Аziz Ustozlar!
Qadrli oʼquvchilar!
Barchamizga maʼlum, keyingi yillarda mamlakatimizda xalq taʼlimi tizimini rivojlantirish borasida juda katta islohotlar amalga oshirilmoqda. Talim muassasalarini qurish, rekonstruktsiya qilish va kapital tamirlash, ularni zamonaviy oʼquv va laboratoriya asboblari, kompьyuter texnikasi, oʼquv-metodik qoʼllanmalar bilan jihozlash orqali moddiy-texnika bazasini mustahkamlash hamda taʼlim sifatini oshirish borasida muhim farmon va qarorlar qabul qilinib, bu borada samarali ishlar olib borilmoqda.
Jumladan, umumiy oʼrta taʼlimning jahon standartlariga mos boʼlgan Milliy oʼquv dasturi ishlab chiqilib, 2021-2022 oʼquv yilida
1- va 2-sinflarga joriy etildi. 2022-2023 oʼquv yilidan 3-, 6-, 7- va 10-sinf uchun yangi darsliklar va oʼquv qoʼllanmalari joriy etiladi.
Yangi oʼquv yilida kutilayotgan yana bir yangilik – bu maktablarda yagona oʼquvchi formasining tashkil etilishidir. 2022 yil 10 avgustdan har bir tuman-shaharda maktab formasi ishlab chiquvchilarning savdo shoxobchalari tashkil etiladi. Yagona forma oʼquvchilar orasida ijtimoy tabaqalanishni yoʼqqa chiqarish bilan birga, ularda masʼuliyat hissini oshiradi. Yagona maktab formasi barcha oʼquvchilarni birlashtirishga ham xiszmat qiladi.
Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan 5 tashabbus doirasida ham maktablarda turli toʼgaraklar, sektsiyalar va klublar faoliyati yoʼlga qoʼyildi. Jumladan, maktabimizda ham ana shu tashabbus doirasida ____ toʼgaraklar tashkil etilgan boʼlib, ularga ______nafar oʼquvchilar jalb etilgan.
Joriy yilning 12 may kuni davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoev tomonidan “2022-2026 yillarda xalq taʼlimini rivojlantirish boʼyicha milliy dasturni tasdiqlash toʼgʼrisida” farmon va “Xalq taʼlimini rivojlantirishga oid qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida” qaror imzolandi. Bu farmon va qaror asosida Xalq taʼlimi tizimida kelgusi 5 yillikda amalga oshiriladigan islohotlar belgilab berildi.
Bir soʼz bilan aytganda, Siz uchun baxtli va farovon kelajak yaratish maqsadida barcha imkoniyatlar yaratilmoqda. Mana, yozgi taʼtil boshlanishi bilan oʼquvchilarning maroqli dam olishi uchun soʼlim-salqin goʼshalar mavsumga shaylangan. Bu yil viloyatda hozirlangan
145 ta statsionar–shaharorti va sogʼlomlashtirish maydonchalari, yaʼni kunduzgi oromgohlarda 17 ming 825 nafar oʼgʼil-qiz sogʼlomlashtiriladi.
Qadrli oʼquvchilar!
Mustaqil hayot ostonasida turgan bitiruvchilar!
Mana yana bir oʼquv yili poyoniga yetib bormoqda. Baralla yangrayotgan soʼnggi qoʼngʼiroq sadolari har biringizning yana bir yoshga ulgʼayganingizdan darak beryapti. Аyniqsa, bitiruvchi sinf oʼquvchilari uchun bu daqiqalar nihoyatda hayajonlidir.
Muhtaram yurtboshimiz Mirziyoev Shavkat Miromonovich siz yoshlarga qarab: “...hech qachon unutmang, sizlar inson har tomonlama erkin, ozod va farovon yashaydigan yangi Oʼzbekiston, yangi Renessans bunyodkorisizlar”, degan gaplari sizga katta quvonch, dalda berish barobarida, yuksak masʼuliyat hissini beradi, desak adashmagan boʼlamiz! Sizlarning hayotda oʼz munosib oʼrningizni topishingiz uchun davlatimiz va jamiyatimiz bundan buyon ham bor kuch va imkoniyatlarini toʼla safarbar etadi. Xalqimizning ana shunday yuksak ishonchiga doimo munosib boʼlishga intiling!
Аziz oʼquvchilar! Qadrli maktab bitiruvchilari!
Barchangizni begʼubor, shoʼx shodon lahzalarga boy boʼlgan oʼquvchilik yillaringizni ortda qoldirib, qadrdon maktabingiz, mehribon ustozlaringiz bilan xayrlashib, hayotingizning yangi, yanada masʼuliyatli bosqichiga qadam qoʼyayotganingiz bilan samimiy qutlab qolaman.
Bu nafaqat siz, farzandlarimiz, balki biz – ota-onalar, ustoz-murabbiylar uchun ham quvonchli va hayajonli voqeadir. Chunki qalbi pok orzu-umidlar bilan toʼlgan sizlar kabi yoshlarimiz timsolida biz uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega boʼlgan taʼlim-tarbiya sohasidagi saʼy-harakatlarimizning yana bir amaliy natijasini, xalqimiz va Vatanimiz kelajagini koʼramiz, shunday emasmi?
Bugun maktabimizning 11-sinfini _____ nafar oʼquvchi tamomlash arafasida turibdi. Mustaqil hayot sari dadil qadam qoʼyayotgan bu oʼquvchilarning har birining oʼz tanlagan yoʼli bor. Oʼtkazilgan soʼrovnoma natijalariga koʼra, ularning ____ nafari oliy oʼquv yurtlariga kirish istagini bildirgan. ______ nafari texnikumlarga,
_____ nafari kollejda oʼqish istagini bildirgan. Maktab ostonasidanoq, “Ustoz-shogird” anʼanasiga koʼra, oʼz-oʼzini ish bilan taʼminlagan oʼquvchilar soni _____ nafarni tashkil etmoqda.
Eng quvonarlisi, bitiruvchilarimsizning _____ nafari oltin,
_____ nafari kumush medal bilan taqdirlanish arafasida turibdi. Oʼqishda, jamoat ishlarida tengdoshlariga ibrat boʼlib kelgan bunday iqtidorli oʼquvchilar- bizning faxrimizdir.
Barcha bitiruvchilarimizga oq yoʼl tilar ekanmiz, har qadamda ularni qoʼllab-quvvatlab turuvchi mustahkam kuch borligini eslatib qoʼymoqchimiz. Yurtimizda yoshlarni har tomonlama qoʼllab-quvvatlash, ularning iqtidorini yuzaga chiqarishda barcha imkoniyatlar yaratilgan. Har biringiz ana shu imkoniyatlardan unumli foydalangan holda oʼzingiz sevgan kasb-hunarni egallab, jamiyatda oʼz oʼrniga ega inson boʼlishingizni tilaymiz.
Аziz Ustozlar!
Qadrli oʼquvchilar!
Аytish joizki, tugallanayotgan 2021-2022-oʼquv yili maktabimiz hayotida ham samarali yil boʼldi. Mamlakatimizda xalq taʼlimi tizimini rivojlantirishga qaratilgan yuksak eʼtibor, amalga oshirilayotgan izchil islohotlar bizning ilm dargohimizda ham oʼz aksini topib, qator natijalarga erishildi.
Аvvalo maktabimizning ______ dasturi asosida (qurilish turi)lanib, zamonaviy koʼrinish kasb etgani, yangi jihozlar bilan taʼminlanganligi nihoyatda quvonchli voqea boʼldi. Buning natijasida Sizning sifatli tiʼlim olishingiz, ustozlarning samarali faoliyat yuritishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratildi.
Joriy oʼquv yilida maktabimizda ____ nafar oʼquvchi taʼlim-tarbiya olib, ularga _____ nafar pedagog ustozlik qildi. Oʼqituvchilarimizning ____ nafari oliy, ___ nafari 1-, ____ nafari 2-malaka toifasiga ega boʼlishdi. Ilgʼor tajribaga ega oʼqituvchilarimizdan ____ nafarining ish tajribasi respublikada, _____ nafarining ish tajribasi viloyatda,
____ nafarining ish tajribasi esa tumanda ommalashtirildi. _____ nafar oʼqituvchilarimiz _____ tanlovida, _____ nafari______ tanlovida gʼoliblikni qoʼlga kiritishdi. Shuningdek, _____ nafar xorijiy til fani oʼqituvchilari til bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro sertifikatlarga ega boʼlishdi. Bu borada oʼquvchilarimizning natijalari ham salmoqli. Аyni paytda ____ nafar oʼquvchilarimiz ana shunday sertifikatlarni qoʼlga kiritishgan (yuqori koʼrsatkichga erishganlarni nomlari koʼrsatilishi mumkin).
Qolaversa, turli intellektual musobaqalar va tanlovlarda ham oʼquvchilarimiz faol ishtirok etishdi. ____-sinf oʼquvchisi _____ _______ fan olimpiadalarining (tuman, viloyat, res) bosqichida _____-oʼrinni qoʼlga kiritdi. ____-sinf oʼquvchisi ____ tanlovning (tuman, viloyat, res) bosqichi gʼolibi boʼldi. …. (qoʼshimcha misollar keltirilishi mumkin)
Yakunlanayotgan oʼquv yilini sarhisob qilar ekanmiz, kelgusida bundan-da yuqori natijalarni qoʼlga kiritishni rejalashtirganmiz.
Bu harakatlarimizning bari Siz oʼquvchilarni har tomonlama barkamol insonlar qilib tarbiyalash, har biringizning qobiliyatingiz va isteʼdodingizni yuzaga chiqarish, jamiyatda oʼz oʼrniga ega yetuk kadr boʼlib yetishingiz uchun mustahkam poydevor qoʼyishdir.
Mana shu unutilmas damlarda sizlar yangi hayot ostonasida turib, kelajak rejalarini tuzar ekansiz, oldingizda katta imkoniyatlar va masʼuliyatli vazifalar turganini barchamiz:sizu-biz yaxshi anglaymiz.
Qalbingizdagi ezgu orzu-intilishlarni roʼyobga chiqarishda mamlakatimizda faoliyat koʼrsatayotgan oliy oʼquv yurtlari, kasb-hunar maktablari, kollej va texnikumlar sizlarga muntazirdir. Sizlar uchun ishlab chiqarishdan ajralmagan holda oliy maʼlumot olish imkoniyati ham yaratilgan. Shu maqsadda oliy taʼlim muassasasida sirtqi, kechki boʼlimlar faoliyat koʼrsatmoqda. Yoshlarimiz uchun bir vaqtning oʼzida 5 tagacha oliy taʼlim muassasasida tanlovlarda ishtirok etish imkoniyati yaratildi. Bitiruvchi yoshlarni oliy taʼlim bilan qamrab olish darajasi 2016 yildagi 9 foizdan 2020 yilda 25 foizga yetdi. Mazkur koʼrsatkichni joriy yilda yana oshadi, 2030 yilda 50 foizga yetkazish koʼzga tutilgan!
Qadrli oʼquvchilar!
Ertamiz egalari!
Biz qurishni maqsad qilgan Yangi Oʼzbekistonning kelajagi Sizning qoʼlingizda. Mamlakat rivoji, uning gullab-yashnashi va jahon maydonida oʼz oʼrniga ega boʼlishi Sizning bilim va salohiyatingizga bogʼliq. Shunday ekan, bilim olishdan toʼxtamang, ilmu fan choʼqqilarini zabt etishdan choʼchimang!
Oʼz oldingizga yuqori maqsadlar qoʼyib, vaqtingizni behuda oʼtkazmay, oʼz bilimingizni oshirib borsangiz, orzungizdagi kasb-hunarlarni egallasangiz va eng asosiysi, oʼz maqsadingiz sari tinmay harakat qilsagiz, albatta, kelgusidagi muvaffaqiyatlarga erishasiz!
Oʼrganishdan aslo toʼxtamang!
Sizlarni hayotingizdagi yana bir unutilmas kuni, oʼzgacha shodiyonasi bilan yana bir bor samimiy tabriklayman. Barchangizga sihat-salomatlik, bundan keyingi hayotingizda katta yutuq va omadlar tilayman.
Mustaqil hayot sari tashlayotgan ilk dadil qadamingiz qutlugʼ va muborak boʼlsin! Sizlarga ishonaman, aziz bolalarim, sevimli oʼquvchilarim!
Sizga umid va ishonch bilan boqib turgan ustozlaringiz, ota-onangiz va Vataningiz borligini aslo unutmang!
Do'stlaringiz bilan baham: |