Ўзбекистон республикаси фанлар академияси



Download 2,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/141
Sana24.02.2022
Hajmi2,9 Mb.
#240033
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   141
Bog'liq
ortiqov-4118---9225-1-2-20200929

Адабиѐтлар: 
1. Толстов С.П. Древний Хорезм. – М.: Наука, 1948. 
2. По следам древнехорезмийской цивилизации. – М., -Л.: Наука, 1948. 
3. Кой-крилган-кала памятник культуры древнего Хорезма IV в до н.э – IV в н.э / Тр 
ХАЭЭ Т-V, – М.: Наука, 1967. 
4. Толстов С.П. По древним дельтам Окса и Яксарта. – М.: Наука, 1962. 
5. Жабборов И. Юксак маданият ва ноѐб маънавият маскани. – Тошкент: 
―Ўзбекистон‖, 2012. 
 
XORAZM ANTIK DAVR JAMIYATIDA TOVAR-PUL MUNOSABATLARI TARIXIGA 
DOIR BA`ZI MASALALAR 
 
Yusupov A., UrDU Tarix kafedrasi o`qituvchisi 
 
Geologik tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, O‘rta Osiyoning osmono‘par tog‘laridan 
boshlangann jilg‘alar suvlarini qamrab olgan Amudaryo Surxon vohasiga yo‘nalishida turli 
jinslarni olib Zaungizi Qoraqumidan Orol dengizi janubiy soxiligacha bo‘lgan sarxadda ‘‘ilon 
izi‘‘timsolida Qoraqum markazida ‖ tentirashi‖davomida suv satxining ko‘tarilishi va pasayishi, 
yer osti tebranishlari natijasida to'rtlamchi geologik davr mobaynida Xorazm vohasi tekisligi 
rang- barang holda shakllangan.[ 1.1981.с.73] 
Arxeologik izlanishlar natijalariga ko‘ra, miloddan avvalgi V-IV ming yilliklarda quyi 
Amudaryo havzasi insoniyat tomonidan o‘zlashtirilib, etnik makonga aylangan edi. Mazkur 
jarayon keyingi tarixiy davrlarda ham davom etib, iqtisodiy va madaniy rivojlanish jarayonida 
moddiy ashyolarni ayriboshlash yo‘li bilan qo‘shni hududlarda turmush tarzini olib borgan 


83 
qabilalar bilan qadimgi iqtisodiy aloqalarni yo‘lga qo‘yganlar.Tanga pulning zarb qilinishi va 
ularning xo‘jalikning barcha sohalariga kirib borishi jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida 
muhim o‘rin egallash bilan birga, markazlashgan davlatning mavjudligini namoyon qiladi. Tanga 
pullar muomalaga jalb qilinishi bilan jamiyat quyidagicha manzaraga ega bo‘lgan:
1. Markazlashgan davlatning ichki siyosatida pul munosabatlarining olib borilishi; 
2. Mamlakat boshqarish tizimida yakka shaxs hukmronligini izohlashi; 
3. Ichki savdoning rivojlanishiga imkon yaratishi;
4. Tashqi dunyo bilan savdo munosabatlarida aloqa vositasida namoyon bo‘lishi; 
5. Ayrim shaxslarning iqtisodiy jihatdan mavqesining oshishiga yordam berishi; 
6. Iqtisodiy jihatdan baquvvat kishilar o‘z manfaatlarini qondirish yo‘lida pulga mehr qo‘yishi; 
7. Pul o‘zining sehrgarligi bilan mamlakat aholi o‘rtasida o‘zaro qarama-qarshiliklarga olib 
kelishi; 
8. Jamiyatda mavjud bo‘lgan ijtimoiy kuchlar manfaatlarining bir biriga zid bo‘lishida pul 
vosita sifatida xizmat qilishi; 
Tanga pullar jamiyatning iqtisodiy jihatdan rivojlanishida kishilar o‘rtasida azaldan 
shakllangan munosabatlarning keskinlashishiga zamin yaratgan. Tanga pullarning zarb qilinishi, 
xo‘jalikda muomalada bo‘lishining tarixiy ildizlari Kichik Osiyo xalqlari tarixi bilan bo‘g‘liq. 
Tarixiy ma‘lumotlarga ko‘ra, miloddan avvalgi VII asrda Kichik Osiyo aholisi ilk bor 
tanga-pulni ichki savdo ishlarida qo‘llaganlar. Lidiya podshosi Kreze oltin va kumush 
aralashmasidan,keyinchalik esa kumush tangani zarb qildirgan. Miloddan avvalgi VI asrda Kreze 
sof oltindan tanga pulni zarb qildirgan. Lidiya tangalaridan yunon shaharlar-davlatlari ichki va 
tashqi savdoda keng foydalanganlar.[2.1988.с.191] 
Miloddan avvalgi VI asrda Kavkazda vujudga kelgan Kolhida davlatida tangani zarb 
qilish yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, u tarix fanida ―kolhidaka‖ nomini olgan. Miloddan avvalgi V-III 
asrlarda zarb qilingan tangalarning old qismida podsho rasmi,teskari tomonida esa ho‘kiz boshi 
tasvirlangan.Shu tariqa yuqorida qayd qilingan tarixiy sanalarida Kolhida mustaqil davlat sifatida 
tovor-pul munosabatlarini yo‘lga qo‘ygan.[ 3.1988.с.204-205.] 
Geradotning asarida qayd qilinishicha, Ahamon podshosi Doro I tomonidan tashkil 
qilingan 20 ta satraplikning 3 tasi O‘rta Osiyoning dehqonchilik mintaqalariga tegishli bo‘lgan. 
Ahamon podsholari olib borgan soliq siyosatiga binoan Xorazm, Parfiya, So‘g‘d va Oriylar XVI 
satraplikni tashkil etgan 300 talant miqdorida soliq to‘laganlar.[ 4.1972.b.93.] 
Miloddan avvalgi 517-yilda Doro I mamlakatda tovar-pul munosabatlarini rivojlantirish 
maqsadida pul islohotini amalga oshirdi. U butun mamlakat uchun yagona oltin tangani joriy 
qildi, uning og‘irligi 8.4 gr bo‘lgan. Mazkur tanga ―darik‖atamasida jahon savdosida yetakchi 
bo‘lgan. Shu bilan birga Kichik Osiyo satrapliklarida 5.6 gr og‘irlikda kumush tangalar zarb 
qilingan. Miloddan avvalgi VI-V asrlarda Ahamon tangalariga qaraganda Old Osiyo hududlarida 
yunon kumush tangalari keng suratda muomalada bo‘lgan. Doro I tomonidan mamlakatda pul 
islohoti o‘tkazilgan bo‘lsa ham hududlaridan olingan soliq turi moddiy shaklda bo‘lgan. Persepol 
devoridagi bo‘rtma rasmlarning o‘n yettinchi qatorini egallagan Xorazmliklar vakili qo‘lida 
dudama xanjar, harbiy bolta, bilaguzuk va jayran soliq sifatida olib kelishi tasvirlangan.
Sug‘diy baxtariylar vakillari qo‘llarida ham moddiy ashyolarni olib borish aks etgan. S.P 
Tolstov rahbarligidagi Xorazm arxeologiya-etnografiya ekspeditsiyasi xodimlarining Amudaryo 
o‘ng va so‘l sarhadlarida o‘troq aholi tomonidan bunyod qilingan shaharcha va shaharda olib 
borilgan arxeologik izlanishlar natijasida olingan tangalar qadimgi va ilk o‘rta asrlarda 


84 
ajdodlarimiz tomonidan tovar-pul munosabatlarining rivojlantirilishini o‘rganishda nazariy 
manba bo‘lib xizmat qiladi. Mil.avv. IV asrda Xorazmni boshqargan Farazman avlodlari 
mil.avv.II-I asrlardan boshlab Yunon-baktriya podshosi tangalarini takrorlaydigan tangalarni 
zarb qildirganlar. Xorazm davlatining siyosiy markazi bo‘lgan Tuproqqal‘ada olib borilgan 
qazishmalar jarayonida Yevkratid rasmi tushirilgan tangaga o‘xshash tangalarni milloddan 
avvalgi III asrgacha Xorazmda zarb qilingan kumush tangalarga e‘tiborni qaratgan .
Tarixiy ma‘lumotlarga ko‘ra Odamliqal‘a , Anqaqal‘a Ayozqal‘a-I, Ayozqal‘a-III, 
Bozorqal‘a, Burgutqal‘a, Dingirja, Qavatqal‘a kabi yodgorliklar atrofidan Kanishka,Vasudeva 
podsholari tasviri tushirilgan tangalar Jildikqal‘a, Dumanqal‘alar atroflaridan Yevkratid tangasi 
topilgan.[ 5.1964.с.125-132.]
Shu tariqa yuqorida keltirilgan tarixiy ma‘lumotlardan kelib chiqib quyidagi yakuniy 
xulosaga kelishga imkonini berdi. Miloddan avvalgi II asrga kelganda Siyovushiylar sulolasi 
davrida Xorazmda tanga pullarni zarb qilishni yo‘lga qo‘ydilar.Bu esa tovor-pul 
munosabatlarining vujudga kelishi va rivojlanishiga sharoit yaratgan. Xorazm shahrcha va 
shaharlarida Kushon podsholigi tangalarining mavjudligi Xorazmning siyosiy jihatdan 
qaramligidan dalolat beradi degan fikr tadqiqotchilarda ustunlik qilar edi.Xorazmning geografik 
holati Turonning dehqonchilik mintaqalarida kechgan tarixiy-siyosiy voqealardan uzoqligini 
namoyon qilib,ushbu holatni hisobga olib siyosiy rivojlanishni mahalliy tomonidan mustaqil 
boshqarilgan.Milodiy II asrlarda Xorazmda Kushon imperiyasi podsholari rasmi tushirilgan 
tangalarga o‘xshatib zarb qilingan bo‘lsa,milodiy III asrdan boshlab,tangalar zarb qilinish 
texnalogiyasida tub o‘zgarishlar yuz bergan. Tanga-pullarning zarb qilinishi markazlashgan 
davlat mavjudligidan nishona.
Adabiyotlar: 
1. Кесь А.С. Антрoпогенное воздействие на формирование рельефа аллювиально-
дельтовых равнин Амударьи // Культура и искусство древнего Хорезма.М.:Наука. 
1981. 
2. Соловьева С.С Фригийское и Лидийское царства.// История деревнего Востока М. под 
ред.В.И.Кузищина .‖Высшая школа»,1988,c 191. 
3.Массон В.М. Ванское царство(Урарту) и государства Закавказье// История древнего 
Востока//под ред. В.И.Кузищина .‖Высшая школа», 1988, c 191. 
 4 Геродот. IX. История. 93. 
5.Толстов С.П. Датированные документы из дворца Топрак-кала и проблема ,,Эры Шака 
― и ― Эры Канишки ― ПВ , 1961 , №1.с 54-71 

Download 2,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish