Њзбекистон республикаси ички ишлар вазирлиги


Mehnat huquqining tizimi. Mehnatga oid qonunlarning



Download 0,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/42
Sana30.03.2022
Hajmi0,74 Mb.
#518796
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42
Bog'liq
mehnat xuquqi

3. Mehnat huquqining tizimi. Mehnatga oid qonunlarning 
ichki ishlar organlarida qo‘llanishi 
Mehnat huquqi bozor iqtisodiyoti sharoitida mehnat bozorining 
faoliyatini, mulkchilik shaklidan, xo‘jalik yuritish usulidan qat’i nazar, 
barcha korxona, tashkilot, muassasalarda yuzaga keluvchi ijtimoiy mehnat 
munosabatlarini, yollanma mehnatni tashkil etishga oid munosabatlarni 
davlat, jamiyat, ayrim shaxslar manfaatlarini uyg‘unlashtirgan holda 
huquqiy tartibga solishga qaratilgan huquqiy me’yorlar yig‘indisi va 
tizimlaridan iborat. 
Mehnat huquqi tizimi mehnat huquqi normalarini tartibga solib 
turuvchi ijtimoiy munosabatlarning tabiati va bu normalarning 
ahamiyatiga qarab muayyan izchillikda birlashtirilishidir. Demak, mehnat 
huquqining tizimi deganda, mehnat huquqi normalarining ilmiy asoslangan 
tarzda joylashish tartibi va tasnifi tushuniladi. 
14


Mehnat huquqining fan sohasi va qonunchilik tarmog‘i sifatida 
tizimlari mavjud bo‘lib, ular o‘zaro o‘xshasa-da, bir-biridan farqli 
tomonlari bor. Mehnat huquqi fanining bosh vazifasi shu sohaga oid 
munosabatlarni o‘rgatish, ular haqida ta’lim berish bo‘lsa, mehnat 
qonunchiligining vazifasi esa ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga 
solishdan iboratdir. 
Mehnat huquqi fani umumiy va maxsus qismlarga bo‘linadi. Umumiy 
qismda «mehnat huquqi» tushunchasi, predmeti, vazifalari, metodlari, 
asosiy manba va prinsiplari, subyektlari, mehnatga oid huquqiy 
munosabatlar, xodimlar va ish beruvchilarning vakilligi, jamoa 
shartnomasi va kelishuvlari kabi masalalarga taalluqli huquqiy normalar 
o‘rganiladi. 
Maxsus qismda esa boshqaruvchilar bilan bog‘liq ijtimoiy munosabat-
larning ayrim turlarini tartibga solish jarayonida paydo bo‘ladigan 
masalalar va boshqa o‘ziga xos huquqiy normalar o‘rganiladi. Ularga: 
aholini ishga joylashtirish; mehnat shartnomasi; ish va dam olish vaqtlari; 
ta’tillar; mehnatga haq to‘lash; kafolatli va kompensatsiya to‘lovlari; 
mehnat shartnomasi taraflarining moddiy javobgarligi; mehnat intizomi; 
mehnat muhofazasi; ayrim toifadagi xodimlarga beriladigan qo‘shimcha 
kafolat va imtiyozlar; mehnat nizolari kabilar kiradi. 
Davlat ijtimoiy sug‘urtasiga oid masalalar ijtimoiy ta’minot huquqiga 
taalluqli bo‘lsa-da, ular mehnat huquqida o‘rganiladi. 
Maxsus qism ijtimoiy munosabatlarning aniq turlarini tartibga 
soluvchi normalarni ichiga oladi. Masalan, mehnat shartnomasi (kontrakt) 
institutini tashkil etuvchi normalar mehnat munosabatlarining paydo 
bo‘lishi, o‘zgarishi va bekor bo‘lishini, ish haqi institutini tashkil etuvchi 
normalar esa xodimlar mehnatiga haq to‘lashning tartibi va miqdorini 
tartibga solib turadi va h. k. 
Mehnat qonunchiligi huquqning bir tarmog‘i sifatida O‘zbekiston 
Respublikasi Mehnat kodeksining qism va boblarida ifodalangan 
tizimlardan iborat. Mehnat huquqining fan sohasi va qonunchilikning 
tarmog‘i sifatidagi tizimlari o‘rtasidagi muayyan farqlar quyidagicha: 
a) 
mehnat huquqi fanning sohasi sifatida qonunchilik amaliyotini 
o‘rganish, umumlashtirish, ilmiy xulosa va tavsiyalar berish, mutaxassis 
kadrlar tayyorlashga yo‘naltirilgan bo‘lsa; b) 
mehnat huquqining 
qonunchilik tizimi esa mehnatga oid munosabatlarni tartibga soluvchi 
barcha normativ hujjatlarni qamrab oladi.
Mehnat huquqining fan sifatidagi tizimida huquqiy normalardan 
tashqari, mehnatni huquqiy jihatdan tartibga solish borasidagi Xalqaro 
Mehnat tashkilotining konvensiya va tavsiyanomalari, shuningdek 
davlatlararo shartnomalar ham o‘rganiladi. 
15


O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan keyin shu 
kungacha o‘tgan vaqt davomida birqancha ijobiy o‘zgarishlar ro‘y berdi. 
Ichki ishlar organlari kadrlar apparati o‘z faoliyatini atroflicha tahlil etib, 
uni zamon talablariga mos, yangicha tashkil etdi. Shaxsiy tarkib bilan ish 
yuritishni takomillashtirish maqsadida 40 dan ziyod me’yoriy hujjatlar 
ishlab chiqildi va ular faoliyatga tatbiq etildi. 
Hozirgi dolzarb vazifalar me’yoriy-huquqiy bazani takomillashtira 
borib, mavjud sharoitlarni hisobga olgan holda amaldagi ko‘rsatma va 
buyruqlarga o‘zgartirishlar kiritish, zarur bo‘lganda, to‘la yangilashdan 
iborat. Negaki hayotimizning barcha jabhalarida islohotlar amalga 
oshirilmoqda.
IIV Shaxsiy tarkib bilan ishlash xizmati faqat faoliyat ko‘rsatayotgan 
xodimlar bilan ishlash emas, balki yangi xodimlar qabul qilish jarayonini 
ham qayta o‘rganib chiqib, maqbul variantlarni faoliyatga tatbiq etmoqda. 
Kelgusida xizmatga qabul qilinayotgan xodimlar IIV o‘quv markazlarida 
o‘rnatilgan tartibda ko‘rik-tanlovdan o‘tkaziladi. Ko‘rik-tanlovda bo‘lajak 
xodimlarning bilim saviyasi va ishni uddalab ketish qobiliyati sinab 
ko‘riladi. Bu, o‘z navbatida, ichki ishlar organlarini layoqatli kadrlar bilan 
ta’minlashga yordam beradi. 
O‘zbekiston Respublikasining ichki ishlar organlariga qabul qilish 
asosan IIVning «Ichki ishlar organlarida xizmatni o‘tash haqidagi 
muvaqqat Nizom» talablariga muvofiq, tanlov asosida mavsumiy jamlash 
orqali amalga oshiriladi. Ichki ishlar organlariga 18 yoshdan 30 yoshgacha 
bo‘lgan aqlan yetuk, ma’naviy pok, qat’iy fikrli, intizomli, jismonan 
sog‘lom, dunyoqarashi keng, ichki ishlar organlari oldiga qo‘yilgan 
vazifalarni bajara olish qobiliyatiga ega va militsiya xizmatiga kirish 
xohishi bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari qabul qilinadilar. 
Ichki ishlar organlarining saf tizimlariga erkaklarning bo‘yi 170 

Download 0,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish