Ўзбекистон республикаси алоқА, ахборотлаштириш ва


sug‘urta sohalari va turlariga qanday tushuntirishlar berib o‘tilgan?



Download 1,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet143/177
Sana05.01.2022
Hajmi1,58 Mb.
#317970
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   177
Bog'liq
Ўзбекистон республикаси ало А, ахборотлаштириш ва

sug‘urta sohalari va turlariga qanday tushuntirishlar berib o‘tilgan? 
13.
 
Majburiy  sug‘urta,  uning  amal  qilish  shartlari  va  tartibi  kim  tomonidan 
belgilanadi? 
14.
 
Majburiy sug‘urta qanday tamoyillar asosida amal qiladi? 
15.
 
Ixtiyoriy sug‘urta qanday tamoyillarga asoslanib quriladi? 
 


 
 
 
130
 
 
 
 
9-mavzu. Sug‘urta, moliyaviy bozorlar va institutlar 
 
 
2-ma’ruza. Moliya bozorlari va institutlari 
 
Reja 
 
1.
 
Moliya bozori haqida tushuncha 
2.
 
Qimmatli qog‘ozlar bozori 
 
 
1.
 
Moliya bozori haqida tushuncha 
 
Moliya  bozori  – 
bu moliyaviy (pul) resurslari va investitsion qiymatliklarni (moliyaviy 
resurslarni tashkil qilish vositalarini) sotuvchilari va xaridorlari o‘rtasida yuzaga keladigan iqtisodiy 
munosabatlar sohasi. 
Moliya bozori 
valyuta, qimmatli qog‘ozlar, ssuda kapitali yoki pul bozorlari tizimidan 
iborat. 
Moliya bozori
  keng ma’noli va murakkab iqtisodiy toifani tashkil qiladi hamda muayyan 
moliya muassasalari orqali o‘zaro ta’sirda bo‘ladigan mulk egalari bilan sarmoya, qarz oluvchilar 
o‘rtasidagi munosabatni tasvirlaydi. Hozirgi zamon iqtisodiyoti uchun moliya bozori o‘ziga xos 
«asab markazi» hisoblanadi, uning rivojlanish darajasiga qarab mamlakat iqtisodiyotining «ahvoli» 
hakida fikr yuritish mumkin, chunki moliya bozoriga ta’sir ko‘rsatib, jamiyatning iqtisodiy faoligini 
boshqarish mumkin. 
Bilamizki, insoniyat tarixida jamg‘armalardan foydalanishning eng keng tarqalgan ikki usuli 
ma’lum: 
naqd pullarni saqlash
 yoki 
qimmatli qog‘ozlar sotib olish

 Jamg‘armaning ko‘pini jamiyatdagi oilalar, iqtisodiyotga investitsiyalar qo‘yishni esa, 
asosan, xo‘jalik yurituvchi subyektlar amalga oshiradi. Taraqqiyot davomida bu pul oqimlarining 
birinchisidan ikkinchilariga o‘tishini tartibga solib turadigan muassasalar, vositalar to‘plamiga esa 
muayyan mexanizm ishlab chiqilgan. 
Moliya bozori
  ana shunday mexanizm sifatida faoliyat 
ko‘rsatadi.  
Moliya bozorining funksiyalari:  

 
vaqtincha bo‘sh pul mablag‘larini qimmatli qog‘ozlarni sotish orqali jalb qilish; 

 
takror ishlab chiqarish jarayonini moliyalashtirish;  

 
taqsimlash funksiyasi – kapitalni tarmoqlar va kompaniyalar o‘rtasidagi oqimiga yordam 
beradi;  

 
to‘laligicha iqtisodiyotni samaradorligini ko‘tarish. 
Hozirgi zamon moliya bozorining asosini ko‘p sonli moliya muassasalari yoki vositachilar 
tashkil qiladi. Bu - sotuvchilar va xaridorlar, ya’ni sotiladigan va xarid qilinadigan, pul va boshqa 
moliya aktivlari mavjud bo‘lgan bozor. Ular vaqtinchalik foydalanish uchun (majburiyatli qarzlar 
shaklida) yoki butunlay (aksiyaga) berilishi mumkin.  
Shu bilan birga, moliya bozorlari pul mablag‘lari jamg‘armalarining egalaridan qarz 
oluvchilarga boradigan ko‘plab turli-tuman yo‘llar bilan ta’minlanib turadi. Iqtisodiy adabiyotlarda 
ular ikki asosiy guruhga ajratiladi. 
Birinchi guruhga
  pul mablag‘lari bevosita jamg‘armalarning egalarida qarz oluvchilarga 
beriladigan mablag‘ bilan bevosita ta’minlash yo‘llari kiradi. Ular o‘z navbatida ikki turga 
bo‘linadi: 
kapital moliyalashtirish 
-  unga muvofiq tadbirkor mablag‘ni mulkining bir qismiga 
almashtirish hisobga oladi ( oddiy aksiyalar) va 
qarz olish yo‘li bilan moliyalashtirish 
-  unga 
muvofiq firma mablag‘ni oldindan kelishilgan foiz bo‘yicha keyin to‘lash va firmaga egalik qilish 
xuquqini olmaslik haqidagi sharti bilan oladi (obligatsiyalar). Bu barcha qimmatli qog‘ozlar 
bozorining rivojlanishi va faoliyat ko‘rsatishini belgilaydi. 
Bilvosita mablag‘ bilan ta’minlashga omonatchilarning mablag‘larini moliya 
muassasalariga: tijorat banklari, sug‘urta va trast kompaniyallari, pensiya fondlari va hokazolarga 


 
 
 
131
 
 
qo‘yishga doir barcha operatsiyalar kiradi.  Masalan, moliya muassasalari mayda va yirik 
omonatchilarning mablag‘laridan foydalanib, turli-tuman loyihalarni mablag‘ bilan ta’minlaydi. 
Mablag‘ bilan ta’minlashning «bilvositaligi» shundaki, omonatchilarning o‘zlari mablag‘larini 
ushbu loyihalarga bevosita qo‘ymaydilar.  
Jismoniy va yuridik shaxslarning uzoq muddatli pul omonatlari moliya vositachilari 
tomonidan investitsiya kreditlari sifatida berish uchun foydalaniladi, investitsiya kreditlari uzoq 
muddatli qimmatli qog‘ozlar bilan oldi-sotdi qilinadi.  
Omonatlarni faqat uzoq muddatli investitsiyalarga qo‘yish shart emas, ularga “umri qisqa” 
qimmatli qog‘ozlar -  qisqa muddatli xazina majburiyatlari, veksellar va hokazoni sotib olish 
mumkin. Fuqarolar va yuridik shaxslarning qisqa muddatli omonatlari hamda pul massasasining 
boshqa elementlari bilan birga ular 
pul bozorini
 tashkil qiladi. 
Pul bozori
 Markaziy bankning pul-kredit siyosatini joriy qilish obyekti hisoblanadi. U kredit 
muassasalarning aktivlari bilan savdo qilish uchun mo‘ljallangan; bu aktivlar Markaziy bankda 
kredit muassasalarining eng muhim likvid mablag‘lari zahiralari bo‘lib xizmat qiladi. Shunday 
qilib, aktivlarni qiymatlashtirib yoki kamaytirib, Markaziy bank ba’zi banklarning kredit berishga 
va demak, kredit bo‘yicha foizlar qiymatiga va omonatlar bo‘yicha foiz stavkalari qiymatiga 
tayyorligiga ta’sir ko‘rsatadi. 
 Qimmatli qog‘ozlar bozori
  savdo kapitalining pivojlanish bo‘sag‘asida paydo bo‘lgan va 
ko‘pchilik Farb mamlakatlarida u xo‘jalik mexanizmining eng barqaror va yo‘lga qo‘yilgan 
qismlaridan biri hisoblanadi. U allaqachon birja va birjadan tashqari savdo tizimiga singib ketgan, 
uning o‘z aqidalari va an’analari mavjud, ba’zi qoidalar va an’analar asriy tarixga ega. 
Sarmoyalar bozori
  mamlakat uchun muhim bo‘lgan vazifa -  yirik davlat muamolarini 
hqilish uchun sarmoyalarni to‘plash masalasini yechishga sharoit tug‘diradi.  
Sarmoyalar bozorining asosiy moliyaviy vositalari -  korporatsiyalar va mahalliy hukumat 
obligatsiyalari, aksiyalar, kafolat krediti, o‘rta va uzoq muddatli xazina majburiyatlari va 
zayomlarning boshqa turlari hisoblanadi.  
Sarmoyalash
  -  qimmatli qog‘ozlar bozoridagi va umuman iqtisodiyotdagi qo‘llashni 
ifodalaydigan ko‘rsatkich. Korxonani sarmoyalash, birjaviy sarmoyalash va mamlakat iqtisodiyotini 
sarmoyalash farqlanadi.  
 

Download 1,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish