196
hamda 2011-yil 13-aprelda qabull qilingan “Axborot-kutubxona faoliyati to`g`risida”gi Qonun
asosida zamonaviy talablarni hisobga olgan holda kutubxona tarmog`ini tashkil qilishni
takomillashtirish, yosh avlodning intelektual ehtiyojlarini qondirishga, madaniy, ma’naviy-ahloqiy
qadriyatlarni saqlab qolishga yo`naltirilgan prinsipial yangi axborot markazlarini barpo etish,
shuningdek aholini yanada kengroq va tizimli axborot bilan ta’minlash uchun zarur shart sharoitlar
yaratish vazifasini, sohada tub o`zgarishlarni
amalga oshirish, mavjud muammolarni ijobiy hal
qilish vazifalarini kun tartibiga qo`ydi.
Bugungi kunda zamonaviy talablarga ko`ra viloyatlarda faoliyat yuritayotgan axborot-
kutubxona
markazlari, axborot-resurs markazlari, hududiy tayanch axborot-resurs markazlarida
kitobxonlarga axborot texnologiyalari asosida xizmat ko`rsatishning bir qancha turlaridan
foydalanish yo`lga qo`yilgan. Masalan:
- so`rov asosida axborotlar to`plash va taqdim etish;
-kutubxonalarda bo`ladigan o`zgarishlar, yangiliklarni kutubxonalar
saytlariga kiritish
orqali kitobxonlarga yetkazish;
-yangi kelgan kitobxonlar bilan ishlash, kutubxonaga a’zo qilish, Internet ma’lumotlari,
axborotlar izlashda yordam berish va to`g`ri yo`l ko`rsatish;
-yangi kelgan nashrlarning oylik ko`rgazmalarini uyushtirish;
Nusxalarni ko`chirish, ko`paytirish, kamyob va noyob nashrlarning skanerlash orqali elektron
nusxalarini yaratish va boshqa xizmatlar tashkil qilindi.
Axborot-kutubxona markazlari va axborot-resurs markazlari faoliyatini rivojlantirish va
bevosita kutubxona texnologiyalarini takomillashtirish, elektron
kutubxonalarni yaratish,
kutubxona jarayonlarini avtomatlashtirishni, ilg`or texnika va texnologiyalarni kutubxonalar
faoliyatiga tadbiq qilish, kutubxonachilik xizmati sifati va samaradorligini oshirishni taqazo etadi.
Bu borada kutubxonalarda xalqaro talablarga javob beradigan avtomatlashtiruvchi tizim
asosida elektron katalog bazasini shakllantirish, mustaqil ravishda elektron bibliografik resurslarini
yaratish, fondlarni to`ldirish, to`liq matnli ma’lumotlar bazasini shakllantirish ya’ni
raqamlashtirilgan holda yaratish, kitobxonlarga taqdim etish kabi bir qator ishlarni tashkil qilish,
jarayonlari olib borilmoqda
Kutubxonalar texnologiyalarini avtomatlashtirilishdan ko`zlanayotgan asosiy maqsadlar:
-xizmat ko`rsatish turlarini kengaytirish va kitobxonlar ehtiyojini yanada to`liq
qondirish
asosida foydalanuvchilarga xizmat ko`rsatish sifatini yuksaltirish;
-kutubxonadan foydalanuvchilar va kutubxona xodimlarining mehnat qilishlari uchun qulay
shart-sharoitlar yaratish ;
-fondlarni saqlash va ulardan foydalanish samaradorligini oshirish;
-kutubxona xodimlarini katalog, kartotekalar, turli buyurtmalarni,
xatlarni, hisobotlarni
tayyorlash, bibliografik ro`yxatlar tuzish va boshqa bir qator vazifalarni bajarishdan ozod qilish va
boshqalar.
Kutubxonadagi asosiy texnologik jarayonlarni avtomatlashtirilish quyidagi inkoniyatlarni
yaratadi:
-axborot qidiruv tezligini oshirish;
- bazaga ma’lumotlarni bir marotaba kiritish va ulardan hujjatlarni qidirishda ko`p maqsadli
foydalanish;
-tanlangan axborotlarni bosib chiqarish;
-ma’lumotlar massivlarini boshqa foydalanuvchilarga uzatish;
-nashrlarni tayyorlash va boshqalar.
Bugungi kunda fan, madaniyat va ta’lim ehtiyoji uchun samarali
kutubxona-axborot xizmati
ko`rsatishga elektron va avtomatlashtirilgan kutubxonalar tashkil etish muhim o`rin tutadi.
Foydalanuvchilarga axborot-kutubxona xizmati ko`rsatishda asosiy e’tibor yakka, ommaviy va
axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda xizmat ko`rsatish shakllari va
usullarini o`zlashtirish, uni samaradorligini oshirish yo`llarini egallash zaruratini keltirib
chiqaradi.Bunday xizmat shakllarini nafaqat yirik kutubxonalari, oily ta’lim muassasasi axborot-
197
resurs markazlari, Viloyat axborot-kutubxona markazlari, axborot-resurs markazlarida, balki
umumta’lim maktab kutubxonalarida ham tashkil qilish zaruratini keltirib chiqaradi.
Xulosa qilib aytganda, axborot-kutubxona markazlarida axborot-kommunikatsiya xizmati
ko`rsatish bir tarafdan texnologik jarayonlardan iborat bo`lsa, ikkinchi tarafdan bu ishlar ijodiy,
pedagogik, psixologik xarakterga egadir. Axborot-kutubxona xizmatini
takomillashtirishdan
maqsad, axborot-kutubxona muassasalarida keng aholi va jamoatchilikka tezkor axborot xizmatini
tashkil qilish, kutubxona faoliyatida samaradorlikka erishish, kishilarni rad javobisiz axborot-
kutubxona muassasalari va kutubxona xodimlari xizmatidan bahramand qilishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: