Dunyo okeani“ mavzusini o‘tishda darslikda berilgan exolot rasmini ko‘rib, okean tubi chuqurligini aniqlashga doir masala bajarilsa, o‘quvchida geografik ob’ekt va hodisalarni tahlil eta olish kabi ko‘nikma va malakalar hosil bo‘ladi.
Masala: Exolot asbobidan foydalanib, okean tagiga yuborilgan signal 4 soniyadan
keyin kemaga qaytib kelsa, okean tubi chuqurligi necha metrga teng bo‘ladi?
Yechish:
Tovushning suvdagi tarqalish tezligi 1800 m/s ga teng. Demak, tovush 4 soniyada
1500 x 4 = 6000 m. masofani bosib o‘tadi. Tovush masofani 2 marta bosib o‘tishi uchun 6000 : 2 ga bo‘lamiz. 6000 : 2 = 3000 m. ya’ni okean tubi chuqurligi 3000 m.
Javobi: 3000 m.
„Okean suvining xususiyatlari“ mavzusida okean suvining sho‘rlik darajasini
aniqlashga doir masalani bajarib ko‘rsatish, o‘quvchilarning bilimlarini yanada
chuqurlashtirishga xizmat qiladi.
Masala: Qizil dengiz sho‘rligi 41promille (1litr dengiz suvida 4 gr tuz bor). Qora va Boltiq dengizlarining har 100gr da 1,8 va 0,3gr tuz bo’lsa, bu dengizlarning sho‘rligini aniqlang.
Yechish:
1) 1litr – 1000 gr
1000 gr : 100 gr = 10 gr
10 gr x 1,8 = 18
2) 1litr – 1000 gr.
1000 gr : 100 gr = 10 gr
10 gr x 0,3 = 3
Javobi: Qora dengizi 18 promille, Boltiq dengizi 3 promille.
„Havo harorati va bosimi“ mavzusini o‘tishda quyidagi masalalarni bajarish orqali sinf xonasidagi havoning massasi qancha ekanligini va yuqoriga ko’tarilgan sari havo bosimining kamayishini bilib olishi mumkin.
1-masala: Sinf xonasining bo‘yi 8 metr, kengligi 5 metr, balandligi 3 metr bo‘lsa, bu xonadagi havoning massasini aniqlang.(1 m3 havo massasi 1,3 kg)
Yechish:
Sinf xonasining hajmini topamiz, ya‘ni xonaning uchta o‘lchovini ko‘paytiramiz.
8 x 5 x 3 = 120 м3
Havoning massasini topamiz, ya‘ni sinf xonaning hajmini
120 м3 x 1,3 kg =156 kg
Demak, sinf xonasidagi havoning massasi 156 kg.
1-masala: Yuqoriga ko‘tarilgan sari havo bosimining kamayishiga doir masala: Toshkentda havo bosimi 720 mm simob ustuniga teng bo‘lsa, balandligi 3309 metr bo‘lgan Katta Chimyon cho‘qqisidagi atmosfera bosimini hisoblang.
Yechish:
100 metr – 10 mm
3309 metr – X
720 mm – 331 mm = 389 mm
Mavzular bo‘yicha bunday mashq va masalalarni ko‘plab keltirish mumkin. Ana shunday mashq va masalalarni bajarish yo‘llari darsliklarda ko‘rsatilsa, o‘quvchilar egallagan nazariy bilimlariga tayanib, u yoki bu masalani bajarish tartibini namoyish etishi, u yoki bu masalani yechishda o‘z yo‘llarini izlashi mumkin.
Xulosa
Xulosa qilib shuni aytmoqchimanki, dars-bu ijodkorlik, faqat o‘qituvchi uchun emas, balki o‘quvchi uchun ham ijodkorlikdir. O‘quvchilarni ijodkorlikka o‘rgatishda olgan nazariy bilimlarini amalda qo‘llashlariga imkoniyat yaratishda qiziqarli, vaziyatli masalalar berish orqali, ular ushbu mavzularni o‘zlashtirishga erishadi.
Bu o‘rinda shuni ta’kidlamoqchimanki, o‘qituvchining metodikasi, ijodkorligi, qo‘llayotgan usullari, shakl va vositalari, o‘quvchilar bilan hamkorlikda ishlashi, eng muhimi berayotgan bilimiga bolalarga bo‘lgan muhabbatini qo‘sha olsa, albatta, o‘qituvchi o‘z maqsadiga erishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |