Reja:
O’zbekiston Respublikasida atrof-muxitning hozirgi ahvoli.
Tabitni muhofaza qilishning qonunchilik asoslari.
Ishlab chiqarish tabiatning bog’liqligi
Respublikada ekologik siyosatning shakllanishi «Inson tomonidan biosferaga ko'rsatilayotgan ta'sirni tartibga solish, ijtimoiy taraqqiyot bilan qulay tabiiy muhitni saqlab qolishning o'zaro ta'sirini uyg'unlashtirish, inson va tabiatning o'zaro munosabatlarida muvozanatga erishish muammolari borgan sari dolzarb bo'lib qolmoqda. Beto'xtov davom etayotgan qurollanish poygasi, atom, kimyoviy qurollar va ommaviy qirg'in qurollarining boshqa turlarini ishlab chiqarish, saqlash va sinash insoniyat yashaydigan muhit uchun juda katta xavfdir. Ekologik xavfsizIik kishilik jamiyatining buguni va ertasi uchun dolzarbligi, juda zarurligi bois eng muhim muammolar jumlasiga kiradi. Bu muammolar amaliy tarzda hal etilsa, ko'p jihatdan hozirgi va kelgusi avlod turmushining ahvoli va sifatini belgilash imkoniyatini beradi». Mamlakatimizdagi ekologik xavfsizlik siyosati O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, atrof-muhit va barqaror rivojlanishga oid qonunchilik hamda Rio-de-Janeyro va Yoxannesburg Deklaratsiyalari printsiplari tamoyillari asosida olib borilib, ijtimoiy va ekologik yo'naltirilgan bozor iqtisodiyoti orqali huquqiy demokratik davlat va ochiq fuqarolik jamiyati barpo etilmoqda. Ma'lumki, O'zbekistonga sobiq eski tuzumdan ma'naviy eskirgan va atrof-muhitni kuchli ifloslantiruvchi sanoat ishlab chiqarishi jihozlari va texnologiyalari meros bo'lib qolgan. Bunday sharoitda nafaqat sanoat, balki qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishi hamda maishiy turmushni ham mumkin qadar «ekologiyalashtirish» va tabiatni muhofaza qiIish siyosati bilan uyg'unlashtirish eng muhim vazifa hisoblanadi.
Keyingi yillarda mamlakatimiz va xalqaro miqyoslarda sanoat ekologiyasi va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida amalga oshirilayotgan samarali tadbirlar tufayli tabiatga ko'rsatilayotgan antropogen ta'sirlar darajasini ancha kamaytirishga erishildi. Biroq istiqbolda respublikamiz hududida quyidagi ekologik muammolar o'z yechimini kutib qolmoqda:
- Orol dengizining qurishi tufayli kelib chiqqan ekologik vaziyat;
- ko'p yillik paxta yakkahokimligi, ma'danli o'g'itlar va o'simliklarni himoya qilishning kimyoviy vositalarini me'yoridan ortiq ishlatish, flora va faunaning degradatsiyasi tufayli vujudga kelgan tuproq va suv resurslari sifatining qoniqarsizligi;
- tuproq, suv, biologik resurslar va atmosfera havosi sifatiga antropogen, ayniqsa sanoat ishlab chiqarishi ta'sirining kuchayishi;
- sanoat va maishiy chiqindilarni to'plash, tashish va qayta ishlash tizimining qoniqarsizligi;
-atrof-muhit holati va uni ifloslantirish manbalari axborot monitoringining texnik va metodik ta'minoti rivojlanmaganligi va shu kabilar.
Respublikamizning bugungi ekologik siyosati tabiatning alohida tarkibiy qismlari (yer, suv, havo, o'simlik va hayvonot dunyosi)ni himoya qilishdan tortib mamlakatimiz hududidagi turli darajadagi ekologik majmualarni bir butun, umumiy himoyalashga, inson yashaydigan atrof muhitning qulay jihatlarini kafolatlashga yo'naltirilgan. Inson salomatligi nuqtai nazaridan atrof-muhit sifatini yaxshilash va ekologik majmualarni barqarorlashtirish respublikamiz ekologik siyosatining eng muhim natijalaridan biridir. Xususan, Orol bo'yidagi nohush ekologik vaziyat mahalliy suv havzalarini rekonstruksiya qilish, ichimlik suvi o'tkazgichlarini qurish yo'li bilan yaxshilanmoqda.
Shuni alohida qayd qilish lozimki, respublikamizda mustaqillik yillarida atmosfera havosining ifloslanishi 1.95 barobarga, oqova suvlarining ifloslanishi 2.0 barobar kamaygan. Qishloq xo'jaligida pestitsidlardan foydalanish keyingi 5 yil davomida 4 barobarga qisqargan. Ekin maydonlarida paxta yakka hokimchiligiga barham berilib, g'alla va dukkakli, sabzavot va poliz, kartoshka ekin maydonlari kengayib bormoqda. Paxta ekiladigan maydonlar ancha qisqarib, jami ekin maydonlarining taxminan 40 foizini tashkil etmoqda. Ayni paytda alohida qo'riqlanadigan hududlar, milliy qo'riqxonalar va bog'lar keng rivojlantirilmoqda.
O'tgan yillarda mamlakatimiz ekologik siyosatini amalga oshirishda asosiy strategik yo'nalish hisoblangan «O'zbekistonda 1999-2005 yillarda atrof-muhitni muhofaza qilish bo'yicha Harakatlar dasturi» va unga muvofiq mazkur yillarga mo'ljallangan atrof-muhitni muhofaza qilish bo'yicha Hududiy dasturlar asosida amaliy ishlar olib borildi.
Ushbu dasturni amalga oshirish chora-tadbirlari uchun 3.0 milliard so'm, 11,3 mln. Evro va 9,6 mln. AQSh dollaridan ziyod mablag'lar sarflandi. Natijada resrublikamiz hududida atmosferaga ifloslangan moddalarning tashlanishi 2.1 ming tonnaga kamaytirildi, tarkibida simob bo'lgan yaroqsiz elektr chiroqlari va asboblarni qayta ishlash maqsadida Navoiy, Andijon va Buxoro shaharlarida qurilmalar tayyorlanib, ishga tushirildi, etillashtirilgan benzin ishlab chiqarish salmog'i oshdi, yuk va yengil avtomobillar uchun suyultirilgan gaz balonli uskunalar tayyorlandi va shu kabi ijobiy natijalar qo'lga kiritildi.
Dasturni bajarish jarayonida O'zbekiston Respublikasining «Ekologik ekspyertiza to'g'risida»gi (2000 yil), «Radiatsion xavfsizlik to'g'risida»gi (2000 yil), «Davlat kadastrlari to'g'risida»gi (2000 yil), «Chiqindilar to'g'risida»gi (2002 yil), «Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to'g'risida»gi (2004 yil) Qonunlari qabul qilindi.
Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilishga oid «Ozon qatlamini himoya qilish sohasidagi shartnomalar bo'yicha O'zbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlarini bajarish chora-tadbirlari to'g'risida» (2000 yil), «Chimyon-Chorvoq zonasi tabiiy boyliklarini saqlash hamda hududni o'zlashtirishga kompleks va izchilik bilan yondashishni ta'minlash chora-tadbirlari to'g'risida» (2000 yil), «Ekologik xavfli mahsulotlar va chiqindilarni O'zbekiston Respublikasiga olib kirishni va ularni uning hududidan olib chiqishni tartibga solish to' g' risida» (2000 yil), «O'zbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhitning davlat monitoringi to'g'risidagi nizomni tasdiqlash haqida» (2000 yil), «Orolbo'yi genofondini muhofaza qilish xayriya jamg'armasini tashkil etish to'g'risida» (2004 yil) «Biologiya resurslaridan oqilona foydalanish, ularni O'zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish va uning tashqarisiga olib chiqish ustidan nazoratni kuchaytirish to'g'risida» (2004 yil) va shu kabi o'ttizdan ortiq qarorlari qabul qilinib, amaliyotga joriy etildi.
Ayni paytda bevosita sanoat ishlab chiqarishi bilan bog'liq bo'igan ozon qatlamini yemiruvchi moddalardan foydalanishni to'xtatish bo'yicha MiIliy dastur, mamlakatning barqaror rivojlanish modeJiga o'tish MilIiy strategiyasi, cho'llanishga qarshi kurash bo'yicha harakatlar Milliy dasturi, parnikli gazlar emissiyasini kamaytirish bo'yicha Milliy strategiya, muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni rivojlantirish va joylashtirish Bosh sxemasi, ekologik ta'lim Davlat standarti va ekologik ta'lim dasturi ishlab chiqilib, izchillik bilan amalga oshirilmoqda.
Insonlar va hayvonlar hayoti uchun xavfli bo'lgan pestitsidlarni ishlab chiqarmaslik va ulaming xavfsizlaridan foydalanish, o'simliklami himoya qilishning samarali va foydali tizimi - biologik metodlami yaratish kabi tadbirlar keng ko'lamda amalga oshirilmoqda. Xususan, respublikamizda mingdan ortiq biolaboratoriyalar va biofabrikalarni o'z ichiga olgan tizim tashkil etildi.
Shuningdek, Toshkent shahri va Toshkent viloyati hududlarida joylashgan sanoat korxonalarida zaharli chiqindilar bo'yicha o'tkazilgan tadqiqotlar natijalariga ko'ra mazkur hududlar uchun zaharli chiqindilami ko'mish poligonlari aniqlandi. Samarqand, Xiva, Buxoro kabi tarixiy shaharlar joylashgan hududlarda yer osti suvlarining ko'tarilish darajasi nazoratga olinib, uni me'yorida saqlash chora-tadbirlari ham ko'rilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |