Ўзбекистон республикаси ахборот технологиялари ва коммуникацияларини ривожлантириш вазирлиги муҳаммад ал-хоразмий номидаги



Download 0,49 Mb.
bet1/3
Sana31.05.2022
Hajmi0,49 Mb.
#622760
  1   2   3
Bog'liq
Оромов Сирожиддин оптика 4


ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ АХБОРОТ ТЕХНОЛОГИЯЛАРИ
ВА КОММУНИКАЦИЯЛАРИНИ РИВОЖЛАНТИРИШ ВАЗИРЛИГИ
МУҲАММАД АЛ-ХОРАЗМИЙ НОМИДАГИ
ТОШКЕНТ АХБОРОТ ТЕХНОЛОГИЯЛАРИ УНИВЕРСИТЕТИ ҚАРШИ ФИЛИАЛИ
Телекоммуникация технологиялари ва касбий таълим” факултети
4 – босқич ТТ 13 – 18 – гуруҳ талабаси
Oромов Сирожиддиннинг
“ Оптик алоқа тизимлари ” фанидан

МУСТАҚИЛ ИШИ №4


Бажарди : С.Оромов

Қабул қилди: М..Рустамова


Қарши 2021


Mavzu: Tolali optik aloqa tizimlarining liniya kodlari

REJA:




1) Optik liniya kodlari
2) Optik aloqa tizimlarida liniya turlari.
Liniya kodining parametrlari optik tola parametrlari bilan moslashgan boʻlishi kerak. Raqamli elektr impulslar optik nurlanish (optik tashuvchi) jadalligi yoki quvvatini modulyatsiyalab, raqamli optik signallarning liniya kodini shakllantiradi. Optik liniya kodi elektr liniya kodlaridan farqli ravishda bir qutbli boʻladi.
Optik liniya kodlariga bir qator talablar qoʻyiladi:
1. Raqamli TOA tizimlari liniya kodlarining tuzilishi taktli sinxronizatsiya impulslarini shakllantirish uchun raqamli signal tarkibidan taktli chastotani osongina ajratib olishni taʼminlashi kerak.
2. Liniya kodining tuzilishi aloqani uzmasdan liniya trakti qurilmalari sozligini nazorat qilishni, uzatish sifatini va yukori shovqin bardoshlilikni taʼminlashi kerak.
3. Shovqin va dispersiya buzilishlarini kamaytirish uchun optik liniya kodining energetik spektri iloji boricha tor boʻlishi kerak. Spektr oraligʻi qancha keng boʻlsa, shoqin sathi shuncha ortadi va aksincha.
4. Liniya kodining energetik spektri tarkibida doimiy tashkil topuvchilar boʻlmasligi kerak. Bu TOA tizimlari liniya trakti qurilmalarining kuchlanish taʼminotini yuqori aniqlikda oʻrnatish kerakligi bilan tushintiriladi. Simvollararo xalaqitlarni kamaytirish maqsadida past chastotali sohalarda chatota oraligʻi chegaralangan boʻlishi kerak.
5. Shuningdek, simvollararo xalaqitlarni kamaytirish uchun energetik spektri yuqoridan chegaralangan boʻlishi zarur.
6. Optik liniya kodi koder va dekoder qurilmalari soddalashuvini taʼminlashi kerak.
Yuqorida keltirilgan talablarning toʻliq hajmdagi yigʻindisiga hech qaysi kod javob bermaydi. Shuning uchun qoʻyiladigan talablarga bogʻliq holda TOA tizimlarida turli kodlardan foydalaniladi.
TOA tizimlari apparaturalarida qoʻllaniladigan boshlangʻich kod NRZ (non return to zero – nolga qaytmaslik) kodi hisoblanadi. NRZ kodining spektrida taktli chastotaning diskret tashkil etuvchilarini boʻlmasligi sababli taktli chastota ajratgich qurilmasi murakkablashadi va regeneratorning qabul qilish qurilmalarini sinxronizatsiyasi qiyinlashadi.
Barcha optik kodlar blok koʻrinishida boʻlib, ularda boshlangʻich NRZ kodining har bir “m” impulsidan liniya optik kodining “n” impulsi shakllanadi. Bunda har doim n>m boʻlib, ortiqcha impulslar liniyaga uzatiladi. Bu liniya kodida ortiqlik deyiladi. Bunday kod mVnV deb belgilanadi, bu yerda “V” (Binary – ikkilik) boshlangʻich va liniyaga uzatiladigan kodlarni ikkilik kodi ekanligini bildiradi. Liniya kodi boshlangʻich kodni uzatishga ketadigan vaqtda uzatilishi kerak. Signallarni liniyaga uzatish tezligi
1V2V kodlar. Bu sinfdagi kodlar sodda boʻlib, boshlangʻich kodlarga nisbatan liniyaga uzatiladigan impulslar soni 2-marta oshiq. BI-L (absolyut biimpuls) kodi ham 1V2V sinfidagi kodlarga kiradi. BI-L kodining shakllanishi 7.11–rasmda koʻrsatilgan. Rasmdan koʻrinib turibdiki, boshlangʻich NRZ kodidagi nollar oʻrniga BI-L kodida bir va nollar almashinib ketma – ket uzatiladi. Bu bilan shovqindan himoyalanganlik ortadi.
1V2V kodlaridan eng koʻp qoʻllaniladigani CMI kodidir. CMI kodi filtr yordamida taktli chastotani ajratish imkoniyatiga ega boʻlgan oddiy koddir. Bunday imkoniyat yarim taktli 1,5*fm chatotada energetik spektrning maksimal ekanligiga bogʻliq. Bunday kodlarda boshlangʻich “1” simvoli 11 va 00 bloki koʻrinishida, boshlangʻich “0” simvoli esa 01 (yoki 10) koʻrinishida kodlanadi. 11 va 00 navbatma – navbat oʻzgarishi xatoliklarni aniqlashga yordam beradi.

2V4V kodlari. Bu sinfdagi kodga PIM pozitsion – impuls modulyatsiyali kod kiradi. Bunda boshlangʻich 00, 01, 10, 11 kodlardan mos ravishda 1000, 0100, 0010, 0001 liniya kodlari shakllanadi \


3V4V, 5V6V kodlari. Bu kodlarda bitta ortiqcha razryadning kiritilishi, kam razryadlar sonidan iborat boshlangʻich kombinatsiyalarni koʻp razryadlar sonidan iborat sinxronizatsiya uchun qulay nol va birlarning birikmasi koʻrinishidagi kombinatsiyalar bilan almashtirish imkonini yaratadi. Buni 5V6V kodi misolida koʻrib chiqamiz. Boshlangʻich bloki 5 razryaddan tashkil topgan. Bitta razryaddan mumkin boʻlgan kombinatsiyalar soni 25=32 ga teng. Bu kombinatsiyalar ichida sinxronizatsiya uchun unchalik samarali boʻlmagan nol yoki birlar seriyasi ketma–ket keluvchi (masalan 00000, 00001, 11111 va boshqa) kombinatsiyalar ham mavjud. Agar ularni 6 razryadli blokka almashtirsak, mumkin boʻlgan kombinatsiyalar 26=64 ta boʻladi va ulardan sinxronizatsiyani taʼminlash nuqtai nazaridan bir va nollar soni qulay boʻlgan 32 ta kombinatsiyani ajratib olish mumkin.
7.2-jadvaldan koʻrinib turibdiki, bir va nollar soni teng boʻlgan, 6 razryadli 20 ta kombinatsiya mavjud, qolgan 12 kombinatsiya ikkita bir va toʻrtta noldan yoki toʻrtta bir va ikkita noldan iborat kombinatsiyalar navbatma-navbat uzatiladi. Bu bilan birlar zichligining doimiyligi taʼminlanadi. Bu kodlarda xatoliklarni topish, 5V6V kodiga taʼluqli boʻlmagan 6 razryadli kombinatsiyalarni aniqlash bilan bogʻliq.
Skremblerlashda boshlangʻich kod, bir va nollarning uzatish zichligi taxminan teng boʻlgan kodlarga almashtiriladi, bu qabul qilishda sinxronizatsiya muvozanatini taʼminlaydi. Uzatishda xatoliklarni aniqlashga kelsak, bunday maqsadlar uchun sikl sarlavhasi (freym) qoʻllaniladi. Bunda sikldagi barcha axborot skremblerlanadi. Skremblerlash qurilmasining ishi asosida bir va nollar kvazitasodifiy ketma–ketligining generatori singari suruvchi registrni qoʻllash yotadi. Kvazitasodifiy ketma– ketliklarni olish uchun suruvchi registrda ikki moduli boʻyicha alohida yacheykalarni qoʻshish qoʻllaniladi. Birinchidan bunda har bir siklda suruvchi registrga kiritilgan har qanday ketma – ketlikdan (“0” dan tashqari) taktdan taktga oʻzgaruvchi nol va birlar ketma – ketligi shakllanadi. Bu signallar boshlangʻich signal bilan qoʻshilganda, liniyaga skremblerlangan signalni berish va xuddi shunday skremblerlash qurilmasida, xuddi shunday suruvchi registrda bir xil laxzada koʻchirilgan boshlangʻich ketma– ketliklardan (liniya trakti boʻylab uzatiladigan signalni vaqt boʻyicha kechikishini nazarda tutgan holda) qabul qiluvchi qismda boshlangʻich signalni qayta tiklash imkonini beradi.
Skremblerlashning yana qoʻshimcha afzalligi shundaki, uzatiladigan axborotlarning maxfiyligi saqlanadi.


ХУЛОСА:
Man bu mustaqil ishimda optik aloqa tizimlarida liniya kodlari ni koʻrsatib oʻtdim. Liniya kodlari nima v anima maqasadda bajaradi va qanday qulayliklarga egaligini koʻrsatib oʻtdim .Optik aloqa tizimlarida liniya kodlari bir necha xil turlari xam mavjud.



Download 0,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish