Ўзбекистон республикаси алоқА, ахборотлаштириш ва



Download 1,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet151/177
Sana05.01.2022
Hajmi1,58 Mb.
#317970
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   177
Bog'liq
Ўзбекистон республикаси ало А, ахборотлаштириш ва

 
 
Nazorat savollari.
 
 
1.
 
Uy xo‘jaliklari moliyasini moliya tizimida alohida ajratishning zarurligi nimada? 
2.
 
Uy xo‘jaliklari qanday moliyaviy munosabatlarga kirishishlari mumkin? 
3.
 
Uy xo‘jaliklari moliyasining ijitmoiy-iqtisodiy mazmunini tushuntiring. 
4.
 
Uy xo‘jaliklari moliyasi qanday funksiyalarni bajaradi? 
5.
 
Uy xo‘jaliklarining moliyaviy resurslari tarkibiga nimalar kiradi? 
6.
 
Uy xo‘jaliklari moliyaviy resurslarining manbalari nimalar bo‘lishi mumkin? 
7.
 
Uy xo‘jaliklarining xarajatlari qanday turkumlanadi? 
 


 
 
 
139
 
 
 
 
11-mavzu. Xalqaro moliya va uning jahon taraqqiyotida tutgan o‘rni  
Reja 
 
4.
 
Xalqaro moliyaning mohiyati  
5.
 
Xalqaro tashkilotlar moliyasi va xalqaro moliyaviy institutlar 
 
  
 
1.
 
Xalqaro moliyaning mohiyati  
 
Moliya tizimining xususiyati shundaki, u nafaqat alohida olingan mamlakat yoki hududda 
yuzaga keladi va milliy sanaladi, balki xalqaro ko‘lamda ham amal qiladi hamda – 
xalqaro moliya 
tizimi deyiladi
 (qisqartmasi “xalqaro moliya”). 
Xalqaro moliya – 
o‘zida obyektiv asosga ega bo‘lgan maxsus moliyaviy munosabatlarni aks 
ettiradi. Xalqaro moliyaning moddiy asosini mamlakatlararo quyidagi ko‘rinishdagi xalqaro 
moliyaviy oqimlar tashkil qiladi: 
a)  tovar va xizmatlar eksportidan valyuta daromadlari tushumlari va import qilinayotgan 
tovar xizmatlarga to‘lovlar bo‘yicha pul oqimlari; bu oqimlar xo‘jalik yurituvchi subyektlar 
moliyasini aks ettirishi mumkin, lekin ular turli mamlakatlarga tegishli ekan, demak ular 
mamlakatlararo pul oqimlarini aks ettiradi; 
b)  kredit mablag‘larining oqimi, qaysiki ular ikki tomonlama ham hisoblanadi: bir 
tomondan, ssudalar taqdim etiladi, boshqa tomondan esa – uning so‘ndiriladi va foizlar to‘lanadi. 
Shunday qilib, mazkur oqimlar bazasida mamlakatlar o‘rtasidagi moliyaviy resurslar 
harakati yuzaga keladi. Ularning taqsimlanishi, bir tomondan, valyuta kurslari bilan, ikkinchi 
tomondan esa, bojxona tariflari va qoidalari bilan tartibga solinadi. 
Biroq, yuqoridagilar xalqaro xarakterga ega bo‘lgan moliyaviy resurslarni paydo bo‘lish va 
ishlatilish sabablari va asoslarini to‘laligicha namoyon eta olmaydi. 
Moliyaviy resurslar xalqaro moliyaviy institutlar va tashkilotlar faoliyati jarayonida 
shakllanadi va ishlatilinadi. Bu institut va tashkilotlar millatlararo ustqurmaga egalar, ma’lum 
funksiyalarni bajaradilar. Ularning moliyaviy ta’minoti fondlar orqali amalga oshiriladi. Ular 
umumlashgan (misol uchun, BMT budjeti) yoki maqsadli (alohida tadbir yoki dastur bo‘yicha) 
bo‘lishi mumkin. Mazkur institutlar va tashkilotlarning moliyaviy resurslari ikki xil yo‘l bilan 
shakllanadi: alohida mamlakatlarning badallari  hisobidan va hukumatlarga kreditlar berish, ularni 
qaytarilishi va foizlar to‘lanish yo‘li bilan. Moliyaviy resurslarning ma’lum bir qismini jahon 
darajasida markazlashtirilishi jahon xo‘jaligi ehtiyojlarini qondiradi; bunday resurslarning iqtisodiy 
asoslari savdoni, kreditni rivojlanishi, mamlakatlarning turli sohalardagi xalqaro loyihalar va 
dasturlarni amalga oshirilishidagi ishtiroki, to‘laligicha iqtisodiy integratsiyalashuvning o‘sishi 
hisoblanadi. 
Shunday qilib, 
xalqaro moliya 
– bu tarkibiy jihatdan murakkab munosabatlar tizimi bo‘lib, 
ular xalqaro moliya bozori institutlari va xalqaro institutlar va tashkilotlar tomonidan moliyaviy 
resurslarni shakllantirish, taqsimlash va ishlatishni o‘z ichiga oluvchi moliyaviy resurslar harakati 
asosida yuzaga keladi. 
Xalqaro moliya munosabatlarining subyektlari: 
davlat, korxonalar, fuqarolar, shuningdek 
xalqaro tashkilotlar va moliya institutlari.  
Xalqaro moliya munosabatlar quyidagilar o‘rtasida yuzaga kelishi mumkin: 

 
turli mamlakatlarning xo‘jalik yurituvchi subyektlari o‘rtasida; 

 
davlat va boshqa mamlakatlarning hukumatlari va xalqaro tashkilotlar o‘rtasida; 

 
davlat va kotxonalar o‘rtasida, xalqaro moliyaviy institutlar bilan. 
 
Xalqaro hisob-kitoblar va valyutali tartibga solish xalqaro moliyani amal qilish mexanizmi 
tarkibiga kiradi. Hisob-kitoblar tartibi xalqaro hujjatlar va bitimlar bilan me’yorlashtiriladi. Hujjatli 
rasmiylashtirishni standartlash eksportchilar va importchilarga tovarlarni yetkazib berish va 


 
 
 
140
 
 
ularning to‘lovi kafolatini ta’minlash uchun muhimdir. Uning o‘zi tomonlarning huquqlari, 
majburiyatlari va mas’uliyatlarining bir xil tushunilishini o‘rnatib beradi. 
Xalqaro hisob-kitoblarning shakllari 
inkasso 
va 
akkreditiv 
hisoblanadi. 
Bank o‘tkazmalari 
va 
hisob raqamlarini ochishdan 
foydalaniladi.  
 
 

Download 1,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish