202
rivojlantirishda, amaliy tayyorgarligini mustaxkamlashda o’qitish vositalarining ana shu turlaridan
maqsadli foydalanishi muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.
Ma’lumki, vositalarning ta’limdagi maqsadlaridan biri axborotni o’quvchilarga yetkazishda
ta’limning ko’rgazmaliligini ta’minlashidir. O’quvchilarga ta’lim berish jarayonida ularning barcha
sezgi organlariga ta’sir etgan holda olib borish, ularda o’zlashtirilgan bilim va axborotlarni uzoq vaqt
davomida eslab qolishlari uchun axborot- kommunikatsiya texnologiyalari hamda ko’rgazmali
metodlardan samarali foydalanishdir.
Kasbiy ta’limda “Tikuvchilik” sohasini oladigan bo’lsak, bitta kiyim yaratish uchun birgina Gerber
sistemasi tarkibida “Konstruktor”, “Siluet”, integrallashgan, avtomatik rejimda ishlay oladigan “
AccuMark” nomli joylashma moduli, “Vision Fashion Studio”
dizayn moduli, uch o’lchamli
obyektlarni vizual ko’rinishda tasvirlovchi V-Stitcher kabi
maxsus programma modullari mavjud.
“Konstruktor” – andoza konturlarini konstruksiyalash uchun modul. “Siluet” – andoza
konturlarini konstruktiv modellashtirish uchun modul. “AccuMark” – andozalarning
avtomatlashtirilgan joylashmalarini bajarish.
Tikuvchilik uchun mo’ljallangan maxsus konstruksiyalash sistemalarining asosiy funksiyalari:
Andozalarni baza yordamida
qurish va saqlash;
Bazali konstruksiyani loyihalash va qurish;
Tayyor andozalarni kiritish, ularni tekshirish va o’zgartirish;
Boshqa CAD sistemalarda (buyurtma sxemasi asosida) yaratilgan andozalarni loyihalash;
Konstruksiyani
modellash,
Andozalarni ko’paytirish (avra, astar va qotirma andozalar);
Andozalrni ko’rikdan o’tkazish;
Texnik xujjatlarni tayyorlash va rasmiylashtirish;
Vaqt sarfini xisoblash.
Libos yaratish uchun avval uning o’lcham asosida andozasi tayyorlab olinadi. Ana shu andozalarni
ham AKT lar orqali yaratsak bo’ladi. Masalan: Andozalarni kompyuter orqali qurish. CAD
sistemalari andozalarni kompyuterda ifodalash va saqlashning 2 xil usuli bilan farqlanadi: parametrik
tizimlar va noparametrik tizimlar. Parametrik usullar vositasida andozalarni kompyuterda tasvirlash
va saqlash uchun maxsus formallashtirish vositalaridan foydalaniladi.
Formallashtirish 1) approksimatsiya usullari yordamida andoza konturlarini qulay va ixcham
ko’rinishda ifodalash; 2) yassi holdagi andoza konturlarini bir shakldan ikkinchisiga o’zgartirish
masalalaridan iborat bo’lib, turli geometrik funksiyalar yordamida kontur chiziqlarini kichraytirish,
og’dirish,
kontur qismlarini kesib olish, uning oynali aks tasvirini olish kabilar.
Yuqoridagi gaplarni og’zaki aytib o’quvchilarga yetkazsak ham bo’ladi, lekin uni amalda
ko’rsatsak o’quvchilarga yanada tushunarli va qiziqarli bo’ladi.
Har bir fanni boshqa bir fanga bog’lab o’rgansa yana ham oson bo’ladi. Tikuvchilik sohasini aniq
fanlar geometriya, matematika bilan bog’liq tomonlari mavjud. Andoza olishda uning konturlari turli
murakkablikdagi egri va to’g’ri chiziqlar yig’indisidan tuzilgan. Masalan: yeng o’mizi chizig’i shakli,
yeng qiyamasi shakli, klyosh yubkaning etak chizig’i shakli turli egri chiziqli funksiyalar bilan
ifodalanadi, chunki ularning egrilik darajasi turlichadir. Shu sababli butun
andoza konturini bitta
formula vositasida ifodalash qiyin. Andoza konturi chiziqlarini ifodalash uchun bo’lakli-analitik va
bo’lakli- yoyli matematik model qo’llaniladi. Bu holda konturlari turli funksional bog’lanishga ega
bo’lgan chiziqlarning yig’indisi bilan approksimatsiya qilinadi.
Yassi holdagi andoza konturlarini bir shakldan ikkinchisiga o’zgartirish nuqta va chiziqlarning turli
qonuniyatlar asosida bir joydan ikkinchi joyga siljishi jarayonlarini formallashtirish yani matematik
ifodalash orqali bajariladi.
Biz dars jarayonida yuqorida aytilganlarning hammasini qo’lda bajarsak ham bo’ladi, o’quvchilarni
qiziqtirish hamda kompyuter orqali qanday andoza tayyorlanishi, qanday libos yaratilishini AKT lar
orqali ko’rsatsak undan ham yaxshi bo’ladi. Quyidagi jadvalda Tikuvchilik amaliyotida
qo’llaniladigan didaktik materiallar keltirilgan:
203
Yuqoridagi ma’lumotlardan ko’rinib turibdiki, agar biz pedagoglar amaliy fanlarni Ko’rgazmali
metodlar hamda AKT lardan foydalanib, yuqoridagi programmalar orqali dars o’tsak o’quvchilarni
ixtisoslik fanlarga bo’lgan qiziqishini orttirgan va mamlakatimiz uchun kerakli kadrlarni yetishtirib
bergan bo’lamiz.
Ta’lim sifati va samaradorligini ta’minlashda ko’rgazmali metodlar ham alohida ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: