39-rasm.
Bozulbang (Лагохилус), ( Лагохилус опьяняющий) -
Lagochilus inebrians Bge.
Bozulbang 0 ‘zbekiston, Turkmaniston va qisman Tojikistonning
ayrim viloyatlaridagi adirlar va shag‘alli tog‘ yonbag‘irlarida
o ‘sadi. Bozulbang o ‘simligining yer ustki qismi - guli va bargi xalq
tabobatida keng foydalaniladi. Guli va bargi tarkibida 0,2% efir
moyi, S va К vitaminlari, karotin, organik kislotalar, qand, smola,
0,67% flavonoidlar, lagoxilin, 11- 14% oshlovchi va boshqa biologik
faol moddalar bor.
Bozulbangning dori preparatlari (damlama, nastoyka va quruq
ekstrakti tabletka holida va logoden preparati) qon ivishini tezlatish
va qon bosimini pasaytirish ta ’siriga ega b o ig a n i uehun o‘pkadan,
burundan qon oqishini to'xtatish hamda bavosil, gemofiliya, giper-
toniya kasalliklarini davolash uehun qoMlaniladi.
Bozulbangdan tayyorlangan damlama yoki qaynatma xalq ta
bobatida qon to'xtatuvchi vosita sifatida ishlatiladi. Bozulbang
kam-yob, yo‘qolib borayotgan o ‘simlik sifatida “Qizil kitob” ga
kiritilgan. Shuning uehun uni tabiiy o ‘sish joylaridan xomashyosini
yig‘ish taqiqlangan.
Qumloq bo‘znochi (Бессмертник песчаный)
-
Helichrysum arenarium (L.) Moench.
Bo'znoch o ‘simligi Astradoshlar (murakkabguldoshlar) -
Asteraceae (Compositae)
oilasiga mansub b o ‘lib, b o ‘yi 30 sm gacha
o'sadigan ko ‘p yillik o ‘t o'sim lik hisoblanadi. Poyasi tik o ‘sadi,
bir neehta, shoxlanmagan b o ‘ladi. Ildiz oldi barglari qisqa bandli,
poyadagilari bandsiz ketma-ket joylashgan. B o‘znochning barglari
cho‘ziq teskari tuxumsimon (poyasining yuqori qismidagilari
nishtarsimon-chiziqsimon), tekis qirrali. Sariq gullari sharsimon
savatchaga to ‘planib, qalqonsimon tuvakgul to ‘plamini hosil qiladi.
Mevasi - pista. O 'sim likning poyasi va barglari sertuk shuning
uehun kulrang ko'rinadi. Bo‘znoeh iyun-avgust oylarida gullaydi,
mevasi avgust-sentabrda yetiladi.
B o'znoch MDH ning Yevropa qismida, Kavkaz, G ‘arbiy Sibir,
janubiy Qozog‘iston va Markaziy Osiyо togMarining qumli nam
yerlarda o ‘sadi.
Tibbiyotda guli qo‘llaniladi. Guli tarkibida flavonoidlar,
kumarinlar, efir moyi, inozit, K. vitamini, bo‘yoq, oshlovchi va boshqa
faol moddalar bor. Flavonoidlar summasi naringenin, apigenin,
kempferol va ulaming glikozidlari, salipurpozid va boshqalardan
tarkib topgan.
(iulining dorivor preparatlari (qaynatma, tublctka holidagi
qnruq qonsentrati -fla m in quruq ekstrakti va o ‘l haydovchi yig'm a-
i hoylar tarkibida) jigar (sariq) kasalligi, xronik xolclsislil, o ‘l-losh,
o 'l yo'llari kasalliklarida o ‘t haydovchi vosita sifatida qo'llanmli
Gulining flavonoidlar summasi - arinarindan tayyorlangan
surtmasi k o ‘z kasalliklarini (ko‘z shikastlanishi, koV. sliox
pardasining yarasi, kuyish va boshqa kasalliklar) davolasluln
ishlatiladi.
B o‘znoch gulining damlamasi yoki qaynatmasi xalq tabobatida
i i gar kasalliklarida, buyrakka, siydik va о ‘ t yo ‘ llariga tosh yig ‘Uganda
hamda siydik haydovchi vosita sifatida qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |