Zbekiston respublikasi navoiy kon-metallurgiya kombinati


-§. Elektr energiyasi uchun maishiy iste‘molchilar (aholi) bilan hisob-kitob



Download 1,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/97
Sana01.07.2022
Hajmi1,83 Mb.
#728739
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   97
Bog'liq
Amaliy mashg\'ulot 2021-yil Xavfsizlik qoidalari

5-§. Elektr energiyasi uchun maishiy iste‘molchilar (aholi) bilan hisob-kitob 
qilish 
102. Maishiy iste‘molchilar (aholi) xonadonlarda, yordamchi xo‗jaliklar, shaxsiy 
foydalaniladigan tomorqa bog‗ ob‘ektlarida maishiy ehtiyojlar uchun
foydalanilgan elektr energiyasi uchun, turmushda qo‗llaniladigan tok qabul 
qilgichlarning quvvati va vazifasidan hamda hisobga olish pribor-larining 
o‗rnatilgan joyidan qat‘i nazar, aholi uchun belgilangan yagona bir stavkali tarif 
bo‗yicha haq to‗laydilar.
Elektr energiyasi iste‘molini hisobga olish va nazorat qilishning 
avtomatlashtirilgan tizimiga ulangan maishiy iste‘molchilarga elektr energiyasi
etkazib berish elektr ta‘minoti shartnomasi asosida va oldindan to‗langan
to‗lov miqyosida amalga oshiriladi. 


98 
Maishiy iste‘molchilardan elektr energiyasi uchun belgilangan tarif 
qiymatidan ortiqcha biror-bir qo‗shimcha mablag‗ undirish taqiqlanadi,
mazkur Qoidalarning 116-bandidako‗rsatib o‗tilgan holat bundan mustasno. 
103. Elektr tarmoqlariga Yangidan ulanadigan uy-joylar va xonadonlarda Elektr 
energiyasi iste‘molini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan 
tizimiga ulanadigan elektr energiyasini hisobga olish priborlari uy-joy egasi 
tomonidan sotib olinadi, uning hisobiga davlat qiyoslashidan o‗tkaziladi va 
ro‗yxatdan o‗tkazish uchun elektr tarmoqlari korxonasiga topshiriladi. 
Hisobga olish pribori uy-joy yoki xonadon egasining buyurtmanomasiga binoan 
bir hafta muddatda, uning ishtirokida hududiy elektr tarmoqlari korxonasining 
vakili tomonidan o‗rnatiladi.
Maishiy iste‘molchilarda mavjud bo‗lgan hisobga olish priborlarini 
almashtirish hamda Elektr energiyasi iste‘molini hisobga olish va nazorat 
qilishning avtomatlashtirilgan tizimiga ulanadigan elektr energiyasini elektron
hisobga olish priborlarini o‗rnatish (Yangidan ulanadigan iste‘molchilardagidan
tashqari) hududiy elektr tarmoqlari korxonasining mablag‗lari hisobiga amalga 
oshiriladi. 
104. Hisobga olish priboriga ega bo‗lmagan va biror-bir sababga ko‗ra mazkur 
turar joyda vaqtinchalik yashamayotgan maishiy iste‘molchi hududiy elektr 
tarmoqlari korxonasini bu to‗g‗rida yozma ravishda xabardor qilishi shart.
105. Xonadonlar, xususiy uylar, bog‗ uchastkalari, garajlarda yakka tartibda 
tadbirkorlik bilan shug‗ullanuvchi maishiy iste‘molchilar foydalanilgan elektr 
energiyasi uchun tadbirkorlik faoliyatining (savdo, xizmatlar ko‗rsatish, tovarlar 
ishlab chiqarish va boshqa) turi bo‗yicha elektr energiyasi iste‘molchilarining tarif 
guruhiga muvofiq haq to‗laydilar. 
Bunda tadbirkorlik faoliyati uchun foydalaniladigan elektr energiyasi bo‗yicha 
hisob-kitoblar uchun alohida hisobga olish pribori o‗rnatilishi zarur.
106. Hududiy elektr tarmoqlari korxonasi har bir maishiy iste‘molchi bilan 
elektr ta‘minoti shartnomasini tuzadi va unga belgilangan namunadagi hisob-
kitob daftarchasini beradi, u bo‗yicha elektr energiyasi uchun haq to‗lanadi.
Hisob-kitob daftarchasining har bir varag‗i kvitansiya va bildirishnomadan iborat 
bo‗lib, ularda maishiy iste‘molchining shaxsiy hisob raqami muhr bilan tushirilgan 
bo‗lishi kerak.
To‗lov hujjatining har ikkala qismi (bildirishnoma va kvitansiya) bir xilda, 
aniq, o‗chirib yozishlarsiz to‗ldirilishi kerak. To‗lov hujjatlarida familiya,
manzil, to‗lovning joriy va oldingi sanasi hamda hisobga olish priborining ularga 
muvofiq bo‗lgan ko‗rsatkichlari, ko‗rsatkichlar tafovuti va to‗lov summasi 
ko‗rsatilishi kerak. 
Hududiy elektr tarmoqlari korxonasi elektr energiyasi iste‘molining 


99 
shartnomadagi miqdori bo‗yicha yoki oldingi davr uchun amaldagi elektr
energiyasi iste‘molining hajmi to‗g‗risidagi ma‘lumotlarga asosan to‗lov schyotini 
yozish huquqiga egadir, maishiy iste‘molchining hisob raqamida bu haqda
tegishli ravishda qayd qilinadi. Bunda hisobga olish priborlari-dan
ko‗rsatkichlar yozib olingandan keyin amalda iste‘mol qilingan elektr energiyasi 
uchun qayta hisob-kitob qilinadi. 
107. Ovqat tayyorlash uchun markazlashtirilgan tartibda elektr plitalari bilan 
jihozlangan uylarda yashovchi maishiy iste‘molchilar elektr energiyasi uchun
tegishli tarif bo‗yicha haq to‗laydilar. 
108. Maishiy iste‘molchi tomonidan hisob-kitob davrida amalda iste‘mol 
qilingan elektr energiyasi miqdori iste‘molchilardagi hisobga olish priborining 
ko‗rsatkichlari bo‗yicha aniqlanadi. 
109. Hisobga olish priborlaridan ko‗rsatkichlarni yozib olish va to‗lov 
hujjatlarini amaldagi tarif bo‗ycha yozib berish hududiy elektr tarmoqlari 
korxonasining vakili yoki iste‘molchining o‗zi tomonidan amalga oshiriladi. 
Agar to‗lov hujjati (bildirishnoma) hududiy elektr tarmoqlari korxonasi-ning vakili
tomonidan to‗ldirilsa, u maishiy iste‘molchiga topshiriladi, u
bo‗lmagantaqdirda esa — u bilan birga bir xonadonda (xususiy uyda) yashovchi 
voyaga etgan istalgan shaxsga topshiriladi yoki bildirishnoma bilan birga buyurtma 
xat orqali junatiladi. 
110. Agar navbatdagi aylanib chiqishda hisobga olish pribori o‗rnatilgan xona 
yopiq bo‗lsa, hududiy elektr tarmoqlari korxonasining vakili to‗lov hujjati-ni 
oldingi davr uchun amalda iste‘mol qilingan elektr energiyasi hajmi to‗g‗risidagi 
ma‘lumotlar asosida yozadi, bu haqda maishiy iste‘molchining shaxsiy hisob 
raqamida tegishli belgi qayd etiladi. 
Hududiy elektr tarmoqlari korxonasining vakili, u tegishli amal qilish 
muddati ko‗rsatilgan, ismi-sharifi yozilgan guvohnomaga ega bo‗lgan taqdirda, 
xonadondagi hisobga olish priborlarini soat 8.00 dan boshlab soat 20.00
gacha to‗sqinliksiz tekshirib ko‗rish huquqiga egadir. 
111. Elektr energiyasi uchun haq to‗lash maishiy iste‘molchi tomonidan aholidan 
to‗lovlarni qabul qiluvchi punktlar va tashkilotlar orqali har oyning 10-
kunigacha amalga oshiriladi. 
112. Elektr energiyasi uchun oldindan haq to‗lash qurilmasiga ega bo‗lgan hisobga 
olish priborlari o‗rnatilgan maishiy iste‘molchilar elektr energiyasi uchun haq 
to‗lashni oldindan haq to‗lash asosida amalga oshiradilar.
113. To‗lov hujjatlarini yozish va haq to‗lash paytida yo‗l qo‗yilgan xatolar, 
ularning aniqlanishiga ko‗ra, hududiy elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan da‘vo 
muddati mobaynida hisobga olinadi. 
114. Bank hujjatida ko‗rsatilgan sana to‗lov amalga oshirilgan vaqt deb 


100 
hisoblanadi. 
Agar to‗lov hujjatlarida ko‗rsatilgan summalar o‗rtasida nomuvofiqlik mavjud 
bo‗lsa, u holda bank hujjatida ko‗rsatilgan (bank shtampi qo‗yil-gan) summa
qabul qilinadi. 
115. Aholidan to‗lovlarni qabul qiladigan tashkilot (tijorat banklari-ning 
bo‗limlari, «O‗zbekiston pochtasi» davlat-aksiyadorlik jamiyatining bo‗limlari
va aholidan to‗lovni naqd mablag‗lar bilan qabul qilib olish punktlari) to‗lov 
hujjatlarini o‗ram, banderollar va elektron reestrlarga jamlaydilar. 
Har qaysi banderolda (bank bo‗limi tomonidan ma‘lum davrda qabul qilib 
olingan maishiy iste‘molchilarning to‗lov hujjatlari to‗plamida) hududiy elektr 
tarmoqlari korxonasiga berish vaqtida yorliq bo‗lishi lozim, yorliqda
quyidagilar ko‗rsatilgan bo‗lishi kerak: 
banderolni shakllantirish boShlangan va tugallangan sana; 
banderoldagi hujjatlar soni;
qabul qilib olingan to‗lovlarning umumiy summasi; 
kassa xizmati ko‗rsatilganligi uchun to‗lov sifatida ushlab qolingan summa; 
hududiy elektr tarmoqlari korxonasi hisob raqamiga o‗tkaziladigan summa. 
Bunda aholidan to‗lovni qabul qilib oluvchi tashkilotlar, shartnomada 
belgilangan muddatlarda, elektr energiyasi uchun to‗lov sifatida kelib tushgan
pul mablag‗larini hududiy elektr tarmoqlari korxonalariga o‗tkazilishini
ta‘minlashi shart. 
116. Maishiy iste‘molchilar to‗lov bo‗yicha qarzdor bo‗lishganda, to‗lov muddati 
o‗tgan har bir kun uchun to‗lov muddati o‗tgan summaning 0,1 foizi miqdorida, 
lekin muddati o‗tgan to‗lov summasining 50 foizidan ko‗p bo‗lmagan miqdorda 
penya to‗laydilar. 
117. Arifmetik xatoliklar, tariflarni noto‗g‗ri qo‗llash tufayli paydo 
bo‗ladigan kam va ortiqcha to‗lovlar tegishli tarif bo‗yicha kVt soatlarda qayta 
hisoblab chiqiladi va hududiy elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan, ularning 
aniqlanishiga qarab, da‘vo muddati doirasida, ortib boruvchi yakun bo‗yicha, 
ko‗rsatkichlardagi tafovut yoki qo‗shimchalar bilan hisobga olinadi. 
118. Tarif o‗zgarganda tarif o‗zgargan sanagacha iste‘mol qilingan elektr 
energiyasi hajmi oldingi to‗lov vaqtidan boshlab o‗rtacha sutkalik iste‘mol
bo‗yicha aniqlanadi va unga eski tarif bo‗yicha haq to‗lanadi. Hisobga olish
priborlarining ko‗rsatkichlari to‗lov kunida yozib olingan deb hisoblanadi. 
119. Maishiy iste‘molchi, o‗z xohishiga ko‗ra, 12 oydan ko‗p bo‗lmagan muddat 
uchun elektr energiyasidan foydalanish haqini oldindan to‗lab qo‗yishi mumkin, bu 
holda tarif o‗zgarsa ham qiymat qayta hisob-kitob qilinmaydi. 
120. Maishiy iste‘molchida amaldagi elektr energiyasi iste‘moli 


101 
ko‗rsatkichlarini kamaytirish maqsadida hisobga olish priborini ulash sxemasi 
o‗zgartirilgani, uning (iste‘molchi aybi) bilan buzilgani yoki yo‗qligi,
plombalar ko‗chirilgani, elektr qabul qilgichlar hisobga olish priboridan tashqari 
ulangani va boshqa qoida buzilishlari aniqlangan taqdirda, hududiy elektr 
tarmoqlari korxonasi oxirgi tekshirish kunidan boshlab o‗tgan (lekin da‘vo 
muddatidan ko‗p bo‗lmagan) davruchun maishiy iste‘molchi tomonidan iste‘mol 
qilingan elektr energiyasi haqini qayta 
hisob-kitob qilishi shart. 
Bunda qayta hisob-kitob qilinishi iste‘molchini elektr energiyasidan 
foydalanish qoidalarini buzganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibdagi 
javobgarlikdan ozod qilmaydi.
121. Qayta hisob-kitoblar: yorituvchi tok qabul qilgichlarning quvvati va ularni 
ishlatish soatlari soni bo‗yicha; iste‘molchida shtepsel rozetkalari bo‗lganda (tok 
qabul qilgichlar va rozetkalar sonidan qat‘i nazar) — har sutkada 24 soat davomida 
soatiga 600 Vt.quvvat foydalanilishi hisobidan; quvvati 600 Vt dan ortiq
bo‗lgan isitish 
priborlari yoki boshqa elektr uskunalaridan foydalanish hollarida —
iste‘molchi foydalanayotgan uskunalarning amaldagi quvvati bo‗yicha, ularning 
har sutkada 24 soat ishlatilishi hisobidan amalga oshiriladi.
122. Elektr energiyasidan foydalanishda iste‘molchi tomonidan yo‗l qo‗yilgan 
qoida buzishlar hududiy elektr tarmoqlari korxonasining vakillari va maishiy 
iste‘molchi tomonidan imzolangan ikki nusxadagi qo‗shma dalolatnoma bilan 
rasmiylashtiriladi, uning bir nusxasi maishiy iste‘molchiga beriladi va ayni
bir vaqtda ushbu Qoidalarni buzgan iste‘molchining elektr qurilmalari tarmoqdan
uzib qo‗yiladi. 
123. Hududiy elektr tarmoqlari korxonasi hisobga olinmagan elektr energiyasi 
miqdorini dalolatnoma asosida aniqlaydi va to‗lash uchun maishiy
iste‘molchiga qo‗shimcha to‗lov hujjati yozib beradi. 
Qoida buzilishi yuzasidan to‗lov hujjatini yozishda, da‘vo muddatini hisobga 
olgan holda, amaldagi tarif qo‗llanadi. 
Maishiy iste‘molchi hududiy elektr tarmoqlari korxonasining qarori yuzasidan 
norozilik arizasi berish huquqiga ega, biroq bu iste‘molchini qoida buzish 
dalolatnomasi bo‗yicha yozilgan qo‗shimcha to‗lov hujjatidagi summani
belgilangan muddatda to‗lashdan ozod qilmaydi. 
Qo‗shimcha to‗lov hujjati bo‗yicha haq 10 kun muddatda to‗lanmaganda
hududiy elektr tarmoqlari korxonasi maishiy iste‘molchidan ko‗rsatilgan summani 
majburiy tartibda undirish to‗g‗risida sudga da‘vo arizasi beradi. 
124. Maishiy iste‘molchi va hududiy elektr tarmoqlari korxonasi o‗rtasida 
paydo bo‗ladigan nizoli masalalar qonun hujjatlariga muvofiq hal etiladi.


102 

Download 1,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish