Ўзбекистон республикаси алоқА, ахборотлаштириш ва



Download 1,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet145/177
Sana05.01.2022
Hajmi1,58 Mb.
#317970
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   177
Bog'liq
Ўзбекистон республикаси ало А, ахборотлаштириш ва

Qimmatli qog‘ozlar bozori
 – bozor iqtisodiyotining eng muhim tarkibiy qismlaridan biri. U 
moliya  bozorining  bir  qismi  bo‘lish  bilan  birga  jamg‘armalarni  to‘playdigan  va  keyinchalik 
iqtisodiyotga investitsiyalash hamda uning ishlab chiqarish quvvatini takomillashtirish uchun ularni 
moliya  aktivlariga  aylantiradigan  kanal  vazifasini  o‘taydi.  Qimmatli  qog‘ozlar  bozori  bank  krediti 
tizimini to‘ldiradi va u bilan o‘zaro munosabatda bo‘ladi. Tijorat banklari, odatda kreditni bir-yildan 
ko‘p  muddatga  bermaydi.  Qimmatli  qog‘ozlar  bozori  esa,  ishlab  chiqaruvchilarga  ancha  ko‘p 
miqdordagi pul mablag‘larini amalda istalgan muddatga hamda bank kreditiga nisbatan foydaliroq 


 
 
 
133
 
 
shartlarda jalb qilishga imkon beradi. Bu bozor boshqa bozorlar kabi, talab va taklif duch keladigan 
oldi-sotdiga doir iqtisodiy munosabatlar tizimidan iborat.  
Qimmatli  qog‘ozlar  bozori  ham  boshqa  bozorlarga  o‘xshab  talab  va  taklifga  binoan  amal 
qiladi. Bu yerda talab asosan ikki yo‘nalishda bo‘ladi: 
 -  investitsiyani  moliyalashtirish  maqsadida  korxona,  korporatsiya  va  davlat  tomonidan 
kredit olish; 
 -  uy-joy,  ko‘chmas  mulk  egasi  bo‘lish  maqsadida  aholi  va  xususiy  sektor  tomonidan 
qimmatli qog‘ozlarni kreditor (qarz beruvchi) sifatida sotib olish.  
Qimmatli qog‘ozlar bozori tashkiliy jarayon nuqtai nazaridan: 
 - 
birlamchi bozorlarga; 
 - ikkilamchi bozorlarga; 
 shaklan esa: 
 -
birjaviy bozorlarga: 
 -nobirjaviy bozorlarga bo‘linadi
.  
 Qimmatli  qog‘ozlarning  birlamchi  bozori  deganda  qimmatli  qog‘ozlarni  dastlabki  egalari 
(investorlar)ga,  ya’ni  yuridik  va  jismoniy  shaxslarga  sotish  maqsadida  ularni  birlamchi  va  takror 
(ikkilamchi  va  h.  k. ) emissiya  qilish  va  muomalaga  chiqarish  tushuniladi.  Bu  bozor  qimmatli 
qog‘ozlarni  joylashtirishni  tashkil  kiluvchi  va  ta’minlovchi  bozordir.  Boshqacha  qilib  aytganda, 
birlamchi bozor - bu birlamchi va takror emissiya qilingan qimmatli qog‘ozlarni dastlabki egalariga 
joylashtiruvchi bozordir. Bu bozorda davlat va munitsipal obligatsiyalar, shuningdek, turli aksioner 
jamiyatlarining aksiyalari va obligatsiyalari emissiya qilinadi.  
Qimmatli  qog‘ozlarning  birlamchi  bozorga  chiqarish  va  joylashtirish  maqsadida  quyidagi 
amallar bajariladi: 
-  aksionerlik  jamiyatlari  o‘zining  ustav  kapitalini,  chiqariladigan  qimmatli  qog‘ozlar 
turlarini, ularning muomalasi sharoitini aniqlab chiqadi; 
-  aksionerlik  jamiyati  chiqaradigan  qimmatli  qog‘ozlarni  joylashtirish  kafilligini  oluvchi 
investitsiya bankini izlaydi; 
-  investitsiya  banki,  yuristlar,  auditorlar,  aksionerlik  jamiyatining  qimmatli  qog‘ozlarni 
chiqarish bo‘yicha qarorini va uning harakatini baholab chiqadi; 
- aksionerlik jamiyati direksiyasi, investitsiya banki, yurist va auditorlar qimmatli qog‘oz va 
birja bo‘yicha komissiyaga emissiya prospektini qayd qilish arizasini tayyorlaydi; 
- qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish kafilligini olgan investitsiya banki emissiya prospektini 
xomaki nushasini patensial investorlar orasida tarqatadi, savdo agentlari esa, buyurtmalarni yig‘adi.  
Birlamchi  bozorning  eng  muhim  funksiyasi  shundan  iboratki,  uning  emitent  xususida 
tayyorlagan axboroti investor uchun o‘sha emitentni tanlashga to‘la-to‘kis asos bo‘la olishi kerak.  
Qimmatli  qog‘ozlarning  birlamchi  bozorida  quyidagi  muassasalar  investorlar  bo‘lib 
hisoblandi: 
 - investitsiya banklari; 
 - tijorat banklari; 
 - investitsiya fondlari; 
 - investitsiya kompaniyalari va boshqa 
 investitsiya institutlari; 
 - sug‘urta kompaniyalari, fondlar va boshqa moliya-kredit muassasalari.  
Qimmatli qog‘ozlarning ikkilamchi bozori
 deganda, egasi bor qimmatli qog‘ozlarni talab va 
taklifdan  kelib  chiqqan  holda  qayta  oldi-sotdisini  tashkil  qilib  va  ta’minlab  beruvchi  bozor 
tushiniladi.  Uning  funksiyasi  qimmatli  qog‘ozlarning  oldi-sotdisini  tezkorlik  bilan  ta’minlashdir. 
Unda  sotuvchi  va  xaridorni  uchrashtirish,  bo‘sh  kapitalni  iqtisodiyotning  eng  unumli  sohasiga 
zudlik  bilan  safarbar  qilish,  tomonlarning  o‘zaro  manfaatlarini  ta’minlash  ikkilamchi  bozorning 
asosiy vazifasi bo‘lib hisoblanadi. Ikkilamchi bozor: 
-  yuqori  likvidlikka  ega,  ya’ni  qisqa  muddat  ichida  juda  katta  miqdordagi  qimmatli 
qog‘ozlarni  ular  kursining  sezilarlisiz  o‘zgarishi  sharoitida kam  xarajat  bilan  oldi-sotdiga jalb qila 
oladi.  Respublikamizda  ikkilamchi  bozorga  nisbatan  birlamchi  bozor  tezroq  rivojlanish 
tendensiyasiga ega.  


 
 
 
134
 
 
Birjaviy qimmatli qog‘ozlar bozori
 - bu fond birjasi bo‘lib, u belgilangan tartibda qimmatli 
qog‘ozlarning erkin savdosini brokerlar, maklerlar, dilerlar tomonidan amalga oshirishni ta’minlab 
beruvchi bozordir.  
Nobirjaviy  qimmatli  qog‘ozlar  bozori
  -  bu  qimmatli  qog‘ozlarning  muomalada  bo‘lishini 
ta’minlovchi muhit bo‘lib, unda fond birjalariga sotuvga qo‘yilmagan qimmatli qog‘ozlarning erkin 
savdosi amalga oshiriladi.  
Qimmatli  qog‘ozlar  bozorining  o‘ta  murakkabligi  va  uning  tez  o‘zgaruvchanligi, 
ishtirokchilar  sonining  ko‘pligi  va  xilma-xilligi,  katta  hajmlarda  shartnomalar  va  amallarning 
bajarilishi,  har  xil  turdagi  axborotlarning  mavjudligi  va  ularning  almashinib  turishi  va  boshqa 
omillarning  qimmatli  qog‘ozlar  bozoridagi  turli  g‘ayriqonuniy  ishlarning  yuz  berishiga  sabab 
bo‘lishi mumkin. Bunday hol investorlarning manfaatlari va huquqlarini paymol qilishga, ularning 
fond  bozoriga  nisbatan  ishonchlarini  kamaytirish,  pirovard  natijada  esa,  bozorning  nufuzini 
pasaytirishi mumkin.  
Shu  sababli  qimmatli  qog‘ozlar  bozori  davlat  boshqaruvi  vakolatli  organlari  tomonidan 
nazorat qilib turiladi va boshqariladi.  
Ikkinchi yo‘l bilan bozorni boshqarishga quyidagilar qo‘llaniladi: 
-pul-kredit siyosatini yuritish va shu orqali foiz stavkalariga ta’sir qilish; 
- soliq siyosatini o‘tkazish; 
- xususiy sektorning depozit kreditlari bo‘yicha kafolatlarni muvofiqlashtirish; 
-  korporatsiyalar  hamkorligida  kredit  uchun  raqobat  yo‘lida  davlat  qimmatli  qog‘ozlarini 
chiqarish; 
- tashqi iqtisodiy faoliyatdagi holatni inobatga olish.  
Qimmatli qog‘ozlar bozorini boshqarish Moliya vazirligi, Markaziy bank yoki boshqa davlat 
organlariga yuklatilishi mumkin.  
 
 

Download 1,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish