Ўзбекистон республикaси иқтисодий тaрaқҚиёт


UNWTO ta'rifiga ko'ra, ekoturizm quyidagi xususiyatlarga ega bo'lgan



Download 8,4 Mb.
Pdf ko'rish
bet151/448
Sana23.07.2022
Hajmi8,4 Mb.
#842576
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   448
Bog'liq
Raqamli iqtisodiyot

UNWTO ta'rifiga ko'ra, ekoturizm quyidagi xususiyatlarga ega bo'lgan 
turizm turlarini anglatadi:
1.
Sayyohlarning asosiy turtki bo'lgan atrof-muhitning barcha tabiatiga 
asoslangan turlari, tabiatni kuzatish va qadrlash, shuningdek tabiiy hududlarda 
mavjud bo'lgan an'anaviy madaniyatlarni qadrlashdir. 
2.
U ta'lim va talqin xususiyatlarini o'z ichiga oladi. 
3.
U odatda kichik guruhlar uchun ixtisoslashgan turoperatorlar tomonidan 
tashkil etilmaydi, belgilangan joylarda xizmat ko'rsatuvchi provayderlar kichik, 
mahalliy korxonalar bo'lishadi. 
4.
U tabiiy va ijtimoiy-madaniy muhitga salbiy ta'sirlarni minimallashtiradi. 
5.
U ekoturizmning diqqatga sazovor joylari sifatida foydalaniladigan tabiiy 
hududlarni saqlashni qo'llab-quvvatlaydi: 

Tabiatni muhofaza qilish maqsadida tabiiy hududlarni boshqaradigan 
mezbon jamoalar, tashkilotlar va hokimiyat uchun iqtisodiy foyda olish; 

Mahalliy jamoalar uchun muqobil ish va daromad olish imkoniyatlarini 
ta'minlash; 

Mahalliy aholi va sayyohlar o'rtasida tabiiy va madaniy boyliklarni saqlash 
bo'yicha xabardorlikni oshirish.
1
Rivojlanib borayotgan mamlakatlarning turizm industriyasi asosan tabiiy yoki 
ekologik turizm (ekoturizm) hisobiga amalga oshirilmoqda. Ekspertlarning 
ma’lumotlariga qaraganda ekoturi
zm sayyohlik bozorining 10-20% qamrab olgan, 
1
 T
he British Ecotourism Market, UNWTO 2002.
 


336 
o‘sish sur’ati esa umumiy turizm industriyasining o‘sish sur’atidan 2
-3 marotaba 
yuqori ekan.
1
Shuningdek, tahlillar shuni ko‘rsatadiki, sayyohlik bozorida 
ekoturizmdan keladigan daromad 10-14% ni tashkil etar ekan. Shu sababli ham 
so‘nggi yillarda jahon mamlakatlarida ekologik turizmga e’tibor kuchayib 
bormoqda. Ekoturizm bugungi kunda Keniya, Kosta-
Rika, Yaqin Sharq va ba’zi 
Arab davlatlari, Yevropa qit’asidagi ayrim davlatlarning iqtisodiyotiga salmoqli 
daromad keltirmoqda.
2
Ekologik sayohat 

bizning mamlakatimizda yangi va kelajagi porloq 
yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Ammo bugungi kunga kelib, u ma’lum 
xususiyatlarga ega bo‘lib, ekologik muvozanatni saqlab turolmaydi. Bu 
ekoturlarning ko‘pi tabiat resurslaridan bir taraflama foydalanish bo‘lib, unga 
qaytarishni o'ylamaydi. Masalan , dam oluvchilar sanitar qoidalarga rioya 
qilmaydilar. Bu o‘z navbatida suvni, artof muhitni ifloslanishiga olib keladi. Bu kabi 
«ekoturistlar» 
daraxtlarni sindiradilar, qushlarni inini buzadilar, qo‘riqlanadigan 
hayvonlarni otishdan lazzat oladilar, o‘rmon va bo‘tazorlarni kuydirish xavfi 
tug‘iladi. Shu kabi hollarni hisobga olib, bizning ekoturlarimizni ba’zan 
«qozon-
turizmi» deb atash mumkin, 
chunki bunda ekologik tafakkurdan ko‘ra, 
iste’molchilik tuyg‘usi ustun turadi. Hisoblarga qaraganda, O‘zbekistondagi turistik 
tashkilotlarning atigi 15 % ekologik turizm bilan shug‘ullanadi. Ko‘p hollarda bu 
ixtisoslashgan firmalar, tor ekotur bozor segmen
tlarida faoliyat ko‘rsatadilar 
(saffari, ov, baliq ovida). Bundan tashqari ayrim kompaniyalar o‘z turlarida tabiat 
bilan bog‘liq har xil yo‘nalishlarni taqdim etadi (oromgohlar, tarixiy obidalar, diniy 
turizm, daryo va ko‘llar, tog‘larga sayohat qilish) O‘
zbekistonda ekosayyohatchi bu 
shaharda yashovchi aholi bo‘lib, o‘z vaqtini tabiat bag‘rida, ya’ni shahardan 
tashqarida o‘tkazishni nazarda tutadi. Bunday sayyohatning davomiyligi odatda 5
-7 
kundan iborat bo‘ladi. Ko‘p hollarda esa bu bir kunlik tur bo‘lib,
shanba va 
yakshanba kunlariga mo‘ljallanadi. Bu turning tarkibi oilalilar 60%, korxona 
jamoalari 30%, har xil tashkilotlar 10% ni tashkil qiladi. 
O‘zbekistonda ekoturizmni rivojlantirish shart
-sharoitlari faqatgina Toshkent 
viloyatining 
Chimyon-Beldorsoy, 
Burchmulla-Nanay, 
Xumson-Oqtosh 
zonalaridagina emas, balki mamlakatimizning boshqa joylarida ham ko‘rkam, 
sayyohatchilarni o‘ziga jalb qiladigan joylar ko‘p. Hatto infrastruktura mutlaqo 
bo‘lmagan joylar ham o‘zining tabiiyligi, ibtidoiy holati, ko‘rkamligi, o‘ziga xos 
alohida jozibasi bilan o‘ziga tortadi. Ushbu soha xususiyatlarini inobatga olgan 
holda bir qator yangi ekoturistik dam olish maskanlari yaratilib kelinmoqda. Navoiy 
viloyati Navbahor tumanidagi Sarmishsoy darasi o'znining sirli tabiati, hayvonot 
olami, hamda o'zining qadimiy qoyatosh rasmlari bilan sayyohlar e'tiborida bo'lib 
kelmoqda. Ushbu maskanda sayyohlar kelib hordiq chiqarishlari uchun bir qator 
infrastrukturalar tashkillashtirildi va ular yana rivojlanishda davom etmoqda. 
Buxoro viloyatining Romitan tumanida ''Bukhara Desert Oasis & SPA'' tematik 
1
Бар
q
арор
ра
q
обатбардош
туристик
h
удудларни
шакллантиришнинг
устувор
йo‘налишлари

инновацион
бош
q
арув

хориж
тажрибаси
ва
ривожлантириш
стратегиялари

Республика илмий
-
амалий анжумани 
материаллари. –
Бухоро, 2018. Б. 93

2
http://eco.uz/uz/yangiliklar/2025-ekoturizm-industuriyasini-rivozhlantirish-izhtimoij-i-tisodij-k-rsatkichlar-
oshishiga-samarali-ta-sir-k-rsatadi 


337 
sayyohlik maskani ham joriy yilda o'z faoliyatini boshladi. Ushbu sayyohlik 
obyektida Buxoroning tarixiy manzaralari Varaxsha terassasi, Sardoba hamda 
karvonsaroy 
majmualarini 
uchratish 
mumkin. 
Shuningdek 
maskanda 
sog'lomlashtirish maskani, o'tovlar, milliy va Yevropa taomlari restoranlari, sport 
o'yingohi, ot sporti maydoni, ot va tuyalarda sayohat, cho'lda elektromobillarda 
sayohat singari qo'shimcha xizmatlar ham mavjud. Bundan tashqari ushbu 
ertaknamo maskanda sayyohlar uchun ochiq tabiat qo'ynida teatrlashtirilgan 
tomoshalar va ko'ngil ochar shou dasturlari ham namoyish etiladi. Bularning 
barchasi yurtimizda ekologik turizm salohiyatining yanada rivojlanishida muhim 
omillardan bo'lib xizmat qiladi. Shu kabi namunali infrastrukturalar bilan 
rivojlangan obyektlar ko'payishi yurtimiznning ham iqtisodiy, ham ijtimoiy 
yuksalishida beqiyos hissa qo'shishga xizmat qiladi. 
O‘zbekistonda ekoturizmni rivojlantirish uchun quyidagi vazifalarni bajarish 
lozim bo‘ladi:

Ekoturizm industriyasini shakllantirish uchun maxsus qonunlarni ishlab 
chiqish va ularning huquqiy mexanizmlarini yaratish; 

Ekoturistlik fan, ta’lim va amaliyotning nazariy asoslarini ishlab chiqish;

Aholining ekologik ongi va madaniyatini e
koturizm orqali o‘stirish, 
ekotrizm yo‘nalishidagi ta’lim va tarbiya yo‘lga qo‘yish;

Ekoturizm bo‘yicha mutaxassisliklarni o‘qitish va qayta tayyorlash;

Ekoturistlik ob’ektlarni har tomonlama baholash va ularning kadastrini olib 
borish; 

Ekoturizm monitorin
gi va istiqbolini olib borishni yo‘lga qo‘yish;

Milliy davlat hududlarini ekoturizm bo‘yicha rayonlashtirish;

Davlatlarning va xalqaro jamiyatning ekoturizmga oid taktik reja va strategik 
tadbirlarini ommaviylashtirish; 

Biologik xilma-xillikni saqlash. 
Qay
d qilingan vazifalarni bajarishda quyidagi ekoturistlik tamoyillarni, ya’ni 
ekologik munosabatlarni turizm orqali tartibga solishga yo‘naltirilgan qoidalarga 
qattiq, ma’suliyat bilan rioya qilish talab qilinadi:e
koturizmda tabitni muhofaza 
qilish va barqaror rivojlantirish masalalarining ustuvorligi; ekoturizmning tarixiy, 
madaniy va boshqa turizm turlari bilan bog

langanligi; turizm va servis sohasi 
yo

nalishidagi barcha ta

lim muassasalarida ekoturistik o

quv kiritilishining 
maqsadga muvofiqligi; mahalliy aholining ekologik ongi va madaniyatini 
o

stirishda ekoturizmni jalb qilish zaruriyati; tabiatdan oqilona foydalanish va 
tabiatni muhofaza qilishning mazmunini ekoturistlik marshrutlarda aks ettirish; 
davlat, 
jamiyat, 
mahalliy 
boshqaruv 
idoralarning 
ekologik 
turizmdan 
manfaatdorligi; ekoturizmda ekologik ijtimoiy-iqtisodiy manfaatdorlikning 
yagonaligi; ekoturizmda milliy g

urur va iftixorni shakllantirishning zarurligi. 
Xulosa qilib aytganda, kelajakda ekoturizmning rivojlanishi va ulardan 
keladigan daromadlarni ko

paytirish bevosita jahon turistik xizmat bozorida 
O

zbekistonning ekoturistik salohiyati, tabiiy potensiali va resurslarini namoyish 
qilish, mamlakatda joriy etilgan turistik faoliyatda ekoturistik xizmatlar sifatini 


338 
tubdan takomillashtirish va ekoturistik xizmatlar hajmini jadal oshirish, sohaga 
xizmat qiluvchi infratuzilmani shakllantirishga bog

liq bo

ladi. 

Download 8,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   448




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish