Fuqarolik jamiyati, davlat, demokratiya.
Hozirgi zamon jamiyati o‗ta murakkab va faol
ijtimoiy tizimdir. Umuman olganda, uni quyidagi xususiyatlarga ega bo‗lgan jamiyat sifatida
tavsiflash mumkin:
u spontan tarzda vujudga keladi va biron-bir boshlang‗ich g‗oyani o‗zida mujassamlashtirmaydi,
jamiyatning barcha a‘zolari uchun muqarrar bo‗lgan olamShumul maqsadga ega bo‗lmaydi;
u o‗z hayotining barcha tomonlarini yagona markazdan nazorat qilmaydi;
unda muvofiqlashtirishga muayyan umumiy maqsad va yagona markazga bo‗ysunish hisobiga
emas, balki xulq-atvor umumiy qoidalariga rioya etish hisobiga erishiladi;
mazkur jamiyatning iqtisodiy asosi xususiy mulk va xususiy tadbirkorlik, markazlashtirishdan
chiqarilgan bozor tizimi va raqobatdir;
uning individlari erkin va mustaqil bo‗lib, qonun bilan muhofaza etiladigan shaxsiy hayot
sohasiga egadirlar, bu hayot doirasida ular o‗zlari istagan har qanday qarorlarni mustaqil ravishda
qabul qilishga haqlidirlar;
individlar shak-Shubhasiz va uzviy fundamental huquqlar va erkinliklarga, Shu jumladan
fikrlash va so‗z erkinligi, uyushmalar va tashkilotlar tuzish erkinligi, vijdon erkinligi, bir joydan
boshqa joyga ko‗chib yurish erkinligi, o‗zi istiqomat qiladigan mamlakatni tanlash erkinligiga
egadirlar;
bu ko‗ppartiyaviy jamiyat bo‗lib, unda siyosiy partiyalar hech qanday bevosita ommaviy-
hokimiyat vakolatlariga ega emaslar;
davlat hokimiyati va mahalliy o‗zini o‗zi boshqarishning vakillik organlari aholi tomonidan
saylanadi;
hokimiyatning qonunchilik, ijro va sud tarmoqlari bir-biridan ajratilgan.
212
Zamonaviy jamiyatning umumiy tavsifida quyidagi tushunchalar markaziy o‗rinni egallaydi:
fuqarolik jamiyati, huquqiy davlat, ko‗ppartiyaviylik, demokratiya, hokimiyatning bo‗linishi,
xususiy mulk, bozor, shaxs erkinligi va suvereniteti.
Fuqarolik jamiyati – davlat hokimiyati organlarining to‗g‗ridan-to‗g‗ri aralaShuvidan
qonunlar bilan muhofaza etilgan ixtiyoriy uyushmalar va tashkilotlar majmui
.
Zamonaviy jamiyatda davlat odamlarning shaxsiy hayotiga aralashmaydi, ularni yagona
mafkura va qadriyatlar yagona tizimini qabul qilishga majburlamaydi. Kishilarning rang-barang
manfaatlari ularning hamkorlikdagi harakatlari orqali ro‗yobga chiqariladi, bunga erishish uchun
ular davlat oldida hisobdor bo‗lmagan ixtiyoriy birlashmalar va uyushmalarga birlashadilar.
Odamlarning manfaatlarini aks ettiradigan nodavlat, nohukumat tashkilotlari fuqarolik jamiyatini
tashkil etadi. Ular rasmiy statistikaga kirmaydi va ularning hisobini yuritish ancha qiyin ish.
CHunonchi, ayrim ma‘lumotlarga ko‗ra, AQSHda Yuz minglab bunday tashkilotlar faoliyati 25
mingdan ortiq xayriya fondlaridan mablag‗ bilan ta‘minlanadi. Norvegiyada bu mamlakat fuqarosi
hisoblangan har olti kishidan biriga bitta nohukumat tashkiloti to‗g‗ri keladi.
XIX asr fransuz sotsiologi A.de Tokvil Amerikada demokratiyani qo‗llab-quvvatlovchi
ijtimoiy sharoitlar to‗g‗risida mulohaza yuritar ekan, amerikaliklarning fuqarolik va siyosiy
tashkilotlar tuzishga bo‗lgan moyilligiga alohida e‘tiborni qaratgan: «Turli yosh, mavqe va
qiziqishlarga ega bo‗lgan amerikaliklar turli xil uyushmalarga ixtiyoriy ravishda birlashadilar. Bular
tijorat yoki ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‗lgan, amerikaliklarning barchasi ishtirok etadigan
birlashmalargina emas, balki boshqa xil turdagi minglab birlashmalar: diniy-ma‘naviy uyushmalar,
jiddiy va ahamiyatsiz, ochiq va berk, ko‗p kishilik va atigi bir nechta a‘zodan iborat
birlashmalardir... Shunday qilib, odamlar o‗zlarining umumiy xohish-istaklariga muvofiq bo‗lgan
maqsadga bahamjihat erishish san‘atida oliy barkamollikka erishdilar va jamoa harakatining
mazkur usulini boshqalarga qaraganda ko‗proq qo‗llay boshladilar».
1
Fuqarolarning birlashmalari o‗z a‘zolarida hamkorlik, hamjihatlik va jamiyatga sadoqat
tuyg‗ulari rivojlanishiga ko‗maklashadi. Keng maqsadli guruhga ixtiyoriy qo‗shiladigan individlar
nafaqat hamjihatlik ko‗nikmalarini va kollektiv harakatlar uchun fuqarolik mas‘uliyati hissini kasb
etadilar, balki o‗zini o‗zi boshqarish, sabr-toqatlilikni va boshqalar fikrini hurmat qilishni
o‗rganadilar.
Davlat doim fuqarolar hayotining barcha tomonlarini o‗z nazorati ostiga olishga, ularning
tartibga solinmagan faoliyati doirasini toraytirishga, ularni bir-biridan ajratish va tarqatishga harakat
qiladi. Fuqarolik jamiyati davlatga o‗z faoliyat sohasini kengaytirish va uni kishilarning axloqiy,
ma‘naviy, diniy, milliy va boshqa munosabatlariga tatbiq etishga yo‗l qo‗ymaydi. Davlat fuqarolik
jamiyatini «yutib yuborishi» totalitarizmga xos bo‗lgan xususiyatlardan biridir.
Fuqarolik jamiyati davlatga muttasil ta‘sir ko‗rsatadi. Bu Shunday bir ta‘sirki, usiz davlat
o‗z vakolatlari doirasini toraytirishga hech qachon bormagan bo‗lur edi
. Davlatga fuqarolik
jamiyati ta‘sirining bosh mexanizmi demokratiya (yunon. «demos» - xalq va «kratos» - hokimiyat)
– vaqti-vaqti bilan boshqariluvchilar boshqaruvchilarga o‗z hukmini o‗tkazishidir. Davlat va
fuqarolik jamiyatining bu qarama-qarshiligi va ayni vaqtda o‗zaro bog‗liqligi erkinlikning muhim
shartidir.
O‗zbekiston Respublikasida fuqarolik jamiyatining shakllanishi demokratik o‗zgarishlarning
negizidir. Kishilarni ijtimoiy tartibni ixtiyoriy ravishda, cho‗chimasdan qabul qilishga majbur
etadigan sharoitlar faqat fuqarolik jamiyatida mavjuddir.
Siyosiy erkinlik – fuqaroning davlatni boshqarishda ishtirok etish huquqi
. Bu erkinlik faqat
demokratiya sharoitida, ya‘ni hamma o‗z xohish-irodasini ifoda etish imkoniyatiga ega bo‗lgan
sharoitlarda ro‗yobga chiqarilishi mumkin. «Formal demokratiya, ya‘ni erkin, teng huquqli va
yashirin ovoz berish huquqi erkinlikning kafolati emas, balki aksincha, unga tahdiddir»
1
, deb yozadi
K.YAspers.
1
А.де Токвиль. Избранные призведения. –М.: 2003. –С 45.
1
Ясперс К. Смысл и назначение истории. –М.: 1991. –С 124
213
Demokratiya mexanizmi samarali faoliyat ko‗rsatishining asosiy shartlaridan biri qonunga
zid aralaShuvlardan muhofaza etilgan barqaror fuqarolik jamiyatining mavjudligidir. Shunday
shartlardan yana biri huquqiy davlat - qonunlar faqat huquqiy yo‗l bilan qabul qilinadigan va
hammaga teng tatbiq etiladigan davlatdir. Bunday davlat insonni zo‗ravonlikdan himoya qilish
orqali unga o‗z qarashlari va xohish-irodasini ifoda etish yoki demokratiya uchun imkoniyat
yaratadi.
Demokratiya ochiq va hech narsa bilan cheklanmagan bahs-munozara imkoniyatini nazarda
tutadi. Bunga erishish uchun matbuot, yig‗ilishlar, so‗z erkinligi talab etiladi. Demokratiya siyosiy
Do'stlaringiz bilan baham: |