Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti



Download 4,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet315/665
Sana02.02.2022
Hajmi4,31 Mb.
#425111
1   ...   311   312   313   314   315   316   317   318   ...   665
Bog'liq
falsafa etika va estetika mantiq (1)

Sivilizatsiyalarning tiplari.
Noevropacha sivilizatsiyalar ancha katta guruhni tashkil etadi 
(A.Toynbi tasnifiga ko‗ra, bunday sivilizatsiyalar 21 ta). Bu sivilizatsiyalarning aksariyati betakror 
tarzda o‗ziga xos va ayni vaqtda umumiy tipologik jihatlarga ega. Bular evropacha sivilizatsiyadan 
ancha oldin vujudga kelgan an‘anaviy sivilizatsiyalardir. An‘anaviy jamiyat juda sust rivojlanadi va 
mavjud hayot tarzini asrlar va hatto ming yilliklar osha saqlashga qodir. Noevropacha 
sivilizatsiyalarning xo‗jalik faoliyati qishloq xo‗jalik-hunarmandchilik ishlab chiqarishi va 
texnologiyasining hukmronligiga asoslanadi. An‘anaviy sivilizatsiyaning ma‘naviy sohasida diniy-
mifologik tasavvurlar hukm suradi, ilmiy bilimlarning dastlabki shakllari asosan mavjud faoliyat 
turlari uchun retseptura vazifasini bajaradi. Noevropacha sivilizatsiyalar evolyusiyasi siklliligi va 
o‗ziga xos institutlar va normalarga ega bo‗lgan davlat vaqti-vaqti bilan dam kuchayib, dam 
zaiflashib turishi bilan tavsiflanadi. Bunday jamiyat halokati sivilizatsiya tipini o‗zgartirmaydi, u 
ijtimoiy vorisiylik mexanizmlari yordamida avloddan-avlodga o‗tadi.
1
Каримов И.А. Тарихий хотирасиз келажак йўқ.-Т.: Шарқ, 1998.-Б.21 


215 
Evropacha sivilizatsiya ijtimoiy va madaniy rivojlanishning alohida tipi bo‗lib, u Evropada 
taxminan XV-XVII asrlarda shakllangan. Uning o‗tmishdoshlari antik dunyo madaniyatlari va 
Evropa xristiancha an‘anasidir. Uyg‗onish davrida bu ikki an‘ana sintezi texnogen sivilizatsiyaning 
teran o‗ziga xosligini va uning texnika va texnologiya jadal sur‘atlarda rivojlanishini, odamlar 
o‗rtasidagi ijtimoiy aloqalar tubdan o‗zgarishini ta‘minlagan madaniyatini shakllantirdi. Uning 
zamirida huquqiy davlatning vujudga kelishi, shaxs o‗z tashabbuskorligi, faolligi va mustaqilligi 
bilan oliy qadriyat sifatida ijtimoiy hayot markazidan o‗rin olishi yotadi. Odamlar o‗rtasida 
muloqotning faollaShuvi va samarali kommunikatsiya vositalari paydo bo‗lishi texnogen 
sivilizatsiyaning o‗ziga xos xususiyatlaridan biridir. Madaniyatda ilmiy oqilonalik alohida o‗ziga 
xos qadriyat sifatida hukm suradi. Inson tabiatni faol va oqilona tarzda o‗zgartirishiga imkoniyat 
yaratgan qonunlarning kashf etilishi fanning ustunligini tasdiqlaydi. Unda Yangilik va unumdorlik, 
biluvchi sub‘ektning bilimi, erkinligi va mustaqilligini tinimsiz oshirish talablari shakllanadi.
Sivilizatsiyaning «evropacha» va «noevropacha» tiplari tushunchalari umumiy, muhim, jins 
bildiruvchi belgilarni qamrab oladi.
Mazkur tiplar doirasida mavjud turga oid farqlar pirovard 
natijada jahon tarixida evropacha sivilizatsiyaning betakrorligini e‘tirof etish bilan bog‗liq. Ayrim 
mutaxassislar fikriga ko‗ra, u an‘anaviy jamiyat madaniyatining mutatsiyasi natijasida vujudga 
kelgan va insoniyat tarixida uning o‗xshashi mavjud emas. Shunga qaramay sivilizatsiyalar 
tipologiyasi evropacha va noevropacha rivojlanish xususiyatlari bilan cheklanmaydi, chunki 
insoniyat tarixida ozmi-ko‗pmi o‗xshash bo‗lgan ko‗p sonli sivilizatsiyalar mavjud.
Jumladan, 
madaniy-tarixiy birlik belgisiga ko‗ra G‗arbiy, Sharqiy va Janubi-Sharqiy 
Evropa mamlakatlarini, Shuningdek evropacha sivilizatsiyaga mansub bo‗lgan, lekin o‗z 
madaniyatining xususiyatiga ko‗ra farq qiladigan AQSH va Kanadani farqlash mumkin.
Vujudga kelish va halok bo‗lish davriga ko‗ra hozirgi zamon sivilizatsiyalari va o‗lik 
sivilizatsiyalar (masalan, meksika, xaldeylar yoki qadimgi somiylar sivilizatsiyasi) farqlanadi.
Sivilizatsiyalar tipologiyasida madaniy-diniy birlik belgisi ayniqsa muhim ahamiyat kasb 
etadi. A.Toynbi, S.Xantington va boshqa olimlar taklif qilgan sivilizatsiyalar tasnifida diniy omil 
muhim rol o‗ynaydi. 
A.Toynbi tasnifiga ko‗ra hozirgi vaqtda G‗arb-xristian, pravoslav-xristian, 
islom, hind, Uzoq Sharq sivilizatsiyalari mavjud.
O.Toffler, D.Bell, K.Pekka ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanish darajasini tasniflash 
uchun asos qilib olib
quyidagi sivilizatsiyalarni farqlaydilar: 
- ilk sivilizatsiya (arxaik, an‘anaviy yoki ibtidoiy jamoa); 
- qishloq xo‗jalik-hunarmandchilik sivilizatsiyasi; 
- industrial (sanoatlashgan) sivilizatsiya; 
- hozirgi postindustrial yoki informatsion sivilizatsiya. 
Ijtimoiy-siyosiy hayot xususiyatiga ko‗ra an‘anaviy, liberal va oraliq sivilizatsiyalar 
farqlanadi. 

Download 4,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   311   312   313   314   315   316   317   318   ...   665




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish