘minoti shartnomasida ko‗rsatilgan miqdorga nisbatan
5foizdan ko‗p elektr energiyasi iste‘mol qilinganda, hisob-kitob davri uchun
elektr ta‘minoti shartnomasida ko‗rsatilgandan ortiq iste‘mol qilingan jami
hajm uchun belgilangan tarifning 50foizi miqdorida hududiy elektr tarmoqlari
korxonasifoydasiga jarima sanksiyalari to‗lanishi ko‗zda tutiladi.
60. Hisobga olish priborlaridan ko‗rsatkichlar yozib olinmagan taqdirda hududiy
elektr tarmoqlari korxonasi, keyinchalik hududiy elektr tarmoqlari korxonasi
tomonidan iste‘molchi bilan birgalikda aniqlangan amalda iste‘mol qilingan elektr
energiyasi uchun qayta hisob-kitob qilgan holda, elektr energiyasi
iste‘molining shartnomadagi miqdori bo‗yicha hisob-kitob qiladi.
61. Elektr ta‘minoti shartnomasi bo‗yicha iste‘molchi sifatida maishiy
iste‘mol uchun elektr energiyasidan foydalanuvchi jismoniy shaxs ish ko‗rganda,
hududiy elektr tarmoqlari korxonasi iste‘molchi tomonidan u foydalangan elektr
energiyasi uchun haq to‗lanmagan taqdirda, elektr ta‘minoti shartnomasining
bajarilishi bekor qilinishi mo‗ljallanayotgan kundan kamida bir oy oldin
iste‘molchini ogohlantirgan holda, elektr ta‘minoti shartnomasi bajarilishini bir
tomonlama tartibda rad etishga haqlidir.
62. To‗lov hujjatida xatolar yoki hisobga olish priborlari ko‗rsatkichida
noaniqliklar aniqlangan taqdirda, iste‘molchi hududiy elektr tarmoqlari
korxonasiga darhol murojaat qilishi kerak.
Hududiy elektr tarmoqlari korxonasi, iste‘molchi murojaat qilgan kundan
boshlab un sutkadan kechiktirmay, hisob-kitobni tekshirishi, zarurat bo‗lganda
esa hisobga olish priborini ko‗rikdan o‗tkazishi kerak.
Hisobga olish priborlarini ko‗rikdan o‗tkazish yoki to‗lov hujjatidagi
xatoliklar to‗g‗risida murojaat qilish iste‘molchini to‗lov hujjatidagi to‗lovni
belgilangan muddatda to‗lash majburiyatidan ozod qilmaydi.
Agar hisobga olish priborlari ko‗rsatkichlaridagi aniqlik chegarasidan og‗ishlar
mazkur hisobga olish pribori uchun belgilangan aniqlik chegaralaridan ortiq
90
bo‗lmasa, bunday chetga chiqishlar yo‗l qo‗yilishi mumkin bo‗lgan chetga
chiqishlar deb hisoblanadi.
Agar to‗lov hujjatini tekshirish yoki hisobga olish priborini ko‗rikdan
o‗tkazishdan keyin (shu jumladan iste‘molchi murojaat qilmasa ham) qayta hisob-
kitob qilish zarurligi aniqlansa, bunday qayta hisob-kitob hududiy elektr
tarmoqlari korxonasi tomonidan elektr energiyasi uchun navbatdagi to‗lov hujjatini
yozishda amalga oshiriladi.
63. Hisobga olish pribori iste‘molchining aybi bilan buzilgan (plombasi
buzilgan, oynasi singan va shu kabilar), hisobga olish priborini ishga tushirish
sxemasi o‗zgargan, hisobga olish priboridan tashqari elektr qabul qilgichlar
ulangan yoki elektr energiyasi boshqacha usulda o‗g‗irlangan hollarda, hududiy
elektr tarmoqlari korxonasi iste‘molchini elektr tarmog‗idan uzib qo‗yishga
haqlidir va hisobga olish priborlari
oxirgi marta o‗zgartirilgan yoki ularni ulash sxemasi tekshirilgan kundan boshlab
butun o‗tgan, ammo da‘vo muddatidan ko‗p bo‗lmagan, davr uchun elektr
qabul qilgichlarning ulangan quvvati va iste‘molchining elektr ta‘minoti
shartnomasida ko‗rsatilgan ishlash soatlari bo‗yicha energiya sarfini qayta hisoblab
chiqishi shart. Bunda hisobga olish pribori ko‗rsatkichini yozib olish ulash
sxemasini tekshirish deb hisoblanmaydi.
64. Elektr energiyasi sarfini qayta hisob-kitob qilish iste‘molchini elektr
energiyasidan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun qonun hujjatlarida
belgilangan tartibdagi javobgarlikdan ozod qilmaydi.
65. Elektr energiyasini hisobga olish iste‘molchining aybisiz vaqtinchalik
buzilganda etkazib berilgan elektr energiyasi uchun hisob-kitob hududiy
elektr tarmoqlari korxonasining qarori bo‗yicha, hisobga olish buzilishiga
qadar bo‗lgan oldingi hisob-kitob davridagi yoki hisobga olish tiklangandan
keyingi davrdagi o‗rtacha sutkalik sarf bo‗yicha amalga oshiri-ladi.
Elektr energiyaning o‗rtacha sutkalik sarfi bo‗yicha hisob-kitob qilish davri bir
oydan oshmasligi kerak, shu vaqt ichida hisobga olish tiklanishi zarur.
Agar hisobga olish priborini, ob‘ektiv sabablarga ko‗ra, ko‗rsatilgan muddatda (tok
transformatorining, hisobga olish priborining yo‗qligi, o‗tib bo‗lmaydigan yo‗llar
va shu kabilar tufayli) tiklash imkoniyati bo‗lmasa, iste‘molchiga etkazib
berilgan elektr energiyasi uchun hisob-kitob qilish tartibi va hisobga olishni tiklash
muddati iste‘molchi va hududiy elektr tarmoqlari korxonasining ikki tomonlama
bitimi bilan belgilanishi kerak.
66. Hududiy elektr tarmoqlari korxonasi va iste‘molchi o‗rtasida hisob-kitob
qilish uchun aktiv va reaktiv energiyani, shuningdek quvvatni hisobga olish
hududiy elektr tarmoqlari korxonasi va iste‘molchi tarmoqlarining balans bo‗yicha
91
mansublik chegarasida amalga oshiriladi, ushbu Qoidalarning 68-bandida
ko‗rsatilgan holatlar bundan mustasno.
67. Hisob-kitob davrida iste‘molchilarga etkazib berilgan elektr energiya-si
miqdori va xuddi shu davrda hududiy elektr tarmoqlari korxonasi tomoni-dan
qabul qilingan elektr energiyasi miqdori o‗rtasidagi tafovut,
«O‗zdavenergonazorat» DI tasdiqlagan me‘yorlar miqyosida ushbu elektr
tarmoqlarida uzatish vaqtida ularning isrof bo‗lishiga ketgan elektr energiyasi
texnologik sarf miqdorini chegirgan holda, hududiy elektr tarmoq-larining davr
harajatlariga o‗tkaziladi va yuridik shaxslarning foyda solig‗ini hisoblashda
chegirilmaydi.
Mazkur band Elektr energiyasi iste‘molini hisobga olish va nazorat qilish-ning
avtomatlashtirilgan tizimi bilan qamrab olinmagan elektr tarmoqlari-ga nisbatan
2011 yil oxirigacha bo‗lgan davrda amal qiladi.
68. Hisobga olish pribori elektr tarmog‗ining balans bo‗yicha mansublik
chegarasida o‗rnatilmaganda, elektr tarmog‗ining chegarasidan hisobga olish
pribori o‗rnatilgan joyigacha bo‗lgan uchastkadagi elektr energiyasining
texnologik sarfining hajmi iste‘molchi bilan birgalikda hisoblash yo‗li orqali
aniqlanadi va elektr tarmog‗ining balans bo‗yicha mansubligiga qarab hududiy
elektr tarmoqlari korxonasining va iste‘molchining hisobiga o‗tkaziladi.
69. Elektr energiyasi yagona elektr energetika tizimidan tranzit bo‗yicha
iste‘molchining elektr tarmog‗i orqali hududiy elektr tarmoqlari korxonasi-ning
elektr tarmog‗iga uzatilganda, iste‘molchi tarmoqlaridagi elektr energiyasi
texnologik sarfining bir qismi, iste‘molchining elektr tarmog‗iga kelib tushgan
elektr energiyasining umumiy miqdoriga nisbatan hududiy elektr tarmoqlari
korxonasining elektr tarmog‗iga iste‘molchi tomonidan uzatilgan elektr
energiyasi miqdoriga mutanosib ravishda yagona elektr energetikasi tizimining
elektr tarmoqlaridagi texnologik sarflarga o‗tkaziladi.
70. Iste‘molchining aybi bilan elektr ta‘minoti shartnomasida ko‗rsatil-gan
elektr energiyasi hajmi to‗liq iste‘mol qilinmagan taqdirda, avans tari-qasida
to‗langan mablag‗lar qaytarib berilmaydi va elektr energiyasi uchun keyingi
hisob-kitoblarda hisobga olinadi.
71. Iste‘molchining elektr energiyasi uchun qarzi bo‗lgan taqdirda uning avans
to‗lovi hisobiga o‗tkazilgan mablag‗lari qarzni qoplashga yunaltiriladi va avans
to‗lovi sifatida hisobga olinmaydi.
72. Iste‘molchi tomonidan foydalanilgan elektr energiyasi uchun hisob-kitob
bo‗yicha o‗zaro hisob-kitoblarni solishtirish dalolatnomasini imzolash rad
etilgan taqdirda, qarzni undirish tuzilgan elektr ta‘minoti shartnomasi-ga
muvofiq shartnomaviy hajmdan kelib chiqqan holda iste‘molchining bankdagi
hisob raqamiga to‗lov talabnomasi qo‗yish yo‗li bilan amalga oshiriladi.
92
73. Iste‘molchi egallab turgan binosidan uni berish, sotish yoki boshqa
sabablarga ko‗ra ko‗chib ketgan taqdirda, u bu haqda hududiy elektr
tarmoqlari korxonasini yozma shaklda xabardor qilishi hamda elektr energiya-si
uchun ko‗chib ketish kunigacha to‗liq hisob-kitob qilishi shart, shundan sung
hududiy elektr tarmoqlari korxonasi ob‘ektga elektr energiyasi etkazib berishni
to‗xtatadi. Yangi iste‘molchini rasmiylashtirish va elektr qurilmalarini elektr
tarmog‗iga ulash belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
74. Tomonlar, ularning xohish va harakatlariga bog‗liq bo‗lmagan tabiiy ofatlar
yoki ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatlar sababli ushbu sharoitlarda qaytarib bo‗lmaydigan
va oldindan bilib bo‗lmaydigan favqulodda holatlarni o‗z ichiga olgan engib
bo‗lmas kuch (fors-major) oqibatida o‗z zimmasiga olingan majburiyatlarni
bajara olmasa, tomonlardan hech biri o‗z majburiyatlarini to‗liq yoki qisman
bajarmaganligi uchun javob bermaydi.
75. Agar ko‗rsatilgan fors-major holatlari majburiyatlarning shartnomada
belgilangan muddatlarda bajarilishiga ta‘sir qilsa, u holda ushbu muddatlar fors-
major holatlarining amal qilish, ammo elektr ta‘minoti shartnomasining amal qilish
muddatidan ko‗p bo‗lmagan vaqtga uzaytiriladi.
76. Elektr qurilmalari iste‘molchilar tomonidan hududiy elektr tarmoqlari
korxonasining elektr tarmoqlariga o‗zboshimchalik bilan ulangan taqdirda,
elektr qurilmalari elektr tarmog‗idan darhol uzib qo‗yiladi,iste‘molchi-dan esa
ruxsatsiz iste‘mol qilingan elektr energiyasining qiymati iste‘-molchi rasmiy
ravishda davlat ro‗yxatidan o‗tkazilgan kundan boshlab o‗tgan vaqt mobaynida
(tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‗lganda) yoki da‘vo muddati uchun ulangan elektr
uskunalarining belgilangan quvvat bo‗yicha sutkasiga 24 soat davomida ishlashi
hisobidan undiriladi.
Bunda ruxsatsiz iste‘mol qilingan elektr energiyasi qiymatining undiri-lishi elektr
energiyasidan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun qonun hujjatlarida
belgilangan tartibdagi javobgarlikdan ozod qilmaydi.
77. Hududiy elektr tarmoqlari korxonasi tuman, shahar, iqtisodiy zona (sanoat
zonasi) doirasida elektr energiyasi uchun to‗lovni yig‗ish funksiyalari-ni
belgilangan tartibda xususiy operatorga o‗tkazishi mumkin.
Elektr energiyasi uchun to‗lovni yig‗ish funksiyalarini bajaruvchi xususiy
operatorlar o‗z faoliyatini belgilangan tartibda amalga oshiradilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |