QADIMGI XORAZM MUDOFAA INSHOOTLARINING ASOSIY XUSUSIYTLARI
Rajapov M., UrDU magistranti
Vatanimiz hududi ko`plab arxeologik va qadimgi manzilgohlarga boy o`lka hisoblanadi.
Qadim davrlardan bu hududlarda odamlarning manzilgohlari shakllanib to hozirgi kunga qadar
ularning ko`pchiligi saqlanib qolgan. Aholi yashaydigan manzilohlarni, shahar va qishloqlarni
himoya qilish maqsadida mudofaa inshootlari qurilgan. Ilmiy tilda bunday turdagi binolarni
fortifikatsiya deb atash ham mumkin. Umuman mudofaa maqsadida qurilgan har qanday
binolarg fortifikatsiya atamasini qo`llaymiz. Arxeologik tadqiqotlar natijasidan shu narsa
ma`lumki, fortifikatsiya qurish an`anasining boshlanish nuqtasi Bronza davriga borib taqaladi.
Mudofaa istehkomlarining harbiy san`at darajasida qaror topishi taxminan mill. avv. I
mingyilliklar o`rtalariga to`g`ri keladi
108
. Aynan shu davrda muntazam burj va shinaklari bo`lgan
harbiy istehkomlar qurila boshlangan. Dastlabki davrda mudofaa devorlar va minoralar u qadar
mustahkam bo`lmagan. Devorlarni buzadigan harbiy qurollarning ixtiro qilinishi natijasida
istehkom va minoralar mustahkam , devorlari esa qalin qilib qilib qurilgan. Asosiy qurilish
materillari sifatida paxsa va xom g`ishtdan ishltilgvn bo`lib, yarim aylana va to`g`ri burchakli
minoralar bilan mustahkamlangan.
Harbiy arxitektura uzoq, muddat xizmat qiladigan harbiy istehkomlar tipiga oid boʻlib,
ulardan koʻzlangan maqsad mudofaani, ayniqsa, davlatning strategik jihatdan muhim punktlari
mudofaasini kuchaytirishdan iborat boʻlgan. Shuning uchun biron-bir obyekt xavfsizligi
toʻgʻrisida qal‘a devorini koʻtarmasdan oldin, unga joy tanlashdayoq, puxta qilingan. Shu
munosabat bilan bunday obyektlar binokorlari mudofaa inshootlari chegaralari sifatida tabiiy
toʻsiqlar (daryolar, kanallar, tepaliklar, gʻorlarning tik yonbgʻrirlari)dan foydalanishga
intilishgan. Joyning toʻgri tanlanishi qal‘aning bir, ikki tomondan, bazida hamma tomondan
himoya qilinishini ta‘minlardi. Ustyurt terrasasidan birida joylashgan Katta Oybuyirqal‘a uch
tomondan devor bilan oʻrab olingan, jarga yondashgan toʻrtinchi - janubiy tomon esa tabiiy
108
Зияева Д.Х. Ўзбекистонда ҳарбий иш тарихидан. –Т.: Шарқ, 2012, 29-бет
88
himoyaga ega boʻlgani uchun devor yoʻq
109
. Arxeologiya ishi dalolat berishicha, qadimgi
Xorazmdagi tekislikda barpo etilgan deyarli barcha istehkomli inshootlar xandak, bilan oʻrab
olingan. Masalan, Qoʻyqirilganqal‘ada uning tashqi devori ortida, unga juda yaqin joyda q
al‘ani aylanasi boʻylab toʻliq, oʻrab olgan, suv toʻldirilgan xandak, boʻlgan. Qadimgi
Xorazm mudofaa tizimiga xos elementlardan biri boʻlgan proteyxizma Qoʻyqirilganqal‘ada,
Xivadagi Tuproqqal‘ada, Govurqal‘ada, Shovotdagi Tuproqal‘ada, Katta Oybuyirqal‘ada, Ichan
qal‘ada (Xiva), Qal‘ajikda, Burliqal‘ada, Katta Qirqqizqal‘ada, Qoʻrgʻoshinqal‘ada va boshqa
hudud yodgorliklari orqali o`rganilgan
110
. Proteyxizmalar, odatda, qal‘a devoridan tashqarida 2-
20 m masofada paxsa yoki xom gishtdan qurilgan. Proteyxizma bilan asosiy qal‘a devori
oʻrtasida boʻshliq, boʻlib, extimol, uning strategik vazifasi ham boʻlgandir. Bu devor qal‘a
devori poydevorini devor- teshar mashinalardan himoya qilgan, hujumchilarni qal‘aning asosiy
devori oldida ovora qilib qoʻyishga xizmat qilgandir. Bunday hollarda, qal‘aning asosiy
devoriga etib kelish uchun yov proteyxizmadan oʻtishi lozim boʻlgan.
Devor mudofaa tizimida eng muhim joy boʻlib, u nafaqat toʻsiq, balki asosiy jangovar
sarxad hamdir. Devor harbiy istehkomning bir qator muxim elementlaridan tarkib topib, boʻlar,
jumladan, asos, devorning oʻzi, valgang, oʻqdan saqlanish toʻsigʻi, pilyastr, kontrfors
(gʻisht tirgovich), shinak, burj, darvoza va boshqalardir. Oraligʻida otish yoʻlagi boʻlgan
qoʻshdevor qadimgi Xorazm harbiy me‘morchiligiga eng koʻp darajada xos boʻlgan
hodisadir. Ilk arxaik istehkomlarda antik mudofaa qurilmalarining eng zarur elementlaridan biri -
asos (sokol) boʻlmagan. Mudofaa inshootlarining navbatdagi juda muxim elementa burjdir.
Burj qal‘a devorlari perimetri boʻylab, odatda, devordan balandroq boʻlib, tashqariga turtib
chiqqan. Burjlar joylashgan tarxdga koʻra har xil tipda: toʻgʻi burchak, kvadrat va oval
shaklda boʻlgan. Ular orasida tarxi yarim oval shakldagi burjlar eng qadimgi tiplarga kiradi.
Bunday burjlar Koʻzaliqirning quyi satxida ma‘lum
111
. Xorazmning ilk arxaik davridagi
shinaklar Koʻzaliqir shahristonida mavjud boʻlgan . Bu yerda shinaklar paxsada bir-biridan 2
m masofada ochilgan va qavat darajasida shaxmat tartibida joylashgan. Qadimgi Xorazmning
ayrim qal‘alarida, shinaklar va yorugʻlik tuynuklaridan tashqari, ajabtovur tuynuklar - toqlar
saqlanib qolgan. Ular, masalan, Anqaqal‘ada qayd etilgan. Bu yerda burjlar oraliridagi har bir
devorda ikkitadan toq, joylashgan.
Tuynuklarning barchasi devorniki bilan bir xil terilgan oʻlchamdagi gʻishtlardan
terilgan. Shu kabi tuynuk Ayozqal‘a 1 shimoliy devorida ham topilgan, u ham yarimdoira toq
shaklida. Darvozalar harbiy jixatdan doimo aloxida e‘tiborni tortgan. Qadimgi Xorazm qal‘alari
tarxi tuzilishining taxlili darvoza qurilmalarining uch guruhini ajratish uchun asos beradi: 1-
peshdarvoza adashtirma yoʻli (labirinti); 2 –peshdarvoza burjlari; 3 – qoʻshimcha qurilmalarsiz
oddiy tip. Birinchi tip eng koʻp yoyilgan. Ayrim istehkomlarda darvozaga yaqinlashish pandus
(nishab yoʻlka) vositasida qiyinlashtirilgan. Pandusli joylarda dushman qal‘a devori boʻylab
harakatlanar ekan, himoyasiz qolgan yonboshini oʻqqa tutib berishga majbur boʻlgan. Pandus
Xivadagi ilk qanxxa davriga oid Tuproqqal‘a peshdarvoza istehkomida topilgan.
Qoʻrgʻoshinqal‘ada tuproqdan koʻtarilgan pandus qoldigʻi qayd etilgan. Kirish joyi pandus
bilan boshqacha jixatdan ham jixozlangan. Masalan, Qoʻyqirilganqal‘ada markaziy binoga yetib
borish uchun pandus orqali oʻtish zarur boʻlgan, u qal‘aga kiriladigan asosiy joydan boshlanib,
109
Хожаниязов Г. Фортификация древнего Хорезма. – Нукус; 1996 52-С
110
Хожаниязов Г. Кзилкала (работы 1981-1982 гг.) // Археология Приаралья. Вып.З. – Ташкент: ―Фан
‖ ,
1986. C.54.
111
Толстов С.П. Древний Хорезм. – Москва: ―Наука
‖ , 1948.C. 52.
89
34 m uzunlikda davom etgan. Markaziy binoga kirish yoʻli pandus bilan, aftidan, koʻtarma
koʻprik orqali bogʻlangan. Tuproqqal‘ada shahristonida pandusning boshqacha varianti
koʻzga tashlanadi. Xovliga shahar tarafdan kvadrat shakldagi katta burj orqali kirilgan. Burjga
materik satxidan gʻisht zina orqali chiqilgan. Qadimgi Xorazm qal‘a darvozalariga yetib borish
ba‘zan tabiiy «panduslar» yordamida mushkullashtirilgan Xorazmda qal‘a darvozalarini pandus
bilan jixozlash ilk oʻrta asrlarda ham qoʻllanilgan.
Mudofaa istehkomlarini barpo etishda loyosimon sogʻtuproq, asosiy qurilish materiali
boʻlgan, undan paxsa yoki xom gʻisht tayyorlangan. Sogʻ tuproqdan, shuningdek, qurilish
qorishmasi yoki devorni suvash uchun loy tayyorlangan. Paxsa devor juda yuqori sifatli
materialdan qilingan, unda yoriqlar yo boʻlmagan yoki sezilar-sezilmas boʻlgan. Paxsa asosan
devorning tub qismlari (asos)da ishlatilgan, gʻishtdan esa devorning oʻzi, gumbazlar
koʻtarilgan. Ba‘zan platformaga xom gʻisht terilgan. Qadimgi Xorazm binokorlik ishida
zilzilaga qarshi hususiyatga ega eng qadimgi tarxlash tuzilmasi boʻlganligi aniqlangan.
Qurilishda tabiiy tepaliklardan foydalanilgan Inshootlar asosini qum- paxsa yoki qum-gʻisht
bilan koʻtarish qadimgi Xorazm binokorlik ishining uziga xos hususiyati boʻlib, qumtepalarda
imorat qurish boʻyicha ibtidoiy ananalar bilan bogʻliq. Qadimgi Xorazm binokorlik ishida
haddan tashqari kamyob yogʻochdan bino konstruksiyasining usiz ish bitmaydigan joyida -
ustun, toʻsin sifatida, eshik va qal‘a darvozasini yasashda foydalanilgan. Ba‘zan qal‘a devorini
mustahkamlash uchun gʻisht qatorlari orasiga ham yo gʻoch tashlangan.Qadimgi Xorazm
binokorlik ishida toshdan juda cheklangan holda foydalanilgan. Kvadrat shakldagi gʻishtga
oʻtilishini, extimol, Xorazm binokorlik ishiga ahomaniylar qurilish texnikasining ta‘siri bilan
izohlash mumkindir
112
Do'stlaringiz bilan baham: |