Ўзбекистон республикаси алоқА, ахборотлаштириш ва



Download 1,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet148/177
Sana05.01.2022
Hajmi1,58 Mb.
#317970
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   177
Bog'liq
Ўзбекистон республикаси ало А, ахборотлаштириш ва

  uy xo‘jaliklari moliyasi 
–  bu pul 
mablag‘lari jamg‘armalarini shakllantirish va ishlatish bo‘yicha uy xo‘jaligi va uning alohida 
qatnashchilari o‘zining ijtimoiy-iqtisodiy faoliyati jarayonida kirishuvchi munosabatlari yig‘indisi. 
Uy xo‘jaliklari moliyasining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati uning 
funksiyalari 
orqali namoyon 
bo‘ladi. 
Uy xo‘jaliklari moliyasi quyidagi funksiyalarni bajaradi: 
1.
 
Taqsimlash; 
2.
 
Tartibga solish; 
3.
 
Nazorat; 
4.
 
Investitsiya. 
Uy xo‘jaliklari moliyasi taqsimlash funksiyasini bajarish bilan ishchi kuchining –  ishlab 
chiqarish omillaridan biri sifatida uni takror ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligini moddiy 


 
 
 
136
 
 
resurslar bilan ta’minlaydi. Aynan uy xo‘jaliklari moliyasining mana shu funksiyasi orqali har bir 
insonni hayot faoliyatini olib borish uchun zarur resurslar bilan ta’minlanishi amalga oshiriladi. 
Taqsimlash funksiyasini amal qilish 
obyekti
  uy xo‘jaligining tasarruf etadigan daromadi – 
yalpi daromadning soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar to‘langanidan keyin uy xo‘jaligining 
ixtiyorida qoladigan qismi. 
Uy xo‘jaliklari moliyasining yana bir funksiyasi 
nazorat 
hisoblanadi. Bozor munosabatlari 
sharoitida uy xo‘jaligi mustaqil xo‘jalik yurituvchi subyekt hisoblanadi, ya’ni uy xo‘jaligi 
a’zolarining hayot darajasi to‘laligicha daromadning unga tegishli ulushiga bog‘liq. Bu miqdorga 
qator omillar tahsir qiladi. Ular ta’siri ostida daromaddagi ulush ko‘payishi yoki kamayishi 
mumkin. Shuning uchun, iste’molning odatiy darajasini saqlab turish masadiga ega bo‘lgan holda, 
uy xo‘jaligi olingan daromadni turli jamg‘armalar bo‘yicha taqsimlanishi, shuningdek bu 
jamg‘armalar mablag‘laridan maqsadli foydalanish ustidan nazoratni amalga oshirmasdan ilojisi 
yo‘q.  
Uy xo‘jaligi iqtisodiyoti uning turli qatnashchilari o‘rtasidagi yetarlicha murakkab 
munosabatlari majmuiga tayanadi. Uy xo‘jaligini turli qatnashchilarining iqtisodiy manfaatlarini 
muvofiqlashtirish ularni 
tartibga solish 
orqali ta’minlanadi.  Tartibga solish deganda daromadning 
uy xo‘jaligining bir a’zoziga to‘g‘ri keladigan tegishli qismini o‘zgarish mumkinligi tushuniladi. 
Shunday qilib, uy xo‘jaliklari moliyasi yana bir muhim funksiya – 
tartibga solish 
funksiyasini ham bajaradi. U uy xo‘jaligini yagona bir butunlikda balansli rivojlanishini 
ta’minlaydi. Bunga moliyaviy resurslarni qayta taqsimlash yo‘li bilan erishilinadi. Shuni ta’kidlash 
kerakki, uy xo‘jaligi darajasida uning rivojlanishini tartibga solish, asosan, o‘zini-o‘zi tartibga 
solish bilan amalga oshiriladi. Bu jarayonda uy xo‘jaligi qatnashchilarining erkinligi davlat 
tomonidan chegaralanishi mumkin emas. 
Uy xo‘jaligi pul jamg‘armalarining zarurligi va shakllantirish usullari, ularning hajmi va 
maqsadi to‘g‘risida, ularni ishlatish vaqtlari to‘g‘risida mustaqil qaror chiqaradi. Boshqacha so‘z 
bilan aytganda, bozor iqtisodiyoti sharoitida davlat uy xo‘jaliklari egalik qilayotgan daromadlarni 
taqsimlanish jarayoniga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir qilish vositalariga ega emas. Shu bilan birgalikda, 
davlat uy xo‘jaliklari real egalik qilayotgan daromadlariga ta’sir o‘tkazishi mumkin. Uy 
xo‘jaliklarining real daromadlari uy xo‘jaliklari va davlat o‘rtasida yuzaga keladigan moliyaviy 
munosabatlar jarayonida yalpi ijtimoiy mahsulot qiymatini ko‘p marotaba taqsimlanishi va qayta 
taqsimlanishi natijasida tashkil bo‘ladi. Jismoniy shaxslar tomonidan to‘lanayotgan soliqlarning 
stavkalarini ko‘tarilishi ularning real daromadlarini kamayishiga olib keladi. Shu bilan birga, 
soliqlar orqali yig‘ilgan moliyaviy resurslar budjet orqali soliqni saqlash, ta’lim, ijtimoiy ta’minot 
sohalariga yo‘naltiriladi, natijada uy xo‘jaliklarini real daromadlarining darajasi ortadi. 
Ijtimoiy takror ishlab chiqarish tizimida uy xo‘jaliklari moliyasining muhim funksiyalaridan 
biri 
investitsiya 
funksiyasidir. U shundan iboratki, uy xo‘jaliklari iqtisodiyot uchun asosiy 
moliyaviy resurslarni yetkazib beruvchilardan biri hisoblanadi. Uy xo‘jaliklari daromadlarining 
o‘sishi mazkur funksiyani bajarilishining moddiy asosi hisoblanadi. Ko‘pincha uy xo‘jaliklarining 
investitsiya funksiyasi faqatgina kapitallashtirilayotgan daromadlar ulushi, ya’ni jamg‘arma 
(omonat) (turli moliyaviy institutlarga va real ishlab chiqarishga qo‘yilmalar) sifatida 
ishlatilayotganlar bilan bog‘lanadi. Biroq, bu yondoshuv bir tomonlama hisoblanadi. Aslida esa, 
iste’mol ulushining ortishi ham iqtisodiyotda investitsiyalarning o‘sishiga ko‘mak beruvchi omil 
hisoblanadi. 

Download 1,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish