M a’ r u z a l a r m a t n i.
1-MAVZUNING QISQACHA BAYONI.
Global o`zgarishlar va yoshlarning ma`naviy-ma`rifiy tarbiyasi samaradorligini oshirish zarurati.
1.1 Bugungi dunyoning mafkuraviy manzarasini belgilaydigan omillar. Globallashuv jarayonlari.
XX asr so’ngida ikki qarama-qarshi qutbli dunyoning barham topishi davrimizning mafkuraviy manzarasini tubdan o’zgartirib yubordi. Bu davr, muhtaram Prezidentimizning iboralari bilan aytganda, mafkura poligonlari yadro poligonlaridan ham kuchli bo’lib borayotgan davrdir.
Er yuzining turli mintaqalari xalqlarining ongi va qalbi turli g’oyalarni sinash maydoniga, ya’ni mafkuraviy poligonga aylantirilmoqda. Hozirgi kunda dunyoda 252 ta davlat mavjud bo’lib, aholi soni 7 milliardga yetdi. Lekin insoniyat XX asr oxiriga kelib bir qator chegara bilmaydigan muammolarga duch keldi. Bu muammolarni mashg’ulot ishtirokchilari «Klaster» usuli orqali guruhlarda ishlab chiqishlari mumkin.
Prezident I.Karimovning O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma bir yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimda quydagicha ta’kidlaganidek, «XXI asr – shiddatkor tezliklar asri, axborot va axborot texnologiyalari asri, intellektual resurslar, yuksak texnologiya va zamonaviy bilimlar insoniyat taraqqiyotining asosiy va hal qiluvchi omiliga aylanayotgan davrdir»1.
Globallashuv - turli mamlakatlar iqtisodi, madaniyati, ma’naviyati, odamlari o’rtasidagi o’zaro ta’sir va bog’liqlikning kuchayishidir. Globallashuvga berilgan ta’riflar juda ko’p. Frantsuz tadqiqotchisi B.Bandi ta’rifida globallashuv jarayonining 3 o’lchovli ekaniga urg’u beriladi:
1. Globallashuv - muttasil davom etadigan tarixiy jarayon.
2. Globallashuv - jahonning gomogenlashuvi (bir jinsli) va universallashuvi jarayoni.
3. Globallashuv - milliy chegaralarning «yuvilib ketish» jarayoni.
Amerikalik olim T.Fridmanning globallashuvni “sovuq urush tizimini” almashtirgan yangi tizim”, degan fikriga qo’shilish mumkin.2 “Globallashuvning hozirgi davrdagi avj olishi, insoniyat va uning ulug’ qadriyatlaridan biri bo’lgan millatni, milliy ma’naviyatni barbod qilish hamda uni “ommaviy ma’naviyat” bilan almashtirishdagi ta’siri qudratli amaliyot darajasiga ko’tarilishini hisobga olganimizda olimning fikriga qo’shilmaslikning iloji yo’q.U fikr yuritayotgan sovuq urush”ni almashtirgan yangi tizimning mohiyati shundaki, haqiqatan ham, insonlar hozirgi davrga kelib, ikki tizim o’rtasida kechkan sovuq urush davriga qaraganda yangig’yangi xavotirlar muhitida zamoniga yashashga majbur bo’lmoqdalar. Bu endi ikki tizim o’rtasida emas balki g’oyalar va mafkuralar o’rtasida inson ongi, dunyoqarashi, qalbi uchun bo’ladigan kurashni o’zida ifoda ettiruvchi yangi tizimdir. Ana shu tizimning yuzaga kelishi insoniyat taraqqiyotini yangi o’zanga yo’naltirayotgan yangi inqilobdir”3.
Globallashuvning taraqqiy qilgan mamlakatlarga yaratib berayotgan “marhamati”-qashshoq mamlakatlarni ularga bog’lab qo’yishning qaramlikka aylanishga olib boruvchi yo’li, deyishimiz mumkin.
Dunyoda globallashuv, axborot oqimining tezlashuvi va intensivlashuvi, universal texnologiyalar bilan bog’liq umumbashariy jarayonlar jadallashib bormoqdi. Bunday sharoitda mafkuraviy vositalar orqali o’z ta’sir doirasini kengaytirishga intilayotgan siyosiy kuchlar va harakatlar ham yo’q emas. Tajovuzkor millatchilik va shovinizm, neofashizm va fundamentalizm, irqchilik va diniy eksteremizm mafkuralari shular jumlasidandir. Natijada dunyoda inson qalbi va ongini egallash uchun kurash tobora kuchayib bormoqda. Bu hol bugungi kunda dunyoning mafkuraviy manzarasini belgilab bermoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |