Tut (Ш елковица) -
Morus L.
Tut turlari tutdoshlar -
Moraseae
oilasiga mansub bo‘lib, bo‘yi
15 m gacha yetadigan daraxt. Barglari tuxumsimon, b o ‘yraksimon-
tuxumsimon, barg plastinkasi butun, 3-5 b o ‘lakli yoki patsimon qirq-
ilgan, arrasimon yoki ikki marta arrasimon o ‘yilgan qirrali b o iib ,
bandi yordamida poya va shoxlarida ketma-ket o ‘mashgan. Bir jin-
sli (ko‘pincha ikki uyli) mayda, k o ‘rimsiz gullari kuchala to ‘pguliga
joylashgan.
22-rasm.
Qora tut, Shotut (Ш елковица белая) —
Morus nigra L.
Mevasi oq, qizil, qora rangli, shirin yoki nordon-sliirin m a/ali,
scrshira, urug‘li to ‘p meva. Tut aprel oyidu gullaydi, may-iyunda
pishadi. Tut turlari qishloq xo ‘jaligida ipak qurli uehun o /uqa si-
lalida I'oydalanish va dalalarni himoyalovchi ihotazorlar sil'alidan
loydalanish maqsadida keng ko‘lamda ekiladi, lekin ko‘pincha yov-
voyilashgan holda ham uchraydi. Xalq tabobatida ko‘pincha lutning
quyidagi ikki turining bargi va mevasi ishlatiladi: Oq tut (Balxitul)
(Шелковица белая) -
Morus alba L.
va Shotut - (Шелковица
черная) -
Morus nigra L.
Tut turlarining mevasi to 'liq yetilib pishganda qoqib yig‘iladi,
ochiq havoda quritiladi yoki quritmasdan ishlatiladi. Bargi yirik-
lashganda, mevasi pishishidan oldin yoki pishganda y ig ‘iladi, soya
yerda quritiladi yoki quritmay qoTlaniladi.
Oq tut bargi tarkibida 77,2-147,6 mg% S vitamini, karotin, efir
moyi (35-56% geksenollardan va boshqa terpenoidlardan tashkil
lopgan), b o ‘yoq, oshlovchi moddalar, mevasida 10,9% qandlar (gly-
ukoza, fruktoza, saxaroza), 10,5-40 mg% vitamin S, oshlovchi va
boshqa moddalar bor.
Tut mevasi
xalq
tabobatida qonni
tozalovchi va uni
ko'paytiruvchi, siydik haydovchi, ichak faoliyatini mustahkamlov-
chi, yurak ishini yaxshilovchi va isitmani tushiruvchi vosita sifatida
qoTlaniladi. Yurak kasalligi (miokardiodistrofiya) ok tut mevasi bi
lan davolanganda ancha yaxshi natijalar olingan.
Shotut bargi tarkibida 164,6-370 mg% S vitamini, bo‘yoq, os
hlovchi moddalar, mevasida 12,7% qandlar, 1,24-1,8% organik
(olma, limon va boshqa kislotalar), b o ‘yoq, pektin, oqsil va boshqa
moddalar bor.
Quritilmagan barg shirasi angina va tish og‘rig ‘ini davolashda,
mevasi o g ‘iz bo‘shlig‘i kasalliklari, bo‘g ‘ma (дифтерия), qizil-
cha (скарлатина), isitma va boshqa kasalliklarni davolash uehun
hamda burishtiruvchi, isitma k o ‘tarilganda, chanqoqni bosuvchi va
siydik haydovchi vosita sifatida qo‘llaniladi. O g‘iz bo‘shlig'i va to-
moq kasalliklarida meva damlamasi bilan og‘iz va tomoqni chayish
buyuriladi, isitma bilan kechadigan kasalliklarda shotut mevasidan
chanqov bosuvchi ichimlik tayyorlanib, bemorga ichirilsa foyda
qiladi.
Tut turlari bargidan vitaminlar, organik kislotalar va boshqa
moddalarga boy xolosas k o ‘rinishidagi dorivor preparat olingan va
ilmiy tibbiyotda xolosas o ‘m ida jigar va o ‘t qopi kasalliklarini (sariq
kasalligi, xoletsistit va boshqalami) davolashda ishlatishga tavsiya
qilingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |