‘zbekiston respublikasi L,1y va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Download 7,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/144
Sana16.12.2022
Hajmi7,98 Mb.
#888201
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   144
Bog'liq
O\'rmon dorivor o\'cnvlirlari. Berdiqulov E.T

NAZORAT UCHUN SAVOLLAR:
1. Dorivor o'sim liklarning biokimyoviy tarkibini o ‘rganish tar- 
ixini aytib bering?
2. Vitaminlar qanday birikmalar va ular qanday kashf etilgan?
3. Asosiy vitaminlarni sanab bering va ularni inson organizmiga 
ta’sirini izohlang?
4. Glikozidlar va ularning biokimyoviy tarkibi, xossalari va do- 
rivorlik xususiyatlarini ayting?
5. Saponinlar, organik kislotalar, tanidlar, uglevodlar qanday 
moddalar?
6. Flavonoidlar, uglevodlar va efir moylarining biokimyoviy xu­
susiyatlarini ayting?
7. Tokoferol va riboflavinga tavsif bering?
8. V guruhidagi vitaminlar va ularning inson salomatligidagi 
ahamiyatini tushuntiring?
9. D guruhidagi vitaminlar va ularni inson salomatligidagi 
ahamiyatini tushuntimg?
10. Zaytun va Chakanda moyining farmakologik xususiyatlarini 
tushuntiring?


IV в о н
0 ‘RM 0N LA R N IN G VA INTRODUKSIYA QILINGAN
DORIVOR DARAXT-BUTALARNING SHIFOBAXSIILIK
XUSUSIYATLARI
Grek yong‘og‘i (Орех грецкий) - Juglans regia L.
Grek yong‘og‘i yong‘oqdoshlar — 
Juglandaceae
oilasiga man­
sub b o ‘lib, balandligi 20, ba’zan 35 m gacha yetadigan sershox yirik 
daraxt. Barglari 3-5 b o ‘lakli, toq patli murakkab bo‘lib, poyasi bilan 
shoxlarida bandi yordamida ketma-ket o ‘mashgan. B oiakchalari 
qalin, o ‘ziga xos hidli, qisqa bandli, tuxumsimon, tuxumsimon- 
nishtarsimon yoki cho‘ziq tuxumsimon va o ‘tkir uchli. Mayda, 
ko‘rimsiz, bir jinsli gullari k o ‘chala to ‘pgulga (otalik gullari) yoki 
bir yillik shoxlariga yakka, 2-3 tadan, b a’zan 5 tadan joylashgan. 
Mevasi - soxta, danakli (yong‘oqli) meva. Aprel-may oylarida 
gullaydi, yong'oq mevasi sentabrda pishadi. MDH davlatlarida grek 
yong‘og‘i keng miqyosda o ‘stiriladi.
Tibbiyotda yong‘oqning bargi va yong‘oq mevasi ishlatiladi. 
Bargi yozning dastlabki kunlarida (iyun oyida) yig‘iladi va soya 
yerda quritiladi. Mevasi xomligida (vitamin qonsentrati tayyor­
lash uchun) yoki to iiq pishib etilganda (moy olish uchun) qoqib 
olinadi, quritmay darhol yoki quyoshda quritib ishlatiladi. Ba’zan 
yong‘oqning po‘stlog‘i ham ishlatiladi. Uni erta bahorda shoxlari- 
dan shilib olinadi va quyoshda quritiladi.
Yong‘oq po‘stlog‘i tarkibida oshlovchi, bo‘yoq moddalar, bargi 
tarkibida gidroyuglonlar va ularning glikozidlari, flavonoidlar (kver- 
setin va kempferol glikozidlari), 4-5% S, R va B2vitaminlari, karo- 
lin, efir moyi, oshlovchi va boshqa moddalar bor. Bundan tashqari, 
uning yosh mevasi po'stida 3% gacha vitamin S, gidroyuglonlar, 
25% gacha oshlovchi moddalar, urug‘i (m ag‘zi) da 66,9-82,8% 
yog‘, karotin, S, E, R va V guruxidagi vitaminlar, temir, kobalt tu- 
zlari va boshqa mikroelementlar bor [30].
Bargidan tayyorlangan damlama xalq tabobatida m e’da-ichak 
yallig‘lanishi, ich ketishi, diabet va boshqa kasalliklami davolashda 
ishlatiladi. Shu damlama bilan teri sili va boshqa teri kasalliklari, bo-


lalaming raxit va shirincha kasalliklari hamda turli yaralar davolana- 
di, angina va gingivitda og‘iz chayiladi. Barg shirasi temiratki, teri 
kasalliklarini davolashda q o ‘llanadi. Qorin og‘riganda va ko'ngil 
ayniganda yong‘oq m ag‘zini iste’mol qilish buyuriladi.
Bargidan olingan yuglon preparati (surtma, eritma va suspen- 
ziyalar) ilmiy tibbiyotda teri sili, ekzema, surunkali epidermofiti- 
ya, temiratki, terining yuqumli, yiringli va boshqa kasalliklarini 
davolash uchun qo'llaniladi. Y ong!oqning xom mevasi p o ‘stida 
yuqori miqdorda S vitamini (2000 mg % gacha) mavjud b o ‘lib, un- 
dan S vitamin qonscntrati tayyorlanadi, singa va boshqa avitaminoz 
kasalliklarini davolash hamda ularning oldini olishda ishlatiladi.
1-rasm.
Grek yong‘og‘i (Орех грецкий) 
— Juglans regia, L.

Download 7,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish