Ўзбекистон республикaси иқтисодий тaрaқҚиёт


LOYIHA BOSHQARUVIGA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNI JORIY



Download 8,4 Mb.
Pdf ko'rish
bet389/448
Sana23.07.2022
Hajmi8,4 Mb.
#842576
1   ...   385   386   387   388   389   390   391   392   ...   448
Bog'liq
Raqamli iqtisodiyot

LOYIHA BOSHQARUVIGA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNI JORIY 
ETISH 
YO‘LLARI
 
 
Karimov J.A. 

 OBM tinglovchisi 
XXI asr insoniyat hayotiga keng ko‘lamdagi o‘zgarishlarni olib keldi. Barcha 
rivojlangan davlatlar iqtisodiyotining rivojlanish omillarida raqamli texnologiyalar 
o‘rni tobora oshib borayapti. Tabiiyki, raqamli texnologiyalar iqtisodiyot taraqqiyotini 
va insonlar hayotini sezilarli darajada yengillashtirishmoqda. Boshqacha aytganda, biz 
raqamli jamiyat davrida yashashni boshladik.
Raqamli inqilob bizning hayotimiz va jamiyatimizni misli ko‘rilmagan sur’atlar 
bilan o‘zgartirish bilan birga ulkan imkoniyatlar
ni ochib berdi. Raqamli iqtisodiyot 
insonlarning turmush tarzini yuqori darajaga chiqishiga, davlat va jamiyat boshqaruvi, 
ijtimoiy sohada va xizmat ko‘rsatish sohasida inson omilini qatnashishini kamaytirib, 
xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishda va korrup
siya darajasini kamaytirishda beqiyos 


830 
yechimdir. Raqamli texnologiyalar xarajatlarni kamaytiradi, mahsulot va xizmatlar 
sifatini oshiradi.
Juda ko‘pchilik raqamli iqtisodiyot nima va u mamlakat iqtisodiyotiga nima 
beradi, deb o‘ylashi mumkin. Raqamli iqti
sodiyot deganda, faqatgina Blokcheyn 
(Blockchain) texnologiyasini va ulardan xalqaro moliya bozorlarida foydalanish 
masalalarini yoki kriptovalyutalarni tushunish kerak emas. Albatta, Blokcheyn 
texnologiyasi, kriptovalyutalar ham raqamli iqtisodiyotning bi
r bo‘lagi. Lekin, raqamli 
iqtisodiyot (Digital Economy) deganda, raqamli kommunikatsiyalar, IT yordamida 
olib boriladigan iqtisodiyot tushuniladi. 
Bunda, yashirin iqtisodiyotga barham berish vositasi sifatida ham qarash mumkin. 
Chunki, birinchidan, hamma a
malga oshirilgan operatsiyalar elektron ro‘yxatdan 
o‘tilishiga, ikkinchidan, hamma narsa shaffof bo‘lishiga erishiladi. Qolaversa, ishlab 
chiqarishda yangi IT qo‘llanishi oqibatida mahsulot va xizmatlarning tannarxi pasayadi 
va raqobatbardoshlik oshadi. Iq
tisodiyotimiz raqobatbardosh bo‘lmas ekan, bozor 
qonunlari to‘liq amal qilmas ekan, amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning 
natijasi ham sezilarli bo‘lmaydi.
Jahon bankining “Raqamli dividentlar” nomli tadqiqoti natijalari mamlakatlar 
iqtisodiyotini rivojlantirishda raqamli iqtisodiyotning naqadar dolzarb va muhim 
masala ekanligini ko‘rsatadi. 
Xususan, internet tezligining 10 foizga o‘sishi, mamlakat YaIMni o‘sishiga olib 
keladi. Rivojlangan davlatlarda bu ko‘rsatkich, 1,21 foizni tashkil etsa, rivo
jlanayotgan 
davlatlarda 1,38 foizni tashkil etadi. Demak, internet tezligi 2 barobarga oshadigan 
bo‘lsa, YaIM hajmi ham qariyib 15 foizga oshishiga erishish mumkin.
Jahonda amalga oshirilayotgan globallashuv sharoitida tashqi migratsiya, xalqaro 
savdo va kapitallar harakati, turizm, xorijiy investitsiyalar, IT rivojlanishi 
mamlakatlarning iqtisodiy o‘sish sur’atlariga ta’sir etadi. 
Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida ochiqlik, xalqaro 
iqtisodiy-siyosiy 
aloqalarning 
rivojlanishi 
yurtimizda 
sanoat 
tarmoqlarini 
modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash imkoniyatlarini 
yuzaga keltirdi.
Bunga mamlakatimiz tashqi savdo hajmining o‘sishini misol qilib keltirish 
mumkin. “Elektron hukumat”, “elektron boshqaruv”, “telekommunikatsiya”, 
“Internet”, “Veb
-
sayt” kabi yuzlab iboralar hayotimizning ajralmas bo‘lagiga aylandi. 
IT kundalik hayotimizning barcha sohalarini qamrab olmoqda. 
Raqamli iqtisodiyotda IT yordamida tannarxni kamaytirishga, natijada, 
optimallashuvga va samaradorlik oshishiga erishiladi.Raqamli iqtisodiyotda 
zamonaviy ilmiy yondashuvlar va innovatsiyalar muhim va ustuvor ahamiyatga ega 
bo‘ladi. Bunda ilmiy sig‘imkorlik yuqori bo‘lgan tarmoqlar rivojlanadi.
Raqamli iqtisodiyot rivojlangan davlatlarda YaIM hajmi ham, YaIMni aholi son 
boshiga ulushi ham yuqoridir. Shu jihatdan, davlatimiz rahbarining bu masalaga davlat 
miqyosida qar
ashlari bir maqsadni ko‘zlaydi, u ham bo‘lsa, birinchidan, aholining 
yashash darajasini yuksaltirish, ikkinchidan, aholining real daromadlarini oshirishdir. 
Ekspertlarning fikricha, 2020 yildan boshlab yirik banklarning qariyb 30% dan 
ortig‘i o‘zlarining i
sh faoliyatida Blockchain texnologiyasidan foydalanishni boshlab 
yuborishdi. 


831 
Bunga sabab qilib, Blockchain texnologiyasining nisbatan endigina yaratilganiga 
qaramasdan, uning mavjud biznes jarayonlardagi inqilobiy o‘zgarishlarni qamrab 
olgani moliya bozorl
ari ishtirokchilari orasida katta qiziqish uyg‘otganini ko‘rsatish 
mumkin. 
Ma’lumki, bugungi kunda raqamli iqtisodiyot qiymat yaratishda muhim ahamiyat 
kasb etmoqda. Turli xil algoritmlar, jarayonlar va raqamli axborotlar korporativ 
biznesni strategik rivo
jlanishida asosiy hal qiluvchi kuchga ega bo‘lmoqda. Raqamli 
nomoliyaviy 
omillar 
banklarni 
raqobatbardoshligini 
belgilab 
bermoqda, 
samaradorligiga ta’sir ko‘rsatmoqda.
Raqamli texnologiyalarni rivojlanishi oxir-
oqibat nomoddiy aktivlarni, ya’ni fizik 
jihat
dan mavjud bo‘lmagan nomonetar aktivlarni oshishiga olib kelmoqda. Masalan, 
1975 yilda amerikaning yirik korporatsiyalarining nomoddiy aktivlari 17%ni tashkil 
etgan bo‘lsa, 2019 yilga kelib, bu ko‘rsatkich 85%dan oshdi. Aniqroq tushuntiradigan 
bo‘lsak, buxgalteriya balansidagi moddiy va nomoddiy aktivlar o‘z o‘rinlarini 
almashtirishdi. 
Jahonning mashhur McKinsey ekspertlarining baholashi bo‘yicha, bugungi kunda 
jahon YaIMning qariyb 10%i raqamli aktivlarga to‘g‘ri keladi, shu bilan birga, ularni 
ishlab chiq
ish sur’ati jahon iqtisodiy o‘sishining 30%ga to‘g‘ri keladi. Raqamli 
aktivlarni rivojlanishi akselerator (tezlashtiruvchi) harakatiga o‘xshaydi.
Raqamli aktivlarni rivojlanishida ijtimoiy tarmoqlarni o‘rni muhimdir. Ijtimoiy 
tarmoqlar o‘z navbatida raqaml
i biznesni rivojlanishiga keng imkoniyatlar yaratib 
beradi. 
Raqamli iqtisodiyotning zamonaviy ko‘rinishi sifatida mobil to‘lov tizimlarini 
ko‘rsatish mumkin. Bunda hammamizga ma’lumki, mijozlarning smartfonlari 
bankdagi hisobraqamlarga bog‘langan bo‘ladi, bu o‘z navbatida mijozlarga on
-line 
xaridlarni amalga oshirishi va faqatgina mobil apparatning ekraniga qo‘l tekkizish 
orqali dunyoning istalgan joyiga pul mablag‘lari o‘tkazishi mumkin.
To‘lov tizimlari va bank axborot tizimlari raqamli aktivlardan keng 
foydalanishadi. Raqamli aktivlarning asosiy komponentlari sifatida intellektual mulk 
ob’ektlari hisoblanadi. Intellektual faoliyat natijalariga egalik huquqini faqatgina 
kompaniya ega bo‘ladi. Bunday aktivlarga misol qilib, ixtiro patentiga mutlaq huquq, 
ko
mpyuter dasturlariga mutlaq huquq va ma’lumotlar bazasini keltirish mumkin.
Raqamli aktivlarni rivojlanishini raqamli tijoratning rivojlanishisiz tasavvur qilish 
qiyin. Raqamli tijorat esa, sodda va ishonchli raqamli to‘lov tizimlarini yaratishni talab 
etadi. Birinchi on-
line to‘lov tizimlariga xizmat ko‘rsatishda aholi o‘rtasida keng 
tarqalganligi sababli kredit va debet kartalaridan foydalanilgan. Visa va Master Card 
kredit kartalari emitentlari sotuvchilardan axborot almashinuvida yuqori xavfsizlik 
ch
oralarini ko‘rish shartlarini talab etishgan.
Jahonda ro‘y berayotgan so‘nggi trendlarni o‘rganish foydadan holi bo‘lmaydi. 
Chunki, dunyoda buxgalteriya balansidagi moddiy va nomoddiy aktivlar o‘z o‘rinlarini 
jadal almashtirish davrida biz ham asosiy e’tib
orni faqat mahsulotlar eksportiga 
qaratmasdan, balki nou-xau, blokcheyn texnologiyalar faoliyatini zamonga hamohang 
o‘rganib, shu bilan birga, raqamli iqtisodiyotdan foydalanishni yangi bosqichga olib 
chiqishimiz maqsadga muvofiq bo‘ladi, deb hisoblaymiz.


832 
Mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishni ustuvor vazifasi 

O‘zbekiston iqtisodiyotini yuqori sur’atlarda o‘sishini ta’minlash bilan birga, aholi 
ongini, ilmini, qarashlarini zamon bilan hamnafas qilish, qolaversa, mamlakatimizni 
xalqaro maydo
nda integratsiyasini tezlashtirish va natijada O‘zbekistonni demokratik, 
iqtisodiy jihatdan rivojlangan davlatlar qatoriga qo‘shishdan iboratdir.
Bugungi kundagi mavjud sharoit loyixalarga raqamli texnologiyalarni keng joriy 
qilish kerakligini ko‘rsatmoqda. Mening ish faoliyatim bevosita ta’lim jarayoniga 
tegishli bo‘lganligi uchun ta’lim jarayonida amalga oshirilgan loyihalar to‘g‘risida 
qisqacha ma’lumot bermoqchiman.
Xozirgi paytda maktab o‘quvchilarining ota
-
onalari ba’zida hal etilishi va 
nazorat qil
inishi mushkul bo‘lgan ko‘plab qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Hatto 
o‘zlarini butkul oilaga bag‘ishlagan onalar ham har doim maktabdagi voqealardan 
xabardor bo‘lishga ulgurmaydi.
Bolalar jazolanishdan qo‘rqib, ba’zan ota
-
onalarini aldaydi: baholarni o‘ch
iradi, 
ikkilarni to‘g‘rilab qo‘yadi, xulqi yoki dars qoldirgan haqidagi tanbehlarni bo‘yab 
tashlaydi. Onalar va otalar maktabda hammasi yaxshi deb o‘ylaydi, keyin esa ota
-
onalar yig‘ilishida farzandlarining o‘zlashtirishi yomon ekani yoki ularning nomunosi

xulqi haqida bilib, hayron qoladi. Natijada bu sirlar hamma uchun jiddiy boshog‘riqqa 
aylanadi. 
Bugun butun dunyoda, shu jumladan O‘zbekistonda ham, ta’lim tizimiga joriy 
etilayotgan raqamli texnologiyalar ana shu muammolarni bartaraf etishga xizmat 
qilmoqda. Masalan, elektron kundalik yordamida ota-onalar uydan chiqmasdan va 
ishdan chalg‘imasdan baholarni, uy vazifalarini va davomatni nazorat qilishi mumkin. 
Ushbu raqamli vosita eng muhim yangiliklarni, masalan, jadvaldagi 
o‘zgarishlarni yoki bayram for
masida kelish zaruratini bilish imkonini beradi.
Agar biror o‘qituvchi yoki boshqa ota
-onalar bilan biror masalani muhokama 
qilish kerak bo‘lsa, buni ham tizim ichida tez va oson bajarish mumkin. Ushbu qulay 
imkoniyatdan foydalanish uchun esa internetga ulanadigan har qanday gadjet 

smartfon, planshet yoki kompyuter kerak bo‘ladi, xolos.
Bugungi kunda ta’lim sohasidagi raqamli texnologiyalar eng ko‘p muhokama 
qilinadigan mavzuga aylangan. Ularning tarafdorlari va ularga qarshi bo‘lganlarning 
ko‘plab fikr
-
mulohazalari mavjud, biroq maktab ta’limi sohasida juda yuqori 
natijalarni namoyish etayotgan mamlakatlar, masalan, Finlyandiya, Koreya, Amerika 
tajribasi bugungi kunda texnologiyalardan foydalanmasdan bolalarni bugungi hayotga 
sifatli tayyorlash imkoni y
o‘qligini ko‘rsatmoqda. Xususan, Finlyandiya maktablarida 
raqamli vositalar o‘quvchilarga ishda va jamiyatda raqobatbardosh va kuchli bo‘lish 
imkonini beradigan ko‘nikmalarni shakllantirishga yordam beradi. 
Elektron kundalikda o‘quvchi bahoni tuzatib qo‘yolmaydi yoki uni o‘chirib 
tashlay olmaydi. Shu tariqa bolalarda dars paytida oxirgi partada jimgina o‘tirmasdan, 
balki faolroq bo‘lishga, o‘z iste’dodi va salohiyatini namoyon etishga ko‘proq 
motivatsiya bo‘ladi. Bunda o‘qituvchi bevosita dars paytida ota
-onaga sharh yozishi, 
o‘quvchini maqtashi yoki, aksincha, uning nomaqbul xulqiga e’tiborni jalb qilishi 
mumkin.


833 
Ko‘p hollarda o‘quvchi uyga kelishi bilan sinfdoshlariga “Uyga nima vazifa 
berilgandi?” deya qo‘ng‘iroq qila boshlaydi. Natijada uy vazifasini b
ajarish bir necha 
soatga cho‘zilib ketadi, dam olishga va o‘z
-
o‘zini rivojlantirishga kam vaqt qoladi. 
Elektron kundalikda esa hammasi qayd etib boriladi: uy vazifalari, qoldirilgan 
darslar, sharhlar, baholar, tadbirlar haqidagi e’lonlar. Agar uy vazifasi
ni bajarish 
jarayonida o‘quvchida savol tug‘ilsa, uni bevosita tizim orqali o‘qituvchidan 
aniqlashtirib olishi mumkin.
Pedagog, o‘z navbatida, qo‘shimcha o‘quv materialini taqdim etishi, videodarsga 
havola jo‘natishi mumkin. Bunday yondashuv o‘quvchida 
mustaqillikni, intizomni va 
o‘z yutuqlari va muvaffaqiyatsizliklari uchun mas’uliyat hissini shakllantiradi. 
Qo‘shimcha ta’lim resurslaridan foydalanish bolalarga yangi bilimlar va 
ko‘nikmalarga ega bo‘lishga yordam beradi.
Bugun maktablar internet va komp
yuterlar bilan jihozlanmoqda. Bu o‘qituvchilar 
va o‘quvchilarga elektron kundaliklar bilan ishlash qulay bo‘lishi, o‘z vaqtini tejashi 
va o‘zini ko‘proq ijodiy tomondan namoyon etishi uchun zarur.
Jahon tajribasi esa raqamli ta’lim platformalari bilimlar 
sifatini oshirishini hamda 
darslarni qoldirish foizini kamaytirishga, o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasini 
oshirishga va o‘qituvchilarning kundalik mehnatini osonlashtirishga yordam berishini 
ko‘rsatdi. Endi bunday texnologiyalardan mamlakatimizda ham 
foydalanish mumkin, 
bu esa kishini quvontirmasdan qoldirmaydi, albatta. 

Download 8,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   385   386   387   388   389   390   391   392   ...   448




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish