Ўзбекистон республикаси аудит миллий стандарти (5-сон амс)



Download 45,63 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi45,63 Kb.
#201749
Bog'liq
to'raboyev sh

AUDITOR ISHI SIFATINI NAZORAT QILISH” O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AUDIT MILLIY STANDARTI 5-SON AMS


To'raboyev Sh

Umumiy qoidalar

1. Mazkur standart O‘zbekiston Respublikasining “Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 10-iyundagi 296-son “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis XIV sessiyasida qilgan ma’ruzasida bayon etilgan asosiy qoidalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida ishlab chiqilgan va O‘zbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini normativ tartibga solish elementi hisoblanadi.

Standartning maqsadi

2. Mazkur standartning maqsadi auditorlar ishi sifatini nazorat qilish me’yorlarini aniqlash va belgilash hisoblanadi.

Amal qilish sohasi

  • 3. Mazkur standartning talablari rasmiy auditorlik xulosasini tayyorlashni nazarda tutadigan auditni amalga oshirish paytida barcha auditorlik tashkilotlari uchun majburiy hisoblanadi, tavsiyaviy tusda ekanligi bevosita ko‘rsatilgan qoidalar bundan mustasno.
  • 4. Mazkur standart talablari, tekshiruv natijalari asosida rasmiy auditorlik xulosasi tayyorlashni ko‘zda tutmaydigan auditning amalga oshirilishida, shuningdek, auditga turdosh xizmatlar (konsalting xizmatlari) ko‘rsatilishida tavsiyaviy tusga ega bo‘ladi. Aniq topshiriqni bajarish chog‘ida mazkur standartning majburiy talablaridan chetga chiqilgan hollarda auditorlik tashkiloti buni o‘zining ish hujjatlarida hamda audit va (yoki) unga turdosh xizmatlarga buyurtma bergan xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbariyatiga beriladigan yozma hisobotda majburiy tartibda ko‘rsatib o‘tishi lozim.

Auditor ishi sifatini nazorat qilish tushunchasi

  • 5. Auditor ishi sifatini nazorat qilish auditning o‘tkazilishida va auditga turdosh xizmatlarning ko‘rsatilishida audit standartlarining va O‘zbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini tartibga solib turuvchi boshqa normativ hujjatlar talablariga rioya etilishini tekshirish uchun qo‘llaniladigan tashkiliy chora-tadbirlar, uslublar va tartib-taomillar tizimini ifodalaydi.
  • 6. Har bir auditorlik tashkiloti ish sifatini nazorat qilish prinsiplari va qoidalarini, shuningdek ularni qo‘llash tartib-taomillarini ishlab chiqishi va qabul qilishi lozim. Bu esa audit jarayonida tekshirishning umumqabul qilingan standartlari bilan qarama-qarshiliklar yuzaga kelmasligi uchun zarurdir.
  • 7. Auditor ishi sifatini nazorat qilish bir necha shakllarda amalga oshiriladi:
  • 7.1. Asosiy auditor tomonidan o‘z assistentlari ishini nazorat qilish;
  • 7.2. Auditorlik tashkiloti tomonidan auditor ishini nazorat qilish;
  • 7.3. Tashqi nazorat.

Asosiy auditorning o‘z assistentlari ishini nazorat qilishi

  • 8. Asosiy auditor audit o‘tkazilishi jarayonida assistentlar tomonidan bajarilayotgan ishlarni doimiy ravishda nazorat qilishi va yo‘naltirib turishi kerak.
  • 9. Assistent deganda asosiy auditordan professional darajasi jihatidan farq qiluvchi xodim tushuniladi.
  • 10. Assistentdan farqli o‘laroq, asosiy auditor auditning bajarilishi uchun to‘liq javobgar hisoblanadi.
  • 11. Ishlarni bajarish topshiriladigan assistentlar o‘zlarining javobgarligi va bajarishlari lozim bo‘lgan tartib-taomillarning maqsadi haqida, xo‘jalik yurituvchi subyektning faoliyati va mohiyati, o‘tkazilish vaqti va ko‘lamiga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan hisobga oid auditorlik muammolari to‘g‘risida tegishli ravishda xabardor qilingan bo‘lishlari lozim.

Auditorlik tashkilotining auditor ishini nazorat qilishi

Auditorlik tashkiloti tomonidan auditor ishining nazorat qilinishi quyidagilar orqali amalga oshiriladi:

Mijoz oldida auditorlik rejasining va audit o‘tkazish dasturining asoslanganligini muhokama qilish va tekshirish;

Tashkiliy-etika auditorlik prinsiplariga qat’iyan rioya etish (xususan, mijozga maslahatlar beruvchi yoki uning buxgalteriya hisobini tiklab berayotgan auditor, uning o‘zini tekshirish uchun yuborilmaydi va h.k.z.);

Asosiy auditor tomonidan auditorlik xulosasi berilganidan keyin auditorlik tashkilotining boshqa auditori tomonidan hisobotlarning ishonchliligini tasdiqlash maqsadida mijoz uchun bepul takroriy qayta tekshirishlarni o‘tkazish.

Tashqi nazorat

Tashqi nazorat amaldagi qonun hujjatlarida va normativ hujjatlarda nazarda tutilgan davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.

Auditor ishi sifatini nazorat qilish yo‘nalishlari

  • 14. Auditor ishi sifatini nazorat qilish ikki asosiy yo‘nalishga ega:
  • 14.1. Alohida auditorlik tekshiruvlarini nazorat qilish;
  • 14.2. Sifatni umumiy nazorat qilish.
  • 15. Alohida auditorlik tekshiruvlarini nazorat qilish quyidagi tushunchalarni o‘z ichiga oladi:
  • 15.1. Vakolatlarni berish:
  • auditorlarning mustaqilligini, professionalligini va layoqatliligini ta’minlash;
  • auditorlar uchun yetarli darajadagi harakatlar erkinligini ta’minlash;
  • auditning yozma dasturidan foydalanish.
  • 15.2. Nazorat:

E`tiboriz uchun kottAKON RAXMAT SIZNING BORINGIZGA MING SHUKR ..!
Download 45,63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish