Њзбекистон республикаси ички ишлар вазирлиги


Mehnat huquqining metodlari va vazifalari



Download 0,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/42
Sana30.03.2022
Hajmi0,74 Mb.
#518796
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42
Bog'liq
mehnat xuquqi

2. Mehnat huquqining metodlari va vazifalari 
Huquqiy jihatdan tartibga solish metodi deganda, huquqning tartibga 
solib turiladigan ijtimoiy munosabatlarga muntazam ravishda ta’sir etish 
usuli tushuniladi. Mehnat huquqining predmeti deganda, ushbu sohadagi 
ijtimoiy munosabatlar tartibga solinishi tushunilsa, metod esa bu 
munosabatlarning qanday tarzda, qanday usul va vositalar bilan tartibga 
solinishini ifodalaydi. 
Mehnat huquqining metodi quyidagi o‘ziga xos belgilarga ega: 
1)
mehnat huquqi predmeti bo‘lgan ijtimoiy munosabatlarni mar-
kazlashgan va lokal normalar bilan tartibga solishning uyg‘unligi; 
2)
mehnat huquqi predmeti bo‘lgan ijtimoiy munosabatlarni tartibga 
solishda shartnomaviy, tavsiyaviy va imperativ usullardan keng 
foydalanilishi; 
3)
mehnat munosabatlarini tartibga solishda mehnat jamoasi, kasaba 
uyushmalari va boshqa vakillik organlarining faol ishtirok etishi; 
4)
mehnat munosabatlarini tartibga solishda xalqaro huquqiy 
normalar, shuningdek davlatlararo shartnomalar qoidalarining qo‘llanishi.
Markazlashgan va lokal yo‘l bilan tartibga solishning uyg‘unligi 
xodimlarning mehnat shart-sharoitlari qonunlarda belgilab qo‘yilganligini 
ifodalaydi. 
Markazlashgan normativ hujjatlar asosan butun xalq xo‘jaligini yoxud 
tarmoq uchun umumiy bo‘lgan mehnat shartlarini tartibga soladi. Masalan, 
ishga joylashtirishga oid munosabatlar O‘zbekiston Respublikasining 1998 
yil 1 maydagi «Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida»gi, mehnat 
muhofazasiga oid qoidalar esa O‘zbekiston Respublikasining 1993 yil 6 
10


maydagi «Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi qonunlari bilan tartibga 
solinadi. 
Lokal hujjatlar bevosita korxona, muassasa va tashkilotlarda 
belgilanadigan mehnat shart-sharoitlarini tartibga soladi. Ularga ish 
beruvchi, kasaba uyushma qo‘mitasi yoki xodimlarning vakillik organi 
bilan birgalikda yoxud u bilan kelishib, qabul qiladigan normativ hujjatlar 
kiradi. Jamoa shartnomasi va kelishuvi bunga misol bo‘la oladi. Bu 
hujjatlarda qo‘shimcha imtiyozlar nazarda tutilishi mumkin. Mehnatga jalb 
etishning shartnoma asosida amalga oshirilishi mamlakatimizda mehnat 
qilish huquqining erkin ekanligidan kelib chiqadi. 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 37-moddasiga ko‘ra, 
har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat 
sharoitlarida ishlash va qonunda belgilangan tartibda ishsizlikdan 
himoyalanish huquqlariga egadir. Sud hukmi bilan tayinlangan jazoni 
o‘tash tartibidan yoki qonunda ko‘rsatilgan boshqa hollardan tashqari, 
majburiy mehnat taqiqlanadi. Fuqarolarning bunday konstitutsiyaviy 
huquqlari mehnat shartnomasini ixtiyoriy tuzish orqali amalga oshiriladi. 
Har qanday shartnomaning mazmunini uning shartlari belgilaydi. 
Mehnat shartnomasining shartlari taraflarning kelishuvi orqali belgilanadi. 
Shartnoma asosida o‘rnatilgan munosabat va uning mazmunini bir taraf 
o‘zgartirishi, bekor qilishi mumkin emas. Bu haqda 4-mavzuda batafsil 
bayon qilinadi. 
Mehnat munosabatlari tavsiyaviy usulda tartibga solinganida vakolatli 
organlarning mehnat munosabatlari subyektlariga taalluqli tavsiyaviy 
normalar qabul qilinganligi nazarda tutiladi. Hozirgi paytda imperativ 
normativ hujjatlar yordamida mehnat munosabatlarining tartibga solinishi 
ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. 
Mehnat munosabatlarini huquqiy tartibga solishda imperativ (so‘zsiz 
bajarilishi kerak bo‘lgan) va tavsiyaviy mazmunga ega huquq 
me’yorlarining xususiyatlari e’tiborga olinmog‘i lozim. Imperativ 
me’yorlar taqiqlovchi yoki buyuruvchi bo‘lishi mumkin. Masalan, 18 
yoshga to‘lmagan xodimlarni moddiy javobgarlik bilan bog‘liq bo‘lgan 
ishlarga qabul qilishning taqiqlanishi, xodimlar uchun eng kam ish haqidan 
past bo‘lgan mehnat haqining to‘lanishi va boshqalar. 
Mehnatga oid munosabatlarni tartibga solishda korxona mehnat 
jamoasi, kasaba uyushmasi va xodimlarning boshqa vakillik organlari 
ishtirok etishi belgilab qo‘yilgan. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat 
kodeksining 21-moddasiga asosan, mehnatga oid munosabatlarda 
xodimlarning manfaatlarini ifoda etishda vakil bo‘lish va bu manfaatlarni 
11


himoya qilishni korxonadagi kasaba uyushmalari hamda ularning saylab 
qo‘yiladigan organlari yoki xodimlar tomonidan saylanadigan boshqa 
organlar amalga oshirishi mumkin. Bu organlarni saylash tartibi, ularning 
vakolat muddatlari va sonini mehnat jamoasining yig‘ilishi (kon-
ferensiyasi) belgilaydi. Xodimlarning o‘zlari vakillik qilish hamda 
manfaatlarini himoya etishni ishonib topshiradigan organni belgilaydilar. 
Barcha vakillik organlari o‘z vakolatlari doirasida ish olib boradilar va 
xodimlar manfaatlarini himoya qilishda teng huquqlardan foydalanadi. 
Korxonada boshqa vakillik organlarining ham bo‘lishi kasaba uyushma-
larining o‘z vazifalarini amalga oshirish borasidagi faoliyatiga to‘sqinlik 
qilmasligi lozim. 
Xodimlar va ish beruvchilarning manfaatlarini bitta vakillik organi 
ifoda etishi va himoya qilishi mumkin emas. Vakillik organlarining 
faoliyati ularni saylagan mehnat jamoasining qaroriga binoan, shuningdek 
ular qonun hujjatlariga zid xatti-harakatlar sodir etgan taqdirda esa, sud 
tomonidan ham tugatilishi mumkin. 
Xodimlarning vakillik organlari quyidagilarga haqlidir: 
– muzokaralar olib borish, jamoa shartnomalari va kelishuvlarini 
tuzish, ularning bajarilishini tekshirib turish, ish beruvchiga korxonada 
mehnat to‘g‘risida normativ hujjatlar tayyorlash yuzasidan takliflar 
kiritish; 
– korxonani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga doir masalalarni ko‘rib 
chiqishda qatnashish; 
– mehnat nizolarini ko‘ruvchi organlarda xodimlarning manfaatlarini 
himoya qilish; 
– ish beruvchi hamda u vakil qilgan shaxslarning qarorlari mehnat 
to‘g‘risidagi qonunlar yoki boshqa normativ hujjatlarga zid bo‘lsa yoxud 
xodimlarning huquqlarini qonunga zid tarzda buzayotgan bo‘lsa, bu 
qarorlar ustidan sudga shikoyat qilish. 
Vakillik organlari mehnat munosabatlarida xodimlarning man-
faatlarini himoya etishga qaratilgan, qonunga zid bo‘lmagan boshqa xatti-
harakatlarni ham amalga oshirishlari mumkin. 
Mehnat munosabatlarini tartibga solishda xalqaro huquqiy normalar, 
shuningdek davlatlararo shartnomalardagi qoidalarning qo‘llanishi 
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 10-moddasida nazarda 
tutilgan. O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari yoki 
Xalqaro Mehnat tashkilotining O‘zbekiston tomonidan ratifikatsiya 
qilingan konvensiyasining qoidalari mehnatga oid munosabatlar bevosita 
qonun hujjatlari bilan tartibga solinmagan hollarda ham qo‘llanadi. 
12


Mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ish beruvchi bilan tuzilgan 
mehnat shartnomasi asosida O‘zbekiston Respublikasining hududida 
ishlayotgan chet el fuqarolari hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga ham 
tatbiq etiladi. Chet ellik yuridik va jismoniy shaxslarga to‘liq yoki qisman 
tegishli bo‘lgan va respublikamiz hududida joylashgan korxonalarda 
O‘zbekiston Respublikasining mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari 
qo‘llaniladi. 
Mehnat huquqi metodining mazmun-mohiyati yuqorida qayd etilgan 
o‘ziga xos xususiyatlarni namoyon etadi. 
Mehnat huquqi metodlariga xos xususiyatlar: 
1)
munosabatlarning yuzaga kelishi, o‘zgarishi, barham topishiga; 
2)
huquqiy munosabat ishtirokchilarining huquqiy mavqeiga; 
3)
huquqlarning belgilanish xususiyati va majburiyatlarning baja-
rilishini ta’minlovchi vositalarga bog‘liq holda namoyon bo‘ladi.
Mehnatga oid huquqiy munosabatlarning yuzaga kelishi, o‘zgarishi va 
barham topishining huquqiy tartibga solinishidan ko‘zlangan asosiy 
maqsad ham mehnat bozorini davlat yo‘li bilan boshqarish, bu 
munosabatlar jarayonida fuqarolar hamda ish beruvchilarning huquqlari va 
boshqa qonuniy manfaatlarini himoya qilishdan iboratdir. 
Mehnat munosabatlari ishtirokchilarining huquqiy mavqeini ularning 
o‘zaro tengligi belgilaydi. Bunga kasb turi, mashg‘ulot va ish joyini 
tanlash erkinligi fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari ekanligi, 
fuqarolar o‘z jismoniy va intellektual salohiyatlaridan o‘z xohishlaricha 
foydalanishlari mumkinligi hamda majburiy mehnat taqiqlanganligi 
kabilar asos bo‘la oladi. Shu bilan birga, mehnat jarayonida xodim ish 
beruvchiga, uning qonuniy farmoyishlariga, ichki mehnat tartibi 
qoidalariga so‘zsiz rioya etishi lozimligi ham mehnat huquqi metodiga xos 
xususiyatdir. Mehnat huquqlari va majburiyatlarini belgilash ham mehnat 
huquqi metodiga xos xususiyatlar jumlasiga kiradi. Qabul qilingan 
normativ- huquqiy hujjatlar aksariyat hollarda majburiylik xususiyatiga 
ega bo‘lsa, ba’zida esa ular tavsiya sifatida qabul qilinishi mumkin. 
Mehnat huquqi ikkita asosiy vazifani bajaradi. Birinchisi – mehnat 
unumdorligining o‘sishiga, ijtimoiy ishlab chiqarishning samaradorligini 
oshirishga ko‘maklashish, u odatda ishlab chiqarish vazifasi deb ataladi. 
Ikkinchisi – xodimlarning mehnat huquqlarini qo‘riqlash, u himoya qilish 
vazifasi deb ataladi. Har ikkala vazifa ham bir-biri bilan uzviy bog‘liq, 
ajralmasdir. 
Mehnat huquqining «xizmati» iqtisodiy vazifalarni hal etishga 
ko‘maklashuvdan iborat bo‘lib, bu holat ishlab chiqarish funksiyasidan 
13


kelib chiqadi. Ayni vaqtda mamlakatimizda iqtisodiy vazifalarni hal etish, 
ishlab chiqarishni rivojlantirish xodimlar mehnat huquqlarining har 
tomonlama va to‘la ta’minlanishi bilan uyg‘unlashadi, bu holat himoya 
funksiyasidan kelib chiqadi. 
Ish beruvchilarning manfaatlarini mehnat huquqining ishlab chiqarish 
funksiyasi, xodimlarning manfaatlarini esa himoya funksiyasi aks ettiradi. 
Mehnat huquqining eng muhim qonuniyati vazifalarning garmonik 
uyg‘unligidan, ularning birligidan iboratdir. Umuman olganda, mehnat 
huquqi iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, g‘oyaviy-tarbiyaviy vazifalarni 
bajaradi. Jumladan iqtisodiy vazifasi ishlab chiqarishga ta’sir o‘tkazish 
orqali, siyosiy vazifasi ishlab chiqarish jarayonida xodimlarning ijtimoiy-
siyosiy faolligining oshishida, ijtimoiy vazifasi erkin kasb tanlashni 
ta’minlashda, g‘oyaviy-tarbiyaviy vazifasi ijtimoiy mehnatning takomilla-
shuvi hamda xodimlarni ma’naviy-ma’rifiy tarbiyalashda namoyon 
bo‘ladi.
Mehnatga oid munosabatlarga taalluqli vazifalar O‘zbekiston 
Respublikasi Mehnat kodeksining 2-moddasida nazarda tutilgan bo‘lib, 
unga muvofiq: «Mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari xodimlar, ish 
beruvchilar, davlat manfaatlarini e’tiborga olgan holda, mehnat bozorining 
samarali amal qilishini, haqqoniy va xavfsiz mehnat shart-sharoitlarini, 
xodimlarning mehnat huquqlari va sog‘ligi himoya qilinishini ta’minlaydi, 
mehnat unumdorligining o‘sishiga, ish sifatining yaxshilanishiga, shu 
asosda barcha aholining moddiy va madaniy turmush darajasi yuksalishiga 
ko‘maklashadi».

Download 0,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish